Geopolitika.uz blogi har qanday siyosiy va diniy qarashlardan holi bo'lgan mustaqil nashrdir. Blogda dunyoda yuz berayotgan geopolitik jarayonlarga holis va betaraf baho beruvchi maqolalar e'lon qilib boriladi. Ushbu maqolalar mazmuniga ko'ra ilmiy-pedagogik yo'nalishda bo'lib, o'zbek yoshlarining siyosiy ongini o'stirish hamda jahonda yuz berayotgan geopolitik voqea va hodisalarga to'g'ri baho bergan holda yondashishga yordam berishni ko'zlagan.
Shuningdek blogimiz O'zbekistonda geopolitikani fan sifatida targ'ib qilishni va geopolitikaga qiziquvchilar uchun muhokama manbaini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Geopolitika.uz blogi asoschisi, siyosiy tahlilchi va O'rta Osiyo hamda Rossiya hududlari bo'yicha geopolitik mutahassis.
2007 yil O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya fakultetini bakalavr diplomi bilan tugatgan. 2008-2010 yillarda Sorbonna Parij 1 Universiteti qoshidagi Demografiya institutini bakalavr bosqichida tahsil olgan. Keyinchalik 2010-2011 yillarda, Parij 8 Universiteti qoshidagi Fransuz Geopolitika institutini Magistr bosqichidao'qishni davom ettirgan. Shuningdek, 2011-2013 o'quv yillari davomida Parijdagi Sharq Sivilizatsiyalari Institutida Xalqaro hamkorlik va rivojlanish yo'nalishi bo'yicha Magistr darajasini tugatgan.
Bugungi kunda Akhmed Rahmanov CRSS tarkibida hamkor tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritadi hamda Novastan internet nashrida O'zbekiston bo'yicha tahririyat maslahatchisi vazifasini bajaradi. U xalqaro OAVlarida o'zining siyosiy-tahliliy maqolalari bilan chiqishlar qilib turadi.
Geopolitika.uz saytida siyosiy tahlilchi.
U hozirda Toshkentdagi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida "Jahon Siyosati" yo'nalishi bo'yicha tahsil olmoqda.
Kelgusida shu yo'nalish bo'yicha o'z faoliyatini tadqiqotchi sifatida davom ettirishni rejalashtirgan.