• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
19 Avg2015

ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?

19 Avgust 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: MDH va Rossiya

So'ngi oylarda dunyoga tanilgan OAVlarining sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim davlatlarning bayonotlarida Afg'onistonda o'zini ISHID jangarilari deya atayotgan kuchlar paydo bo'lganligi haqida xabarlar tarqaldi va mavzu yuzasidan tahliliy maqolalar ko'paydi. Lekin, na matbuotda va na turli mamlakatlarning maxfiy xizmatlari tomonidan bu ma'lumotlar tasdiqlanmadi va masalaga faqat taxminlar bilan yondashildi.

Biz saytimizda axborot urushlari haqida Rossiya-Ukraina to'qnashuvi misolida maqolani e'tiboringizga havola qilgan edik, ISHIDning Afg'onistonda paydo bo'lganligi ham ko'p jihatlari bilan axborot urushining navbatdagi xurujiga mos kelmoqda. Ko'p mamlakatlarning manfaatlari to'qnashgan Afg'oniston sof geografik jihatdan O'rta Osiyoning bir qismi hisoblanadi, shunday ekan Afg'oniston bilan birgalikda O'rta Osiyoning taqdiri ham geopolitik jihatdan hozirgacha noaniqligicha qolmoqda. Garchi Rossiya keng ko'lamdagi ommaviy propoganda orqali va xalqaro chiqishlarida O'rta Osiyoni o'zining "Orqa Hovlisi" deya atashda davom etayotgan bo'lsada, Rossiyaning regiondagi ta'siri 20-yil oldingiga qaraganda sezilarli darajada pasaygan va uning "Katta og'a" sifatidagi roli kamayib, bu o'rinni asta-sekinlik bilan boshqa o'yinchilar egallab bormoqda. 

Rossiyaning Yevrosiyo Ittifoqi loyihasi rejasi kutilmagan voqea - Ukraina siyosiy pozitsiyasini unga nisbatan keskin o'zgarishi oqibatida mamlakat siyosati va iqtisodini umumiy tarzda O'rta Osiyoga qaratilishiga olib keldi. Natijada Yevrosiyo Ittifoqi loyihasida hamda Rossiya tashqi siyosatida O'rta Osiyo ustuvor darajani egalladi. Endilikda, Rossiya qanday yo'l bilan bo'lmasin bu mamlakatlar bilan umumiy ittifoqni yaratish harakatiga tushib ketdi. G'arb mamlakatlari sanksiyalari va iqtisodiy blokada tufayli Rossiya uchun uning iqtisodiy hamda siyosiy yashab ketishini ta'minlay oladgan ittifoqni yaratishni tezlashtirishi lozim bo'ladi, bu yo'lda u O'rta Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy, siyosiy shantaj qilishdan va kerak bo'lsa o'z manfaati yo'lida axborot xurujlarini uyushtirishdan ham qaytmaydi. 

Lekin O'rta Osiyoga ko'z tikkanlar ro'yxati Rossiya bilan cheklanib qolmaydi. Xitoy o'zining iqtisodiy ambitsiyalari tufayli O'rta Osiyo mamlakatlari bilan muhim iqtisodiy aloqalarni o'rnatishni ko'zlagan. Nafaqat, O'rta Osiyodagi xom-ashyo resurslari uchun, balki O'rta Osiyoning boshqa ko'pchilik regionlar bilan geografik-strategik joylashganligi Xitoyning regionga qiziqishining asosiy sababidir. 

AQSh uchun O'rta Osiyo aynan Rossiya va Xitoyning regionda yoyilib, kuchayib ketmasligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan hududdir. O'zining tashqi siyosatini asosiga demokratiya va inson huquqlari prinsiplarini o'rnatib olgan AQShga O'rta Osiyoning avtoritar mamlakatlari bilan kelishish doim qiyin bo'lib kelgan. Lekin, son'gi paytlarda AQSh regionda qaytadan faollashib bormoqda, endilikda munosabatlar siyosiy yoki harbiy-strategik asoslarga tayanib emas, balki iqtisodiy sherikchilikka asolanmoqda. AQSh bunday strategik tanlovni Rossiyaning regionda qaytadan kuchayishi tufayli tanladi. Agar, Rossiya Yevrosiyo Ittifoqini to'laligicha qurishga erisha olsa, bu AQShning regiondagi manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, shunday ekan, AQSh Rossiyaning O'rta Osiyoda Yevrosiyo Ittifoqini to'laligicha qurishiga tish-tirnog'i bilan qarshilik qilishi tabiiy. Bu yo'lda u regionda katta ta'sirga ega o'zining ittifoqchilari bo'lmish Turkiya yoki Fors ko'rfazidagi ayrim Arab mamlakatlarining qo'lidan ham foydalanishi mumkin. Bu mamlakatlar esa o'z navbatida O'rta Osiyodaa o'zlarining manfaatlariga va strategiyalariga egadirlar, bu esa O'rta Osiyodagi geopolitik manzarani yanada chalkash ahvolga olib keladi. 

Maqolamizning mavzusi bo'lmish Afg'onistonda haqiqatdan ham ISHIDning kuchlari mavjudmi yoki yo'qmi degan savolga yuqoridagi mamlakatlarining O'rta Osiyodagi strategiyasi hamda Afg'onistonda bo'lib o'tayotgan, tasdiqlangan axborotlar bilan solishtirish orqali javob berishga harakat qilamiz. 

Dastlab shuni eslatib o'tish lozimki, Afg'onistonda mavjud jangarilar harakatlari - Tolibonlar va boshqa islomiy radikal kuchlarning geografik joylashishida, strategik qarashlarida va maqsadlarida kuchli o'zgarishlar yuz bergan. Geografik jihatdan, asosan Pokistonning Vaziriston viloyatida joylashgan Tolibonlar Pokistonning Zarb-e-Azb harbiy operatsiyalari doirasida qilingan ayovsiz hujumlari tufayli asta-sekinlik bilan Pokiston hududidan Afg'oniston hududiga chekinishga majbur bo'lishgan. Qobul va uning atrofidagi Afg'on milliy kuchlarining zich joyllashganligi tufayli ular asosan Afg'onistonning ovloq hududlari bo'lmish Shimmoliy hududlariga, jumladan Tojikiston bilan bo'lgan tog'li chegara hududlariga va Turkmaniston bilan bo'lgan Turkman qabilalari yashaydgan chegaraviy hududlarga kelib joylashmoqda. Ayrim manbaalarga ko'ra, Tojikistonning tog'li Badaxshon hududida allaqachon ayrim tolibon guruhlarining Tojikiston hududiga o'tib ketganligi aytiladi. Ushbu harakatlar va ular haqida aniq ma'lumotlarni kamligi ko'pchilik mamlakatlarda qo'rquvni keltirib chiqargan bo'lsa, ko'pchilik mamlakatlar esa ushbu qo'rquv va noaniqlikdan o'z manfaatlari yo'lida axborot xurujlarini amalga oshirish orqali foydalanmoqda.

Yana shuni ham ta'kidlash kerakki bugungi kunda Tolibonlar harakati biz shu paytgacha eshitgan-bilgan harakatdan ancha yiroqdir. Tolibonlar AQShning Afg'onistonga harbiy interventsiyasi va so'ngra Pokiston hukumati bilan murosaga bora olmagani tufayli o'zini yaxlitligini yo'qotgan va bugungi kunda bir nechta o'nlab guruhlarga bo'linib ketgan. Ushbu guruhlar orasidagi nizolar ham ularni tobora tuzilmaviy jihatdan yemirib bormoqda. Masalaning moliyaviy tomonini ham hisobga olish zarurdir, Afg'onistondagi urush va bu regiondagi o'yinchilar rollarini qayta chizilishi Tolibonlar harakatining asosiy moliyachilari bo'lmish Forz ko'rfazining Arab mamlakatlarini bu hududga bo'lgan siyosiy qiziqishini so'ndirdi. Bundan tashqari Tolibonlarning maxfiy axborotlar hamda qurol-aslahalar bilan ta'minlovchi Pokiston maxfiy xizmatlarining strategiyasining Tolibonlar zarariga o'zgarishi va ular yashayotgan hudud, Shimoliy Vaziristonda "tozalash" harbiy operatsiyalarini olib borishi bu harakatning yakkalanib qolishiga sabab bo'ldi. Endilikda butun dunyoda global Jihodni tashkil qilmoqchi bo'lgan Al-Qoida kuchlari hamda Tolibonlar uchun yagona najot faqat Afg'onistonning ichida qoldi, faqat ushbu hududdagina ular o'z mavjudligini saqlab qolishlari mumkin. Islomiy Davlat nomi bilan atalmish terrorist guruhining kuchayishi va barcha geopolitik o'yinchilarning ushbu guruh tomoniga qaratilishi Tolibonlar uchun yashab qolishning so'ngi umidini ham o'ldirdi. Endilikda "Alloh yo'lida" kurashga otlanishni niyat qilgan jihodchilar uchun Afg'oniston va Al-Qoida qiziq bo'lmay qoldi, Islomiy davlatning moliyaviy jihatdan to'qligi, o'ziga qaratuvchi propogandasining kuchliligi va Suriyadagi harbiy pozitsiyaga egaligi, butun dunyo jihodchilarni Suriya va Iroqqa yo'l olishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari AQShning Afg'onistonga harbiy interventsiyasi va undan so'ngi Afg'onistondagi siyosiy o'zgarishlar mamlakatda diniy harakatlarning faoliyatini pasaytirib, milliy-etnik harakatlarni kuchayishiga olib kelgan edi. Ushbu milliy-etnik ajralishlar Afg'onistondagi oxirgi saylovlar bilan boshlangan edi.

Demak, ha, haqiqatdan ham Tolibonlarning Pokistondan chekinishi va butun diqqat e'tiborini Afg'onistonda hokimiyatni olishga qaratishlari Afg'onistonda to'qnashuvlarni keltirib chiqarmoqda. Ammo, bu harakatlarni Suriya va Iroqdagi Islomiy davlatga aloqasi kam. Aksincha, Tolibonlar bilan Islomiy davlat o'rtasida kuchli kelishmovchiliklar mavjuddir, bu kelishmovchiliklar ularning mafkurasidagi farqlar, hokimiyat uchun kurashi hamda "Xalifalik o'rnatuvchilar" roli uchun bo'lgan musobaqalari tufayli vujudga kelgan. Mulla Umar o'limidan oldin Bag'dodiy bilan ochiq xat orqali suhbatida Tolibonlar harakati Islomiy davlatga qo'shilmasligini aniq aytib o'tgan edi, bunga javoban esa Bag'dodiy Mulla Umarni savodsizligda ayblab haqoratlagan edi. Shunday ekan ikki tomonning liderlari orasidagi kelishmovchilik ham ularni bir biriga dushman qilib qo'ydi. Mulla Umar o'limidan oldin Tolibonlar orasidan o'zini Islomiy davlatga bag'ishlagan kishilarni so'zsiz qatl etishga buyruq bergan. 

Lekin, Tolibonlardan ajralib chiqqan va bugungi kunda o'zlarini yo'qlikka yuz tutib borayotganini kuzatayotgan ayrim kichik guruhlar Islomiy davlatdan moliyaviy yordam olish maqsadida yoki hech bo'lmasa uning tarkibida o'zini mavjudligini saqlab qolishga urinib, o'zlarini Islomiy davlatning kurashiga ko'ngillilar sifatida qo'shilishlarini e'lon qilishmoqda. Bunday guruhlar asosan hech qanday operatsional kuchlarga ega emas, ularning bugungi kundagi moliyaviy manbalari narkotrafik, aholini talash va qurol-yarog'lar yuk mashinalari kolonnalarini qorovullashdan keladi. Ko'pchilik hollarda ular oddiy yollanma jangarilardan farq qilishmaydi va daromad keladigan har qanday ishga (hatto bu ularning mafkurasiga zid kelgan holda ham) tayyordirlar. Qisqa qilib aytganda bunday guruhlarning bugungi kunda faqat nomigina qoldi xolos, ularning harbiy hujum qilish salohiyati esa deyarli nolga tengdir. 

Shunday ekan bugungi kunda Afg'onistonda Islomiy davlatning ko'p sonli jangarilari Afg'onistonda paydo bo'lmoqda va ular O'rta Osiyo mamlakatlariga xavf tug'dirmoqda degan axborotlarni dunyo bo'ylab tarqatish kimga kerak bo'lyapti? Javob - deyarli hammaga!

Afg'onistonni ichki kuchlariga

So'ngi saylovlardan so'ng AQSh Afg'onistonni o'z ichki mojarolarini o'zlari hal qilish uchun o'zining nazorat arqonini bo'shashtirdi, lekin mamlakat ichida Tolibonlardan oldin mavjud bo'lgan etnik qarama-qarashiliklar qayta tug'ildi va millatlararo raqobat kuchayib ketdi. Bu raqobat o'z vaqtida ham siyosiy, ham iqtisodiy va ham harbiydir. Turli millatlarning vakillari orasidagi to'g'ridan-to'g'ri to'qnashuvlar hozir ham davom etmoqda lekin bularning ko'pchiligi bizgacha Afg'on-Tolibon to'qnashuvi deya OAVlar orqali yetib keladi. Masalan Ahmad Shoh Ma'sudning davomchisi deya qaralayotgan Balh viloyati hokimi Atta Muhammad Nur hamda Afg'onistondagi o'zbeklar lideri bo'lmish Abdurashid Do'stum o'rtasidagi kelishmovchilik va raqobat hech kimga sir emas. Garchi ular hozirda o'z kuchlarini Tolibonlar harakatini yo'q qilish uchun birlashtirishgan bo'lsada, Tolibonlarning yo'q qilinib borilishi sari ular o'rtasida to'qnashuv kelib chiqish ehtimoli oshib bormoqda. Afg'onistonning shimoli uchun mamlakatdagi O'zbeklar va Tojiklar orasidagi kurash doimo bo'lgan, bu bugungi kunda ham davom etmoqda va kelajakda ham uni davom etishi ehtimolga yaqindir. 

Shu sababdan ikki tomon ham Afg'onistonda Islomiy davlat jangarilarining borligini vaj qilgan holda o'zlariga tashqi ittifoqchilarni jalb qilishga harakat qilishmoqda. Do'stumning o'tgan Navro'z bayramining Mozori Sharif shahri tantanalaridagi nutqidagi Islomiy davlat xavfiga urug' berishi, bu o'ziga ittifoqchilar zarurligi uchun yaqqol sha'ma edi.

Rossiya uchun

Yuqorida aytib o'tilganidek Rossiya har qanday yo'l bilan bo'lsada O'rta Osiyoda o'zining ta'sirini qayta tiklashga urinmoqda, bu iqtisodiy ta'sirdan tortib, harbiy ta'sirgachadir. Afg'onistondagi Islomiy davlatning jangarilarining paydo bo'lganligi haqidagi dezinformatsiya O'rta Osiyo davlatlarini tahlikaga solib qo'yishi va har qanday bahoga bo'lsa ham o'zlarini himoyasi uchun harbiy ittifoqchilar izlashga tushishiga olib kelishi mumkin, bunday holatda esa hozircha faqat Rossiya O'rta Osiyo uchun yagona harbiy himoyachi bo'la olishi mumkin. Shu sababdan, ayniqsa Rus OAVlari bu axborotni ko'pirtirib ko'rsatishga harakat qilishmoqda. Hatto, shu masala yuzasidan Rossiyaning maxfiy xizmatlari va harbiylaridan tuzilgan instruktorlar guruhi Turkmaniston chegaralariga ham jo'natilishiga erishildi, Turkmaniston esa dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri sanaladi.

AQSh uchun

AQShning bu boradagi mantig'i ham Rossiyanikiga juda yaqindir, ya'ni bu axborot tarqalishidan foydalangan holda O'rta Osiyodagi o'zining iqtisodiy-siyosiy pozitsiyalarini mustahkamlab olish va bir vaqtni o'zida asta sekinlik bilan Yevrosiyo Ittifoqiga oshiqayotgan ayrim O'rta Osiyo mamlakatlarida kelajakka nisbatan ishonchsizlik hissini tug'durish. Bu narsa ayniqsa Tojikiston va O'zbekiston misolida yaqqol ko'rinadi. Ushbu davlatlar AQShning Afg'onistondagi Islomiy davlatlar jangarilari haqidagi axborotlarni tarqatilishida asosiy nishon qilib olindi. 

O'rta Osiyo mamlakatlari uchun

Garchi O'rta Osiyo mamlakatlar ushbu axborotlarning bo'rttirilib tarqatilayotganini boshidan bilgan bo'lsalarda, ular ham bu axborot o'yinida ishtirok etishga qaror qildilar. Chunki birinchidan bu vaziyat regiondagi mamlakatlarning tashqi siyosati konseptsiyasining asosi bo'lmish tashqi qudratli kuchlarning raqobatidan foydalangan holda ulardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga mos kelardi. Rossiya va AQSh regiondagi tinchlikni ta'minlash bahonasida, aslida esa o'zlarining regionda o'rnashib olishlariga yordam beradigan, turli xil va'da va takliflar ro'yxatini taqdim qildilar. Hozirda ushbu takliflar region mamlakatlari tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Ikkinchidan regiondagi mamlakatlardagi olib borilayotgan ichki siyosatni davomiyligini ta'minlash uchun Afg'onistondagi Islomiy davlat xavfi ajoyib bir imkoniyat edi. Bir vaqtning o'zida ushbu mamlakatlarning "Osoyishtalik hamma narsadan ustun" qabilidagi siyosatini yana bir bor oqlashga, shu bilan birga O'rta Osiyoda Islomiylik harakatining xavflari hali ham yo'qolmaganini va ushbu harakatlarga qarshi ayovsiz kurashni davom ettirish lozimligini ta'kidlash uchun sabab topildi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki yuqoridagi kabi axborot xurujlarini uyushturish davlatlar tomonidan katta kuch va mablag' talab qiladi, ayniqsa ushbu xurujdan ma'lum bir siyosiy maqsadlar ko'zlangan bo'lsa u juda ham ayovsiz tus olishi mumkin. Ushbu Afg'onistondagi Islomiy davlat jangarilari haqidagi bo'rttirilgan axborot deyarli qarshiliklarga uchramadi, chunki yuqorida aytib o'tilganiday ushbu vaziyat regiondagi hamma o'yinchilar uchun qo'l keldi. Lekin kelajakda ushbu holat boshqacha tus olishi va hozirda hamma uchun kulguli bo'lgan axborot ko'p bora ishlatilgani tufayli reallikni aks ettiradigan axborotga aylanib ketishi va kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

 

 

O'xshash maqolalar

  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda