Kelajak-fantastik texnologiyalar yaratish bilan shug`ullanuvchi Kanadaning Hyperstealth Biotechnology Corp. kompaniyasi prezidenti Gay Kramer so`zlariga ko`ra, uning "Kvant Mahfiyligi" deya nomlanuvchi yangi texnologiyasi yordamida endi harbiylar dushman ko`ziga ko`rinmaslik imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin.
Hyperstealth Kanadaning harbiy maskirovkalar bilan shug`ullanuvchi kompaniyasi bo`lib, yiliga jahon bo`ylab ikki milliondan oshiq uniformalar, 3,000 harbiy transport va harbiy samolyotlar bu kompaniya standartlari asosida maskirovkalanadi.
"Kvant Mahfiyligi" nishon atrofidagi yorug`likning sinishi evaziga maksimal ko`rinmaslik imkonini beruvchi materialdir. Bu material faqatgina nishonning ko`rinishi, infraqizil va termik belgilarini emas , balki uning soyasini ham yo`qotish imkoniga ega.
Gay Kramerning o`zi yangi texnologiyasi haqida shunday yozadi:
"AQSH va Kanada harbiylari materialni amalda qanday ishlashini o`z ko`zlari bilan ko`rdilar, shuningdek endi ular bizning texnologiya kameralar, battareykalar, chiroqlar yoki boshqa narsalarsiz ishlashidan ham xabardorlar. Bundan tashqari harbiylar materialimizni infraqizil va termik kuzatuv asboblariga ham qarshi ishlashini tasdiqladilar. Xavfsizlik sabablari tufayli men materialni qanday ishlashini aytolmayman, lekin u qanday maqsadlarda ishlatilishini tushuntirishim mumkin:
1) Samolyotdan desant tushiriladi, “Kvant Mahfiyligi” asosida tayyorlangan parashut esa dushmanning ochiq maydonida ham uning ko`rinmasdan yerga tushishini ta`minlaydi. Yerga qo`ngan desantning pana joy qidirishi shart emas, u parashutini ustiga yopib oladi. Endi desant dushmanning ochiq hududida biror vizual sensorlar va inson nazaridan holi, toki dushman piyodasi yoki transporti behosdan uni bosib olmaguncha.
2) Kameralar va kuzatuv sensorlari dushman sohiliga o`rnatilgan. “Kvant Mahfiyligi” bilan jihozlangan razvedka guruhi sohilga yaqinlashish uchun kech bo`lishi kutib o`tirmasdan kunning o`rtasida dushman tomonga bildirmasdan suzib borishlari mumkin. Mudofaa chizig`idan sezdirmasdan o`tgan guruh o`z missiyasini bajaradi va yana kelgan yo`lidan ortga qaytadi. Kechga borib sensor va kameralarni tekshirib ko`rgan dushman quyidagilarni biladi: sensorlar xech narsani qayd qilmagan, kameralarda hatto soyalar ham yozilmagan, biror termik belgilar aniqlanmagan, faqatgina sohil qumida suv tomondan kelgan oyoq izlari mavjud, xolos.
3) Oldinlari biror ayg`oqchi samalyot dushman hududini razvedka qilayotganda sun`iy yo`ldoshlardan qochib yurishga majbur edi. Endilikda “Kvant Mahfiyligi” bilan samolyotlar biror yo`ldosh, dronlar tomonidan xoh kun, xoh tun bo`lsin, payqalmaydi.
4) Suv osti kemasi uchun eng xavfli vaqt-bu atrofni tekshirish uchun suv yuzasiga ko`tarilgan paytidir. Tekshirish paytida kemaning faqat yuqori qismi ko`rinadi va bu qism qanchalik maskirovkalanmasin, ko`p hollarda dushman tomonidan kema sezib qolinadi. “Kvant Mahfiyligi” texnologiyasi bilan kemaning yuza qismi, nainki butun kemaning o`zi ham suv yuzasida, ham suv tubida ko`rinmaydi.
5) Asosan binolar ichida harakat qiluvchi maxsus kuchlar yoki terrorizmga qarshi guruhlarning hayoti doim xavf ostida hisoblanadi. Endi esa dushman faqatgina eshiklar yoki devorni buzilgani va qadam tovushlarinigina eshitadi. Bu esa maxsus guruhlarga gangib qolgan terrorchilarni oson va tez yo`q imkonini beradi.
6) “Kvant Mahfiyligi” bilan maskirovka qilingan tanklar guruhining qayerdaligini dushman faqatgina motor shovqini va zambarak shovqinidangina aniqlashi mumkin. Lekin tanklarning aniq joylashuvi va oradagi masofani bilolmagan dushman javob zarbasi qaytarishda ancha qiynaladi. Shuningdek, ko`rinmas armiya dushmanni ruhiy jihatdan ham tushkunlikka tushishiga sabab bo`ladi. Vahimaga tushgan dushman esa osonlikcha o`rab olinib, yo`q qilinishi mumkin.
7) Snayper doimo shovqinsiz va ko`rinmasdan ishlashi lozim. Shunday vaziyatlar bo`ladiki, nishonni yo`q qilish uchun pana joy topilmaydi. Yangi texnologiya snayperi esa yashirinishga joy topib o`tirishi shart emas. U xar qanday payt, xar qanday vaziyat va joyda o`z missiyasini muvaffaqiyatli bajara oladi.
Nega bu texnologiya ommaga oshkor qilinmoqda? Men halicha u qanday yaratilganini oshkor qilganim yo`q, oshkor qilmayman ham. Faqatgina uning amaliy xususiyatlarini sanab o`tdim xolos. Ko`pchilik odamlar Amerika fantastik filmlaridagi qurollar haqiqatdan uzoq emasligi va bu qurollar AQSH olimlari yaratayotgan maxfiy qurollardan ilhom olinib, kinolarda suratga olinishiga ishonadilar. Va yana ular olimlar o`zlari yaratgan qurollarni reklama qilish uchun kinolarda ixtirolaridan foydalanishga ruhsat berishadi deb ham hisoblaydilar. Albatta, o`zing yaratgan ixtiroga doim ham xomiy yoki haridor topishing oson bo`lmaydi. Ixtironing maxfiy laboratoriyalarda harbiylarga yoki qurol bilan shug`ullanuvchi kompaniyalarga ko`rsatasan, lekin bunday reklama hamma vaqt ixtirochi uchun ko`ngilli tugamaydi, qilgan mehnatingga yarasha baho, qilgan xarajatingga yarasha xaq ololmaysan. O`z qobiliyatingni ko`rsatishing uchun boshqalarni e`tiborini o`zinga jalb qila olishing zarur. Xuddi shu tufayli, men o`z texnologiyamga boshqalarni e`tiborini tortish uchun maxfiy yerto`lalarni emas, ommaviy axborotni tanladim.
Men senator Jon Uorner yordamchisi bo`lib ishlagan vaqtim, 2004-2008-yillarda AQSH bilan yangi texnologiyalar bo`yicha hamkorlik qilganman. 2008-yil senator iste`foga chiqqandan so`ng men “Kvant Mahfiyligi” loyihasi ustida ishlay boshladim.
2010-yil oktyabrida Brusselda bo`lib o`tgan maskirovkalar bo`yicha xalqaro simpoziumda o`rmon, yer va sahro ranglariga o`zgara oluvchi “Smartcamo” materialini namoyish etdim. O`sha paytda men AQSH allaqachon bunday texnologiyaga ega deb o`ylardim. Lekin namoyishimni tugatishim bilan AQSH harbiy kuchlaridan bo`lgan agent men bilan aloqaga chiqib, ular uzoq vaqtdan beri ustida ishlayotgan texnologiyani yaratganimni ma`lum qildi.
“Aqlli” matolar maskirovkaning yangi avlodi bo`lib, o`z rangini atrof-muhitga qarab o`zgartira oladi. Ular nanotexnologiya yoki metamaterializm yordamida tayyorlanadi. Biroq harchand urinmaylik biz “Smartcamo”dagi bir qancha kamchiliklarni bartaraf etolmadik. Eng katta muammo-bu uning narxidir, mato moliyaviy jihatdan juda qimmatga tushib ketadi. Yana harakatlanish, foydalanish vaqti bilan ham muammolar mavjud. Shu sababli, men undanda yaxshiroq imkoniyatlarga ega “Kvant Mahfiyligi” tehnologiyasini ishlab chiqdim.
Bir qancha maqolalar “Kvant Mahfiyligi” qanday yaratilganligini izohlamagan holda dunyo yuzinini ko`rdi. Men texnologiyaning amalda qo`llanilayotgani tasvirlangan ba`zi suratlarni ommaga xavola etdi, biroq ko`pchilik haligacha bu texnologiyaga shubha bilan qaramoqda.
Mediadagi xabarlardan so`ng AQSH Xarbiy Qo`mondonligi nihoyat materialning xaqiqiy-xaqiqiymasligiga ishonch xosil qilish uchun uni tekshirib ko`rishga qiziqish bildirdi va amalda tekshirdi ham.
Biror kim mening ishimdan yashirincha nusxa olish xavfi mavjudmi? Albatta, lekin men allaqachon buning choralarini ko`rib qo`yganman, mobodo “Kvant Mahfiyligi”ga muqobil biror texnologiya yaratilar ekan, men u haqida zum o`tmay xabar topib, mualliflik huquqimni talab qilaman.
“Kvant Mahfiyligi” omma uchun ochiq bo`ladimi, degan savolga yo'q deb javob beraman. Yaqin kelajak ichida harbiy maqsadlardan boshqa maqsadlarda undan foydalanish mumkinligiga umid qilmayman.