• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
30 Noy2015

Turkiya siyosiy falokat yoqasida

30 Noyabr 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

Shu kunlarda Rus bombardimonchi samolyoti Suxoy 24ning Turkiya va Suriya chegarasida urib tushirilishi ikki davlat o'rtasida katta siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. Lekin bu voqea Turkiya va Rossiya munosabatlarini tubdan yomonlashishiga asosiy sabab emas, balki ancha yillardan beri ikki mamlakat o'rtasidagi dastlab Post-Sovet hududida, so'ngra esa Suriyada manfaatlar to'qnashishining natijasidir. Turkiya uchun eng achinarlisi Rossiya bilan yuz berayotgan siyosiy kelishmovchilik Turkuyaning boshqa davlatlar bilan, hamda mamlakat ichidagi kuchlar orasidagi nizolarga solishtirganda xamir uchidan patir desak, adashmaymiz.

So'ngi yillarda Turkiyaning iqtisodiy jihatdan shiddat bilan rivojlanishi va mamlakatdagi siyosiy hayotning demokratlashishi, uning nafaqat musulmon olamida, balki butun boshli rivojlanayotgan mamalakatlar uchun iqtisodiy-siyosiy modelga aylanishiga sabab bo’lgan edi. Bunday ijobiy pozitsiyadan foydalangan Turkiya, o'zining siyosiy ambitsiyalarini yaqin qo'shni mamlakatlarga yoya boshladi. Rivojlanishning asosiy sababchisi bo'lmish iqtisodiy va siyosiy tizimga zarar yetkazmaslik va uni ushlab turish maqsadida Turkiya o'zini o'rab olgan siyosiy jihatdan beqaror bo'lgan qo'shni mamlakatlar, hamda o'zining Yevropa va Osiyo, Shimol va Janub o'rtasidagi siyosiy-geografik pozitsiyasi (bir vaqtning o'zida ham qulay, ham xavfli joylashish) tufayli to'qnashuvlardan saqlanish maqsadida zamonaviy tashqi siyosiy konsepsiyasini ishlab chiqqan edi.

Konsepsiyaning asosini "qo'shnilar bilan nol muammo" ideyasi tashkil qilgan edi. Paradoksal ravishda o'zining qo'shnilari bilan nol muammo shiori bilan mashhur bo'lgan bu konsepsiya o'z shioriga tamomila teskari natijalarni berdi. Bunga sabab Turkiya siyosatchilarning uzoqni ko'ra bila olmaganliklari va bugungi zamonaviy Turkiyaning rivojlanishi, siyosiy ambitsiyalari va geografik joylashuviga ko'ra nafaqat qo'shni mamlakatlar bilan, balki xalqaro miqyosda ham dushmanlar orttirishi turgan gap ekanligini tushunib yetmaganliklaridadir. Hozirgi Turkiya siyosiy va iqtisodiy holatiga ko'ra hamma bilan birdek do'st bo'lishga qodir bo'lgan neytral davlatga aylana olmasligi oldindan ma'lum edi. Shu reallikdan ko'z yumgan holda mamlakatning siyosiy pozitsiyalarini abstrakt va tushunarsiz belgilash, Turkiyani nafaqat hamma bilan do'stlikni saqlab qolishiga yordam bermadi, balki uni hamma bilan dushmanga aylanishiga olib keldi.

Xalqaro ziddiyatlar

Shu o'rinda bugungi kunda Turkiya tashqi siyosatining jar yoqasiga kelib qolganligiga bir nechta faktlarni keltirsak.

Xalqaro miqyosda, yuqorida aytib o’tganimizdek, Turkiya geografik jihatdan bir nechta geopolitik tuzilmalar orasida joylashgan bo’lib, bu joylashuv avvalo uning iqtisodiy rivojlanishida eng asosiy ustun bo’lsa, boshqa tomondan xalqaro maydonda bu joylashuv Turkiyaning doimiy ravishda siyosiy dilemmalarga duch kelishiga sabab bo’lgan. Chunki u ko'pincha turli xil geopolitik tuzilmalarnig uchrashuv joyiga aylanib qoladi. Bunday holda to’g’ri tanlovning o’zini toppish qiyin, faqatgina kamroq zarar keltiradigan tanlovni amalga oshirish mumkin. Janubda Arab dunyosi, Shimolda Rossiya, G’arbda Yevropa Ittifoqi Sharqda Eron va O’rta Osiyo – ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, Turkiyaning geografik joylashuvi ayni paytda uning tashqi siyosati murakkablashishiga sababdir.

Turkiyaga, ko’pchilik mutaxassislar tomonidan tashqi siyosatiga ko’ra, tushunarsiz va beqaror mamlakat deya qaraladi. Bir hisobdan, tarixan bu to’g’ri tashxis, lekin masalaga yaqinroqdan nazar tashlasak, tashqi siysatdagi o’zgaruvchanlik Turkiya tomonidan xohlab qilinganini emas, balki xalqaro maydondagi o’zgarishlar Turkiya tashqi siyosatidagi pozitsiyalar tez-tez yangilanishiga sabab bo’lganini ko’ramiz.  1952-yildagi Turkiyaning NATOga a’zo bo’lishi uni G’arbga intilayotgan mamlakat sifatida ko’rsatishi mumkin, lekin o’sha davrdagi dunyodagi ikki qutbli ideologik siyosiy lagerlarni ko’z oldimizga keltirsak, Turkiya oldida boshqa tanlov yo’q edi. Turkiyaning G’arb mamlakati emasligi dastlab 1991-yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan, Turkiyaga nisbatan G’arbda teng huquqli sherik sifatida emas, balki NATOga Sovet Ittifoqiga qarshi kurashish uchun qabul qilingan “begona” mamlakat yoki taktik sherik sifatida qarashni boshlanishi bilan, so’ngra esa Yevropa Ittifoqiga a’zolikning rad qilinishi bilan ko’rinib qoldi.

Ayni paytda Turkiyaning Arab dunyosida ham qiladigan ishi qolmaganligi Arab bahori va undan so’ngi Musulmon Birodarlarining siyosiy mag’lubiyati bilan ko’rsatib berildi. Tarixiy jihatdan Usmoniylar Imperiyasining hududini tashkil qilgan bugungi Arab mamlakatlarining deyarli barchasida Turkiyaga yo dushman yoki raqobatchi ko’zi bilan qaraydigan hukumatlar o’rnashib oldi. Suriyadagi fuqarolar urushi va undagi Turkiya strategiyasining boshi berk ko’chasiga kirib qolishi uni Arab dunyosi bilan ham siyosiy va ham geografik jihatdan uzilib qolishiga olib keldi.

Eron va Rossiya o’ziga yarasha geopolitik tuzilmalar bo’lganligi tufayli va Kavkazda joylashgan Armaniston hamda Rossiya va Eronning kuchli ta’siri bu hududda ham Turkiyaga kelajak yo’qligini ko’rsatadi. O’rta Osiyoda garchi xalqlar kelib chiqishiga ko’ra o’zini Turkiy sanasada, siyosiy jihatdan bu mamlakatlar Turkiyadan tubdan farq qiladi va bu mamlakatlarning Sovet Ittifoqida bo’lganligi ularning siyosatida, iqtisodida va tashqi munosabatlarida Rossiya bilan parallel harakat qilishiga olib kelgan. Bunga Rossiya tomonidan asos solinayotgan va bugungi kunda borgan sari aniqlashib ko’zga tashlanib borayotgan Yevrosiyo Ittifoqi geopolitik loyihasini qo’shsak, Turkiya uchun O’rta Osiyoning eshiklari ham bekilgan. Garchi qaysidir sabablarga ko’ra yaqin kelajakda Rossiyaning siyosiy ta’siri O’rta Osiyoda yo’q bo’lgan taqdirda ham, Turkiya bu region uchun Xitoy bilan raqobat qilishga mahkum qilingan. Xatto Xitoyni ham O’rta Osiyo hududiga qiziqishi yo’qolishini tasavvur qiladigan bo’lsak ham, Turkiyaning O’rta Osiyoda o’z siyosiy ta’sirini o’rnata bilishi ehtimoldan ancha yiroq. Chunki, O’rta Osiyo mamlakatlari 90-yillarda Turkiya bilan allaqachon hamkorlik qilib ko’rganlar va bu hamkorlikning natijasi O’rta Osiyoliklar va Turkiya orasidagi siyosiy inqiroz bilan yakun topgan edi. Turkiyaning O’rta Osiyo hususidagi qarashlari va tasavvurlari bu region realligi bilan mos tushmaydi, Turkiylikni ideologik asos qilib olgan holda bu regionda Turkiy natsionalizmni Islomiy prinsiplar bilan qorishtirgan holda alohida o’zlik yaratish orqali Turkiya O’rta Osiyo mamlakatlaridan Rossiya va Xitoyni tan olmaydigan mamlakatlar yaratishga harakat qilib ko’rdi. Lekin ushbu urunish avvalo Rossiya va Xitoyga emas, balki aholi orasida mavjud hukumatlarga qarshi kayfiyatni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bunday xom strategiya Turkiyani xuddi 20-yillardagi kabi qaytadan O’rta Osiyodan uzilib qolishiga olib keldi.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlari haqida saytimizda alohida maqola mavjud. Turkiyaning YI bilan hamkorligi uzoq tarixga ega. 1987-yildayoq Turkiya YIning oldingi ko'rinishi bo'lgan Yevropa Hamjamiyatiga kirish uchun o'z kandidatini ko'rsatgan. Ikki tomon o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar juda ham muhim bo'lib, masalan 2012-yilda Turkiyaga chetdan keladigan investitsiyalarning 75% YIdan kirib kelgan va Turkiyaning 40% eksporti YIga qaratilgan. Iqtisodiy va tarixiy yaqinlikdan tashqari Turkiya YIga eng ko'p sonli immigrantlarni jo'natadigan mamlakatlaridan biri hisoblanadi, bugungi kunda YIda 3 milliondan ortiq Turkiya fuqarolari istiqomat qiladi, shulardan faqatgina 1,6 millioni Germaniyadadir. Hozirgi kunga kelib Turkiyaning YI tarkibiga kirish masalasi deyarli kun tartibidan olib tashlangan, bunga bir qancha sabablar mavjud. Turkiyadagi shaxsiy va matbuot erkinliklariga davlat tomonidan xavf solinayotgani, Arman genotsidini Turk hukumati tomonidan tan olinmasligi va YIni hozircha o'z xududlarini kengaytirmaslikka qaror qilgani Turkiyani YIga qo'shilishiga to'sqinlik qilyapti. Turkiya YIga hozircha qo'shila olmasligini tushunib yetgandan so'ng, uning ittifoqga qarshi reaksiyasi keskin bo'ldi. Mamlakatda YI qadriyatlariga qarshi o'laroq diniy va milliy qadriyatlarni kuchaytirishga e'tibor berildi. Shu davrgacha Kemalistlar tomonidan qora satrlar bilan bitilgan Usmoniylar imperiyasi tarixi va uni Islom dunyosi peshvoligi bo'lganligi haqidagi nutqlar hatto yuqori siyosiy doiralarga ham kirib keldi. Bundan tashqari Turkiya YIdan uzoqlashgan holda Rossiya va sanksiyalar ostidagi bo'lgan Eron bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirgan edi. Suriyadagi inqirozda ISHIDning kuchayishi va unga qarshi kurashayotgan eng muhim kuchlardan biri Kurdlarning G'arbliklar tomonidan qo'llab-quvvatlanishi G'arb va Turkiya munosabatlarini uzil-kesil sovushiga olib keldi.

Rossiyaning Suriyaga kirib kelishi va Turkiya tomonidan qo'llab quvvatlanayotgan Suriya Turkmanlarini bombardirovka qilinishi Turkiyani Rossiyaga bu hudud unga tegishli ekanligini bildirib qo'yishiga olib keldi. Bu ishora Suxoy 24 bombardimonchi samolyotini urib tushirish orqali bildirildi. Bundan tashqari Parijdagi 13-noyabrdagi terroristik xujumlardan so'ng YI asta-sekinlik bilan Rossiya bilan Suriya inqiroziga yechim topish uchun yaqinlasha boshlagan edi, Suxoy 24 samolyotini urib tushirish orqali Turkiya o'zi a'zo bo'lgan NATO ittifoqi va Rossiya o'rtasida mojaro chiqarish orqali bu yaqinlashishni to'xtatishni rejalashtirgan edi. Lekin NATOning bu voqeaga nisbatan reaksiyasi Turklar kutgan natijani bermadi, garchi rasmiy jihatdan NATO Turkiyani yonini olgan bo'lsada, norasmiy tomondan u Turkiya uchun Rossiya bilan to'qnashuvga kirishmasligini bildirib qo'ydi. Ushbu voqea Turkiya uchun yana bir bor uning G'arb mamlakatlari bilan munosabati va NATOga a'zoligi faqatgina uning tarixiy va geografik jihatdan Sovet Ittifoqiga nisbatining mahsuli ekanini bildirib qo'ydi.

Mintaqaviy kelishmovchiliklar

Regional jihatdan Turkiya deyarli hamma qo'shnilari bilan dushman mamlakatga aylandi, boshqacha qilib aytganda bugungi kunda ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Turkiya o'zi kutmagan holda o'z chegaralari bo'ylab dushmanlar xalqasini yaratib o'zini o'zi ularga asir qilib qo'ydi.

Xozirgacha Turkiya bilan katta kelishmovchiliklarga duch bo'lmagan qo'shnilardan biri bu Gruziya bo'lib, ushbu mamlakat Turkiya uchun nafaqat Kavkazga, balki O'rta Osiyoga ham yo'l ochib beruvchi dahlizdir. Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar almashinuvi 1995-2015 yillarda 20 barobarga oshgan, shuningdek Turkiya Gruziyadagi Batumi va Tbilisi aeroportlarini qurilishidan asosiy homiy bo'lgan. Gruziya Turkiya uchun Ozarbayjondan keluvchi temir yo'llari va quvur transportlarini Turkiya hududi bilan ulash uchun asosiy mamlakatdir. Lekin Turkiya va Gruziya hamkorligi sof iqtisodiy maanfatlar ustiga qurilgan bo'lib, har qanday siyosiy o'zgarish bu hamkorlikka chek qo'yishi mumkin. Gruziya tashqi siyosatini asosiy yo'nalishini tashkil qiluvchi YIga va NATOga a'zolikka qabul qilinish uni kelajakda Arman genotsidini tan olishi yoki Ozarbayjondagi Qorabog' masalasiga YI nuqtai nazaridan yondashishiga olib kelishi mumkin. Bunday o'zgarish ikki davlat o'rtasida sovuqchilikni keltirib chiqarishi turgan gap. 2014-yilning fevral oyida Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashilining Yerevandagi Arman genotsidi xotirasi uchun qurilgan Tsitsernakaberd yodgorligiga tashrif buyurishi va genotsid qurbonlari xotirasiga atab ko'chat o'tqazishi Turkiya va Gruziya orasidagi munosabatlarni qanchalik nozik ekanligiga yana bir isbotdir. 

Turkiya va Armaniston o'rtasidagi munosabatlar hech qachon yaxshi bo'lmagan. Chunki Turkiya haligacha 1915-yilda Armanlarga qarshi qilingan genotsidni va uning oqibatida 1 milliondan ortiq Armanlar xalok bo'lganini tan olmagan. Tarixning vazni faqatgina ikki davlatning yaqinlashishiga halaqit beribgina qolmasdan, so'ngi yillarda Arman genotsidi yuzasidan Turkiyaning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga sabab bo'lmoqda. 2015-yilda Arman genotsidining 100-yilligini xotiralanishi va bunda Turkiyaning deyarli barcha hamkorlarini ishtirok etishi Turkiya uchun qaqshatqich siyosiy zarba bo'ldi. Turkiya uchun Arman genotsidini tan olish katta siyosiy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Bunday voqea o'z-o'zidan 1915-yilda Suriyaliklar, Kurdlar va boshqa Turkiy bo'lmagan xalqlarga qarshi qilingan jinoyatlarni ham tan olinishiga olib kelishi, Armaniston tomonidan Turkiya hududiga da'volar paydo bo'lishi va albatta Xalqaro qonunlarga ko'ra Turkiya tomonidan genotsid qurbonlari uchun katta miqdorda badal to'lashiga olib keladi. Shunday ekan, Armaniston va Turkiya munosabatlari yaqin kelajakda normallashmaydi va chegaralar yopiqligicha qolaveradi. 

Turkiyaning hududi jihatdan eng katta qo'shnisi bo'lgan Eron bilan aloqalari ham iqtisodiy hamkorlikdan nariga o'tmagan. Eron Turkiyaga neft yetkazib beruvchi davlat sifatida birinchi va gaz yetkazib beruvchi sifatida ikkinchi o'rinni egallaydi. 2012-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun Kars (Turkiya) va Jolfa (Eron) shaharlari orasida temir yo'l liniyasini ishga tushirishga qaror qilishadi, shu loyiha bilan birgalikda ikki davlat chegarasida erkin tovar almashish zonasi tashkil etilgan. Turkiyaning Eronga bo'lgan munosabati har doim G'arb mamlakatlarinikidan o'zgacha bo'lgan. Masalan, Anqara Eronga qarshi G'arbning sanktsiyalariga BMTda qarshi ovoz bergan, Eron va G'arb o'rtasidagi muzokarachi davlatga aylanishga harakat qilgan. Bunga sabab Turkiya ham huddi Eron kabi o'zining Yadro stansiyalarini rivojlantirishga harakat qilyotganida va Eronga qarshi sanksiyalarini olib tashlanishi Turkiyaning iqtisodiy o'sishiga katta turtki bo'lgan bo'lar edi. Shu paytgacha Turkiya Eronga qarshi Xalqaro sanksiyalarni chetlab o'tib, u bilan noqonuniy tarzda iqtisodiy hamkorliklarni amalga oshirganligi haqida axborotlar tarqagan. Lekin ikki davlat o'rtasidagi siyosiy qarashlarning keskin farq qilishi va Eronning Turkiya o'ziga dushman deb biladigan Suriya, Iroq va Armaniston bilan yaqin hamkorliklari so'ngi yillarda ikki mamlakat orasiga sovuqchilik soldi. Ayniqsa, Suriya inqirozi boshlangandan beri, Eronning Bashar al-Assad va boshqa shia kuchlariga to'g'ridan-to'g'ri yordam qo'lini cho'zishi, Kurdlar armiyasiga ISHIDga qarshi kurashishda harbiy ko'mak berishi va xalqaro maydonda Bashar rejimini himoya qilib chiqishi Eron va Turkiyaning bir-biridan uzoqlashishiga olib keldi. So'ngi voqealar -  Turkiya qo'shinlarining Iroq hududlariga kirib borishi esa Turk-Eron munosabatlarini yanada chigallashtirdi. 

Turkiyaning Iroq bilan munosabatari doim ehtiyotkor bo'lgan. Birinchidan, geopolitik sabablarga ko'ra na Saddam Xusayin davrida va na undan keyingi Shialar rejimi davrida Turkiya Iroqni o'ziga do'st mamlakat deb bilmagan. Bundan tashqari, Saddam Xusayin davri va AQShning Iroqqa harbiy intervensiyasi davomida Turkiya G'arb qo'shinlarini to'g'ridan-to'g'ri qo'llab-quvvatlab, urushda ular uchun orqa bazalar va ba'zida askarlar bilan ham ta'minotchi vazifasini bajargan. AQSh tomonidan Bag'dodda Shialar rejimini o'rnatilishi va buning ustiga Iroq shimolida Kurdiston avtonom viloyatiga asos solinishi Turklar uchun siyosiy falokatga teng edi. Turkiya Iroqdagi Kurdlar avtonomiyasi Turkiyada yashovchi Kurdlarni Turkiyadan mustaqil bo'lish uchun harakat qilishiga sabab bo'ladi deb o'ylagan holda Iroqdagi Kurdlarga qarshi strategiyani emas, balki ularni o'ziga jalb qilish strategiyasini qo'llaydi. Kurdiston avtonom viloyati tashkil etilgandan beri Turk hukumati bu hududda keng miqdorda investitsiyalarni amalga oshiradi: aeroportlar, quvur transporti, minglab Turk-Kurd tadbirkorlik tashkilotlariga asos solinishi shular jumlasidandir. Bu strategiya orqali Turkiya nafaqat o'z hududida istiqomat qiluvchi 15 million kurd aholisi orasida Turk hukumati haqidagi tasavvurni yaxshilashni, balki Kurdiston avtonom viloyatini Bag'doddagi Shialar rejimidan, o'z navbatida esa Erondan uzoqlashtirishni ko'zda tutgan edi. Lekin Suriyadagi fuqarolar urushi oqibatida turli xil kuchlarning regionda paydo bo'lishi Turkiyani ushbu strategiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. ISHIDnoing Iroq va Suriyadagi Kurdlar hududlariga xujumlari kuchayishi natijasida nafaqat Iroqlik va Suriyalik Kurdlar, balki Turkiyadagi Kurdlar ham o'z qardoshlari bilan birodorona harakat qilishga kirishib ketadi. Ko'p yillardan beri Turkiya bilan muxolifatda bo'lgan va Turk rasmiylari tomonidan terroristik guruh deb qaraladigan PKK (Kurdiston ischilar partiyasi) o'z qo'shinlarini Iroq va Suriyaga Kurdlarga yordam tariqasida jo'natadi. Bundan Turkiya qattiq xavotirga tushadi. Azaldan Suriya, Iroq, Eron va Turkiya hukumatlari tomonidan birlashishga yo'l qo'yilmayotgan Kurdlar orasida o'zaro yaqinlashish yuz bera boshlagani va bu yaqinlashish asosida ularning milliy birligi yotishi ayniqsa Turkiya uchun qo'rqinchli holat edi. Bunday vaziyat Turkiyaning Iroqdagi tashqi siyosati boshi berk ko'chaga kirib qolishiga olib keldi. Endilikda Turkiya na Basharni qo'llab quvvatlayotgan Bag'doddagi hukumatni va na Kurdlarni yagona rasmiy uyushmasi bo'lgan Iroqdagi Kurdiston viloyatini qo'llab quvvatlay olmas edi. Chunki ikki holat ham birdek uning manfaatlariga zid edi. 

Suriya va Turkiya munosabatlari haqida biz Suriya inqiroziga bag'ishlangan maqolalarimizda ko'p marta to'xtalib o'tgan edik. Albatta, Turkiya va Suriya munosabatlari deganda biz avvalambor bu ikki davlatni legitim tarzda aks ettiruvchi hukumatlar haqida so'z yuritamiz. Hozircha bu hukumat Suriyada Assad rejimi, Turkiyada esa AKP hukumati. Ikki rasmiy tomonning aloqalari Suriyadagi fuqarolar urushining boshidayoq tiklab bo'lmas darajada buzilgan edi. Bugungi kunda qadar ko'p narsa o'zgarmadi. Aksincha, Turkiya Assad bilan kelishish strategiyasidan butunlay voz kechib, unga qarshi bo'lgan har qanday alternativdan iloji boricha foydalanishga harakat qilmoqda. Bu alternativ Suriyadagi Turkmanlardan tortib, ISHID qo'shinlariga yordam berishgacha bo'lishi mumkin.

Ichki nizolar

Turkiyaning ichki siyosatiga ham nazar soladiga bo'lsak, 2015-yil eng yaxshi yillardan bo'ldi deyish qiyin. AKP o'z saylovchilari safini kengaytirish uchun yillar davomida Kurd aholisi uchun imtiyozlarni oshirgan edi. Hatto Kurd siyosiy partiyasi va telekanallari Turkiyada qonuniy deb e'lon qilindi. Lekin ushbu yondashuv AKPning o'ziga qarshi ishladi, chunki Kurdlar siyosiy partiyasi 2015-yil iyundagi Parlament saylovlarida nafaqat Kurd aholisi yashaydigan hududlarda eng ko'p ovoz to'pladilar, balki boshqa regionlarda ham ularning ovoz ulushi sezilarli darajada yuqori bo'ldi. Umumiy ko'rsatkichga ko'ra, Kurdlar partiyasi so'ngi saylovlarga solishtirganda 80% ko'proq ovoz to'plagan edilar. Bunday natija so'ngi yillardagi har doim AKPning g'alabasi bilan tugaydigan saylovlar muvozanatini izdan chiqarib yubordi va tomonlarning o'zaro kelishib, koalitsion hukumat tuza olmasliklari oqibatida shu yilning noyabr oyida qayta saylovlar o'tkazildi. Ikkinchi saylovlarda AKPning qo'li baland keldi, lekin ushbu g'alab uchun Turkiya ko'p qurbonliklar berdi. Birinchi saylovlardan so'ng iyul oyida Turk armiyasi Suriya va Iroqda kuchayib kelayotgan ISHID qo'shinlarini bombardimon qilishga qaror qiladi. Lekin bombalar nafaqat ISHID qo'shinlari ustiga, balki Iroqdagi Kurdiston viloyatida joylashgan PKK harbiy bazalari ustiga ham yog'dirildi. Bu orqadan xujum Turkiya ichkarisida joylashgan PKK kuchlari bilan hukumat kuchlari o'rtasida 2004-yilda imzolangan o't ochmaslik haqidagi kelishuvni buzilishiga olib keldi. Turk va PKK qo'shinlari qaytadan mamlakat sharqida urushga kirdi. Kurdlar bilan bo'layotgan to'qnashuv Suriyadagi urush bilan qo'shilib, Turkiya yangi mojarolar markaziga aylanishidan qo'rqish tufayli, aholi orasida AKPni barqarorlikni kafolatlovchi partiya sifatida qo'llab-quvvatlash ommalashdi. AKPning g'alabasiga qaramay, 2015-yildagi Kemalistlar, Kurd partiyasi va boshqa so'l kuchlarning kuchayishi AKPning siyosiy obro'sini tusha boshlaganidan dalolat edi.

Xo'sh, nima uchun tashqi siyosatda bunday katta xatoliklar yuz berdi?

Birinchi navbatda, Turkiya o'z kuchi va ittifoqchilari bilan munosabatlariga yuqori ishonch bildirdi. Turkiya iqtisodiy va harbiy jihatdan rivojlanib kelayotgan mamlakat bo'lishiga qaramasdan, u tarixda yillar davomida o'ziga barqaror ittifoqchilik munosabatlarini o'rnata olmadi. Ichki va xalqaro maydondagi siyosiy o'zgarishlarga nisbatan Turkiyaning siyosiy pozitsiyalari va sheriklari tez-tez o'zgarib turdi, bu esa unga ma'lum bir o'ziga teng sherik bo'la oladigan mamlakat bilan yaqindan regional ittifoq tuzishga yo'l bermadi. O'rta Osiyoga, Mag'ribga va Yaqin Sharqqa Turkiya "Katta og'a" sifatida kirib kelishga harakat qildi, boshqa o'zidan kuchli bo'lgan kuchlar (Rossiya va Yevropa Ittifoqi) bilan esa yetarlicha yaqinlasha bilmadi. Muammoning asosi aslida Turkiyaning tarixiga borib taqaladi. Xuddi geografik joylashuvi kabi, Turkiya o'zligini aniqlashda ham arosatda qolib ketdi. Arablar uchun Turkiya yetarlicha musulmon emas, O'rta Osiyoliklar uchun yetarlicha Turkiy emas va Yevropaliklar uchun yetarlicha Yevropalik emas. Bunga Turkiyaning Usmonylar imperiyasi va uning shonli tarixidan butunlay uzila olmagani tufayli kelib chiqayotgan keng qamrovli siyosiy ambitsiyalari qo'shilib, endigina xalqaro maydonga yorqin rivojlanayotgan davlat sifatida kirib kelayotgan mamlakatni siyosiy falokat yoqasiga olib kelib qo'ydi. 

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Kurd muammosiga tarixiy nazar
  • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
  • Kurd muammosini anglash
  • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda