• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
30 Yan2013

Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)

30 Yanvar 2013. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yevrosiyo

Jahondagi xech bir ziddiyat o`z-o`zidan yuzaga kelib qolmaydi. Albatta, har bir muammoning tag zamirida bir qancha sabablar yotadi. Zamonamizda biror ziddiyatga sabab, deb kimligi noma`lum "uchinchi tomon" yoki "qora kuchlar" ayblash odat tusiga kirib qolgan, aslida esa har bir muammoga sababni ichkaridan qidirish lozim. Biror davlatdagi qarama-qarshiliklar daraxt tanasidagi qurtga o`xshaydi, ular davlatni ich-ichidan yemiradi, pirovardida butun mamlakatni qulatadi. Tojikistondagi milliy fojeaning asl ildizlari deb quyidagilarni keltirish mumkin: 

 Etno-hududiy guruhlararo tarixiy aloqalar

Etnik tarixni o`rganish davomida mamlakat topografiyasini sinchiklab ko`rib chiqish talab etiladi. Asosan tog`lardan iborat Tojikistonning topografiyasi esa mamlakatning turli hududlarida istiqomat qilayotgan odamlarning o`zaro integratsiyasiga xalal beradi. Shu sababli Tojikistonda mahalliy aholisi bir-biridan farq qiluvchi to`rt alohida hudud shakllanib qolgan: So`g`d regioni, Qorategin va Hisor vodiysi, Xatlon hamda Tog`li Badaxshon avtonom viloyati. Bu regionlarni baland tog` tizmalari ajratib turgani uchun ularda yashayotgan aholi deyarli o`zaro qalin munosabatlarga ega emas. Mavjud vaziyat o`z navbatida har bir regionda o`ziga xos etnik birliklar shakllanishiga sabab bo`lgan. Qo`shimcha tarzda regionlardagi aholi va resurslarni noteng taqsimlanganligi ham alohidalikni yanada kuchaytirib yubordi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mahalliychilik yoki tojiklar tili bilan aytganda “mahalgeriya” mamlakatda yahlit, kuchli tojik millati shakllanishi yo`lidagi asosiy g`ov bo`ldi.
 
Tojikistondagi turmush modeli ham jamiyatda mahalliychilik qay darajada ildiz otganligini ko`rsatadi. Masalan, Ismoiliylar faqat diniy alohidaligi emas, balki boshqa bir tilda so`zlashganlari uchun ham quda-andachilik aloqalarida o`z jamiyatlaridan tashqariga chiqmaydilar. O`zbek qizlari, odatda, tojiklarga turmushga chiqishmaydi.
 
Ruslar doimo o`zlarini oliy irqqa mansub deb hisoblab kelganlar. Tojikistonda tug`ilib o`sganlari tufayli Rossiya ruslaridan ko`ra tojiklarga yaqinliklariga qaramay, Tojikiston ruslari hamda tub aholi orasidagi munosabat xech qachon iliq bo`lmagan.
 
Garm va qorateginliklar diniy aqidalarga ko`proq berilganliklari bilan ajralib turgan bir paytda, So`g`d va Badaxshonning janubiy-sharqidagi qirg`izlar xech kimga qo`shilmaydigan alohida etnik guruhliklaricha qolib ketishaverdi. Badaxshonliklarning o`zida esa butun tojik jamiyatini boshqarishga ishtiyoqmand Pomiriy kayfiyat xukmron edi.
 
Yuqorida sanab o`tilgan omillar tufayli fuqarolar urushi boshlanishi bilan butun boshli tojik millati turli guruhlarga ajralib, bir-birining qonini to`ka boshladi. Aslida esa, tojik jamiyati allaqachon guruhlarga parchalanib ketgandi.

Sovetlar merosi

Har bir koloniya o`zining sobiq boshqaruvchisidan yaxshi va yomon narsalarni meros qilib oladi. Shubha yo`qki, Sovet boshqaruvi ostida Tojikiston jamiyati ijtimoiy va iqtisodiy tomondan o`zining yuqori cho`qqisiga o`rladi. Ayni hozirgi kundagi tojik jamiyatining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari Sobiq Ittifoq davrida shakllangan edi. Kommunistlar tomonidan olib borilgan siyosat natijasida tojiklar o`zlarining madaniy markazlari bo`lmish Samarqand va Buxorodan ajrab qoldilar, Tojikiston demografiyasi keskin o`zgarishga uchradi, rus tili davlat hamda ta`lim tili sifatida millat ongiga majburlab tiqishtirildi. Kreml klanchilik ko`rinishiga ega milliy boshqaruv tizimini qo`llab, milliy davlat qurishga bo`lgan har qanday intilishni yo`qqa chiqardi.
 
Tojik elitalari faqatgina Moskvadan kelgan buyruqlarni bajarishdan nariga o`tmasdilar. Tojikiston davlatining ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi, boshqaruvchilik, ma`orif sohalaridagi siyosati to`g`ridan to`g`ri Kremldan nazorat qilinar va tojiklar faqatgina ijrochi vazifasini o`tashardi.  Xuddi shu sababli SSSR parchalanishi arafasida, Ittifoqning boshqa respublikalarida bo`lganidek, Tojikistonda birorta mustaqil fikrli, professional siyosatchi mavjud emasdi. Tajribali siyosatchi liderlar yetishmasligi fuqarolar urushining va undan keying fojealarning asosiy sabablaridan biriga aylanib qoldi.
 
Region uzra nazoratni saqlab qolish maqsadida kommunistlar Britaniya Imperiyasi kabi “Bo`lib tashla, xukmronlik qil!” siyosatini qo`llashdi va bu siyosatda ruslarning o`zi muvozanatni saqlovchi rolini o`tadi. Shu tariqa, shundoq ham tabiiy sabablar tufayli asrlar davomida alohidalikda yashab kelayotgan tojik millati aro mahalliychilik yanada avj oldi. Sovetlar ta`siri ostida tarixchi va etnograf olimlar tojik millati azaldan mayda guruhlarga bo`linib yashaganligi haqida asarlar yozdilar, bu asarlar maktablarda qo`llanma sifatida o`qitilib, yosh tojik avlodi ongiga mahalliychilik mafkurasi singdirib borildi. Bu ko`rinishdagi propogandalarning yirik namoyondalaridan biri tojik tarixchi olimi Bobojon G`ofurov bo`lib, u tomonidan yozilgan “Tojik” tarixiy kitoblar to`plami 1960-yillarda maktablardagi standard qo`llanma hisoblanardi. Bunday etnik kampaniya, albatta, sovet hokimiyati tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarib borilardi. Milliy o`zlikni anglashga bo`lgan har qanday urinish yo`q qilinardi. “Milliy o`zlikni anglash” kampaniyasi bilan bir qatorda “ruslashtirish” siyosati ham olib borildi: rus tili maktablarda asosiy o`qitish tiliga aylantirildi, siyosiy hayotda norasmiy til darajasiga chiqdi.  Mixail Gorbachevning oshkoralik siyosati tojik xalqining milliy o`zligini anglash jarayoniga kuchli turtki berdi. Tojik intellegensiyasi o`zlarini Eron va Afg`onistondagi forslarga bog`liqliklarini va tojik milliy mafkurasi Sovetlarnikidan ustunligini isbotlashga tushib ketishdi. Milliy-madaniy tashkilotlar o`zlarining fors va musulmon o`zliklarini tan oldirish uchun ateistik kommunistlar bilan jiddiy raqobatga kirishdilar. Biroq o`zini boshqalardan ustun qo`yish harakati aks ta`sir ko`rsatdi. Mamlakat hayoti deyarli Sovet Ittifoqi va qo`shni davlatlarga qaram bo`lib, o`zini qobiq ichiga o`rab olgan tojiklarning rivojlanish uchun biror ish qilishlari amri mahol edi. Bu tez orada siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy bo`hronga olib keldi hamda tojik qavmlariaro ziddiyatlarga sabab bo`ldi.
 
Qo`shimcha ravishda BMT Bosh Kotibining 1993-yildagi hisobotini keltiramiz: “Tojikiston inqirozi nazorat etilmaydigan qurollar tufayli ham avj olmoqda. Afg`onistondan Tojikiston orqali chiqib ketgan Sobiq Ittifoq qo`shinlari tomonidan mamlakatda katta miqdorda qurol qoldirib ketilgan. Bundan tashqari Sovet Ittifoqi parchalangandan so`ng qarovsiz qolgan 1,387 kmli Tojik-Afg`on  chegarasidan ham noqonuniy qurollar kirishi ortib bormoqda.”
 
Shunga ahamiyat berish kerakki, fuqarolar urushi davridagi qurollar tomonlarga sotilmagan, balki Saudiya Arabistoni, AQSH va Eron homiyligida Afg`oniston orqali Pokistondan olib kelinib, tarqatilgan.

Islomiy ekstremizmning o`sishi

Post-Sovet Tojikistoni davrida musulmon elitalari turli kategoriyalar ostida tashkil etildi. Birinchisi, Hizb ut-Tahrir kabi fundamentalist-ekstremistlar bo`lib, ular demokratik qadriyatlar va g`arb madaniyatini tamomila rad etardilar. Ekstremistlar qonun sifatida shariatni,  ahloq sifatida islomiy normalarni birinchi o`ringa qo`yish tarafdori edilar. Ikkinchisi, mullalar va Tojikiston Islomiy Uyg`onish Partiyasining ba`zi a`zolari bo`lmish konservativlar bo`lib, ular qattiq tartibli ijtimoiy tartib o`rnatish taraddudida edilar. Konservatorlar dunyoviylashuv va zamonaviylashuvning har qanday ko`rinishini rad etardilar. Uchinchisi, modernistlar hisoblanib, demokratiya va islom uyg`unlashuviga erishish uchun harakat qilishdi. Nihoyat so`nggi kategoriya sekularistlar bo`lib, buning ichiga Tojikiston Xalq Demokratik Partiyasi a`zolari, kommunistlar, sotsialistlar va demokratlar kirardi. Ular dinni siyosatdan ajratish tarafdori edilar. Shu bilan birga sekularistlar milliyatchilik va boshqa islomiy davlatlar bilan tashqi aloqani mustahkamlash uchun islomdan foydalanishga urinishdi.
 
Bu qarama-qarshi guruhlar ateistik kommunistlarga zimdan qarshi bo`lgan Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston kabi davlatlardan Afg`oniston orqali ko`mak olib turdi. Dastaklovchilar asosan ikki narsani maqsad qilib qo`ygandilar: ekstremistik islomni yoyish va mintaqaga joylashib olish.

Mintaqaviy elitalarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ustunligi

Azaldan Tojikistonda O`zbekiston va Rossiya ko`magiga tayangan Xo`jand elitasining ta`siri kuchli bo`lgan. Sovet Ittifoqi parchalangandan so`ng mamlakatda xavfsizlik masalasi mo`rtlashdi. Mamlakatdagi hududiy elitalar bosh ko`tarib, yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilishdi. Muholifat Xo`jandning iqtisodiy muhimligini anglagan holda, bu hudud elitasining kuchsizlanishini istamadi. Lekin Xo`jandliklar hali hokimiyat uchun tayyor emasdilar. Xo`jand elitasi o`zining siyosatda noqobilligini xis qilib, Tojikiston ichki ishlariga O`zbekiston va Rossiyani zimdan jalb qila boshladi. Xo`jand elitasining yetakchilaridan biri prezident Nabiyevning bu siyosati, aksariyat tahlilchilarning fikricha, Tojik inqirozining asosiy sabablaridan biri bo`lgan.

Etnik o`zlikni anglash

Tojikiston mustaqilligi boshqa sobiq SSSR davlatlari kabi kurashilmagan, favqulodda imkoniyat kelib qolgan mustaqillik edi. Tojikistonda mustaqillik uchun intilish, kurashish u darajada kuchli bo`lmay, bunday mustaqillik milliy davlat qurish uchun asos bo`la olmas edi.
 
Davlatlar mustaqilligidan so`ng sobiq ittifoqchilar orasida milliy til va madaniyatni birinchi o`ringa qo`yish uchun to`satdan kurash boshlandi. Siyosatshunos K. Varikuga ko`ra: “Markaziy Osiyo bo`ylab tashkil qilingan yangi siyosiy partiya va harakatlar nafaqat mahalliy aholining fuqaroviy, diniy va siyosiy talablarini ilgari surishmoqda, balki anti-rus kampaniyasini ham targ`ib qilishmoqda.” Tojikistonda bu kabi kampaniya Rastoxez Milliy Harakati tomonidan olib borildi. Ayniqsa Arman Voqeasi paytida Tojikiston ko`chalari millatchilikni tar`gib qiladigan milliy shiorlar va plakatlarga to`lib-toshgan edi.
 
Bunday millatchi harakatlar tojiklarni muhim narsalardan chalg`itdi, milliy davlat barpo etish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish lozim bo`lgan bir vaqtda, tojiklar, shovinistik mafkura bilan o`ralashib qoldilar.

Etnik saylovlar va tanlovlar

Rahmon Nabiyev 1991-yil noyabridagi saylovlarda rasman prezident etib saylangandan so`ng butun mamlakat boshqaruvi Xo`jand va Ko`lobning sobiq kommunistlari qo`liga o`tib qoldi.
 
1992-yil 2-dekabridagi Xo`jandda bo`lib o`tgan Oliy Sovetning navbatdagi sessiyasida yangi kabinet tanishtirilganda hukumat a`zolarining deyarli barchasi Tojikiston Kommunistik Partiyasidan, partiya a`zolari esa Xo`jand va Ko`lobdanligini ko`rish mumkin edi. Ko`lob klani liderlaridan biri Sangak Safarovning o`limidan ko`p o`tmay butun hokimiyat ko`lobliklar qo`liga o`tdi. Muhim hukumat organlari va boshqaruv institutlari Ko`lob klani nazorati ostida edi. Ko`loblik vazir va boshqa amaldorlarni aksariyati esa boshqaruvga nomunosib yoki jinoiy ishlarga aralashib qolgandi.
 
Asosiy a`zolari ko`loblik bo`lgan Xalq Fronti milliy qo`shindagi tartibni o`zgartirdi. Natijada muntazam armiyadagi oliy mansablarni faqat Ko`lob elitasi egallaydigan bo`ldi.

Hukumat siyosati

Hukumatning muholifatga nisbatan yuritgan siyosati ham fuqarolar urushining muhim sabablaridan biri. 1993-yil yanvarida Oliy Sovet Raisiga aylangan Imomali Rahmon muholifat yetakchilariga qarata agressiv siyosat yurita boshladi. Tojik musulmonlari ma`naviy yo`lboshchisi Hoji Akbar To`rajonzoda, Tojikiston Islomiy Uyg`onish Partiyasi yetakchilaridan biri Muhammad Sharif Himatzoda, Rastoxez Xalq Harakatidan Tohir Abdurjabbor, Lali Badaxshondan Atobek va Shodmon Yusuf, Tojikiston Demokratik Partiyasi rahbari va sobiq deputat Davlat Usmonlar shular jumlasidandir. Ularga 1992-yil may voqealarini tashkillashtirish, qonuniy saylangan hukumatni ag`darib, hukumatni egallab olishga urinish, noqonuniy qurolli guruhlar tashkil qilish va ular yordamida mamlakatni urush markaziga aylantirish, davlat iqtisodiyotini izdan chiqarib tashlash ayblari qo`yildi. Hukumat muholifatga qarshi repression siyosat olib bordi, butun hukumat mediasi muholifatga qarshi targ`ibotlar bilan to`lib toshdi. Nihoyat, Tojikiston Oliy Sudi Tojikiston Demokratik Partiyasi, Tojikiston Islomiy Uyg`onish Partiyasi, Lali Badaxshon Jamiyati va Rastoxez Xalq Harakati kabi muholif qarashda bo`lgan ommaviy tashkilotlarning faoliyatini taqiqlab qo`ydi. Inson huquqlarini oyoqosti qilish, muholifat va o`zgacha fikrlovchilar mavjudligini tan olmaslik, ularni tinglab ko`rishga intilmaslik, agressiv avtoritar rejim mamlakatdagi vaziyatni butkul izdan chiqarib yubordi.
 
Hukumat muholifatni ruscha ism bo`lgan Vladimirdan olingan “Vofchik” laqabi bilan atardi. Bu “Vahhobiy” atamasini anglatardi. Javoban muholifat tomoni ham hukumatdagilarni ruscha Yuriy ismidan olingan “Yurchik” derdi. Shu tariqa bir millatning ikki siyosiy kuchi bir-birining ashaddiy dushmaniga aylandi. Uzoq vaqt davomida xech bir taraf murosani istamay keldi.
 
1997-yil tinchlik sulhidan keyin kuchga kirgan yangi konstitutsiyada ham muholifat haq-huquqlari inobatga olinmadi. Muholifatga parlamentdan atigi 30 % joy va davlat apparatidan arzimas o`rin ajratildi.

Davlat tuzumining kuchsizlanishi

Davlatning markazlashgan boshqaruvni qo`ldan boy berib qo`ygani butun mamlakat xavsizligini xavf ostiga qo`yib qo`ydi. Umumiy birlashgan milliy mafkuraning yo`qligi, etnik guruhlar orasidagi hokimiyat uchun kurash va sovet tuzumi gardaniga ag`darilgan, aslida esa hukumatning noto`g`ri siyosati tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy bo`hron ham davlatni parchalanib ketish darajasiga olib kelib qo`ydi. Natijada butun mamlakatda nazoratni qo`lga olomagan hukumatga qarshi bir qancha region liderlari bosh ko`tarishdi, ularning har biri hokimiyat uchun da`vogarga aylanishdi. Hukumat esa o`z mavjudligini saqlab qolish uchun konstitutsiyaga zid amallar qila boshladi, Tojikistonda avtoritar rejim o`rnatildi.

Xavfsizlikka tahdid

Xavfsizlik masalasi kuchsiz hukumat va kuchlar tizimining o`zgarishi tufayli edi. Safarali Kenjayev Xo`jand elitasining rahbariga aylangandan so`ng 1987-yildan buyon Ichki Ishlar Vaziri lavozimini egallab kelayotgan Navujonovni nishonga oldi. Bu suiqasd Dushanbedagi pomiriylarni oyoqqa turishiga sabab bo`ldi. Tojikiston shunday guruhiy qarama-qarshiliklar makoniga aylandi. Muholifat ham 1992-yilda president Nabiyev soqchilari tinch namoyishchilarni o`qqa tutishi ortidan Davlat Usmon va Shodmon Yusuflar rahbarligi ostida Nijati Milliy (Xalq Ozodligi uchun Front) deb atalmish qurolli guruh tuzgan edi. Muholifat jangchilari Afgo`niston va Pokistondagi lagerlarda tayyorgarlik o`tagan edi. Muholifatda qurolli kuchlarning paydo bo`lishi vaziyatni butkul izdan chiqarib yubordi. Mamlakatda anarxiya hukmronga aylandi. Hukumat esa muholifatga chetdan, asosan, Afg`onistondan kirib keladigan qurol va boshqa har qanday dastakni yo`lini to`sish uchun zo`r berib kurashardi.
 

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda