• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
01 Apr2013

Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

01 Aprel 2013. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

2001-yil 11-sentyabr voqealari radikal Islomizmning chalkash pozitsiyalarini ma'lum tomonga yo'naltirishga va "haqiqiy" dushmanni qayta aniqlaganini tasdiqladi. Ayniqsa voqealarning davom etishi bilan AQSh o'zining tashqi va ichki siyosatida Islom va Terrorizmni qorishtirishi, strategik maqsadlarni ko'zlagan holda Islomiy-Terrorizmni bahona qilib ishlatishi (Iroq urushi) va Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasini kuchaytirib G'arb va Islom dunyosini bir biriga qarama qarshi qo'yishi oqibatida, Islomizm o'z pozitsiyasini G'arbga qarshi ishonch bilan yo'naltiradi.

Aynan Islomizmning Amerika va G'arbga qarshi "urush" ochishidan oldin uni tarixiga qisqacha nazar solsak, chunki Islomizmning asl ildizlari AQSh yoki G'arbga qarshi tarzda tug'ilmagan, balki bu mafkura Musulmon jamiyatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarning yechimsiz qoldirilishi va aholining o'zga jamiyatlarga nisbatan qoloqligini his qilishining oqibatidir. Mavzuga chuqurroq yondashsak.

Tarixga nazar

Islomning ilk tug'ilishi va konseptsiyasi hozirdagi musulmon jamiyatidan kuchli farq qiladi. Fundamental Islom uchun barcha musulmonlar turli millatlardan tashkil topgan bir e'tiqoddagi kishilar emas balki bir diniy millat - umma, sifatida shakllangan bo'lishlari va ularni birlashtirib tuyruvchi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy birlik - Xalifalik tuzumniga ega bo'lishlari lozim. Xalifalik tushunchasi esa Islomiy davlat sifatida emas balki tashqi - urush va boshqa dindagilar (kofirlar) dunyosidan saqlanib turuvchi tinchlik uyi (Dar al-Islam) deb hisoblanib, Islomni butun dunyoga haqiqiy din sifatida yoyuvchi kuch vazifasini bajarishi kerak bo'lgan. Bu esa o'z navbatida Xalifalikni to'htovsiz ravishda tashqi dunyo bilan urush olib borishga va bu holat butun dunyoni Islomlashtirishgacha davom ettirilishi kerakligini uqtirishga olib keldi. Demak xalifalik nafaqat Islomiy mamlakat emas, balki asl Islomni asrab turuvchi Musulmonlarning umumiy ittifoqi bo'lib ham xizmat qilgan.

Xalifalikka qilingan har bir hujum, bu Islomga qilingan hujum deb qaralgan. Shunday hujumlarning eng kattasi va Islom dunyosida Islomizmning tug'ilishiga sabab bo'lgan voqea bu Salib Yurishlaridir. Salib Yurishlari, garchi siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni o'zida yashirgan bo'lsada, sirtdan qaralganda tola to'kisligicha diniy urush bo'lib, Katolik cherkovining Islom dunyosiga ochiqdan ochiq hujumi, Musulmon dunyosida "Kofirlarning" ularga dushman ekanligini to'laligicha tasdiqlagan birinchi taasurot bo'lgan.

Albatta Islomizmni tug'ilishi siyosiy va mafkuraviy ahamiyat kasb etishiga qaramasdan uning rivojlanishi va eng yuqori cho'qqisiga yetishida asosiy sabablar iqtisodiy-ijtimoiy ekanligini unutmasligimiz lozim. Agar tarixga nazar solsak Islom dunyosi va Musulmonlar jamiyatida hech bir davr Xalifalik davrlarichalik rivojlanish darajasiga yeta olmagan va ittifoqda bo'lmagan. Tarixda Xalifalik o'zining davriga nisbatan so'zsiz ravishda dunyoning eng kuchli davlatlari bo'lgan desak adashmaymiz. Bu rivojlanish nafaqat harbiy sohada, balki ayniqsa ilm-fan, madaniyat va iqtisodiy sohalarda eng yuqori darajalarga yetgan. G'arb, katolik cherkovi boshqaruvi ostida zulmatga sho'ng'igan bir paytda Musulmon dunyosida eski Yunon, Misr, Mesopotamiya va Fors sivilizatsiyalarining yutuqlarini o'rganish va riuvojlantirish avjiga chiqqan edi. Moliyaviy tizimda umumiy pul birligining yo'lga qo'yilishi, savdo-sotiqning rivojlanishi, birinchi Chek tizimning yaratilishi bu davlatning gullab yashnashiga sabab bo'ldi. Islomizmni kuchayishini tushunish uchun o'sha davrdagi Xalifalikdagi ahvol bilan hozirgi Islom dunyosini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi oqsoqlikni solishtirishni o'zi kifoyadir. 

Arab Xalifaliklarining tarixiy hududlari.
Arab Xalifaliklarining tarixiy hududlari.

Hozirda deyarli barcha Xalifalik ostida bo'lgan mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatlar dunyoning o'rtacha iqtisodiy ko'rsatkichidan pastda joylashgan bo'lib, uning ustiga yangi globallashgan zamonaviy dunyoda bu mamlakatlarning siyosiy o'rni juda ham kichikdir. Boshqa dunyoning katta sivilizatsiyalaridan farqli o'laroq, Islom sivilizatsiyasi o'zining markazlashgan davlatidan va imperiyasidan mosuvodir. Oxirgi Xalifalik bo'lmish Usmoniylar Imperiyasining merosxo'ri Turkiya o'zining dunyoviy tizimi va G'arb davlatlari bilan yaqin ittifoqdoshligi (NATOga a'zolik) bilan qaysidir ma'noda Islom dunyosiga hiyonat qildi, Xalifalikning tarixiy ildizi bo'lmish Saudiya Arabistoni esa o'zining Islomiy emas balki eng avvalo Arab davlati deya ko'radi (Eslatib o'taman, hozirgi kunda Musulmonlarning 80%i Arab bo'lmagan xalqlardir) va u ham o'z navbatida Musulmon dunyosidan ko'ra G'arb dunyosiga yaqinroq ittifoqchidir, bu holat boshqa Fors ko'rfazi mamlakatlariga ham tegishlidir (2005-yildan beri Iroqdagi hukumatga ham). Xalifalikning madaniy tayanchi bo'lgan Fors sivilizatsiyasi esa Musulmon dunyosining atigi 10% aholisini tashkil qiluvchi Shia mazhabining qo'rg'oni sifatida o'zining Islomiy davlatiga asos soldi. Qisqa qilib aytganda Arab dunyosidan ajralish uchun Fors dunyosi o'zi uchun yangi o'zlikni ya'ni shialikni asos qilb oldi.

Ko'rib turganimizdek bu siyosiy bo'linish va "yo'l boshlovchi va qo'riqlovchi" kuchni yo'qligi Musulmonlarda unutilganlik hissiyotini uyg'otdi. Hozirgi kundagi hech qanday davlat yoki tashqi kuchlarning to'laligicha tashkilotchiligisiz "Avtonom Jihodlarning" paydo bo'lishi hayratlanarli holat emas. Demak Islomizmning paydo bo'lishidagi birinchi sabab bu "Yakkalanish" va "Tashlab qo'yilganlik" hissiyotlaridir. 

Islomizmdagi ikkinchi asos bu "Begonalik" bo'lib Islom dunyosining tashqi kuchlar tomonidan bosib olinishi va ekspulatatsiya qilinishi Islomistlaga boshqa xalqlarni abadiy dushman sifatida ko'rishga asos bo'lgan. Radikal Islomizm uchun barcha Xalifalarning yemirilishi (ayniqsa Usmoniylar Imperiyasini) tashqaridan kelgan "kofirlarning" hujumi va fitnalarining oqibati deb qaraladi.

XV-asrda "Buyuk Geografik Kashfiyotlarning" amalga oshirilishi bilan G'arb dunyosining iqtisodiy va harbiy ustunligi borgan sari orta boshladi. Ayniqsa Katolik cherkovining konservatorligiga qarshi kurash va cherkovdagi reformalarning amalga oshirilishi, Angliyani o'zining Katolik cherkovi boshqaruvidan holi deb e'lon qilishi va protestanizmning shiddatli ravishda yoyilishi oqibatida Yevropa diniy zulmatdan chiqib, siyosiy ustunlik sari asta sekin qadamlarni qo'ya boshladi. Ayniqsa Osiyoga va Amerikaga dengiz yo'llarini ochilishi bilan, Yevropa borgan sari Islom dunyosidan iqtisodiy mustaqil bo'lib bordi. O'z navbatida bu holat Yaqin Sharqdagi va Markaziy Osiyodagi savdo yo'llaridagi faoliyatlarni sezilarli darajada pasaytirdi, asta sekinlik bilan Buyu Ipak Yo'li o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. O'rta Osiyodagi va Rossiyadagi mo'g'ul davlatlarini tarqoqligi tufayli bu hududlarda Islom yakkalanib tobora o'z tarixiy ildizlaridan uzoqlashib bordi. Bunga Eronning Safaviylar tomonidan shialikka asoslangan davlatni barpo etishi oqibatida Erondan G'arbda bo'lgan barcha hududlarni Sunniy dunyosining boshqa hududlaridan ajralib qolishi ham kelib qo'shiladi. Eron ikki tomon o'rtasida ko'prik rolini o'ynash o'rniga ko'proq kechib bo'lmas to'siqqa aylandi. O'rta Osiyolik xonlarning Hajga boruvchi aholining Rossiya hududidan o'tishi uchun Rus imperatorlaridan ruxsat so'rashlari Eronning naqadar bu mavzuda yopiqligini bilish uchun kifoyadir. O'z navbatida Rossiya G'arb dunyosidan ajralgan holda o'zining Provaslavlikning merosxo'ri sifatida imperiyani sharqqa qarab yoyilishini ta'minlab bordi.

Bulardan tashqari Usmoniylar Imperiyasining ichkarisidagi Turk-Arab raqobati ham bu imperiyani mustahkamligiga shikast yetkazib turdi. Usmoniy xalifalar Arab dunyosini urush yo'li bilan bosib olishdan tashqari, Arablarning mahalliy hokimlariga kam ishonch bildirib ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lganlar, bu esa o'z navbatida Panarabizmni mustahkamlanib borishiga sabab bo'ldi. Xalifalikning ohirgi yillarida Arablarning Britaniyaliklarga Ittifoqchi va Usmoniylarga (Xalifalarga) qarshi harakatlari bu holatning oqibatlaridan biridir. 

Bu bo'linishlar va savdo-sotiqning pasayishi Islom dunyosini tobora Millatlarga ajralishishiga, iqtisodiy ahvolni yomonlashishiga olib keldi, ohir oqibat Islom dunyosi chet el mustamlakachilari uchun oson o'ljaga aylandi. XX-asrdagi 1-Jahon urushidan so'ng ohirgi Xalifalikning qulashi Musulmon dunyosini, dunyo ishlarida Islom nomi bilan ish olib borishdan mahrum qildi. Islom dunyosi millatlarga asoslangan mamlakatlarga bo'linib ketdi, albatta bu davlatlarning ko'pchiligi tashqi kuchlarning mustamlakalaridan iborat edi. Lekin bu kritik holat 2-Jahon urushidan keyin dunyoning ikki qutbga bo'linishi o'qibatida Islom dunyosida yangi bo'linishlar bilan davom etdi.  

"Sovuq Urush"ning boshlanishi bilan Islom dunyosida Kommunistik va G'arb dunyosi manfaatlariga bo'linish yaqqol kuzatildi. Bir tomonda Saudiya Arabistoni va Pokiston AQShning eng ishonchli ittifoqchisiga aylangan bo'lsa boshqa tomonda Suriya va Misr kabi davlatlar Sovet Ittifoqining Yaqin Sharqdagi ishonchli hamkorlariga aylandilar. Bundan tashqari O'rta Osiyo, Uyg'uriston va Kavkazdagi Musulmon xalqlarni kommunist mamlakatning teng huquqli fuqarolariga aylanishi ularning Islom dunyosidan to'laligicha ajralishiga olib keldi. Bu holat 1979-yilgacha davom etadi.

Islomizmning "yo'naltirilishi"

1979-yil Islomizmning qayta tug'ilishida muhim sana hisoblanadi. Shu davrgacha Falastindagi yoki Misrdagi urushlar Anti-Imperialistik ahamiyatga ega bo'lgan bo'lsa, endilikda Islomiy siyosat ochiqdan ochiq mafkura sifatida o'z o'rnini talab qila boshladi. Aynan 1979-yilda dunyodagi siyosiy o'zgarishlarda Islomning sahnaga kelganini ta'kidlash lozim, bu holat Erondagi revolyutsiyadan tortib Saudiya Arabistonidagi Al-Haram masjidini garovga olinishiga ham tegishlidir.

Yaqin Sharqda Isroil hukumatining tobora kuchayishi bilan va ayniqsa "Olti kunlik" urushdan so'ng, Arab dunyosida G'arb dunyosiga qarshi noroziliklar kuchaya bordi. Saudiya Arabistonida Ka'ba joylashgan masjidni bir guruh qurollangan talabalar tomonidan garovga olinishi va uni ozod qilinishida Fransuz maxsus qo'shinlarini ishlatilishi (Eslatib o'tamiz Makka shahriga Musulmonlardan tashqari hech qanday din vakillari kiritilishi mumkin emas) Musulmon dunyosida katta norozilikni keltirib chiqardi. Uni ustiga Eronda Homeniyining bu fitnani AQSh tomonidan uyushtirilganligini e'lon qilishi noroziliklarni yanada kuchaytirdi. Pokiston va Livanda AQShning elchixonalariga radikal islomistlar tomonidan o't qo'yilib butunlay kuli ko'kka sovuriladi.

Sovet Isttifoqining Afg'onistonga intervensiyasi ham AQSh uchun, ham Arab mamlakatlari uchun juda qo'l keladi. AQSh bu "Jihoddan" ikki strategik maqsadni ko'zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqi uchun Afg'onistonda ayanchli "Vetnam" holatini yaratish, ikkinchi Erondagi Islomiy inqilob ta'siri ostida butun dunyoda Islomiy qo'zg'alishning yoylishini oldini olish maqsadida Islom dunyosi e'tiborini boshqa masalaga yo'naltirish. Bu ikki maqsad ham to'laligicha amalga oshdi. 1989-yilda Qizil Armiya Afg'onistonni tashlab chiqadi, bu holat o'z navbatida Kommunistik tizimning emirilishi, Berlin devorini qulashi va Sovet Ittifoqining parchalanishida ham katta rol o'ynaydi.

Eronga kelsak u o'zining Islomiy revolyutsiyasini chetga eksport qilishni uddasidan chiqa olmaydi (Janubiy Livandagi Hezbolla bundan istisno). Eronning asosiy ko'zlagan mamlakati bo'lmish Iroq uning eng xavfli dushmaniga aylanib, u bilan bo'lgan 8-yillik urush Eronni sillasini quritadi va ikki davlat munosabatlarini uzoq yillarga muzlatib qo'yadi.

G'arb mamlakatlari bilan ittifoqdosh bo'lgan Musulmon mamlakatlari uchun Afg'oniston Islomiy radikalizmni "eksport" qilish uchun katta imkoniyat yaratadi. Amerika tomonidan "Yovuz Imperiyaga" va "xudosizlar" bosqiniga qarshi Jihod propogandasi barcha Musulmon mamlakatlaridagi norozilik kayfiyatida bo'lgan aholi uchun nihoyat "Kofirlarga qarshi" qurol bilan kurashish imkoniyatini yaratgan edi. Mag'rib va Mashriqdan kelgan minglab ko'ngillilar Afg'onistondagi Sovet qo'shinlariga qarshi "Muqaddas urushga" kelib qo'shiladilar.

ARTE fransuz-nemis telekanalida aks ettirilgan Afg'on-Sovet urushidagi ko'ngilli
ARTE fransuz-nemis telekanalida aks ettirilgan Afg'on-Sovet urushidagi ko'ngilli "Jihodchilar" xaritasi.
Vashington nazarida Afg'on urushi ikki tomonlama g'alaba bo'lib, qisqa qilib aytganda tengi yo'q ishbilarmonlik bo'lib tuyuladi. Vetnam urushidan farqli ravishda bu urush AQShning o'sha davrdagi ichki va tashqi siyosatiga hech qanday zarar yetkazmaydi. AQSh armiyasi soldatlarning o'limi, urushdagi qaror qabul qilinishidagi ikkilanishlar va AQSh ichkarisidagi qarshiliklar bu urushga yot holatlar edi. Bularni o'rniga Afg'oniston urushida o'z o'zidan "erkin jangchi" nomi ostida qo'liga qurol olib "Yovuz Imperiyaga" qarshi urush olib boruvchi AQShga begona soqollilar jang qilar edi. Ular hech qanday siyosiy ahamiyatga ega emas edilar, AQSh uchun ularning taqdirini qizig'i yo'q, urushdagi yo'qotishlar uchun hech qanday tashvish qilinmaydi aksincha o'lganlarni Musulmonlar uning jannatga tushishiga ishonib xursandchilik ila ohirgi yo'lga kuzatadilar. AQSh tomonidan bir nechta ko'ngillilarni o'ziga jalb qiluvchi tashviqot markazlari ochiladi, AQShning harbiy lobbiylari bu markazlarga katta miqdorda mablag'lar ajratadilar, ularga Erondagi shialikni kuchayishidan va Fors ko'rfazida hokimyatni qo'ldan berishdan cho'chigan shayxlar ham kelib qo'shiladi. Bu markazlar Yaqin Sharq va boshqa Arab mamlakatlarining Islomiy universitetlaridagi talabalarni o'ziga jalb qilib Afg'onistonga jo'natishda juda katta rol o'ynaydilar. Bu Sovet Ittifoqiga qarshi urush AQSh uchun arzimagan mablag' evaziga amalga oshiriladi. Umumiy hisobda bu mablag'lar yiliga o'rtacha 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil qilib bu mablag'ning yarmi Fors ko'rfazi mamlakatlari tomonidan ajratilgan.

Bunday ajoyib geostrategik taktika AQSh uchun hech qanday havfga ega emas edi. AQSh rejasi bo'yicha Sovet Ittifoqi butunlay mag'lubiyatga uchragandan so'ng Jihodchilarni moliyalashtirishni to'htatish ularni yo'q bo'lishiga olib kelishi kerak edi. Lekin AQShning Jihod mafkurasini instrument sifatida ishlatilishi bir paytning o'zida Islom dunyosiga yangi umidlarni bahsh etgan edi, jumladan Xalifalikni qayta qurish ambitsiyasini. Shunday qilib AQShning navbatdagi be'tiborligi natijasida makon va markazga ega bo'lmagan xavfli dushman yuzaga keldi va bunday biryoqlama strategiya bahosini AQSh 2001 yil 11-sentyabr voqealari va Afg'on, Iroq urushlari davomida to'lashga majbur bo'ladi va hozirgi kunda ham to'lashda davom etmoqda.

Islomiy radikal guruhlarning Sovet Ittifoqiga qarshi Jihodidan AQShga qarshi Jihodchilarga aylanish jarayoni o'ta murakkabdir. Bu o'z vaqtida ham Islom doktrinasi ham mamlakatlar geostrategiyasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu jarayonda maxfiy xizmatlar asosiy vositachilik rolini o'ynaganlar. Albatta bu bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'lish qiyin masala, lekin so'ngi paytlarda matbuotda omma e'tiboriga havola qilingan ma'lumotlarga tayangan holda holis tahlil olib borishning imkoni mavjuddir.

Bugun biz siz bilan Islomizmning shakllanishi va uning Afg'on urushigacha bo'lgan bosib o'tgan davrini ko'rib chiqdik, keyingi maqolamizda Islomizmning qanday qilib Anti-Kommunizmdan Anti-Amerikanizmga aylanishini ko'rib chiqamiz.

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
  • Geopolitika va Din: Islom
  • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
  • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
  • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda