• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
Suriyada ekani tahmin qilinadigan Wagner guruhi jangchilari
20 Dek2017

Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi

20 Dekabr 2017. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yaqin Sharq

Noyabr oyida Damashqning IShID ustidan g’alaba qozonilgani haqidagi bayonoti va Vladimir Putinning joriy oydagi Suriyaga kutilmagan tashrifi ortidan e’lon qilingan rus qo’shinlarining ortga qaytarilishi harbiy harakatlar deyarli to’xtatilganidan darak beradigandek go’yo. Ammo Rossiyaning Suriyada harakatdagi maxfiy qurolli guruhlari haqida turli tahmin va rasmiy tasdiq topishi mushkul bo’lgan ma’lumotlar borki, Moskvaning Suriyadagi harbiy mavjudiyati haqida aniq to’xtamga kelish qiyin kechadi. Oradan ancha vaqt o’tib saytimizning jonlanishiga debocha bo’lib xizmat qilishi lozim bo’lgan ushbu maqolada Rossiyaga bilvosita aloqador xususiy harbiy bo’linmalardan biri – Wagner guruhi haqida so’z yuritamiz.   

Muqaddima

Wagner va Rossiyaning Suriyada harakatdagi norasmiy harbiy kuchlari haqida so’z yuritishdan oldin xususiy harbiy kompaniya yoki guruh (PMCs – private military companies or groups) tushunchasiga izoh berib o’tishni lozim topgan bo’lar edik. Xususiy xavfsizlik xizmatlari sohasidagi yirik tarmoqlardan biri bo’lmish ‘Professional Overseas Contractors, LLC’ asoschisi Jonson. J.A mazkur tushunchaga quyidagicha izoh beradi:

“Xususiy harbiy kompaniya (XHK)lar va ularning xizmatchilariga, ko’p hollarda, ‘yollanma jangchilar’ degan noto’g’ri yorliq yopishtiriladi. XHKlar, odatda, urush zonalari va qaynoq nuqtalarda ma’lum obyekt xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan maxsus xizmatlar bo’ladi. Ularning vazifalariga, asosan, logistika tuzilmalarini muhofaza qilish, texnikalar karvonini qo’riqlab borish, davlat yoki turli biznes birliklariga qarashli obyektlar, binolarda soqchilik qilish, alohida shaxs yoki shaxslar xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo’ladi. XHKlar xujumkor vazifalardan ko’ra muhofaza qilish xizmatini taklif qiladilar”.

Bir qarashda ushbu izoh tushunarli va XHKlar faoliyati bizning Ichki ishlar vazirligi taklif qiladigan “Qo’riqlash” xizmatiniki bilan o’xshashdek ko’rinadi. Lekin amalda fuqaroviy xavfsizlik xizmatlari bilan XHKlar faoliyati o’rtasida keskin farqlar mavjud. Sovuq Urush va undan keyingi davrda avj olgan bilvosita urushlar (proxy wars), ya’ni qarshi tomon bilan to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita kuch va ta’sirlar orqali harbiy hamda boshqa amaliyotlar olib borish hozirgi kundagi faoliyatini nazorat qilib bo’lmas va monitoring qilish mushkul bo’lgan XHKlarni shakllantirdi. Tarkibi, asosan, veteran harbiylar, sobiq maxfiy xizmatlar xodimlari va politsiyachilar, sobiq maxbuslar yoki jinoiy tarixga ega shaxslar, jamiyatga adaptatsiya qilishi qiyin bo’lgan sotsiopatlar, katta pul evaziga har qanday xavf bilan yuzlashishga tayyor odamlar, qisqacha aytganda, harbiy harakatlarda katta tajriba ega bo’lganlardan tashkil topgan XHKlar, yuqorida Jonson. J.A ta’kidlagandek, muhofaza xizmatlaridan tashqari Suriya yoki Iroqdagi kabi urush harakatlari yo’nalishini o’zgartirib yubora olishga qodir faoliyatlar bilan shug’ullanadi. Sodda qilib aytganda, XHKlar zamonaviy urush harakatlarining soya ostidagi asosiy o’yinchilari desak mubolag’a bo’lmaydi. Endi Rossiya ta’siri ostida deya da’vo qilinuvchi va Suriyada hamda Ukrainadagi harbiy harakatlarda nom chiqargan sirli Wagner guruhi haqida so’z yuritsak.

Bir veteran tarixi

Wagner guruhi ochiq ma’lumotlarda shaxsi haqida juda kam ma’lumot bo’lgan Dmitriy Utkin nomi bilan bog’lanadi. Rasman Rossiya qurolli kuchlarining zahiradagi mayori bo’lgan 47 yoshli Utkin Somali va Nigeriya suvlarida dengiz savdo kemalarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan Moran Security Group rus XHKdagi faoliyatidan so’ng 2014-yilda o’zining xarbiy hizmati davridagi shartli nomi - ‘Wagner’ bilan atalgan harbiy bo’linma tuzgani ishoniladi. Garchi Kreml haliga qadar tan olmagan bo’lsada, Wagner guruhining Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarda (rossiyaparast ayirmachilarni dastaklagan holda) hamda Qrim anneksiyasi jarayonidagi bevosita ishtiroki turli mustaqil manbalar va jurnalistik tekshiruvlar tomonidan tasdiqlangan. Qrim anneksiyasi paytidagi nomi professional tahliliy manbalardan to satirik saytlarda ham qayta-qayta tilga olingan mashhur ‘yashil odamchalar’ Wagner guruhi a’zolari yoki unga aloqador shaxslar ekanligi tahmin qilinadi.


 'Fontanka' nashriga ko'ra, suratdagi shaxs - Dmitriy Utkin

Rossiyadagi ‘Fontanka’ nashrining izlanishlariga ko’ra, Krasnodar o’lkasining Molkino hududida Wagner jangchilarining tayyorgarlikdan o’tish lageri joylashgan. ‘Gazeta.ru’ qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan ma’lumotlarda esa, 2015-yilda boshlangan Rossiyaning Suriyadagi harbiy kampaniyasi oldidan Molkino lagerini modernizatsiya qilish maqsadida RF Mudofaa vazirligi tomonidan 50 mln rubl miqdorida mablag’ ajratilgan. Shuningdek, lagerga katta miqdorda harbiy anjomlar, qurol-yarog’ va texnika vositalari yetkazib berilgan.

 Hozirgacha biror mustaqil manba yoki jurnalistik tekshiruv de-yure (rasman) mavjudligini isbotlay olmagan Wagner asoschisi deb ko’riluvchi Dmitriy Utkinning joriy yilning 9-dekabr kuni ‘Vatan qahramonlari kuni’ munosabati bilan Kremlda uyushtirilgan ziyofatda ishtirok etgani prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonidan rasman tasdiqlangandan so’ng guruh faoliyati, ayniqsa, Suriyadan rus qo’shinlari olib chiqilgandan keyin uning ushbu mamlakatdagi taqdiri jahon matbuotini yanada qiziqtirib qo’ydi.

Rossiyaga Suriyada XHKlar nega kerak?

Bir qarashda ushbu savolning javobi juda oddiydek tuyiladi. XHKlarning urushlardagi asosiy roli haqida yuqoridagi izohlarda qisman ma’lumot berib o’tildi. Lekin Wagner’ning dunyodagi boshqa XHKlardan muhim bir farqi mavjud: boshqa bu shakldagi tuzilmalar, odatda, biznes maqsadlariga asoslagan, faoliyati mustaqil va davlat bilan faqat teng huquqli shartnomalar tuzilgan paytdagina hamkorlikka kirishsa, Wagner’ning faoliyati to’g’ridan-to’g’ri Kremlning xohish-irodasiga bo’ysundirilgandir. Albatta, biz tomonimizdan keltirilgan ushbu da’voni isbotlash deyarli imkonsiz, lekin guruh haqidagi ochiq ma’lumotlarni tahlil qilish shunday xulosaga kelishga undaydi. Bundan tashqari, Rossiya siyosiy hayoti bilan yaqindan tanish bo’lgan har qanday tahlilchi Wagner’ning davlatdan mustaqil harbiy bo’linma ekanligiga shubha bilan qaraydi. Qolaversa, XHKlar tashkil qilish Rossiya qonunchiligi bo’yicha taqiqlanadi.

Aytib o’tilganidek, urushlarda XHKlardan instrument sifatida foydalanish yangi tajriba emas. Bunday tuzilmalar so’nggi yarim asr davomida urushlardagi norasmiy va ‘qora’ vazifalarni bajarib kelmoqdalar. Shu tufayli, Kreml uchun muhim bo’lgan Suriyadagi harbiy kampaniyada yollanma jangchilarning ishga solinishi ajablanarli hol emas. Wagner’ning muhim jihati shundaki, guruh Rossiyaning zamonaviy urush harakatlariga moslashishi yo’lidagi ilk professional tajriba sifatida tarixda qolishi mumkin. Shu paytga qadar Putin Rossiyasining bilvosita urushlarda Wagner’dek professional guruhdan foydalanishi kuzatilmagan edi. Guruhning qudrati haqidagi tasdiqlanmagan manbalar o’rganiladigan bo’lsa, uning Suriyadagi kontingenti soni 1,500 dan 5,000 gacha, uning moliyasi uchun shu paytgacha sarflangan mablag’ esa, 5 mlrd rubldan 10 mlrd rublgacha (tahminan 85-170 mln AQSh dollari) ekanligini ko’rish mumkin. Xo’sh, bunday katta kuchga ega guruh Rossiya uchun Suriyada nega kerak?

Bu savolga bir qancha javoblarni keltirish mumkin. Ularning ichida xalqaro tahlilchilar tomonidan eng ko’p tilga olinadigani – Rossiya rasmiy harbiy mavjudiyati ko’lami va askarlar o’limi sonini minimallashtirishdir. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, shu choqqa qadar Suriyada 41 nafar rus askari xalok bo’lgan. Tahlilchilar esa, ushbu raqamga shubha bilan qaraydilar. Mustaqil kuzatuvchilar Suriya sarhadlarida xalok bo’lgan Rossiya fuqarolari soni, yollanma jangchilarni qo’shib hisobga olganda, 2,000 nafarga yetishi mumkinligini tahmin qiladilar. Sobiq Ittifoqning Afg’onistonda olib borgan 10 yillik harbiy kampaniyasidagi talafotlarni hali unutmagan Rossiya jamiyati Suriyadagi real yo’qotishlarni tinchgina qabul qilmasligi ehtimoli tufayli Kreml biror rasmiy harbiy hujjatlarda nomi tilga olinmaydigan shaxslar va biror davlat reesteridan topish imkonsiz bo’lgan kompaniyani ishga solayotgan bo’lishi mumkin. Mustaqil rus nashrlarining aniqlashicha, Suriyadagi harbiy harakatlarda xalok bo’lgan fuqarolarning o’limi, ko’p hollarda, turli fuqaroviy sabablar ko’rsatilgan holda, mamlakat ichida sodir bo’lgan, deb rasmiylashtiriladi. 

Qo’yilgan savol bo’yicha ikkinchi tahmin – Kremlning G’arb va boshqa davlatlar bilan keskinlashgan munosabati turli manfaatlar to’qnashgan Suriya Inqirozi tufayli yanada yomonlashishining oldini olish maqsadida Putin hukumati soya ostidagi yashirin guruhlardan geopolitik maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanmoqda. 2015-yil kuzida Suriyada harbiy kampaniya boshlanajagini e’lon qilgan Kreml bir necha bor harbiy harakatlar havo xujumlari bilan cheklanishi, quruqlikdagi harakatlardan imkon qadar tiyilishi haqida bayonot bergan edi. Rasmiy Moskva bayonotlar orqali o’z harbiy harakatlari ko’lamini minimallashtirib ko’rsatishi, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan bir necha bor imzolangan harbiy harakatlarga oid kelishuvlar, Suriya Inqirozi bo’yicha BMT rezolyutsiyalari kabi omillar tufayli rus armiyasining Suriyadagi erkin faoliyati keskin cheklanib qoldi. Islomiy Davlat va uning firqalari hamda yana boshqa o’nlab qurolli guruhlar harakati oqibatida nazoratsiz hududga aylangan Suriyada o’z maqsadlarini amalga oshirish va ta’siri Damashq atrofidagi territoriyalardan chiqa olmayotgan ittifoqdosh Assad hukumatiga ko’mak berish uchun erkinligi cheklangan, butun jahonning diqqat doirasida turgan rasmiy armiya, har qancha qudratli bo’lmasin, yetarli bo’lmagani turgan gap. Tabiiyki, tarang turgan davlatlararo munosabatlarni bundanda izdan chiqishiga yo’l qo’ymaslik, xalqaro mojarolarning oldini olish uchun Wagner’dek istalgan harbiy operatsiyasini boshini topib bo’lmas izlar qoldirib amalga oshiruvchi mahfiy guruhlar Kreml uchun suv va havodek zarur bo’lgan.

Tahminlar ichida eng bahslisi, turli konspirologik qarashlarga yetaklashi mumkin bo’lgani – Wagner orqali Islomiy Davlatdan neft quduqlari hamda konlarini tortib olish va boshqa iqtisodiy infrastrukturalarni nazorat ostiga olish haqidagisidir. Paradoks shundaki, dunyodagi boshqa XHKlarning eng birlamchi maqsadi biznes bo’lsa, Wagner’da bunday maqsadning bo’lishi asosli bahslarga sabab bo’la oladi. Wagner guruhining Rossiya hukumati tomonidan moliyalanishi shu paytga qadar isbotlanmagan, moliyalash sxemalari ham aniq emas. So’nggi ikki yil davomida turli rus nashrlari Wagner moliyasi o’rganilgan bir qancha mustaqil izlanishlarni e’lon qilib kelishmoqda. Ulardan kelib chiqishi mumkin bo’lgan haqiqatga eng yaqin xulosa – Wagner’ning Putinga yaqin shaxslarga tegishli turli firmalar orqali murakkab sxemalar asosida bilvosita moliyalanishidir. Masalan, ular orasida Putinga juda yaqin biznesmenlardan deb ko’riladigan mashhur restorator Yevgeniy Prigojin ham bor. Qisqacha aytganda, Wagner’ni moliyalovchi sxemalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, guruhning birlamchi maqsadi moddiy foyda olishga qaratilmagan. Bundan tashqari Wagner va uning jangchilari moliyaviy jihatdan juda yaxshi ta’minlanganki (jangchilar maoshi 2,000 dan 4,500 AQSh dollarigacha yetishi tahmin qilinadi), guruh qo’shimcha daromad manbalariga muhtoj emasdek tasavvur paydo bo’ladi.

Suriya missiyasi davom etadi

Qayd etish lozim, Rossiyaning Suriyadagi jarayonlarga harbiy yo’l bilan aralashishi mavjud vaziyatga katta ta’sir ko’rsatib, voqealar rivojini yangi o’zanga burib yubora oldi. Rossiya O’rta Sharqdagi harbiy mavjudiyatini nafaqat qayta tikladi, balki mintaqadagi vaziyatga keng ta’sir o’tkaza oluvchi geopolitik o’yinchiga ham aylana oldi. Bundan tashqari Rossiya Markaziy Osiyo va Kavkazga suqilib kirish ehtimoli yuqori bo’lgan Islomiy Davlatni parchalash amaliyotlarida keng rol o’ynab, o’zining kelajakdagi xavfsizligini ta’minlashning uddasidan ham chiqa oldi. Mazkur geostrategik muvaffaqiyatlarni faoliyati, asosan, havo kuchlari bilan cheklanib qolgan rasmiy harbiy kampaniyaga bog’lash anchayin bahsli. Natijalari rasmiy Moskva tomonidan ‘muzaffarona’ deb baholangan harbiy harakatlarda Wagner va Turon (kontingenti Checheniston, Kavkaz va Markaziy Osiyodan kelgan jangchilardan iborat yana bir maxfiy qurolli bo’linma) kabi yollanma jangchilardan iborat guruhlarning roli rasmiy armiyanikidan katta bo’lgan deyilsa, mubolag’a bo’lmas.

Vladimir Putinning 11-dekabr kuni Suriyadagi Hmeymim harbiy bazasida Rossiya tomonidan harbiy harakatlarning rasman tugatilgani haqidagi bayonoti Wagner kabi soya ostidagi guruhlariga dahl qilishiga ishonish qiyin. Saudiya qirollik oilasi va siyosiy hayotidagi keskin o’zgarishlar, Ar-Riyodning Yamandagi harbiy harakatlarga ko’proq e’tibor berishi va Eron bilan geopolitik qarama-qarshilikning aynan shu davlatda keskinlashishi tufayli Suriyadagi manfaatlar to’qnashuvining astalik bilan janubga qarab siljib borishi, Rossiya va Assad hukumatiga ochiq qarshilik qiluvchi Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning iliqlashishi, Rossiyada yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovi va unda Putinning yana bir bor g’alaba qozonishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday mojaroning oldini olish ehtiyoji, tashqi siyosatida G’arb bilan aloqalarni yaxshilashga moyilligi tobora ortib borayotgan Eron bilan munosabatlarga putur yetkazmaslik, qochqinlar oqimi tufayli ichki ijtimoiy vaziyati yomonlasha borayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlarining Suriyadagi jarayonlarga faol aralashishdan tiyilishga intilishi kabi turli omillar tufayli Kreml hozirga kelib harbiy harakatlarni rasman tugatish yuzasidan qaror olgan bo’lsada, O’rta Sharqda vaziyat yaqin vaqt ichida iziga tushib ketish ehtimoli ancha kamdir. Islomiy Davlat falajlantirilgan bo’lsada, Suriyada turli fraksiyalarga ajrab ketgan guruhlar hanuz mavjud va Assad hukumati butun mamlakat bo’ylab real nazoratni qayta qo’lga ololgani yo’q. Rossiya o’zining mintaqadagi manfaatlari uchun hayotiy ahamiyatga ega mavjud Suriya hukumatining yana bir bor yo’qlik yoqasiga kelib qolishini qayta istamaydi. Qolaversa, harbiy kuchlar olib chiqilgandan keyin vujudga kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy vakuumdan Eron kabi mintaqaviy gegemonlikka da’vogar kuchlar foydalanib qolishi, Assad hukumati qaytadan Tehronning ta’sir doirasiga tushib qolishi ham Kreml manfaatlari uchun mos emas.  Shunday ekan, Wagner kabi urush instrumentlari uchun Suriyadagi missiya tugadi deyish noto’g’ri xulosa bo’lishi mumkin. Putin Rossiyasi esa bunday guruhlar orqali mintaqaning tinimsiz evrilishdagi jarayonlarini o’z izmiga solishda davom etaveradi. 

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Yaman - Yangi geopolitik front?
  • Yaman - geopolitik tarix

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda