• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
25 Noy2014

Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?

25 Noyabr 2014. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yaqin Sharq

Afg'onistonda "kofirlar"ga qarshi "muqaddas urush" boshlangan davrdan buyon bu yerdagi islomiy kuchlarni ta'minlab kelayotgan boy arab davlatlari haqida ko'p gapirildi va yozildi. Bu "homiylar"ning hammasini yagona maqsad birlashtirib turadimi, ularning Afg'on muammosiga ta'siri qanchalik kabi savollar esa ko'pincha ochiq qoladi. Bugun biz doim umumiylashtirilib beriladigan ushbu "boy arab davlatlari"ni alohida ko'rib chiqishga harakat qilamiz va tahlilni Qatardan boshlaymiz.

Kichik bir yarimoroldagi shahar-davlatdan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biriga aylangan Qatar oxirgi ikki o’n yillikda Fors ko’rfazi mintaqasi va O’rta Sharqda o’ziga xos o’rin egallashga muvaffaq bo’ldi. Uning o’ziga xosligini shundan ko’rish mumkinki, rasmiy Dohaning na ichki, na tashqi siyosatini muxtasar bir jumla bilan ta’riflab bo’lmaydi. Biror bir hudud, biror bir masala, biror bir ixtilofga Qatar xech qachon o’z e’tiborini davomiy qaratmagan. Uning tashqi siyosati doimo o’zgarishda va oldindan bashorat qilib bo’lmaydi. Shu jihatdan, Qatarning Afg’onistonga nisbatan siyosati ham.

Qatarning tashqi siyosatida Afg’onistonning tutgan o’rni va ahamiyatini bilish uchun, avvalo, Qatarning tashqi siyosatini anglab olish lozim. Zero, Afg’oniston masalasi Qatar tashqi siyosatining asosiy vektorlariga kirmaydi va, ayni paytda, bunday tugal xulosaga kelib ham bo’lmaydi.

Qatar islom aqidasi, madaniyati bilan bir vaqtda g’arbona qarashlarni ham o’ziga singdirgan alohida bir davlat. Mamlakat O’rta Sharqning boshqa konservativ jamiyatlaridan farqli o’laroq anchayin demokratik-liberal ruhda yashasa ham, ichki va tashqi siyosat mutlaq hukmron oila, aniqrog’i, amirning qo’lida to’plangan. Aynan monarx mamlakatning barcha hayotiy yo’nalishlarini belgilab beradi. Qatarning hozirgi tashqi siyosati sobiq amir Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan shakllantirilgan. Hamad bin Xalifa al-Tani 1995-yil iyunida o’z otasi Xalifa bin Hamad al-Tanini ag’darib, hokimiyatni egallagandan so’ng, mamlakatdagi o’sha davrgacha mavjud bo’lib kelgan muhitni tubdan o’zgartirdi, jumladan tashqi siyosatdagi yo’nalishlarni ham.

1971-yil Buyuk Britaniyadan rasman mustaqillikka erishgan Qatar amalda suveren davlatga aylana olmadi. Yangi davlat deyarli 20 yil davomida Saudiya Arabistonining norasmiy vassali sifatida ko’rib kelindi. Afg’onistonga Sobiq Ittifoqning hujumi ortidan Saudiya Arabistoni boshchiligida va AQSh hamkorligida mujohiddin harakatini Pokiston orqali moliyaviy-moddiy ta’minlash kampaniyasi boshlandi. Qatar ham “Oltin zanjir” deb nomlangan afg’on mujohiddinlari “homiylar”i qatoridan joy oldi. Biroq Afg’oniston masalasiga aralashish Qatarning “hayotiy ehtiyojlari” sababli bo’lmay, shunchaki, ar-Riyodning ta’siri edi.

Aynan Saudlar oilasining tobora Qatarni o’z ta’siriga olib borishi  1995-yildagi davlat to’ntarishiga sabab bo’ldi. Yangi amir Hamad bin Xalifa al-Tani mamlakatni mustaqil o’zanga solish uchun harakat boshladi. Biroq bu o’zan anglash qiyin bo’lgan maqsadlar ustiga qurilgan bo’lib, ko’plab bahslar va munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda.

So’nggi 20 yil davomida shakllangan Qatar tashqi siyosatini 3 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:

1)    Siyosiy islom;

2)    Arab millatchiligi;

3)    G’arbparastlik.

Bir-biriga zid bu uch yo’nalishning ikkisi Qatarning Afg’onistonga nisbatan siyosatida yaqqol ko’rinib turadi. Ular siyosiy islom va g’arbparastlikdir. Garchi 90-yillar o’rtasidan rasmiy Doha Afg’onistonga nisbatan mustaqil siyosat yurita boshlagan bo’lsada, bu yerdagi islomiy kuchlarni moliyaviy jihatdan ta’minlashni to’xtatmadi. Buning asosiy sababi siyosiy islom orqali islom dunyosida ta’siri va nufuzini oshirish bo’lsa, boshqa bir sababi al-Qoidani Saudiya Arabistoni tomonidan o’ziga qarshi instrument sifatida foydalanilishining oldini olishdir. Hamad bin Xalifa al-Tanining hokimiyatga kelishi ortidan Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarning sovuqlashishi amirlik oilasida xavfsizlik yuzasidan havotirlarni keltirib chiqardi. Al-Tani oilasiga ko’ra, Saudlar tomonidan qo’llanib kelingan va Afg’onistonda mustahkam o’rnashib olgan al-Qoida Qatar uchun katta xavfga aylanishi mumkin edi (chunki Qatar Saudiya Arabistoni va al-Qoida asoslangan vahhobiylikdan farqli ravishda, vahhobiylik/Musulmonlar Birodarligi qorishmasidan foydalanadi. Musulmon Birodarligini esa, rasmiy ar-Riyod o’ziga tahdid sifatida ko’radi). Shu sababli amirlik oilasi o’z xavfsizligini ko’zlagan holda al-Qoidaga norasmiy boj to’lab keldi, ehtimolki, kelmoqda.

G’arb bilan Tolibon aloqalari taranglashgan 90-yillarning so’ngida Qatar ikki tomonlama muzokaralar uchun mezbon vazifasini zimmasiga oldi. Shu davrdan mintaqaviy va xalqaro ixtiloflarda vositachi rolini bajarish Qatarning yangi tashqi siyosatining asosiy yo’nalishiga aylana bordi.

“Niche diplomacy” yoki “o’z o’rnini topish diplomatiyasi” Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan 18 yil davomida olib borildi. Amir o’zining kichik davlati ahamiyatini dunyoga isbotlash uchun “yumshoq kuch” (soft power)dan faol foydalana boshladi. Afg’oniston barqarorligini ta’minlashda ishtirok etish Yaman, Sudan, Livan, Afrika Burni kabi hududlardagi ixtiloflarni tinch yo’l bilan hal etish amallaridan biri va birinchisi bo’ldi.

Biroq Afg’on urushi davrida Tolibonga qarshi kurash boshlagan AQShga o’z hududidan harbiy baza ochish taklifi bilan chiqqan Qatar hukumati rasmiy Doha tashqi siyosati labirintdek mujmal ekanini yana bir bor ko’rsatdi. Biroq Hamad bin Xalifa al-Tani Afg’onistonda Karzay hokimiyatga kelishi bilan Tolibon va yangi afg’on hukumati o’rtasida vositachilik qilishni boshlab yubordi. Ushbu vositachilikning natijasida 2013-yili Dohada Tolibonning mubohasalarga sabab bo’lgan vakolatxonasi ochildi. Ushbu vakolatxona ko’zlangan natijalarni bermagan bo’lsada, 2014-yilning may oyida Qatar rasmiylari AQSh va Tolibon o’rtasidagi maxbuslar ayirboshida vositachilik rolini o’tadi.

Garchi Afg’oniston Qatar tashqi siyosatida (o’z navbatida Afg’oniston taqdirida Qatar ham) markaziy o’rin egallamasada, Afg’on muammosini  hal qilishdagi ishtirok Qatarning xalqaro maydondagi o’rni va ambitsiyalarini ochib beradi. Mintaqaviy va xalqaro muammolarda vositachi rolini o’tash 2008-yilda Hamed bin Xalifa al-Tani tomonidan e’lon qilingan “Qatar National Vision 2030” nomli 20 yilga mo’ljallangan milliy dasturda o’z aksini topgan. Dasturga ko’ra, Qatar “mintaqada Fors Ko’rfazi Kengashi, Arab Ligasi va Islom Konferensiyasi Tashkiloti doirasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy rolini oshirish hamda siyosiy tashabbuslar va insonparvarlik tamoyili orqali xalqaro tinchlik va barqarorlikka xissa qo’shish”da davom etadi.

Aslida Qatarning o’zgaruvchan va arab/islom dunyosida ajralib turuvchi ichki-tashqi siyosati uning geosiyosiy joylashuviga bog’liqdir. Qudratli qo’shnilar: Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Ummon tomonidan o’rab olingan va dunyodagi eng notinch mintaqada joylashgan hamda yagona oila tomonidan boshqariladigan mitti Qatar uchun xavfsizlik doimo birinchi o’rinda bo’lib kelgan.

O’z otasini ag’dargandan so’ng Hamed bin Xalifa al-Tani uchun bir qancha ichki va tashqi dushmanlar paydo bo’ldi. Bular o’z mavqeidan ajrab qolishdan cho’chigan ba’zi al-Tani oilasi a’zolari, Saudiya Arabistoni va uning qaramog’idagi al-Qoida hamda mintaqaga tobora demokratiya o’rnatish da’vosi bilan kirib kelayotgan G’arb davlatlari edi. Amir hokimiyat va oila qudratini saqlab qolish uchun yuqorida ta’kidlangan bir-biriga zid uch yo’nalish – siyosiy islom, arab millatchiligi va g’arbparastlikni qorishtirishga majbur bo’ldi. Afg’onistondagi al-Qoidaga boj to’lab kelayotgan al-Tani oilasi AQShga mintaqadagi eng yirik al-Ueyd harbiy bazasini berish orqali xavfsizlik yuzasidan xavotirlarini nisbatan yengillashtirdi.

Biroq global terrorga qarshi kurashda G’arb ittifoqchisiga aylanish Qatar uchun yetarli emas edi. Saudiya Arabistoni, Eron kabi mintaqadagi eng qudratli va eng konservativ davlatlardan farqli o’laroq, Qatar g’arbona insonparvarlik va demokratik tamoyillarni o’z tashqi siyosatiga asos qilib oldi. G’arbparastlik siyosati Qatarga nisbatan G’arb davlatlarining bosimini yengillashtirish bilan birga uning dunyodagi imidjini yaxshilashga va buning ortidan ko’plab investorlarni jalb qilishga yordam berar edi.

Qatarning ixtiloflarni hal qilishda xalqaro vositachi rolini bajarishga urinishi Afg’on muammosini hal etishda hozircha arzirli natija bermadi. Tolibon bilan Karzay hukumatini yarashtirishga urinish samarasiz yakun topdi va buning ortidan Dohadagi Tolibon vakolatxonasi yopildi.

Bundan tashqari 2013-yil iyunida Hamed bin Xalifa al-Tani hokimiyatni o’z ixtiyori bilan o’g’li Tamim bin Hamed al-Taniga topshirdi va Qatar tarixida yangi davr boshlandi. Garchi yosh amir otasi shakllantirgan tashqi siyosatni hozircha o’zgartirmagan bo’lsada, aynan shu davrdan Qatar tashqi siyosatida Afg’on masalasi o’z ahamiyatini deyarli yo’qotdi. Arab Bahorining boshlanishi, Misrda Musulmon Birodarlarining hokimiyatga kelishi, Suriyada global jihodning yangi bosqichi yuzaga kelishi, Islomiy Davlatning mintaqada yoyilishi Qatarning Afg’onistonga bo’lgan e’tiborini butunlay O’rta Sharq mintaqasi tomon burib yubordi. Shunday ekan, yaqin kelajakda Qatarning Afg’onistonda faol o’yinchi bo’lishini bashorat qilish qiyin. Lekin Qatar tashqi siyosati tarixan o’zgaruvchan ekanligi hisobga olinsa, bu bashorat yanada mujmal tus olishi mumkin.

 



 

 

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Din va geopolitika, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
  • Amerika Imperiyasi haqida
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda