• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
18 Dek2012

Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?

18 Dekabr 2012. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Markaziy Afrika

25-noyabr kuni Nigeriya shimolidagi islomiy jangari guruh bo`lmish Boko Haram Kaduna shtati Jaji shahridagi odatiy haftalik ibodat bo`layotgan cherkovga ikki hudkushlik amali bilan hujum qildi. Avtomobilga o`rnatilgan birinchi bomba cherkov yonginasida portladi, ikkinchisi esa voqea joyiga odamlar yig`ilgandan so`ng, tahminan, 10 daqiqa o`tib harakatga tushgan. Terroristik aktda 30 dan ortiq odam xalok bo`lgan. Voqea alohida e`tiborga egadir, chunki Jajida Nigeriya Qurolli Kuchlari Qo`mondonligi kolleji joylashgan va cherkovga qatnovchilarni aksariyati xarbiy offitserlardan iborat bo`lgan.

Jaji voqeasidan so`ng ommaviy ahborot vositalari Boko Haram 2012-yilda har doimgidan ham ko`proq insonlarning hayotiga zomin bo`lgani haqida xabarlar tarqata boshladilar. Bu yil guruh 770 odamning yostig`ini quritgani aytilmoqda. 
 
Biroq, Boko Haram kabi guruhlar amalga oshirgan bunday xunrezliklardan xulosa chiqarishdan oldin tanganing orqa tomoniga ham nazar tashlash zarur. Aslida, Boko Haram uchun 2012-yil juda omadsiz keldi, Nigeriya hukumati guruhning ta`minot qanotlarini kesib tashladi. O`tkazilgan harbiy operatsiyalar natijasida guruh faqatgina yuqoridagi kabi mayda hujumlargagina qodir bo`lib qoldi. Boko Haramning imkoniyatlari keskin kamaygan bo`lsa ham, bu degani mintaqaviy inqirozga sabab bo`la oladigan guruh xavfi hali to`liq bartaraf etildi degani emas.

Boko Haramning ko`tarilishi

Hausa tilida "G`arb ta`limi haromdir" degan ma`noni bildiruvchi Boko Haram 2002-yilda Nigeriyaning Borno shtati poytaxti Maiduguri shahrida tashkil etilgan. Shundan so`ng bir qancha shimoliy va markaziy shatatlarga ildiz otgan. Rasmiy nomi arabchada "Jama'atu Ahlis Sunna Lidda'avati val-Jihad" bo`lib, "Muhammad ta`limoti va Jihod uchun mas`ul guruh" degan ma`noni anglatadi. Boko Haram nisbatan yangi tashkilot bo`lishiga qaramay, Nigeriya hukumati jangari islomizm bilan bir necha o`n yilliklardan buyon kurashib keladi. Masalan, Muhammad Marva boshchiligidagi Maitatsina sektasi 1980-yillarning boshida Nigeriyaning bir qancha asosiy shaharlarida tartibsizliklarga sabab bo`lgan edi. 

Boshlanishiga, Boko Haram dinlararo ayirmachi g`oyalarni yoyishga tutindi va xristianlarga qarshi tayoqlar, o`tkir qurollar va kichik qurollar bilan hujum uyushtira boshladi. 2010-yilgacha esa guruh o`z arsenalini Molotov kokteyllari hamda kichik xajmdagi portlovchi uskunalar bilan boyitdi. 2011-yilda Boko Haram kutilmaganda katta sakrashga qo`l urdi: guruh endi bomba o`rnatilgan katta yuk mashinalarida xudkushlik amallarini bajarishga o`tdi. Guruh a`zolari mufaqqiyatsiz chiqqan o`zlarining ilk amallarini 2011-yil poytaxt Abujada joylashgan politsiya mahkamasiga, keyinroq xuddi shu yili ko`proq natijalar bilan yana Abujadagi BMT xarbiy qarorgohiga xujumj bilan sodir etishdi. 
 
Boko Haramning qisqa vaqt ichida mamlakatning chekka hududlaridagi mayda bezorilikdan poytaxt shaharda nisbatan katta terroristik aktlarga qo`l urishi hukumat qo`shinini oyoqqa turishiga sabab bo`ldi. Guruhning o`sishi shundan dalolat berardiki, Boko Haram bu aktlarni sodir etish uchun tashqi ko`mak olgan. Jangarilik operatsiyalaridagi bu katta sakrash haqida bir qancha tahminlar ilgari surildi. Shulardan eng diqqatga sazavori Boko Haram jangarilari Islom Mag`ribidagi al-Qoida lagerlarida tashkilot mutaxassislari tomonidan jangavor tayyorgarlikdan o`tkazilgani borasidagi tahmin bo`ldi.  
 
Bu xujumlar va Boko Haramning al-Qoida ta`siriga tushishi Afrikada mintaqaviy kuchga da`vo qila oluvchi yangi jihodiy guruh paydo bo`lganidan va bu guruh keyinchalik Yevropa hamda Qo`shma Shtatlargacha tahdid solish qudratiga ega bo`lish ehtimolidan dalolat berardi. Bu qo`rquvlar 2011-yil noyabridan rasmiy Abujani AQSH tomonidan Boko Haramga qarshi keng qamrovli xarbiy operatsiyalar boshlashga tashviq qilinishiga sabab bo`ldi. 

O`zgarishlar

Boko Haram tahdidiga qarshi kurash uchun AQSH va Yevropa davlatlaridan ko`mak ola boshlagan Nigeriya hukumati keng qamrovli xarbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Joriy yilning yanvaridan buyon hukumat kuchlari guruhning bir qancha liderlarini yo`q qildi yoki qo`lga oldi, ko`plab bomba tayyorlovchi yashirin korxonalarni vayron qildi. Hukumat kuchlariga qo`shimcha ravishda,asosan, nohukumat kuchlardan tashkil topgan "Jama'atu Ansarul Muslimina Fi Biladis Sudan" yoki "Sudan yeridagi musulmonlar qo`llovchilari", qisqaroq Ansaru nomi bilan mashhur anti-Boko Haram jangari guruhi ham tuzildi. 

Boko Haram jon-jahdi bilan  bu kuchlarga qarshi harakat boshladi. Iyundan avgustgacha asosan cherkovlar, politsiya mahkamalari va xarbiy qarorgohlarga qaratilgan 9 ta xudkushlik amallarini sodir etdi. Avgustdan so`ng esa qarshilik operatsiyalari tempi oyiga bitta xudkushlik amaligacha pasaydi. Aktlardan tashqari Boko Haram jangarilari cherkov va xarbiy qarorgohlar, hattoki guruhni ayblab chiqqan masjidlarga ham bir qancha qurolli hujumlar uyushtirdi. Jahondagi xavotirlarga qaramasdan, 2011-yildagi BMT qarorgohiga xujumdan so`ng guruh boshqa biror xalqaro ahamiyatga ega bino yoki kuchni nishonga olmadi.  
 
Hukumatning sayi-harakatidan so`ng Boko Haramning poytaxt Abujadagi harakati keskin qisqardi. 2012-yil Abujada guruh tomonidan faqat ikki terakt amalga oshirildi: aprelda mahalliy gazeta nashriyotlaridan biriga bomba o`rnatilgan mashina bilan hujum va tungi klublardan biriga yana shunday hujum. 
 
Taktik jihatdan Boko Haramning hujumlari asosan mayda nishonlarga qaratilgan. U ko`pincha xodimlari patrulda bo`lib, nisbatan qarovsiz qolgan politsiya va harbiy qarorgohlarga hujum qiladi. 
 
2011-yildagi BMTga hujumdan so`ng Boko Haram hukumat binolari yoki elchixonalar kabi kuchli qo`riqlanadigan nishonlardan ko`ra nisbatan kichikroqlari: nashriyot, tungi klublar kabilarga xuruj qilishni afzal ko`rdi. Shuningdek, guruh o`z faoliyatini geografik jihatdan kengaytirishga ham tinimsiz urinmoqda. Biroq shunisi e`tiborga loyiqki, Boko Haram haligacha Nigeriyaning eng mashxur shaharlaridan biri - Lagosda yoki o`zi faoliyat yuritadigan hududlar bilan yonma-yon Niger, Chad yoki Kamerunda biror terrostik aktni amalga oshirmagan.
 
Buning sababi Nigeriyada uzoq vaqtdan buyon tashqi kuchlarni siyosiy jarayonlarga aralashishidir. Misol uchun Niger hukumati o`z manfaatlari yo`lida Niger Deltasi Ozodligi Uchun Harakat kabi guruhlar, Nigeriya shimolidagi ayirmachi siyosiy kuchlar va Boko Haramdan foydalanib keladi.  Buning isboti o`laroq, Boko Haramning liderlaridan biri 2012-yilning oktyabrida Maidgurida Nigeriya senatorlaridan birining uyida xibsga olindi, bundan tashqari Borno shtatining sobiq gubernatori esa guruhning homiylaridan biri bo`lgan edi.
 
Siyosiy va moliyaviy ta`minotning bu ko`rinishi esa guruhni to`la yo`q qilish hukumat uchun oson bo`lmasligini anglatadi. 2015-yilda bo`lib o`tadigan milliy saylovlar yaqinlashar ekan Nigeriya hukumati barqarorlikni saqlash va islomiy guruh tahdidini bartaraf etish uchun qo`shni davlatlar bilan ziddiyatlarga siyosiy yechim topishiga to`g`ri keladi. 
 
Boko Haram haligacha odamlarga tahdid qilish qudratiga ega. Biroq hukumat guruhni siquvda ushlab turar ekan, Boko Haramning xalqaro terrostik xavfga aylanishdan ko`ra faqat Nigeriya hukumatiga tahdid sifatida qolishi ham ehtimolga yaqin. 

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
  • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
  • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
  • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
  • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda