• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
26 Yan2015

Turkiyasiz Yevropa

26 Yanvar 2015. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yevrosiyo

24-yanvar kuni Afrika Burniga safari davomida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogan Jibutiga rasmiy tashrif uyushtirdi. Xabarlarga ko'ra, Jibuti prezidenti Ismoil Omar Gulleh bilan qo'shma matbuot anjumanida so'zlagan janob Erdogan o'z mamlakatining Yevropa Ittifoqi bilan kelgusidagi munosabatlari qay yo'sinda davom etishini ochiqlagan. Erdogan so'zlaridan iqtibos keltirilishicha, agar Yevropa Ittifoqi Turkiyaning a'zolik borasidagi so'rovini rad etishda davom etsa, u holda rasmiy Anqara o'z yo'l xaritasini Yevropasiz o'zi belgilaydi. Bundan tashqari Erdogan "agar Yevropa islomofobiyaga xayrihoh bo'lmasa, Turkiya so'rovini qabul qilishi lozim", deb ta'kidlab o'tgan. Bugungi maqolada Turkiyasiz Yevropani qanday geopolitik o'zgarishlar kutishi mumkinligi haqida so'z yuritishga harakat qilaman.

Asrlar davomida Kichik Osiyoning Yevropa uchun ahamiyati anchayin muhim bo'lib kelgan. Bu hududda Usmoniylar Imperiyasi tashkil topgandan so'ng esa, yangi davlat Yevropa uchun tahdid manbaiga aylanib bordi va bu holat Birinchi Jahon Urushining oxirgi kunlarigacha saqlanib qoldi. Birinchi Jahon Urushidan keyin qudratli davlatlar tomonidan parchalab tashlangan imperiyaning markaziy qismida qad rostlagan Turkiya Respublikasi  Kamol Otaturk rahnamoligida g'arblashish jarayoniga kirib bordi. Endilikda yevropaliklarning azaliy dushmani bo'lmish Usmoniylarning avlodlari - turklar G'arbning yaqin ittifoqdoshiga aylana bordi. Turkiya G'arbga O'rta Sharq mintaqasidan kirib keladigan tahdidlarni to'xtatib qoluvchi davlat degan norasmiy maqomga ega bo'ldi. Shu sababli ushbu davlatda qanday kuchlarning hukumat tepasiga kelishi G'arb uchun juda muhim edi. 

G'arbparast hukumatlarning birinchisi Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida hokimiyat tepasiga keldi. Otaturk ortiq Usmoniylar Imperiyasini davom ettirishdan foyda yo'qligini anglab yetgan, imperiyani saqlab qolishga urinish g'olib kuchlar tomonidan faqatgina qattiqqo'l reaksiyaga sabab bo'lishini yaxshi tushunar edi. Tez orada Turkiyada dunyoviy avtoritar rejim o'rnatildi, butun hokimiyat shu rejimga markazlashtirildi. Din va boshqa mafkuraviy qarashlar ta'qib ostiga olinib, panturkizm orqali nafaqat Turkiyada yashayotgan millatlar, balki dunyodagi boshqa turkiy xalqlarni birlashtirishga urinishlar avj oldi. Bu qarashlar esa Yevropa manfaatlariga zid bo'lmay, g'arbona kayfiyatda olib borilar edi. Bu rejim Ikkinchi Jahon Urushi oxiriga qadar saqlanib qoldi. 

Keyingi davr Turkiyaning demokratlashuvi bilan bog'liq bo'lsada, aslida anarxik tusda davom etdi. Ketma-ket davlat to'ntarishlari, hokimiyat uchun kurashlar Turkiyani parchalanib ketishi yoki inqirozga yuz tutishiga sabab bo'lmagan bo'lsada, bir-biriga raqib elita guruhlar shakllanishiga turtki berdi. Bunday guruhlardan eng asosiylari bo'lmish dunyoviylar va dinchilar o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash 2002-yilda neo-islomistlar bo'lmish AKP partiyasining g'alabasi bilan yakunlandi. Erdogan boshchiligidagi AKP deyarli 13 yil davomida Turkiya davlatchiligi va tashqi siyosatida keskin o'zgarishlar qilishga ulgurdi. Erdoganning hozirgi siyosatini geografik jihatdan bo'lmasada, geopolitik ta'sir doirasi jihatdan Usmoniylar Imperiyasini qayta tiklashga urinish deb baholash mumkin va bunday siyosat Turkiya bilan Yevropaning munosabatlariga ham ta'sir etmay qo'ymaydi. 

Turkiya 2005-yildan buyon Yevropa Ittifoqi a'zosiga aylanish uchun harakatlarni jadallashtirgan. Ittifoq a'zolari o'rtasida yakdillik va hamfikrlilikning yetarli darajada emasligi har doim Turkiya so'rovining rad etilishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari kurdlar, Shimoliy Kipr, aholisining asosiy qismi musulmon ekanligi va avtoritar boshqaruvga tayangan islomiy hukumat omillari Yevropani Turkiyaga nisbatan ishonchsiz munosabatda bo'lishiga olib kelayotgan bir vaqtda Arab Bahori tufayli O'rta Sharqda yuzaga kelgan parokandalikdan janob Erdogan mintaqada ta'sir doirasini qayta oshirib olish uchun foydalanishga harakat qilmoqda.  

Bundan tashqari moliyaviy inqiroz tufayli kuchsizlanib qolgan Yevropa Ittifoqi ham Turkiyani ortiq o’ziga jalb qilmay qo’ygan. Yevropa deyarli o’n yil davomida Turkiyani rad etib kelar ekan, katta ambitsiyalarga ega Erdogan Sharqqa qarab yuz burmoqda.

Bir vaqtlar Zbignev Bjezenskiy :  “Tasavvur qiling, bugungi Turkiya joylashgan geografik makonda Eron singari davlat shakllansa dunyo tartiboti qanday o’zgarib ketgan bo’lar edi,” degan edi. Putin kabi katta ko’lamdagi maqsadlarga ega Erdogan boshchiligidagi Anqara bilan aloqalarning sovuqlashishi esa Brussel uchun bir qancha geopolitik o’zgarishlar olib kelishi mumkin.

Bunday o’zgarishlardan birinchisi va asosiysi xavfsizlik masalasi bilan bog’liq. Birinchi Jahon Urushida geografik hududining katta qismidan mahrum bo’lgan va og’ir reparatsiyalarga mahkum qilingan turklar kuchli iqtisodiy qiyinchiliklarga yuz tutishadi. Britan va fransuz mandatlari ostidagi O’rta Sharq qaytadan turklar ta’siriga tushib qolmasligi uchun bu hududlarda arablashtirish siyosati jadallashtiriladi. Sharq bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatish imkoniyatlarini yo’qotgan va dunyoviy qarashlarga ega Otaturk rahbarligidagi Turkiya Yevro-Atlantika iqtisodiy zonasining bir qismiga aylana boradi.

Lekin zum o’tmay jahonni larzaga solgan Buyuk Tushkunlik davri Turkiyaga ham og’ir zarba beradi. Turkiyada qashshoqlik va qoloqlik davri boshlanadi. Faqatgina qattiqqo’l rejim mamlakatni parokandalikdan saqlab qoladi.

Navbatdagi jahon urushida aralashib qolmaslikka muvaffaq bo’lgan turklarga nisbatan yevropaliklarning ishonchi hali sust edi. Lekin Turkiyani fashizm ta’siriga tushib qolishidan cho’chigan Ittifoqchi Kuchlar turklarni o’z bloklarida saqlab qolish uchun zo’r berib urinadilar.

Ikkinchi Jahon Urushi yakunlanib ulgurmasdan boshlanib ketgan Sovuq Urush va O’rta Sharq davlatlari (Suriya, Iroq, Eron va Misr)ning birin-ketin Sobiq Ittifoq ta’siriga tushib qolishi Turkiyaning G’arbiy Yevropa xavfsizligi oldidagi ahamiyatini yanada oshirib yuboradi. G’arbiy davlatlar o’zlari uchun paydo bo’lgan navbatdagi dushman – kommunizmni O’rta Sharqdan Turkiya orqali Janubiy-G’arbiy Yevropa, keyinchalik butun qit’aga tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun Anqarani NATOga qabul qiladilar. Natijada Turkiya NATO blokining eng chekka a’zosi va Yevropaning janubiy-g’arbdagi chegaralari himoyachisiga aylanadi.

Hozirgi kunda esa vaziyat tubdan o’zgargan va murakkablashgan. Erdogan o’z mamlakatini ortiq Yevropaning qorovuli sifatida ko’rishni istamaydi, balki Ittifoqning teng huquqli a’zosiga aylanishini xohlaydi.

Garchi kommunizm Yevropaga ortiq xavf  solmasada, Arab Bahori tufayli anarxiya domiga botgan O’rta Sharq vaziyat Ittifoq uchun navbatdagi potensial tahdidga aylanib bormoqda. Bundan tashqari Erdogan hukumati oxirgi paytlarda o’zining radikal islomizmga nisbatan xayrihohligini ham yashirmayotir. Rasmiy Anqaraning Islomiy Davlat bilan yashirin aloqalarga ega ekanligi ishoniladi. O’tgan yilning avgust oyida Turkiya parlamenti hukumatdan ushbu masalaga rasmiy izoh talab qilganda, javob o’rniga faqat tahdid olgan edi.

Hozirda G’arbdan Islomiy Davlat foydasiga jang qilish uchun kelayotgan global jihodchilar Turkiya hududidan o’tishi sir emas. Shuningdek, turk rasmiylari qat’iyan rad qilishiga qaramay mustaqil kuzatuvchilar Suriya shimolida yaralangan Islomiy Davlat jangarilari Turkiyaning chegara shaharchalarida davolanayotgani to’g’risida xabarlar tarqatmoqdalar. Aniqroq qilib aytganda Turkiya O’rta Sharq uchun an’anaviy bo’lib qolgan bilvosita urush (proxy war)da yetakchilik qilmoqda. Tarixan, bunday urushlarda, asosan, Eron va Saudiya Arabistoni to’qnash kelishar edi. Hozirgi vaqtda butun Levantni islomiy davlat bayrog’i ostida birlashtirishni da’vo qilayotgan Islomiy Davlat yuqoridagi ikki raqibning o’zlariga qarshi chiqmoqda. Voqealarning bunday rivoji shuni ko’rsatadiki, azaldan G’arb va Sharq o’rtasidagi “Oltin Darvoza” deb ataluvchi Turkiya Yevropaga parokandalikni “eksport” qiluvchi portalga aylanishi mumkin.

G'arblik jihodchilarning Turkiya orqali Islomiy Davlatga o'tishi yo'llari
G'arblik jihodchilarning Turkiya orqali Islomiy Davlatga o'tishi yo'llari

2008-yildagi Gruziya-Rossiya urushidan so’ng Brussel va Moskva aloqalari sovuqligicha qolib kelmoqda. Ukraina Inqirozi ortin bu keskinlikning yanada ortishi Yevropaning Rossiyaga nisbatan energetik qaramligi masalasini yanada dolzarblashtirdi. Hozirda Yevropa uchun muqobil energiya manbaalariga ega bo’lish birlamchi hayotiy masala hisoblanadi. Vaziyatning bunday davom etishi Turkiyani yaqin kelajakda dunyodagi eng katta energetik hab (hub)ga aylantirishi mumkin.

Yevropa oxirgi o’n yillik ichida Sharqiy O’rta Yer havzasi va Iroqdagi ulkan uglevodorod zahiralariga yetish uchun harakat qilib kelmoqda. Agar loyihalar hayotga tadbiq etilsa, quvurlarning barchasi Turkiya hududidan o’tishiga to’g’ri keladi. Bundan tashqari Ozarbayjon gazini Yevropaga eltuvchi TANAP loyihasi ham Turkiyadan o’tadi va rasmiy Anqara ushbu loyihaga katta sarmoya tikkan.

Eng ahamiyatlisi, o’tgan yilning dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi ortidan Yevropaga uzatiluvchi rus gazining Ukraina emas, balki aynan Turkiya hududidan o’tishi to’g’risidagi bitim bo’ldi. GazPROM Janubiy Oqim (South Stream) loyihasini bekor qilinganini rasman e’lon qilib, bundan keyingi energetik aloqalar faqat Turkiya orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Sharqiy O’rta Yer havzasidagi konlarni yaqin vaqtlar ichida o’zlashtirishga mintaqadagi notinch vaziyat halal berar ekan, Yevropa o’z iqtisodiyoti ehtiyoji uchun hanuz rus gaziga qaram bo’lib qolmoqda. Rossiya bilan aloqalarning taranglashishi va Turkiya bilan munosabatlarning sovuqlashishi energetika bo’lgan ehtiyojni qondirishni ikka karra mushkullashtiradi.

Turkiya hududidan o'tuvchi quvurlar. Qizil rangda: mavjud gaz quvurlari Ko'k rangda: mavjud neft quvurlari Sariq rangda: TANAP loyihasi
Turkiya hududidan o'tuvchi quvurlar.
Qizil rangda: mavjud gaz quvurlari;
Ko'k rangda: mavjud neft quvurlari;
Sariq rangda: TANAP loyihasi

Qo’shimcha qilish mumkin, Turkiya Iroq Kurdistoni Regional Hukumati bilan aloqalarni mustahkamlab, Shimoliy Iroqning kurdlar nazorati ostida bo’lgan konlaridan qayta eksport qilish uchun neft olish ishlarini boshlab yuborgan. Katta ahamiyatga ega bo’lmasada, bu hol Yevropani energetik bo’hron davrida manipulyatsiya qilish uchun kichik instrument sifatida ishlatilishi mumkin.

Turkiya Sharq va Rossiya bilan faqat energetik yoki iqtisodiy jihatdan emas, balki siyosiy jihatdan ham yaqinlashib bormoqda.

O’tgan yili mamlakatdagi telechiqishlaridan birida Erdogan parokanda Yevropa Ittifoqidan ko’ra Shanghay Hamkorlik Tashkiloti qudratliroq va afzalroq ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Garchi Anqara tomonidan rasman izohlanmagan bo’lsada, Rossiya boshchiligidagi Yevroosiyo Ittifoqiga Turkiyani ham jalb qilish haqida fikrlar (masalan, Nursulton Nazarboyev da’vati) yangradi.

Putinning dekabr tashrifi davomida esa ikki davlat o’rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 2020-yilga qadar uch baravarga oshirilishi kelishib olingani xabar qilindi. Agar voqealar shu yo’sinda rivojlansa, yaqin vaqt ichida Yevropa Sharq bilan savdo aloqalarini olib borishda mushkulliklarga duch kelishi mumkin. Chunki Turkiya nafaqat energetika, balki Sharq bilan savdo tranzitida ham Yevropa uchun ko’prik vazifasini o’taydi. Strategik muhim Marmar dengizi, Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari esa Turkiya nazorati ostida. Savdoda Turkiya hududini aylanib o’tish Yevropaga qimmatga tushadi.

Ko’rinib turibdiki, Turkiyaning Yevropa uchun strategik ahamiyati katta. O’z navbatida Yevropa ham Turkiya uchun muhim va yuqorida keltirilgan prognozlar pragmatik nuqtayi-nazar bilan qaralganda, amalga oshishi qiyin. Lekin Turkiya tarix guvohi bo’lgan qisqa muddatli, lekin katta ko’lam va ta’sirga ega ambitsiyalarni ma’qul ko’ruvchi avtoritar hukmdor boshqaruvi ostida ekan, voqealar rivoji yaqin kelajakda Brussel va Anqara munosabatlari taranglashishiga ishora qilmoqda.

Yevropa muqobil energiya manbaalariga taklif qilanayotgan Gretsiya-Kipr-Isroil suvosti quvurlari orqali yetib borgan taqdirda ham, Turkiya bilan aloqalarning yomonlashishi ham xavfsizlik ham geostrategik muammolarni keltirib chiqaradi.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Moliya va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
  • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
  • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
  • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda