• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
14 Yan2013

Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)

14 Yanvar 2013. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yevrosiyo

Ma`lumki, Tojikiston o`zining zamonaviy tarixida qonli fuqarolar urushiga guvoh bo`ldi. 1992-1997-yillarda bo`lib o`tgan bu mudhish davr haqida negadir ma`lumot topish qiyin. Tojik hukumati fuqarolar urushidan keyingi avlodni nima sababdandir urush tafsilotlaridan bexabar o`stirishga urinmoqda. Tarix kitoblarida ham bu davr haqida to`rt enlik gapdan boshqa narsani topolmaysiz. Xo`sh, bu davrda nima bo`lgan o`zi? Nima sababdan yaxlit bir millat 5 yildan oshiqroq vaqt mobaynida qonini to`kdi? Bunga nima turtki bergan edi? Biz bu savollarga fuqarolar urushi boshlanishidan oldingi davrdan javob topib ko`rishga harakat qilamiz. 

20 asr dekolonizatsiya (kolonizatsiyaning parchalanishi) jarayonining ikki bosqichiga guvoh bo`ldi: Ikkinchi Jahon Urushi yakunlangandan keyin va ikkinchisi 1990-yillarda Sovuq Urush tugagandan so`ng.  Har ikki bosqichda ham kolonial kuchlar ketgandan so`ng uchinchi dunyo mamlakatlarida etnik urushlar yuz berishi odat tusiga kirib qoldi. Tojikiston ham bundan mustasno emas.
 
Nega ba`zi vaqtlarda va hududlarda etnik o`zini anglash boshqalariga qaraganda kuchliroq bo`ladi degan savol doimo bahslarga sabab bo`lib kelgan. Ko`pchilik siyosatshunos va jamiyatshunos olimlar bu savolga tarixiy-ijtimoiy, masalan, sanoatlashtirish hamda modernizatsiya jarayoni tufayli deb javob beradilar. Sovuq Urush nihoyasiga yetar ekan ko`plab hududlarda etnik o`zini anglash jarayoni avj olib ketdi. Xuddi shunday o`z-o`zini anglash konsepsiyasi Birinchi Jahon Urushi yakunlangandan so`ng jahon siyosiy xaritasida yangi milliy davlatlar paydo bo`lishiga zamin yaratgan edi. 
 
Tojikiston o`z mustaqilligini SSSR parchalanishi arafasida, 1991-yil 8-sentyabr kuni qo`lga kiritgan edi. Bu Tojikiston tarixidagi ilk o`zini mustaqil boshqaruvchi davlat bo`ldi. Biroq mustaqillikdan ko`p o`tmay Tojikiston yangi davlatning mo`rt ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va tashqi kuchlar ta`siri tufayli noroziliklar to`lqini ostida qolib ketdi.
 
Fuqarolar urushining tamal toshi 1989-yildayoq qo`yib bo`lingan edi. O`sha yilning may oyida Tojikistonga armanlarning kelgani va ularga yangi uylar ajratilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. 1989-yil yanvardagi kuchli zilzila natijasida Hisor tumanidagi minglab odamlar boshpanasiz qolishgan va tojik hukumati bu tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishda yetarlicha imkon topolmay qiynalayotgan edi. Tumanning Sharara qishlog`i 17 metrli tuproq bilan ko`milib qoldi, qishloqning butun 600 aholisi xalok bo`ldi. Ayni yilda Armanistonda ham 25,000 kishining umriga zomin bo`lgan zilzila ro`y bergan edi. Moskva minglab uysiz qolgan armanlarni boshpana bilan ta`minlash maqsadida ularni butun Sovet Ittifoqi bo`ylab tarqatib tashlash harakatiga tushib qoldi.  Shu qatorida, ko`plab armanlar Tojikistonga ham evakuatsiya qilindi.
 
Non yetishmasligi, shahar transportining to`xatab qolganligi, kamiga armanlarni ko`chirilishi Dushanbe va boshqa shaharlarda isyonkor kayfiyatga sabab bo`ldi. Ishsiz, norozi yoshlar ko`cha bezorilariga aylana boshladilar, ular hukumat binolariga toshlar bilan xujum qilib turishni odat qildilar. Tumanlardan ham ishsiz aholi oqib kela boshladi. Ishchilar va askarlardan tuzilgan himoya guruhlari hukumatga bezorilarga qarshi kurashda yordam bera boshlashdi. Bezorilar Tojikiston Markaziy Qo`mitasini mamlakat boshqaruvi va iqtisodiyotni eplolmaslikda ayblardilar.
 
Keyinroq, saylovlardan bir necha kun oldin, ya`ni 1990-yil 11-14-fevral kunlari Dushanbe turli to`qnashuvlar, mayda bezoriliklar va o`g`riliklar guvohiga aylandi.  Tojik Davlat Universiteti rektori Dodajon Ismailov, “Tojiklarni doimo xushmuomala va mehmondo`st xalq sifatida bilib kelishgan. Bu g`alayonlar Kavkazdan kelgan bir xovuch qochoqlar tufayli ko`tarilayotganligiga ishonish qiyin,” degan edi. Keyinroq u : “Olomon ortida qandaydir kuchlar turibdi va ular barcha harakatlarni boshqarishmoqda. Shubha yo`qki, bu shaxslar hokimiyatga shu yo`l bilan kelishmoqchi. Bu to`s-to`polonlar ayni Respublika Oliy Sovetiga saylovlar arafasida boshlangani esa fikrimni tasdiqlab turibdi. Ular qonuniy saylov jarayoniga halal berishmoqchi. Armanlar voqeasi shunchaki o`zlarini oqlash uchun o`ylab topilgan. Shahar Partiya Qo`mitasi Birinchi Kotibi D. Karimov bilan suhbatlashganimda, u, dushanbeliklar Armanistondagi zilzila tufayli ko`chirilgan qochoqlarni milliy mehmondo`stlik an`analariga monanad tarzda kutib olishgani hamda ularga boshpanalar berishganini tasdiqlagan edi,” deya o`z fikrini davom ettirgan edi.
 
Boshqa bir manbaada keltirilishicha, keyinchalik vatanlariga qaytgan arman qochoqlari Tojikistonda ro`y berayotgan voqealar Sumgait va Boku hodisalari bilan deyarli bir hil ssenariyda ekanligini ma`lum qilishgan. Qochoqlar, shuningdek, tojiklar armanlarga nisbatan doimo xushmuomala bo`lishgani va o`sha mash`um kunlarda ularni ekstremistlardan himoya qilishganini ta`kidlab o`tgandilar. Yana bu manbaada Ozarbayjon Xalq Fronti (OXF) vakillari fuqarolar urushi boshlanishi arafasida Tojikistonga kelib, xalq orasida anti-arman tashviqotlarini o`tkazganliklari borasida ham faktlar keltiriladi. OXF vakillari yoshlar o`rtasida pul va narkotik moddalar tarqatib, ularni millatchilikka (avvalo armanlarga qarshi) hamda Islomiy davlat qurishga da`vat qilishgan.
 
Yakov Royi shunday yozadi: “To`palonlar ortida ko`pchilikni tashkil qilgan o`rta qatlamdan foydalanib, hokimiyatga kelishni ko`zlagan kuchlar turishgan edi. Korrupsiya va jinoiy unsurlar millatchi guruh liderlari va radikal diniy rahnamolar bilan hamkorlikda harakat qilishdi. Shak-shubhasiz, anti-sotsialist, diniy-ekstremist va millatchi kayfiyatlar tojik jamiyatining eng katta kushandasi bo`ldi. O`sha paytdagi vaziyat o`ziga dushman deb bilgan Sovet aholisi orasida nifoq urug`ini sochishga harakat qiluvchi qurollangan afg`on muholifati aralashuvi tufayli yanada murakkablashib ketgan edi.”
 
Tojikistondagi ziddiyat ildizlari ham ichki va ham tashqi omillarga borib taqaladi. 28-aprel 1992-yilda Afg`onistondagi hokimiyat mujohiddinlar qo`liga o`tdi va atigi bir necha kundan so`ng, ya`ni 5-may kuni Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanishiga ishora bergan ilk o`qlar otildi. Prezident Gvardiyasi a`zolari shu kuni Dushanbedan 20 km uzoqlikdagi Yavan va Leniniskiy qishloqlarida prezidentni qo`llash uchun Ko`lobdan Dushanbe tomon yo`l olgan tarafdorlar yo`lini to`sish uchun chiqqan mahalliy namoyishchilarga qarshi o`t ochishdi. Muholifatchilar, o`z navbatida prezident saroyi va televideniye nazoratini qo`lga olishdi. Ular qon to`kishni bas qilish va Leniniskiy-Yavanda prezident soqchilari tomonidan otilgan tinch namoyishchilar jasadlari muhrlangan video yozuvlarni milliy televideniye orqali xalqqa namoyish etib, adolatni tiklashni talab qilishdi. Tez orada Dushanbe bo`ylab muholifat va hukumat tarafdorlari o`rtasida ko`cha janglari boshlanib ketdi.  Muholifat liderlari Nabiyev va Kenjayevlar o`g`irlanib, Milliy Xavfsizlik Qo`mitasi binosiga yashirib qo`yiolgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. Muholifat prezident soqchilarini xarbiy kiyimda, tez yordam mashinasiga mingan holda, shahar bo`ylab terroristik aktlarni amalga oshirayotganlikda aybladi. Shu kuni tunda Dushanbega zirhli xarbiy texnika kiritildi va 5 yilga cho`zilgan fuqarolar urushi boshlanib ketdi.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda