• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
22 Noy2012

G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil

22 Noyabr 2012. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

21-noyabr Misr Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Komil Amir Isroil va Hamas o'rtasida o't ochishni to'xtatish haqida kelishuv tuzilganini e'lon qildi, bu kelishuv G'azo vaqti bilan 19:00 dan amalga kiritildi. 

"AQSh bugungi tuzilgan kelishuvni olqishlaydi, kelajakda AQSh regiondagi sheriklar bilan bu tinchlik bitimini mustahkamlash bo'yicha birgalikda ish olib boradi" deydi Hillari Klinton o'zining Qohiradagi bergan bayonotnomasida.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netenyahu AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbatidan so'ng, Misrning kelishuv haqidagi taklifiga "G'azoga yana bir marta imkon berish" sharti bilan rozilik berdi. O'z navbatida AQSh prezidenti janob Netenyahuga Misr tomonidan qilingan taklifni qabul qilganligi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

 
G'azoliklar va Isroilliklar o't ochish to'htatilganini nishonlashmoqda

14-noyabrda boshlangan va bir haftalik muddat davom etgan ushbu to'qnashuvda G'azoliklardan 140 tasi nobud bo'ldi, 1000ga yaqin kishi yaralandi, Isroil tomondan 5 kishi halok bo'ldi. To'qnashuvlar asosan ikki tomonning bevosita yuzma-yuz janglarisiz, asosan Isroil tomondan havo kuchlari orqali qilingan bo'lsa G'azo tomonidan o'rta va uzoqni mo'ljalga oluvchi raketalar orqali amalga oshirildi. Shunga qaramasdan Isroil o'zining qo'shinlarini mamlakatning janubida favqulodda holatni eng yuqori darajada ushlab turdi. Harbiy hujumlarni qo'shinni G'azoga kiritilishi orqali amalga oshirilishi haqida habarlar tarqalgandan keyin, Hamas Isroilga qisqa videolavha orqali Isroil qo'shinlari G'azoga kiritilgan holatda uning qo'shinlari garovga olinishini aytib ogohlantirdi, ertasi kuni Isroil axborot agentliklari orqali mamlakatning ma'suliyatli shaxslaridan biri G'azoga quruqlik orqali yoppasiga hujum uyushtirilish rejasi vaqtinchalik orqaga surilganini e'lon qildi. 

 G'azo hududidan Isroilga otilgan raketalar grafigi

G'azo hududidan Isroilga otilgan raketalar grafigi

To'qnashuv tarixiga nazar solsak G'azo hududidan otilgan raketalar son jihatidan Isroil hujumlaridan bir muncha ko'proqdir, lekin shunga qaramay Isroil tomonidan atigi 5ta qurbon berilgan, xo'sh buni asl sabablari nimada?

Ko'pchilik faktorlar rol o'ynaydi. Shulardan eng asosiysi, Hamas guruhi jangchilarini yetarli darajada harbiy tayyorgarlikka ega emasligi. Eron rasmiy jihatdan Hamasga "harbiy yordam" ko'rsatganligini ta'kidladi. Hamas tomonidan ishlatilayotgan asosiy raketa Fajr-5 bo'lib, uning mo'ljalining uzoqligi o'rtacha 75 kmga tengdir. Harbiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu juda yahshi natija beruvchi quroldir, lekin G'azodagi bo'lib o'tgan to'qnashuvda Hamas a'zolari uni ishlatishda ancha qiyinchiliklarga duch kelgani aniq, otilgan raketalardan 90% yoki aniq nishonga olinmagan yoki trayektoriyani yetarlicha hisobga olinmasdan otilgan. Bunday pala-partish o't ochishlar Isroilni 1 hafta davomida G'azoga hujumni qattiqqo'llik bilan ushlab turishida bahona bo'ldi, garchi qurbonlar soni G'azodagiga qaraganda 30 marta kam bo'lsa ham. Undan tashqari bu qurollarni anqilik bilan ishlatishda Hamas vakillariga havodan keluvchi hujumlar halaqit berganligi aniq. Chunki, G'azo o'z hududining strategik jihatdan Isroilga nisbatan o'ta "nomaqbul" joylashganligi bilan ajralib turadi. G'azoning umumiy yer maydoni 360 km² bo'lib, 41 km g'arbiy qismi O'rta yer dengizi qirg'og'i bo'lib, qolgan deyarli barcha tomonlari Isroil hududi bilan o'rab olingan. Misr bilan chegaradosh qismi bo'lishiga qaramasdan, shu davrgacha Misr G'azoga to'g'ridan-to'g'ri harbiy yordam berishdan ko'ra Isroil bilan tinchlikni saqlab turishni afzal ko'rgan. Hududning kengligi 6 kmdan 12 kmgacha cho'ziladi. Bu esa unga harbiy jihatdan juda ham nozik vaziyat tug'diradi, hudud ustidan qiruvchi reaktiv samolet 1 sekund ichida uchib o'tishi mumkin, ayni paytda hududdagi nishonni Isroil hududidan turib mo'ljalga olishi mumkin. Bunday holatda har qanday harbiy himoyaga ega bo'lgan hudud ham tashqi hujumlarga bardosh berishi qiyin, chunki tayanch nuqtani o'zini yaratishni iloji yo'q.

G'azo hududi

G'azo hududi 
Undan tashqari bu hududning aholisi 1 mln 700 ming kishidan ortiq bo'lib, aholi zichligi 1 km²ga o'rtacha 4700 kishidan to'g'ri keladi. Sizlarga tasavvur hosil qilish uchun bir misol, O'zbekiston Respublikasining eng kichik viloyatlaridan biri bo'lmish Andijon viloyatining umumiy yer maydoni 4200 km²ga teng (ya'ni G'azodan 10 barobar kattaroq), umumiy aholi soni 1 mln 800 mingdan oshiqroq, aholi zichligi o'rta hisobda 1km²ga 450 kishidan to'g'ri keladi (bu esa mamlakatimizning eng zich viloyatidir), ya'ni G'azodagi zichlikdan 10 barobar kam. Bunday aholining ko'pligi va zichligi Hamas uchun ham ijobiy, ham salbiydir. Ijobiy tomoni shundaki, xududning kichkinaligi sababli harbiy tayyorgarlik va hujumlar tez orada Isroil tomonidan nishonga olinishini oldini olish uchun Hamas guruhi a'zolari aholiga "qorishgan" holartda jang olib borishlari, tayyorgarlik ko'rishlari, tarqalishlari va yig'ilishlari mumkin, aholi to'dalari orasida Isroil uchun ularni ajratib olishni deyarli iloji yo'q. Salbiy tarafi esa bu aholi zichligi oqibatida va Hamasning aholi bilan "qorishib" jang qilishi oqibatida qurbonlar sonining ko'pligidir. Ohirgi to'qnashuvda Isroil hujumlari nishonlar aniqligiga unchalik diqqat e'tibor ajratmagani aniq, chunki qurbonlarning yarmidan ko'prog'ini ayollar va voyaga yetmagan bolalar tashkil qilgan.

Yana boshqa faktorlardan biri Hamas guruhiga tayanch bo'luvchi bevosita hudud yoki davlatning yo'qligidir. Garchi, Eron Hamasni jiddiy ravishda qo'llab quvvatlagan bo'lisada, ularning hududlari bir biridan ancha yiroqda joylashganligi va Arab davlatlari bilan Eron o'rtasidagi qarama-qarshiliklar bunday qo'llab quvvatlashlarni zaiflashtiradi. O'z navbatida Arab mamlakatlari Isoil bilan bu mojarolar ustida jiddiy munozaralar olib bormaganlar. Har safargi to'qnashuvlardan keyin "Vaqtinchalik bitimlar" bora-bora Isroilning yoki Hamasning hujumlari bilan buzilib, ma'lum qurbonlar berilgandan so'ng yana bir biriga tegmaslik siyosati bilan davom etadi.

Ushbu to'qnashuv Yaqin Sharq mojarolarida Isroilning ham siyosiy, ham strategik jihatdan ustunligini yana bir bor isbotlab berdi. Eron parlamenti va Oliy Yo'lboshlovchisi Oyatullo Homeneyning Isroilga qarshi radikal bayonotlari faqatgina Eronning bu masalada yakkalanib qolganini yaqqol ko'rsatib berdi. Arab mamlakatlari bu bayonotlarga na hayrihohlik bildirishdi, na Hamas guruhini qo'llab quvvatlovchi amaliy yordamlarni ko'rsatmadilar. Hatto "Arab Bahorlari"dan keyin, asosan Musulmon Birodarlari ta'siri ostida boshqarilayotgan Misr ham G'azo hududining to'g'ridan-to'g'ri himoyachisi bo'la olmasligini ko'rsatib berdi. Garchi, Hamas a'zolari to'qnashuvlarni, Misr va Isroil o'rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarish maqsadida, Misr bosh vazirining G'azoga tashrifi paytida uyushtirishgan bo'lishiga qaramasdan, bu strategik manyovr faqatgina 140 ta kishining hayoti va G'azoning vayronagarchiliklari bilangina mukofotlandi. Misr va Isroil o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish haqidagi kelishuv esa bu ikki mamlakatning mavhum aloqalarini yorqin pozitsiyaga chiqarib berdi. 

Hulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Yaqin Sharq muammolari urush va to'qnashuvlar orqali yechilmasligi kunday ravshan bo'lib qoldi. Nima bo'lgan taqdirda ham Isroil bilan muzokaralarni diplomatik yo'l bilan hal qilish lozimdir. Aks holda G'azo hududi ham, Falastin ham umumiy ravishda Isroilning yahshi tayyorgarlikdan o'tgan va kuchli harbiy texnologiyalariga ega bo'lgan qo'shni tomonidan ohirgi marta hujumga uchrashlari va dunyo siyosiy xaritasidan butunlay o'chirilishlari mumkin. Falastin hozirgi kunda BMTga a'zolikka ariza bergan, Hamas guruhi o'sha a'zolikka o'zini qurbon qilgan holatda G'azoni ham taqdim etishi lozim, ya'ni G'azo hududini tolaligicha Falastinga topshirgan holda. Keyinchalik Falastin BMTga a'zo bo'lib teng huquqli mamlakat tusini olgandan keyin, o'ziga yarasha kuch to'plagandan so'ng, ana o'shandagina Isroil bilan hech ikkilanmasdan muzokaralar olib bora oladigan bo'ladi. Isroilning pozitsiyasi ham radikal guruhlarning kamayishi bilan yumshashi va Falastin bilan birgalikda ma'lum iqtisodiy zonalar yaratish uchun Sionistik ideologiylaridan cheklanishi mumkin.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
  • Kurd muammosini anglash
  • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
  • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
  • Isroil va G'azo: oldin va hozir

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda