• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
16 Okt2015

Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati

16 Oktyabr 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Islom tarixiy jihatdan boshqa dinlardan ko'p jihatlari bilan ajralib turadi, biz bu yerda uning diniy jihatdan boshqa dinlardan farqi yoki aloqalari haqida gapirmoqchi emasmiz, balki Islomning siyosiy jihatdan qanday shakllanganligi, nimaga hozirgi kungacha Islomni siyosatdan ajratishga qaratilgan harakatlarning ko'pchiligi muvaffaqiyatlarsiz tugayotganini va nihoyat bugungi kunga kelib siyosiy va ijtimoiy Islomning radikal Islomga nisbatan mag'lubiyatga uchrayotgani haqida fikrimizni bildirishga harakat qilamiz.

Islomning ilk shakllanish davriga e'tibor bersak biz uni boshqa dinlardan farqli o'laroq dastlab diniy oqim sifatida shakllanib keyin siyosiylashganini emas, balki siyosat bilan yonma-yon tug'ilganini va rivojlanganini ko'rihimiz mumkin bo'ladi. Yana uning siyosatga bo'gliqligining ahamiyatli tomoni shundaki, Islomga ham din va ham siyosiy konseptsiya sifatida asosan bir kishi tomonidan asos solingan bo'lib, bu hammamizga tanish bo'lgan Muhammad payg'ambardir. Islomning ushbu o'ziga hosligi, uni nafaqat diniy tomonidan balki siyosiy jihatdan ham o'zgarmas konseptsiyaga aylanishiga olib keldi. O'sha davr axloqi va tartibiga moslashgan Sha'riy qonunlar bugunga kelib ko'p davlatlarda yangi zamonaviy qarashlar bilan to'qnash kelmoqda va turli sabablarga ko'ra bu tamoyilning tarafdorlari yo mag'lubiyatga uchramoqda yoki o’z qarashlarida radikallashmoqda.

Avvalambor biz siyosiy Islom bilan radikal Islomni farqlarini tushunib olishimiz kerak. Farqini anglashdan oldin esa gap Islom dini haqida emas, balki uning siyosiylashgan konseptsiyalari haqida ketayotganini esda tutishimiz zarur. Siyosiy Islom o’z ichiga Islom dinini siyosat bilan qorishtirib shu orqali hokimyatga erishish yoki jamiyatga ta’sir qilishni o’z oldiga maqsad qilib olgan siyosiy harakatlarni oladi. Qaysidir ma’noda Radikal Islom ham siyosiy Islomning bir qismiga kirib ketadi, lekin Siyosatshunoslikda ikkalasini ajratish maqsadga muvofiq, chunki siyosiy Islom zo’rovonliklarsiz, siyosiy va ijtimoiy metodlar bilan, radikal Islom esa qurol va zo’rovonliklar bilan olib boriladigan kurashdir. Ikki kurash ideologik qarashlarida, idealizmida va jamiyatni o’zgartirishidagi maqsadlariga ko’ra bir-biriga o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning asosiy farqlari qarashlarida emas, balki qo’llaydigan metodlaridadir.

Arab bahorlaridan so'ngi Arab duyosidagi Siyosiy Islomni qayta uyg'onishi, mag'lubiyati va uning tarafdorlarining radikal Islom tomonga og'ib ketishi bugun bizni Islomning siyosiy ahamiyati haqida qayta fikr yuritishga majburlaydi. Islomiy davlat yoki ISHIDning paydo bo'lishi ayniqsa Islom dunyosi uchun katta siyosiy mag'lubiyat bo'ldi desak adashmaymiz. Uning saflarini chet ellardan kelgan 20 000dan ortiq musulmon jangarilari bilan to'layotgani esa Siyosiy Islomning inqirozga uchrayotganidan dalolatdir. Va bu inqiroz Islomga umuman begona bo'lgan mafkuraga nisbatan mag'lubiyat hisobiga emas, balki Islomning ichidan paydo bo'lgan radikal Islom hisobiga boy berilyapti.

Xo'sh, nima uchun Islomni siyosiy yo'l bilan jamiyatga tadbiq qilishga harakat qilayotgan siyosiy institutlar, faollar va harakatlar mag'lub bo'lib, uni zo'ravonlik yo'llari bilan jamiyatlarda o'rnatishga harakat qilayotgan kuchlarning qo'li baland kelmoqda va ularning tarafdorlarini soni hamda Islom uchun kurashishdagi faollik sifatlari ancha yuqori ?

Bunga bir nechta faktorlar sabab qilib ko'rsatiladi. Agar bugun biz Islom dunyosida bo’layotgan voqealarda boshqa tashqi kuchlarni ayblashdan bir lahzaga to’htab o’zimizni ko’zguga solib ko’radigan bo’lsak, bugungi kundagi Musulmon olamidagi siyosiy inqirozlarda nafaqat tashqi kuchlarning qo’li borligini, balki o’zimiz ham Islom dinini siyosiy qurolga aylanishiga bevosita yoki bilvosita qatnashayotganimizni tushunib yetamiz. Biz doim o'zimiz uchun bayroq qilib olgan Islomiy idealizm ushbu inqirozning asosiy sabablaridan biridir, ya'ni Musulmonlar orasida asl Islomni topishga intilish va o'sha har kim o'zicha subektiv holda "asl islom" deb bilgan siyosiy konseptsiyani jamiyatga tadbiq qilishga harakat qilishdir. Lekin muammo shundaki asl Islomni topishga intilishdagi harakatlarning paydo bo’lish tarixi ham ularni Islomdan din sifatida emas, balki dastlab siyosiy oqim sifatida ajralib chiqqanligi bilan o’ziga xosdir. Ya’ni Islomdagi har bir mazhab va oqim tarixan siyosiy uyushgan tashkilot sifatida ajralgan, ularning Islomga nisbatan qarashlarida farqlar paydo bo’lganligi emas, balki hukumat uchun kurash, siyosiy raqobat va hudud talashish bu yangi oqimlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Keyinchalik esa bu siyosiy oqimlar o’zlarining alohida harakat ekanligiga urg’u berish uchun diniy tomondan ham farqlarni o’zlarida namoyon eta boshlaganlar. Bugungi kundagi Islomiy harakatlarda ham ushbu tendensiya davom etmoqda, yangi Islomiy harakatlar, partiyalar va tashkilotlar dastlab ma’lum bir siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun yaratilib, so’ngra esa o’zlarining asl maqsadlaridan uzoqlashib dastlab toza siyosiy bo’lgan tashkilot diniylashib oxir oqibatda din va siyosat qorishib ketgan tashkilotlar vujudga kelmoqda. Aslini olib qaraganda butun Islom olamidagi oqimlar, mazhablar va diniy tuzilmalarning barchasi Islomning besh ustuniga to’laligicha amal qilish tarafdori, lekin ushbu beshta ustundan tashqarida bo’lgan jamiyatni tartibga soluvchi masalalar va ularga amal qilinish darajasiga ko’ra ular orasida farqlar va qarama qarshiliklar ularni birlashgan kuchga aylanishiga to’sqinlik qilmoqda.

Shunday bir qiyin ahvolda Islom dunyosini kuchli sivilizatsiyaga aylantirishda va Umma ahlini bir millat ostida birlashtirishga qilinayotgan siyosiy-ijtimoiy harakatlarning o’zi yetarli emas va buning uchun kuch ishlatishga zarurat bordir degan fikr tarafdori bo’lgan guruhlar asta sekinlik bilan Siyosiy Islom institutlari o’rinlarini egallab olmoqda.

Kimlar uchundir bunday holatning yuzaga kelishida Islom dunyosidagi qashshoqlik, ijtimoiy inqiroz, avtoritar rejimlar va ta’lim tizimining izdan chiqishi sababdir. Lekin borgan sari hatto Musulmonlarning o’zlarini orasidan chiqqan intellektual kishilar tomonidan ham Islomning jamiyatlarning ichida tutgan siyosiy rolini qayta ko’rib chiqish kerak degan fikrlarni oldinga surish tez-tez kuzatilmoqda. Arab dunyosidagi Arab Bahorlaridan so’ng hukumatlarga kelgan Musulmon Birodarlar (Misr) yoki Ennada partiyalarining (Tunis) siyosiy maydondan yo’q bo’lishlari va ularning tarafdorlarining ko’pchiligi Suriyadagi Jihodga qo’shilishi zo’ravonliklarsiz Siyosiy Islomning oqibatlari baribir zo’ravonlikka borib taqalishini yana bir bor ko’rsatib berdi. Chunki shu paytgacha dunyoda va ayniqsa sobiq-Sovet Ittifoqi mamlakatlarida katta ta’sirga ega bo’la olgan Hizb ut-Tahrir, zo’ravonliklarsiz Islomiy Xalifani tashviqot qilishni o’z oldiga maqsad qilib olgan harakatda ham huddi shu senario bir nechta bor kuzatilgan edi. Garchi bu tashkilot zo’ravonlikni va terrorizmni targ'ib qilmasdan, asosiy maqsadi Musulmoncha Gandilik harakatini ya’ni zo’ravonliksiz harakatlar orqali Xalifalikni o’rnatishni maqsad qilgan bo’lsada, tashkilot a’zolarining ko’pchiligi vaqt o’tishi bilan Islomiy Terrorsitik lagerlarda o’z faoliyatlarini davom ettirganligi ko’p marta kuzatilgan. Shu sababdan Hizb ut-Tahrir o’zi diniy terrorizmni targ’ib qilmasa ham, lekin uni kuchayishiga ideologik maydon tayyorlaydigan tashkilot sifatida ko’p mamlakatlarda ta’qiqlandi.

Siyosiy Islom bilan bog’liq terroristik harakatlar kuchayar ekan har birimiz Islomning din sifatida emas, balki siyosiy qurol sifatida jamiyatga ta’siri haqida mushohada qilishga haqlimiz. Shundagina muammoni asli nimadaligini anglab yetib Islom dinini terrorizmni yuzi bo’lishiga sabab bo’layotgan faktorlardan qutqarib qolish mumkin. Aks holda Islom yaqin kelajakda din sifatida emas, balki to’laligicha siyosiy oqim sifatida talqin qilinishi va boshqa siyosiy oqimlar bilan raqobatga kirishib o’zining muqaddasligini yo’qotishi mumkin. Sababi, dinga asoslangan siyosat bilan ratsionalizmga asoslangan siyosat orasida kurash ketganda dinga asoslangan siyosat yutqazishi tayin, chunki diniy siyosat o’zining muqaddas prinsplari, tabulari va dogmalari tufayli siyosatning hamma instrumentlaridan to’laligicha foydalana olmaydi, agar foydalansa u o’zini muqaddasligini yo’qotadi va din bo’lishdan to’xtaydi. Ushbu dilemma oldida ko’pchilik din siyosiy yo’lni tanlagan va aynan shu sababdan kishilar u dinlarni tark etganlar yoki bu dinlarga ishonch yo’qolgan. Shu o’rinda tarixda dinning siyosiylashishi o’sha dinning zarariga ishlaganini Katoliklar misolida ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Rim imperiyasi, keyinchalik Muqaddas Rim Katoliklikni muqaddasligini pesh qilgan holda Yevropa mamlakatlari orasida o’zining status kvosini ushlab turishga harakat qilgan. Lekin borgan sari Yevropaning boshqa mamlakatlarida dinning bunday siyosiy qurolga aylantirilganidan charchab har bir jamiyatda o’zida o’ziga xos mustaqil cherkovlar, protestantlar paydo bo’la boshladi, so’ngra bu tendensiya sekular revolyutsiyalar bilan davom etib Yevropa jamyatlarida nafaqat dinning roli yo’q bo’ldi, balki din negativ ahamiyatga ega ideologiya sifatida esga olinadigan bo'ldi. Bu narsa aynan Xristianizmning muqaddas ta’limotini salbiy deb hisoblanganidan emas, balki o’sha ta’limotni siyosiy maqsadlarda ishlatilgani uchun va tarixda Xristianizm nomi bilan siyosiy jinoyatlarga qo’l urulgani tufayli yuz bergan.

Bugungi kunda ISHIDning paydo bo’lishi va eng achinarlisi Musulmonlar orasida uni qo’llab quvvatlovchilar ko’payotganini bizni boshqa dinlar tarixidan saboq olmaganimizni va Islomni siyosiylashishi faqat uning din sifatida obro’sizlanishiga olib kelishi mumkinligini tushunib yetmaganimizdan dalolatdir. Ayniqsa, bizni bugungi globallashgan va demokratiya hamda dunyoviylik zamonaning asosiy prinsplariga aylangan dunyoda yashayotganimiz bizni dinni o’rni hech qachon oldingiday oliy darajalarga qaytmasligini anglashimiz lozimligini ta’kidlayapti. Bugungi kunda din qonunchilikda shaxsiy erkinliklar qatoriga kiritilishi bejiz emas, chunki zamonaviy mamlakatlarda din davlat siyosatini asosi bo’lib xizmat qilish rolini allaqachon yo’qotgan va jamiyatlarda din nomi bilan uniformalash emas, balki fikrlar xilma-xilligi jamiyatni rivojlantiuvchi asosiy mexanizm sifatida qaraladi.

Yorliq so'zlar: Geopolitik nazariyalar, Din va geopolitika, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Geopolitika va Din: Islom
  • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
  • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
  • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
  • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda