• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
18 Okt2014

Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?

18 Oktyabr 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Osiyo

Afg'oniston prezidentlik saylovlarini birinchi bosqichi va bo'lajak Afg'on prezidentining asosiy muhim vazifalari haqida biz o'tgan maqolalarimizning birida ma'lumot berib o'tgan edik. Lekin, prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi va uning natijalari ko'plab kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Jumladan, saylovlarning birinchi bosqichida deyarli umumiy ovozdan 45% ovoz yig'gan Abdulla Abdulla, ikkinchi bosqichda Afg'oniston saylov komissiyasi natijalariga ko'ra ildamlikni Ashraf G'ani hisobiga boy berdi. Natijada, tomonlar orasida shu yilning iyul oyi boshlaridan sentyabr oyi oxirlarigacha siyosiy tortishuvlar yuz berdi. Afg'on xalqining baxtiga bu siyosiy turg'unlik, Afg'oniston tarixidagi boshqa kelishmovchiliklar kabi fuqarolik urushi bilan emas, balki ikki tomonning kelishuvi bilan yakun topdi.

Lekin, bu kelishuvning poydevori mustahkammi? Qanday faktorlar Afg'onistonni navbatdagi fuqarolar urushiga sho'ng'ib ketishidan saqlab qoldi? Va bu qancha davom etadi? Bugun ushbu maqola orqali shu savollarga javob berishga harakat qilib ko'raman.

Avvalambor bugungi Afg'oniston siyosiy maydoni bundan 40, 20, 15 yillar oldingi Afg'oniston siyosiy sharoitlariga qaraganda ancha o'zgacha tus olgan. Mamlakat so'ngi yillarda sezilarli siysoiy progresslarga erishdi. So'ngi prezidentlik saylovlariga qatnashuvchilar soni va prezidentlikka nomzodlar orasidagi tortishuvlarning zo'ravonlik bilan emas, balki kelishuv bilan tugagani buning yaqqol isbotidir. Shu bilan birga Afg'oniston qayta Islomiy radikal kuchlar ta'siriga tushib qolish xavfidan birmuncha halos bo'ldi. Bunga, mamlakatdagi siyosiy boshqaruvchilarning dunyoviylashgan elitasini hukumatga yoprilib kelishi, hamda xalqaro maydonda Islomizm jangari kuchlarining O'rta Osiyodan Yaqin Sharqqa siljishlari sabab bo'ldi. Endilikda mamlakat asta-sekinlik bilan demokratik va fuqarolik jamiyati sari qadam tashlash uchun haqiqiy imkoniyatlarga ega bo'ldi.

Bu masalaning ijobiy tomoni, lekin masalaning salbiy tomoni ham yo'q emas, jumladan Afg'onistondagi millatlararo nizolar va raqobat Afg'onistonning kelajakdagi to'qnashuvlar o'chog'i bo'lishi mumkin. Albatta, Afg'onistondagi shu paytgacha bo'lgan to'qnashuvlar zamirida doimo etnik raqobat va qavmlar orasidagi kuchlar nisbati asosiy rol o'ynab kelgan, faqat shu paytgacha bu raqobatlar mamlakatdagi tashqi kuchlar ta'sirida paydo qilingan Islomizm mafkurasi orqali namoyon bo'lib kelgan edi. Mamlakat shu paytgacha umumiy din e'tiqodi asosida birlashtirilib kelingan, endilikda esa bu umumiy ustunga qaysidir ma'noda chek qo'yildi va bu esa milliy ajralishlarni kuchayishiga yo'l ochib berishi mumkin.

O'tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida, nomzodlarga nisbatan "etnik ovozlar" berilganini yaqqol sezishimiz mumkin. Abdulla Abdulla, ona tomonidan Tojik millatiga, ota tomonidan Pashtun millatiga mansub bo'lib, Afg'onistondagi 2009 va 2014 yilgi prezidentlik saylovlarida mamlakatdagi Tojik millatining siyosiy namoyondasi sifatida o'z nomzodligini ko'rsatadi. Shu bilan birga tarixda u mashhur Ahmad Shox Ma'sudning ishonchli kishilaridan biri bo'lgan. 2009-yilgi prezidentlik saylovlarida Abdulla Abdulla 30,6% ovoz bilan Hamid Karzaydan so'ngi o'rinni egallagan edi. Hozirgi prezident Ashraf G'ani esa, atigi 3%ga yaqin ovoz to'plagan edi. 2014-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida ham Abdulla Abdulla 45% ovoz bilan deyarli g'oliblikni qo'lga kiritib turgan edi, uning asosiy raqibi bo'lmish Ashraf G'ani esa 34,5% ovoz to'plagan. Ikkinchi bosqich saylovlari vaziyatni butunlay boshqa tomonga o'zgartirib yubordi, Abdulla Abdulla 43,5% ovoz to'plab, 56,4% ovoz to'plagan Ashraf G'ani qarshisida mag'lub bo'ldi. Ko'rib turganimizdek, Abdulla Abdulla ikkinchi bosqich saylovlarda hatto ilgarigi ko'rsatkichlardan ham kamroq ovoz to'pladi. Bunday holatni yuz berishiga birinchi navbatda "etnik ovozlar" sababchidir, ya'ni aholi orasida nomzodning siyosiy dasturi yoki yo'nalishiga qarab emas, balki uni kelib chiqish millatiga va siyosiy partiyaning qaysi millatni namoyon qilishiga qarab ovoz berish.

Ko'pchilik Ashraf G'ani biografiyasini yaqindan biladigan kishilar uchun bu kutilmagan holat edi. Chunki, 2009-yildagi prezidentlik saylovlarida Ashraf G'anining juda kam ovoz to'plab mag'lub bo'lishiga, aynan uni Afg'on xalqidan ancha uzoqligi va "g'arblashib" ketgani sabab bo'lgan edi. 2009-yilgi mag'lubiyatdan tegishli xulosalarni chiqargan Ashraf G'ani, so'ngi yillarda ko'pchilik Afg'onistonliklar kabi soqol o'stirdi, televizor ekranlarida va rasmiy sur'atlarda Afg'on milliy kiyimlarida ko'rinish berishni kanda qilmadi va hatto o'z ismi sharifidan so'ng, o'zi kelib chiqqan pushtun qavmiga tegishliligini bildiruvchi "Ahmadzay" nomini ham qo'shib tanishtiradigan bo'ldi. Shuningdek, prezidentlik kursisini qo'lga kiritish uchun u Afg'onistondagi O'zbek aholisining vakili, general Abdurashid Do'stum bilan ittifoq tuzadi, bu o'zaro yordam o'z navbatida Do'stumga Vitse-Prezidentlik mansabiga ko'tarilishga imkon berdi.

Ushbu murakkab vaziyat Afg'oniston uchun yangilik emas, har doimgidek vaziyat Afg'onistonning asosiy uchta millati bo'lmish: Pushtun, O'zbek va Tojiklar orasidagi raqobatning natijasidir. Lekin bu safargi raqobat oldingilariga qaraganda birmuncha tinchroq va qonun doirasida olib borilmoqda, bunga birinchi navbatda AQShning vaziyatni yaqindan turib kuzatib turishi sabab bo'lsa, ikkinchi tomondan bugungi Afg'on elitalari orasidagi ma'naviy saviyaning birmuncha yuqoriligidir.

Abdulla Abdullaning ikkinchi bosqich saylov natijalariga dastlab qarshilik bildirib, so'ngra esa kelishuvga imzo chekishiga asosiy sabab, hozirgi mamlakat prezidenti Ashraf G'anining prezidentlikka erishishdagi notekis yo'lidir. Ya'ni Ashraf G'ani saylovlarda o'zining Pushtun millatiga tegishli bo'lganligi tufayli g'alaba qozondi, lekin boshqa tomondan u prezidentlik uchun barcha legitimligini yo'qotdi. Ko'p yillar G'arb mamlakatlarida tahsil olib, ish faoliyatini yurgazib va hatto bir paytlar AQSh fuqarosi bo'lgan Ashraf G'ani o'zining tarixidan qochib qutulishi qiyin bo'ladi. Bundan tashqari saylov kampaniyalari davomida u katta omma oldida mamlakatdagi mavjud korruptsiya va giyohvandlik biznesiga nuqta qo'yajagini, ushbu masalalar bilan bog'liq har bir kishini ikkilanishlarsiz hibsga olinishini e'lon qildi. Vaholanki, Ashraf G'anini saylov kampaniyasini qo'llab quvvatlashda va umuman uni prezidentlik kursisiga yetib kelishida mamlakatdagi ko'pchilik korruptsiyaga botgan yuqori lavozimli kishilarning roli kattadir. Ushbu kishilar esa uni bu harakatlarida qo'llab quvvatlamasliklari turgan gap. Yana shuni eslatib o'tish kerakki, 2009-yilgi saylov natijalari hozirgacha ko'pchilikni esidan chiqmagan. Buning ustiga, bu yilgi saylovlarning birinchi bosqichidagi uning mag'lubiyati, keyinchalik esa ikkinchi bosqichdagi g'alabasini Abdulla Abdulla tomonidan shubha ostiga olinishi va nihoyat Ashraf G'ani hukumatni birdek tenglikda boshqarishga rozi bo'lganligi, uni prezidentlik statusini savol ostiga qo'yib qo'ydi. O'z safdoshlarini o'zi qo'rqitgan holda va siyosiy jihatdan shu paytgacha Pashtunlar nazoratidagi hukumatni Tojik va O'zbek fraktsiyalariga bo'lib berishi orqali, Pashtun siyosiy elitlarini noroziligiga sabab bo'lgan Ashraf G'ani Afg'oniston prezidentligida o'zining mandatini oxiriga yetib borishi qiyin masala.

Abdulla Abdullaning dastlab Saylov komissiyasining natijalariga qarshilik bildirgan holda omma orasida Ashraf G'anini obro'sizlantirib, so'ngra esa sulh tuzishga rozi bo'lishi strategiyasi ostida yuqorida keltirilgan faktorlar yotadi.

Hozrida Afg'onistonda tashkil qilingan koalitsion hukumat, tahdid qiluvchi Islomist kuchlarga qarshi yahshi himoya bo'lishi mumkin, lekin ular orasida kelib chiqadigan vaziyatni izdan chiqaruvchi kelishmovchiliklar mamlakatni yangi fuqarolar urushi tomon boshlashi va Islomizmni qaytishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu holatni yuz bermasligi uchun avvalambor mamlakatda umumiy Afg'onistonni birlashtiruvchi milliy mafkura ishlab chiqilishi lozim, u na ma'lum millatga, na dinga tegishli asoslarga ega bo'lmasligi, balki faqatgina Afg'on xalqiga hos bo'lgan universal umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilishi lozim.

Tashqi tomondan Afg'onistondagi yangi hukumatga uning qo'shnilari katta umid bog'lamoqdalar. O'rta Osiyo mamlakatlari va Rossiya uchun Afg'onistondan keluvchi ikki "o'lat"ga - giyohvandlik moddalari va islomizm kuchlariga chek qo'yilishi birinchi masala, bu vazifalarni qaysi hukumat va qaysi davlat boshqaruvchisi amalga oshirishdan qat'iy nazar. Xitoy uchun Afg'oniston uning Uyg'ur separatistlarining islomiy bayroq ostida birlashgan kuchlari uchun tayyorgarlik mashqlarini o'tovchi mamlakat bo'lmasligi lozim. Pokiston Afg'onistondagi "Terrorga qarshi urushdan" sillasi qurigan holatda, Afg'onistondan birgina narsa, fuqarolik urushi va diniy nizolarga chek qo'yishini kutmoqda. Chunki, so'ngi yillardagi Pokistonning Vaziriston viloyatidagi bo'lib o'tgan to'qnashuvlarda 50 000 dan ortiq Pokistonlik halok bo'lgan. Eron uchun ayni paytda Afg'oniston birinchi o'rinda giyohvandlik moddalarini yetishtirib berishga chek qo'yishi lozim, ikkinchi tomonidan Afg'onistondagi Sunniy-Islomiy kuchlarning bartaraf etilishi uning uchun mavjudlik masalasidir, ayniqsa Iroqdagi Sunniy-Islomiy jangarilarning kuchayib borishi bilan. AQSh uchun Afg'on muammosi faqat ichki siyosatni muvofiqlashtirish ya'ni keyingi prezidentlik saylovlarida Barak Obama tomonidan Afg'on urushi natijalarini ko'z-ko'z qilish uchun zarur bo'lsada, Afg'onistonda yangidan fuqarolar urushini boshlanishi uning tashqi siyosatida muvozanatni yo'qolishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda