• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
08 Apr2014

Demokratiya yoki Tinchlik?

08 Aprel 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Asl ildizlari qadimgi Grek sivilizatsiyasiga borib taqaladigan Demokratiya, zamonaviy davrimizgacha jamiyatni tartibga soluvchi eng mukammallashgan tizim sifatida yetib kela oldi. Yevropadagi uyg’onish davri, inqiloblar, Amerikaning kashf qilinishi, imperializm, jahon urushlari va nihoyat sovuq urush davomida demokratiya toblanib o’z zamonasiga moslasha bordi. Inson tarixida hech qaysi mafkura bu qadar dunyoga keng yoyilmagan va ideallashtirilmagan edi.

Lekin mana 21-asrga qadam qo’yishimiz bilan dunyoning ko’pchilik jamiyatlari Demokratiya tushunchasiga shubha bilan qaray boshladilar. Chunki demokratiya mafkurasi nomi ayrim qudratli davlatlar tomonidan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlatila boshlandi. Bu esa universal oliy mafkura haqidagi tasavvurlarni yemirilishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari rivojlanayotgan mamlakatlar Demokratiya yoki Tinchlik tushunchalari oldida ikkilanib qoldilar.

Demokratiya va Inson huquqlarining xalqaro doirada siyosiy maqsadlarni ko’zlagan holda dastak sifatida ishlatilishi Sovuq urush davrida boshlandi. Ayniqsa AQShning Afg’onistonga harbiy intervensiya uyushtirgan sobiq Sovet Ittifoqini ushbu hududdan siqib chiqarish uchun amalga oshirgan ommaviy axborot urushlarida bu usul keng ko’lamda qo’llanildi.

Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan AQSh dunyoda gegemonlikni qo’lga kiritish uchun hali yetarlicha kuchga emasligiga amin bo’ldi va ushbu insoniyat uchun universal muqaddas bo’lgan mafkuralarni o’z siysoiy manfaatlariga erishish uchun ishlatishda davom etdi.

2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Afg’onistonga qo’shin olib kirishi xalqaro hamjamiyat tomonidan « tabiiy » jarayonday qabul qilindi. Lekin Iroqqa qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi, G’arb davlatlarining demokratiya tushunchasini o’z manfaatlariga erishish uchun ishlatayotganini yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Lekin AQSh va G’arb mamlakatlarining xohishiga qarshi borishga qudrati yetadigan raqobatchi mamlakatning topilmagani uchun Iroq AQSh harbiy interventsiyasiga duchor bo’ldi.

Allaqachon Demokratiya tushunchasi omma tomonidan ikki taraflama tushuncha sifatida qaralayotgan bir paytda, 2004-yillarda boshlangan « Rangli revolyutsiyalar » ushbu muqaddas siyosiy tushuncha haqidagi rivojlanayotgan mamlakatlardagi ijobiy tasavvurlarni butunlay sidirib tashladi. « Rangli revolyutsiyalar » yuz bergan sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari batamom iqtisodiy tushkunlikka tushib qoldilar, tinimsiz mojarolar va davlat to’ntarishlari ushbu mamlakatlarning sillasini quritdi. Hatto Qirg’iziston va Ukrainada ushbu revolyutsiyalarning oqibati o'laroq aholi orasida keng ko’lamli to’qnashuvlarni yuzaga keltirib bir nechta ming tinch aholini qurbon bo’lishiga olib keldi. Gruziyadagi 2008-yildagi 5 kunlik urush ham ushbu « Rangli revolyutsiyalar »ning oqibatlaridan biri desak adashmaymiz.

Keyingi Demokratiya tushunchasini obro’sizlanishiga sabab bo’lgan to’lqin 2011-yilda « Arab bahorlari » nomi ostida boshlangan, Arab mamlakatlaridagi inqilobiy harakatlardir. Garchi G'arb mamlakatlari ushbu inqiloblarni boshlanishiga sababchi bo’lishmagan bo’lishsada, ular harakatlarning davom etishini va mazkur hukumatlarni ag’darib tashlanishini qo’llab quvvatladilar. Eng achinarlisi esa, to’ntarish qilinayotgan hukumatlarning o’rnini bosadigan sog’lom hukumat yoki muxolifatlarning tashkil qilinmaganida edi. Tunis, Misr, Liviya, Yaman va Suriyadagi « Arab bahorlari»ning natijalari quvonarli bo’lmadi. Ushbu mamlakatlarning ayrimlaridagi tartibsizliklar fuqarolik urushlariga aylanib ketmagan bo’lsada, ulardagi hukumat tizimlari, oldingi avtoritar tizimlardan ham tubanroq diniy-radikal yoki anarxiya sifat hukumatlar bilan almashtirildi. Ayrim mamlakatlar esa nihoyasiz fuqarolar urushiga sho’ng’idi, jumladan Suriyadagi mojarolar bugungi kunda qonli fuqarolik urushlariga aylanib, mamlakat turli diniy-siyosiy guruhlar to’qnashuvlari maydoniga aylandi. Shu kungacha mamlakatni 1 million kishidan ortiq qochoqlar tark etdi, qurbonlar soni 150 ming kishidan oshgan. Shuni ham eslatib o’tish kerakki, Suriyadagi ushbu « inqilob » mamlakatni dunyoviylikka asoslangan jamiyatini butunlay yemirib, uni demokratik prinsiplardan uzoqlashtirsa uzoqlashtirdiki, lekin demokratiyaga yaqinlashtirmadi. Endilikda keyingi bir necha yil davomida Suriyada Demokratik davlat qurilishidan umid uzish mumkin.

Agar « Arab bahorlari » dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar jamiyatlaridagi Demokratiyani mukammal siyosiy tizim tasavvurini butunlay yemirib tashlagan bo’lsa, G’arb mamlakatlarining jamiyatlarida ham Demokratiyaga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashish holati kuzatildi. Chunki hukumatlarga qarshi doimiy noroziliklar mamlakatlar iqtisodini zaiflashishiga olib kelayotgan edi. Uning ustiga siyosiy partiyalar orasidagi hokimiyat uchun kurashda saylovlarda g’olib chiqish uchun har qanday subutsiz nutqlarni so’zlanishi va natijada va’dalarga vafo qilmaslik G’arb mamlakatlari aholisi orasida siyosat arboblariga va mavjud tizimga bo’lgan ishonchni butunlay so’ndirdi.

Shu o’rinda zamonaviy Demokratiyaning yana bir mag’lubiyatini esga olib o’tish bizga bu mafkuranig amalda qo’llanilishi uchun jamiyatda ma’lum sharoitlar va shartlar bajarishi kerakligini ko’rsatib beradi. 2013-yilning noyabr oyida Tailandda boshlangan noroziliklar aynan hukumatning demokratik kuchlardan tozalashni talab qilib chiqqan edi. Norozi aholining fikriga ko’ra Tailand hali demokratik tizimga tayyor bo’lmagan mamlakat bo’lib, saylash orqali hokimyatni egallashda, bu mamlakatda saylovchilar ovozi emas balki poraning kattaligi asosiy o’rin tutadi. Darhaqiqat, Tailand o’zining iqtisodiy o’sishining yuqori sur’atlariga qaramasdan dunyoning korruptsiyaga cho’mgan mamlakatlaridan biridir. Saylovlarni sotib olish orqali hokimiyatga ko’tarilish esa bu korruptsiya darajasini yanada oshirib yuborgan edi, saylanuvchilar o’zlarining siyosiy iqtidorlari uchun emas balki beriladigan pora darajasiga qarab hokimyatni egallay boshladilar.

Demokratik jamiyatning qurilishi uchun mamlakat nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki mafkuraviy tomondan ham tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak. Arab davlatlaridagi noroziliklar tufayli Demokratiyaning asosiy poydevori bo’lgan dunyoviylik tizimlari yemirilib, ularning o’rniga diniy-siyosiy hukumatlar o’rnashib oldilar, chunki aholi orasida siyosiy arboblarning qanchalik darajada siyosiy iqtidorga egaligi emas, balki qay darajada dinga e’tibor berishi muhim rol o’ynadi. Natijada ushbu mamlakatlardagi kam sonli diniy guruhlarning mazkur hukumatlar tomonidan siquvga olinishi kuzatildi, bu esa demokratik prinsiplarning asosiy qoidalaridan biri bo’lmish – kam sonli aholi guruhlarini huquqlarini kafolatlashga zid holat edi. Aholining siyosiy qarashlarining zaifligi yoki yo’naltirilganligi aholi orasida jamiyatning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tanlovni emas, balki o’z shaxsiy his-tuyg’ulariga yaqinroq bo’lgan mafkurani tanlashiga sabab bo’ladi. Oqibatda bunday jamiyatlarda hokimiyat turli hil diniy yoki milliy radikallashgan guruhlar qo’liga tushib qolishi kuzatiladi.

Demokratiya – o’z nomidan ma’lumki, jamiyatlarda aholining o’z xohishi bilan tanlanishi lozim bo’lgan tizim. Lekin afsuski bugungi globallashgan dunyo tizimida, jamiyatlar mutloq o’z xohishiga tayangan holda va o’z jamiyatining taqdirini o’ylab o’z kelajagini tanlashi qiyin masala. Chunki birinchidan barcha rivojlanib kelayotgan mamlakatlar u yoki bu darajada qudratli mamlakatlar ta’sirida bo’lishga mahkum. Bu qaramlik iqtisodiy, axborot yoki hatto siyosiy guruhlar darajasida bo’lishi mumkin. Masalan Misrdagi inqiloblardan so’ng mana 3 yildirki doimiy hukumat hozirgacha aniqlanganicha yo’q, balki turli xil siyosiy guruhlarni turli xil mintaqadagi qudratli davlatlar tomonidan o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda qo’llab quvvatlanishi kuzatildi. Suriyadagi fuqarolar urushi ham huddi shunday holatda, mamlakatda asosan Eron va Saudiya Arabistonining ayovsiz raqobati to’qnash kelmoqda, bundan tashqari boshqa aktyorlar ham o’z manfaatlarini himoyalash maqsadida u yoki bu guruhga qurol yetkazishda, moliyaviy yordam berishda davom etishmoqda. Bu holatning jabrini albatta Suriya va suriyaliklar tortmoqda. Ikkinchidan, mamlakatda demokratik tizimni o’rnatish uchun avvalambor milliy birlik mustahkam bo’lishi lozim, milliy birlik faqatgina umumiy etnogenga tegishlilikda yoki umumiy, til, dinga ega bo’lishda emas, balki zamonaviy kuchli, kelajakka ishonch tug’diradigan milliy mafkuraga ega bo’lishdadir. Aks holda mamlakat tarqoqligi demokratiyaga yo’l ochmasdan uni turli hil hududlarga va guruhlarga bo’linib ketgan anarxiyaga aylantirib qo’yishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, davlat tushunchasi doimo inson shaxsiy erkinligidan g’olib keladi. Chunki davlat tizimining poydevor konseptsiyasi aynan insonlarning qaysidir shaxsiy xohishlarini cheklash orqali tartibga solingan kuchli jamiyatlarni yaratishdan iboratdir. Shuning uchun ham davlat doim majburlovchi apparatga egadir. Zamonaviy davrda demokratik jamiyatni halokatli oqibatlarsiz qurish uchun esa mamlakatning majburlov apparati bir vaqtning o’zida ham juda kuchli bo’lishi, ham ko’rinmas nazorat tizimini yo’lga qo’yish kerak bo’ladi. G’arbning rivojlangan mamlakatlari ushbu tizimni OAVi va internet orqali qisman o’rnatishga muvaffaq bo’ldilar. Albatta rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu iqtisodiy jihatdan mushkul masala, lekin shu unsursiz mamlakat butunlay oxiri yo’q to’qnashuvlar domiga tushib qolishi mumkin.

Yorliq so'zlar: Geopolitik nazariyalar, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
  • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
  • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda