• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
04 Iyun2015

Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar

04 Iyun 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Bugun biz hayotimizda 8-soatlik ish, dam olish kunlari, bayram kunlari yoki oylikdan tashqari mukofot kabilarga kundalik tarzda duch kelamiz, yoki siyosatga doir maqolalar o'qisak, televizorda turli xil siyosiy dasturlarni tomosha qilsak demokratiya, inson huquqlari, feminizm va dunyoviylik kabi terminlarni bot-bot eshitamiz, lekin tarixda doim ham bu iboralar kundalik hayotda odatiy tarzda qo'llanilmagan. Ushbu iboralarning hayotimizga tadbiq etilishi uchun necha asrlar davomida siyosiy to'qnashuvlar, sinflararo kurashlar yuz bergan, minglab va hatto millionlab kishilarning qoni to'kilgan. Asosan diniy-monarxiyaviy tuzumdan hozirgi zamonaviy davlatlar modeliga o'tish uchun insoniyat ko'p yo'lni bosib o'tdi, bu yo'l esa ko'pchilik holatlarda qonga belangan holda bosib o'tildi. 

Bugungi maqolamaiz hozirgi zamonamizning siyosiy modellariga aylangan ko'pchilik mafkuralarni va ijtimoiy tizimlarni davlatlar siyosiy maydonlariga kirib kelishiga sabab bo'lgan hamda hozirgacha insoniyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan rol o'ynayotgan revolyutsiyalarga bag'ishlanadi. 

Tarixdan hammamiz bilamiz hamma davrlarda hokimyatni egallagan kuchlarga qarshi qo'zg'olonlar tez-tez bo'lib turgan. Lekin, ularning kamchiligi mavjud hokimyatni to'ntarish bilan birga amaldagi siyosiy tizimni tubdan o'zgartirib yuborishga muyassar bo'lgan. Faqatgina 18-asr oxiriga kelib Angliyada Adam Smitning Liberalizm mafkurasini ishlab chiqishi va Fransiyada Jan Jak Russoning xalqlarning suverinteti ularga ozodlik va tenglikni berilishi bilan amalga oshirilishi lozimligini uqtiruvchi Ijtimoiy Shartnoma asarlari bugungi kundagi dunyoda eng keng yoyilgan demokratik modeldagi davlat tizimini yaratilishiga asos bo'ladi. Ushbu konseptsiyalarga asoslangan holda zamonaviy dunyoning siyosiy tizimini yo'lga qo'yilishida eng katta rol o'ynagan ikkita revolyutsiya ajratiladi : AQShning davlat sifatida shakllanishiga sabab bo'lgan Amerika revolyutsiyasi va Fransiyada respublika tizimini o'rnatilishiga sabab bo'lgan 1789-yildagi Fransuz revolyutsiyasi.

Lekin, yangi industrial kapitalistik tizim tufayli aholi orasidagi ijtimoiy tengsizlikni kuchayishi tufayli, liberalizmga asoslangan iqtisodiy tizim haqida turli tanqidiy fikrlar ko'paya boshladi. Shulardan tarixda eng katta iz qoldirgan mafkuralardan biri Germaniyaik faylasuf va iqtisodchi Karl Marks tomonidan ishlab chiqiladi va Kommunizm nomi bilan ataladi. 1917-yildagi Chor Rossiyasini tugatilishiga sabab bo'lgan bolsheviklar revolyutsiyasi va keyinchalik Xitoyda hokimyat tepasiga kommunistlarning kelishi hamda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi revolyutsion so'l kuchlar, Karl Marksning kommunistik mafkurasiga asoslangan holda Kapitalizmga qarama-qarshi bo'lgan siyosiy-iqtisodiy modelni yaratishga harakat qildilar. Lekin, ushbu tizim sinflararo kurashning cheksiz davom etishiga va insonlarning individual erkinliklarga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo'ladi. 1989-yilda Berlin devorini quashi bilan siyosiy jarayonlar zanjirsimon tarzda Sharqiy Yevropadagi kommunist diktaturalarning qulashi va Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan o'z nihoyasiga yetdi. Xitoy esa o'zining kommunistik boshqaruvini saqlab qolgan holda iqtisodiy jihatdan asta sekinlik bilan kapitalistik tizimga siljiy boshladi. 

O'z navbatida AQShdagi Ronald Reyganning va Buyuk Britaniyadagi Margaret Tetcherni boshqarilmagan kapitalizm siyosati, kommunistik tuzumga nisbatan kamrok radikal bo'lgan hamda Kapitalizmni o'rniga alternativ mafkura bo'lgan Sotsializm mafkurasini butunlay yemirib ketishiga sabab bo'ladi. 20-asr oxiri va 21-asrga kelib deyarli butun dunyoda Kapitalizmni boshqacha nomi bo'lmish Bozor Iqtisodiyoti tuzumi aholiga "tabiiy iqtisodiy tuzum" sifatida singdirila boshladi. Ushbu holat dunyoda tengsizlikni, ishsizlikni va nochorlikni kuchaytirgan bo'lsada, aholi orasidagi iste'molchi jamiyat modelini o'rnatilishi bu tuzumni qaysidir ma'noda oqlab ketdi. Endilikda dunyoda individualizmga asoslangan iste'molchi jamiyatlar paydo bo'ldi, natijada ijtimoiy adolatni tiklashga qaratilgan revolyutsion mafkuralar v kuchlar deyarli yo'q bo'lib ketdi. 

Amerika revolyutsiyasi va uning bugungi kundagi dunyo siyosiy tizimiga ta'siri

18-asrning birinchi yarmi Amerika qit'asida ingiliz va fransuz mustamlakachilarning o'zaro to'qnashuvlariga to'la bo'ldi. 1763-yildagi Parij shartnomasi ushbu urushlarga nuqta qo'ydi. Lekin, ushbu shartnoma natijasida ingilizlar qit'ada eng katta kuchga aylanib Kanadadan Missipigacha bo'lgan ulkan hududlarni o'zlashtirib oldilar. Natijada AQShning yaratilishiga asos bo'lgan 13 mustamlakadagi kuchlar nisbati ham o'z navbatida tubdan o'zgardi. Endilikda tashqi dushmanning yo'qligi ushbu mustamlakalardagi mahalliy boshqaruvchilarga Angliyadan turib boshqarilishga hojat qolmaganini ko'rsata boshladi. O'z navbatida Ingiliz imperiyasi uzluksiz urushlardan tanglashgan davlat byudjetida mudofaaga ajratiladigan mablag'ni kamaytirish yo'llarini qidirmoqda edi. Shu sababdan ingilizlar o'z mustamlakalari bilan bo'lgan aloqalarni harbiy jihatdan kamaytirib ular bilan savdo-sotiq aloqalarni kuchaytirmoqchi bo'lishadi va har bir mustamlakaga o'zini-o'zi himoya qilish majburiyatini yukaydilar. Ushbu strategiya mustamlakalardagi mustaqillikka bo'lgan intilishni kuchaytirib yubordi va 1764-yildan boshlab mahalliy hokimlar o'zlarining mustaqilligini talab qila boshladilar, ushbu talabnomalar 1770-yildagi Boston qirg'inlari bilan yakun topadi va Amerika revolyutsiyasini boshlanishiga sabab bo'ladi. 6-yil davom etgan mustaqillik urushlarida Amerikaliklar fransuz qo'shinlarining qo'llab quvvatlashi bilan mustaqillikni qo'lga kiritadilar va 1776-yil 4-iyul kuni AQSh mustaqillik deklaratsiyasi e'lon qilinadi. Lekin, urushlar 1781-yilgacha davom etadi va 1783-yil Parijdagi tinchlik shartnomasini tuzilishi bilan AQSh mustaqilligi tan olinadi. 1789-yilda AQShning konstitutsiyasi kuchga kiradi, bu esa dunyoda birinchilardan bo'lib dunyoviy-demokratik davlat modelini paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

AQShning mustaqillik deklaratsiyasi
AQShning mustaqillik deklaratsiyasi

Amerika revolyutsiyasining ta'siri dunyo siyosiy tizimini misli ko'rilmagan tarzda o'zgartirib yuboradi. Birinchilardan bo'lib Yevropadagi intellegentsiya ushbu siyosiy modeldan ilhomlanib unga bir qancha yangi siyosiy mexanizmlarni qo'shadilar. AQShda o'rnatilgan siyosiy tuzum siyosiy institutlarning hokimyatlarini aniq va ravshan bir-biridan ajratib qo'ygan edi, bundan tashqari uning federal ma'muriy bo'linish tizimi azaldan dunyoda qo'llanilib kelayotgan markazlashgan boshqaruv tizimiga qattiq zarba beradi. Keyinchalik ham AQSh dunyoda o'zini ozodlik himoyachisi sifatida bir qancha siyosiy muvaffaqiyatlarga erishadi. Ushbu revolyutsiya oqibatida yaratilgan davlat tizimi hozirga qadar dunyoda eng namunali boshqaruv tizim sifatida qarab kelinmoqda. Mamlakat iqtisodining jadallik bilan rivojlanishi esa ushbu siyosiy modelni eng optimal tizimlardan biri ekanligini isbotlovchi yana bir siyosiy qurol bo'lib xizmat qiladi.

Fransuz revolyutsiyasi - individual erkinlikning ta'sis etilishi va monarxiyaning tugatilishi

Lyudovik XVI va uning vazirlari Fransiyaning moliyaviy ahvolini to'g'ri boshqara olmaganligi sababli, 1789-yilga kelib Fransiya hukumati bankrotga uchraydi. 5-may kuni qirol ushbu tang holatdan chiqib ketish uhun hukumatning eng katta ma'sul shaxslarini vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini izlash uchun chaqirtiradi, lekin amaldorlar orasidan o'zini vatanparvar hisoblagan katta qismi Monarxiyani tugatilishini va mamlakatda elitizmga asoslangan Assembleya tizimini o'rnatilishini talab qillib majlisni tark etadilar. Aholi orasida ham norozilik kuchayib 14-iyul kuni siyosiy mahbuslar saqlanadigan Bastiliya qamoqxonasi vayron qilinadi. Mamlakatda tartibni o'rnatish va hokimyatni saqlab qolish maqsadida qirol yollanma askarlarni xalqqa qarshi hujum qilishga buyruq beradi. Xalq harakati asta sekinlik bilan viloyatlarga tarqala boshlaydi va 4-avgust kuni sobiq amaldorlardan va xalq vakillaridan tashkil topgan yig'ilish Inson va Fuqarolar huquqlari deklaratsiyasini qabul qiladi. Garchi deklaratsiya barcha insonlar tengligini aytib o'tsada ko'p vaqtlargacha inson huquqlari faqat aholining ijtioiy jihatdan yuqori bo'lgan tabaqalari uchungina qo'llaniladi.

1791-yil vaziyat qo'ldan ketganini sezgan qirol mamlakatdan qochib ketishga harakat qiladi, lekin chegarada qo'lga olinib 1793-yil omma oldida boshidan judo qilinadi. Shunga qaramasdan Yakobinchilar harakati orasida norozilik kuchayib ketadi va shu yili mamlakat qaytadan fuqarolar urushiga cho'mib ketadi. Bundan tashqari inglizlar, prusslar, avstryaliklar va ispanlardan tuzilgan tashqi kuchlar monarxiya tuzumini qaytarish uchun mamlakatga xujum qiladilar. Maksimilyen Robespiyer boshchiligidagi hukumat mamlakatda katta terror evaziga tartibni ornatishga va turli xil siyosiy ayirmacilarga qarshi kurashishga harakat qiladilar. Mamlakatdan chet-el bosqinchilari siqib chiqariladi va Fransiya Belgiyani qaytarib o'z hududiga qo'shib oladi. Katta qon evaziga qilingan bu g'alaba Robespiyerning kallasi bilan to'lanadi. 1794-yilda xalqdan orasidan chiqqan "ishtonsizlar" nomli guruh hokimyatdan chetlatiladi va burjuaziya hokimyatni egallaydi. 5-yil davomida mamlakat qo'shma kuchardan tashkil topgan direktoriya tomonidan boshqariladi, lekin mamlakatdagi parokandalik tobora avjiga chiqib borar edi. Ushbu siyosiy tarqoqlikka Napoleon Bonapart 1799-yilda hokimyatni Birinchi konsul sifatida qo'lga olib chek qo'yadi. 

Fransuz revolyutsiyasining va respublikasining ramzi Marian Fransiya bayrog'i bilan
Fransuz revolyutsiyasining va respublikasining ramzi Marian Fransiya bayrog'i bilan

Fransuz revolyutsiyasi hozirgi zamonaviy siyosiy tuzumlariga nafaqat o'zining Inson huquqlari konseptsiyasi bilan, ya'ni fuqarolarning qonunlar oldida teng huquqli ekanligi, balki mamlakatni boshqarishda qarama-qarshi kuchlarning bir xil huquqqa ega bo'lishi ozimligini ham ko'rsatadi. Ya'ni siyosiy kuchlar muvozanatini ushlab turish uchun va radikallik hamda terrorni avj olmaslik uchun ikki tomonlama kuchlar doimo raqobatda bo'lishi juda muhim ekanligini ko'rsatib berdi. Ushbu revolyutsiya oqibatida hozirgi dunyoda har qanday siyosiy konseptsiyaga qarama-qarshi boshqa konseptsiyaning bo'lishi tabiiy hodisa ekanligi tan olinadi. Iqtisodiy jihatdan iqtisodni davlat tomonidan boshqarilishi lozimligi tarafdorlari va liberalizm tarafdorlari o'rtasida yoki mamlakat siyosatiga diniy institutlarini aralashishiga qarshi bo'lgan anti-kleriklar va diniy siyosiy tuzumlar tarafdorari orasidagi raqobatlar hozirgi dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Bundan tashqari Fransuz revolyutsiyasi har bir millatning suveren ekanligi va millatning taqdirini quyi hududlardan saylanish yo'li bilan hokimyatga kelgan vakillar hal qilishi lozimligini bugungi zamonaviy siyosiy tizimga olib kirgan. Keyinchalik Napoleonning yurishlari bilan Fransuz revolyutsiyasining g'oyalari butun Yevropa bo'ylab yoyilib ketadi va hozirgi jahon siyosiy tizimini yaratilishida hamda mamlakatlararo diplomatiyada o'zaro tenglik ta'minlanishida katta rol o'ynaydi.

Fransuz revolyutsiyasi o'z navbatida 1848-yilgi revolyutsiyaga va 1871-yildagi Parij komunnasi nomi bilan mashhur bo'lgan revolyutsiyalarga asos bo'ladi. Ushbu ikki revolyutsiya siyosiy jihatdan katta muvaffaqiyatlarga erishmagan bo'lsada, ular ijtimoiy tenglikni kuchaytirdi va Inson Huquqlari deklaratsiyasining amalda qo'llanilishini tezlashtiradi. Ushbu revolyutsiyalar fransuz jamiyatidan Aristokratiya tabaqasini rasmiy ravishda yo'q qilinishiga olib keldi va burjuaziya qatlamini obro'sini yo'qotishiga sabab bo'ladi. Ikki revolyutsiya davrida ham Karl Marks va Fridirix Engels Parijda bo'lganligi va inqilobchilar bilan ko'p suhbatlar uyushtirganliklari tufayli, bu harakatlar o'z navbatida Karl Marks tomonidan yozilgan Kommunistik partiya manifestiga ham katta ta'sirini o'tkazadi.

Rus revolyutsiyalari - XX-asr siyosiy tizimining asosi

XX-asr boshlariga kelib Rus imperiyasi dunyodagi eng katta hududlarga yoyilgan mamlakat edi, lekin mamlakat ichidan zil ketar va noroziliklar kuchayib borardi. 1861-yildagi krepostnoylik huquqini yo'q qilinshiga qaramasdan mamlakatda amalda krepostnoylik davom etmoqda edi. XX-asr boshlarida Rus imperiyasining 85% aholisi hali ham qishloqlarda yashar va krepostnoylar asta-sekinlik bilan shaharlarga kelib ishchilar qatlamini hosil qila boshlagan edi. Lekin mamlakatdagi industrializatsiyaning sekin kechishi va iqtisodiy turg'unlik tufayli ushbu aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ancha nochor edi. 1913-yilda mamlakatda sanoatda ishlab chiqarish Fransiyanikiga qaraganda 2,5 marta kam, Germaniyaga qaraganda 6 marta va AQShdagiga qaraganda 14 marta kamroq edi. Mamlakatda Oxrana yordamida kuchli repressiv militsiya tizimi ish olib borar edi. Shunday tang ahvoliga qaramasdan Chor Rossiyasi 1-jahon urushining birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstro-Vengriya imperiyasiga qarshi urushga kiradi. Polshadagi ayanchli mag'lubiyatdan so'ng rus qo'shilari orqaga qaytib himoya taktikasida urush olib borishga majbur bo'ladilar. Katta sondagi askarlarning halok bo'lishi va tang holatdagi iqtisod xalq revolyutsiyasiga sabab bo'ladi. 

1917-yilda shox Nikolay II o'z qo'shinlariga qo'zg'olonchi xalqqa qarshi o't ochishni buyuradi, urushdan sillasi qurigan askarlar uning buyrug'ini rad etadilar. Nikolay II Dumani tarqatib yuboradi va 2-mart muvaqat qo'mitani tashkil qiladi, shu bilan Rossiyada monarxiyaga chek qo'yiladi. Ushbu voqea yuzlab kishilarning o'limi bilan yakun topadi. Muvaqqat qo'mita oldiga qo'yilgan maqsad, hokimyatni tinchlik yo'li bilan saylangan hukumatga topshirishga muvaffaq bo'lmaydi, keyingi 8-oy ichida umumiy hisobda to'rtta muvaqqat hukumat mamlakatni siyosiy inqirozdan olib chiqishga harakat qiladilar, lekin hech qanday natijaga erisha olmaydilar. Natijada ushbu davr ichida mamlakatda turli xil siyosiy kuchar ko'payib ketadi va shunday qilib oddiy xalqdan chiqqan ishchi-dehqonlar siyosiylashib ketadilar. Bir nechta haftalar ichida butun mamlakat bo'ylab Sovetlar (demokratik yo'l bilan saylangan mahalliy vakillar yig'ini) ko'payib ketadi. Har bir Sovet amaldagi muvaqqat hukumatdan avtonom ravishda o'zining siyosiy qarashlarini tashviqot qilar va mahalliy organlarni boshqarar edi. Liberal sotsialist va mensheviklardan tashkil topgan Duma dastlab o'lim jazosini bekor qiladi, siyosiy mahbuslarni ozod qiladi va matbuot erkinligini e'lon qiladi.

Lekin, mamlakatdagi parokandalikdan norozi bo'lgan Sovetlar muvaqqat hukumatdan keng ko'lamli siyosiy qarorlar qabul qilishni so'raydi. Sovetlarning avtonomligi tufayli muvaqqat hukumatda keng ko'lamli qarorlar qabul qilish uchun yetarlicha tarafdorlar yo'q edi. Bunday siyosiy turg'unlik esa mamlakatda norozilikni yanada kuchaytirdi. Bunday vaziyatdan Vladimir Ilich Lenin ustalik bilan foydalanadi va o'zining kichik Bolsheviklar partiyasi nomidan mamlakatni urushdan olib chiqishini e'lon qiladi. Shu paytgacha Sovetlar asosan Sotsialistlar, Mensheviklar va Sotsialist-revolyutsionerlardan tashkil topgan bo'lsa, Leninning deklaratsiyasi tufayli ko'pchilik siyosiy vaziyatdan norozi bo'lgan ishchi-dehqonlar Bolsheviklar partiyasi tomonga o'tib ketadi. 24 chidan 25 oktyabrga o'tar kechasi Bolsheviklar davlat to'ntarishini amalga oshirib muvaqqat hukumatni ag'daradilar va Leon Trotskiy muvaqqat hukumatni bekor bo'lganini e'lon qiladi. Sotsialistlar va Mensheviklarning noroziliklariga qaramasdan Bolsheviklardan tashkil topgan yangi hukumat hokimiyatni qo'lda ushlab qolishga muvaffaq bo'ladi. Lenin 1-jahon urushida urushayotgan davlatlarga kelishuvlarni boshlashni taklif qiladi va 33 soat ichida mamlakatdagi barcha banklarni natsionalizatsiya qiladi, ishlab chiqarishni ishchilar qo'liga o'tkazadi, ishchilardan tashkil topgan yangi militsiyaga asos soladi va Rus Imperiyasi hududidagi barcha xalqlarning suverinteti hamda tengligini e'lon qiladi. Yer mulki haqidagi dekret qabul qilinib, unga ko'ra barcha katta yer mulklari imtiyozlarsiz musodara qilinishi ko'zda tutilgan edi.

Lenin va Trotskiy omma oldida
Lenin va Trotskiy omma oldida

Hokimyatga kelgan Lenin va Trotskiy ishchi-dehqon revolyutsiyasini Yevropaga va AQShga yoyilib ketishini kutishgan edi, lekin Germaniyadagi, Fransiyadagi va AQShdagi ishchilarning namoyishlari natijalarsiz tugaydi. Mamlakat ichida esa noroziliklar kuchayib ketadi va yangi e'lon qilingan Sovet Ittifoqi fuqarolar urushiga cho'mib ketadi. Fuqarolar urushi siyosiy militsiya bo'lmish Cheka tomonidan minglab qurbonlar evaziga bostiriladi. 1918-yilda urush nihoyasiga yetadi va Brest-Litovsk shartnomasiga ko'ra Sovet Ittifoqi o'zining 26% aholisidan, 27% hududidan va 75% po'lat va temir resurslarini ishlab chiqaruvchi punktlaridan mahrum bo'ladi. Lekin, tashqi interventsiyaga qaramasdan Sovet Ittifoqi o'zining suvirentetini saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi va dunyo tarixidagi ideologik jihatdan yakka partiyallikka asoslangan Kommunistik mamlakatga asos solinadi. 

Rus revolyutsiyasi dunyoda eng kuchli repressiv kuchga ega bo'lgan iqtisodiy jihatdan qudratli davlatni yaratilishiga sabab bo'ladi. Stalinning hokimiyatga kelishi bilan har qanday siyosiy kuchlar yo'q qilinadi va Kommunizm ideologiyasi qurol sifatida ishlatilgan holda mamlakatda majburiy sanoatlashtirish amalga oshiriladi. Mamlakatning izolitsionizmga asoslangan ichki va tashqi siyosati hamda uning modelini dunyo bo'ylab eksport qilinishi dunyoda ikki qutbli tizimni vujudga keltiradi. Ushbu davlat keyinchalik dunyoning turli burchaklaridagi siyosiy harakatlarning tug'ilishiga sabab bo'ladi. Keyinchalik esa geopolitik reallik Sovet Ittifoqining hatto o'zini "qardosh sotsialist" mamlakatlari bilan ham to'qnashuvga kirishga majburaydi. Xitoy va Qizil Xmerlar bilan bo'lgan to'qnashuvlar yana bir bora geopolitikaning ideologik umumiylikni e'tiborga olmasligini yaqqol ko'rsatib berdi. Sovet ittifoqidagi kommunizm ideologiyasi esa Karl Marks ishlab chiqqan konseptsiyaga ko'p tomonlama qarama-qarshi bo'lib, mamlakatda asosan dehqonlar yordamida tashkil qilingan revolyutsiya, Marksning sanoatlashgan Yevropa sharoitidagi revolyutsiyasidan tubdan farq qilib, oxir oqibat u xalq qo'li bilan boshqariladigan kommunizmni emas balki davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiy tizimni ya'ni Davlat kapitalizmni keltirib chiqardi.

Xitoydagi madaiy revolyutsiya - o'tmishdan uzilish 

Xitoy o'zining 5000-yillik davlatchilik tarixiga qaramasdan XX-asr boshlarida G'arb davlatlari tomonidan kuchli talon tarojga uchragan edi. Iqtisodiy va ijtimoiy tanazzul 1911-yilda Xitoyning qadimdan davom etib kelayotgan imperialistik hukumatiga chek qo'yadi va mamlakatda respublika boshqaruv tizimi o'rnatiladi. 1921-yilda mamlakatda Kommunistik partiyaga asos solinadi, lekin u ko'p yillar davomida kuch to'play olmasdan siyosiy hayotda o'zini ko'rsata olmay yuradi. Millatchilikka asoslangan respublika tizimi 1927-yilda Kanton va Shanxay viloyatlaridagi xalqni chiqishlarini repressiv ravishda bostiradi, natijada mamlakatda natsionalistlarga qarama-qarshi bo'lgan kuchlar - kommunistlarga nisbatan oddiy xalqni xayrihohligi oshadi. Shu yili mamlakatda fuqarolar urushi boshlanadi.

1931-yilda kommunistlar Mao Szedun boshchiligida Xitoy Sovet Respublikasiga asos soladilar. Oddiy xalqdan chiqqan dehqonlardan tashkil topgan kommunistlar tog'lardan turib partizanlik urushlarini olib borib hukumatni sillasini quritadilar va birin-ketin mamlakatdagi viloyatlarni egallay boshlaydilar. 1937-yilda boshlangan Xitoy-Yapon urushi bilan tomonlar mamlakat himoyasi uchun birlashadilar, lekin natsionalistlar AQSh tomonidan qo'llab quvvatlanib boriladi. Yaponiyaning taslim qilinishi bilan ular orasida hukumat uchun kurash kuchayib ketadi va 1949-yilda bu kurash Kommunistlarning g'alabasi bilan yakun topadi. Chan Kay Shi boshchiligidagi natsionalistlar esa Tayvan oroliga qochishga majbur bo'lib o'sha yerda o'z hukumatini tashkil qiladilar.

Mao o'zining hokimiyatdagi birinchi yillaridanoq mamlakatda progressive siyosat olib borishni boshlaydi. Mamlakatda ming yilardan buyon saqlanib kelayotgan qarindosh-urug'chilik, klanizmga asoslangan iqtisodiy-ijtimoiy tizim, Yevropada ishlab chiqilgan Kommunistik tuzumni yo'lga qo'yishda katta to'siq edi. Mao ushbu holatni yo'q qilish uchun agrar reformalar olib boradi, dastlab butun qishloq xo'jalik yerlarini xalq mulki deya e'lon qilib uni dehqonlar orasida bo'lib berishni tashviqot qiladi. Kommunistik partiya a'zosi bo'lmish dehqonlar katta yer eglaridan yerlarni toritib olib o'zaro bo'lishib oladilaar. Hamma yerlar bo'lib berilgandan so'ng Mao Szedun yer mulklarini davlat tassarrufi deya e'lon qiladi va unga egalikni kollektivlarga topshiradi. Sovet Ittifoqining kolxozlashtirishidan ilhomlangan ushbu siyosat mamlakatda ming yillardan beri davom etib kelgan yer merosini qarindoshlarga qoldirish tizimini parchalab yuboradi va kommunistik institutlarni yo'lga qo'yilishini osonlashtiradi. Siyosiy jihatdan o'ziga qarshi bo'lgan mamlakatdagi muholifatni yo'q qilish uchun Mao hiylaga asoslangan "Yuz gullar" siyosatini qo'llaydi, endilikda kishilarga Kommunistik partiya va Mao Szedunni tanqid qilish erkinligi berildi. Natijada matbuotda partiyaga qarshi maqolalar, ko'chalarda namoyishlar ko'payadi, ushbu erkin fikr bildiruvchilarni asta sekinlik bilan Kommunistik partiya tomonidan tashkil qilingan militsiya birin ketin hibsga oladi va ko'pchiligini qatl qiladi. Shu bilan mamlakatda Mao Szedunga qarshi kuchlar deyarli yo'q qilinadi. 

Mao Szedunning 1966-1969 yillarda amalga oshirgan Madaniy revolyutsiya nomi bilan atalmish siyosati, nafaqat Xitoyda balki butun dunyoning yangi tarixida ko'zga ko'rinarli siyosiy voqealaridan biri bo'lib qoladi va dunyoda Maosizm siyosiy yo'nalishiga asos soladi. Yoshlarga katta vakolatlarni bergan holda Mao Xitoyda juda kuchli ahamiyatga ega bo'lgan avlodlar orasidagi rishtalarni parchalab yuborishga muvaffaq bo'ladi. Qizil Soqchilar nomini olgan yoshlar harakatiga Mao tomonidan yozilgan Qizil kitobga asoslangan holda Xitoyning eski odatlari hamda G'arbning qadriyatlarini o'zida mujassam etgan partiya a'zolarini, yuqori darajadagi kadrlarni va umumiy aholini ommaviy ravishda sharmanda qilishga izn beriladi. Natijada yosh avlod va keksa avlod o'rtasida uzilish ro'y berib, yosh avlod asosan yangi progressist Kommunistik qadriyatlarni tashuvchilariga aylanadilar. Bu siyosiy harakat hatto G'arb mamlakatlarining yoshlari orasida ham ancha xayrihohlikka sabab bo'ladi. Aslida esa Mao bundan Xitoydagi mavjud odatiy tizimni yo'q qilib yangi Xitoy qadriyatlarini yaratishni ko'zlagan edi va u o'z maqsadiga deyarli erishadi.

Xitoy madaniy revolyutsiyasining afishasi
Xitoy madaniy revolyutsiyasining afishasi

Xitoy revolyutsiyasining ijobiy tomonlari shundaki u mamlakatda gigienik qoidalarni o'rnatilishiga sabab bo'ldi, ocharchilikka barham berdi, savodsizlikni kamaytirdi, ijtimoiy tenglikni kuchaytirdi. 1950-yildanoq mamlakatda bolalarni majburiy ravishda turmush qurishi, foxishabozlik va bolaxo'rlik ta'qiqlanadi, ayollarga ajrashish va ovoz berish huquqi berildi. Eng e'tiborlisi Mao Szedun Sovet Ittifoqi yo'l qo'ygan xatoni, majburiy sanoatlashtirish siyosatini olib bormadi, chunki aynan ushbu siyosat Sovet Ittifoqida qaytadan yangi ijtimoiy tabaqalarni hosil bo'lishiga, ishchi va boshqaruvchi orasida hamda shahar va qishloq aholisi orasidagi ijtimoiy tengsizlikni kelib chiqishiga sabab bo'lgan edi. 

Lekin masalaning salbiy tomoni ham yo'q emas. Huddi Sovet Ittifoqida bo'lgani kabi Xitoy revolyutsiyasi misli ko'rilmagan darajada qurbonlar sonini oshishiga olib keldi. Qayta o'qitish maqsadida kishilar majburiy ishchi kontslagerlariga qamab qo'yilar yoki qatl etilar edi. Shaxsga sig'inish va propoganda esa har qanday davlat va davrdagidan ham ko'ra o'zining yuqori cho'qisiga yetdi. Bugungi kunda esa revolyutsiyani ikkinchi effektlari sifatida Inson Huquqlarini oyoq osti qilinishi, inson qadrining pastligi va tanqidiy fikrlarga nisbatan nafaqat hukumatning balki jamiyatning ham repressiv reaksiya bildirishi ushbu revolyutsiyaning oqibatidir. Eng ayanchlisi esa aslida Xitoy Kommunistlari tish-tirnog'i bilan qarshi bo'lgan millatchilik, revolyutsiya oqibatida o'zining yuqori cho'qqisiga yetdi va yangi qadriyatlar bilan sug'orilgan Xitoy jamiyati bugungi kunda ultra-natsionalist jamiyatlardan biriga aylandi. Revolyutsiyalar Maoning shaxsiy qarashlariga qarshi bo'lgan G'arbning qadriyatlari bo'lmish individualizm, mulk materializmi va kapitalizmni mamlakatda ideallar qatoriga qo'shilishiga olib keldi.

1968-1978 - ijtimoiy revolyutsiya

Ushbu revolyutsiya insoniyat tarixidagi o'ziga hos ijtimoiy harakat bo'lib, uning yo'nalishiga ko'ra ommaviy madaniyatga qarshi revolyutsiya deb atasak xato bo'lmaydi. Dastlab sobiq Chexoslavakiyaning poytaxti Pragada boshlangan, mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy ahvolni tanqid ostiga olgan ziyolilarga qarshi hukumat repressiyasiga qarshi boshlangan ushbu harakat bilvosita dunyoda ijtimoiy harakatlarni kuchayishiga olib keldi. Italiya, AQSh, Polsha, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Meksika va Shimoliy Irlandiyada bir birga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan sabablar va mavzular tufayli aholining umumiy qo'zg'alishi kuzatildi. Har bir mamlakatdagi revolyutsiyalar o'z jamiyatidagi konservativ qarashlar, iste'molchi jamiyati, jinsiy erkinlikka qarshilik va diskriminatsiyaga qarshi qaratilgan edi. AQShdagi qora tanlilar diskrimminatsiyasi va Vetnam urushi bu harakatlarni paydo bo'lishiga sabab bo'lgan bo'lsa, Fransiyada manifestatsiyalar hukumat avtoritarizmiga va jamiyat konservatizimiga qarshi chiqar edi. O'z navbatida Yaponiyadagi harakat AQShning arxipeldagdagi imperialistik siyosatiga, Shimoliy Irlandiyada esa Buyuk Britaniyaning siyosiy bosimiga qarshi harakat boshlangan. 

Umumiy qilib olganda 1968-yilgi revolyutsiyalar o'zlarining traditsionalizmga qarshiligi, diniy moralning jamiyatdagi dominant o'rniga qarshi, ayolarning jinsiy erkinigini talab qilish va yoshlarni jamiyatdagi o'rnini qayta ko'rib chiqish shartlari bilan ajralib turadi. Shuning bilan birga amaldagi iqtisodiy tizim va jamiyatdagi rasmiy bo'lmagan yuqori sinf hisoblangan burjuaziyaga qarshiligi bilan tarixda qolgan. Ushbu harakatlar natijasida ko'pchilik mamlakatlarda jinsiy erkinlik kuchaydi, feminist harakatlarning roli oshdi, bir jinsli aholiga nisbatan qonunan huquqlar berildi, qora tanli aholiga nisbatan diskriminatsiya kamaytirildi va davlatlarning avtoritar hamda imperialistik yondashuvlari savol ostiga qo'yildi. 

Dunyoda 1968-yil
Dunyoda 1968-yil

Uchinchi dunyodagi revolyutsiyalar - alternativ qarash

 XX-asrda dunyo Kapitalizm va Kommunizm qutblariga bo'linib turgan bir paytda, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham o'ziga hos revolyutsiyalar yuz bermoqda edi, lekin ulardagi revolyutsiyalar iqtisodiy tuzum uchun emas, balki sof siyosiy asoslarga ega edi. Afrikada bo'lib o'tgan uyg'onish mustamlakachilikni yemrilishiga olib kelgan bo'lsa, Hindistondagi Mahatma Gandi tomonidan tashkil qilingan zo'rovonliksiz noroziliklar va Lotin Amerikasidagi iqtisodiy oligarxiyaga qarshi partizan urushlari hamda musulmon dunyosidagi diniy va o'zlik revolyutsiyalari bugungi XXI-asrdagi eng katta siyosiy ideallarga aylandi. Albatta qudratli davlatlar ushbu harakatlarni o'z manfaatlari yo'lida ishlatishga harakat qilganlar. Lekin Sovet Ittifoqining qulashi va Kommunizm ideologiyasining yemirilishi bilan hamda Kapitalizmning mavjudligiga asos qolmaganligi, oldindan rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo'lgan diniy, o'zlik hamda tuzumga qarshi ruhdagi siyosiy ideallarni dunyo bo'ylab tarqalib ketishiga sabab bo'ldi. Islomizm, Antikolonializm, Anti-Kapitalizm, Alterglobalizm, Antiglobalizm, Ommaviy madaniyatga qarshilik va Ekologik harakatlar bugungi kunda dunyo bo'ylab biron bir davlat yoki rasmiy uyushma nomidan emas, balki aholi orasida tarqalib ketgan, aslida esa ushbu harakatlarning ildizlari XX-asrda rivojlanayotgan davlatlarda mavjud hukumatlarning soyalarida paydo bo'lgan edi. Gandi, Mandela, Usama ben Laden va boshqalar ushbu idealistik revolyutsiyalarning ramziga aylandilar. Garchi bugungi kunda bu harakatarning ayrimlariga qarshi jahon hamjamiyati birlashgan holda qarshi kurashayotgan bo'lsada, ulardan ayrim davlatlar o'z manfaatlarida foydalanishda davom etmoqdalar. Bu harakatlarning kuchi va kuchsizligi ham ularni ma'lum tizimda strukturalarga birlashmaganidadir.

 

Zo'rovonliksiz noroziliklarda politsiyachilarga gul hadya qilish
Zo'rovonliksiz noroziliklarda politsiyachilarga gul hadya qilish

Rivojlangan davlatlardagi iqtisodiy tizimlarni yoppasiga kapitalizmga asoslanib qurilganligi hamda iste'molchi jamiyatlarga aylantirilganligi, rivojlanayotgan mamlakatlarni ular bilan to'laqonli raqobatga bardosh bera olmay qolishlariga sabab bo'ldi, natijada bu mamlakatlarda aholi orasida tengsizlik, ishsizlik va beqarorlik avj oldi. Shu davrgacha revolyutsiyaning ideallari hisoblangan siyosiy va iqtisodiy ideologiyalarning mag'lubiyatlari tufayli obro'sizlangani endilikda bu mamlakatlardagi aholi orasida panohni siyosiy yoki iqtisodiy mafkuralardan emas, balki o'zlikdan yoki dindan izlashlariga sabab bo'lmoqda. Rivojlangan davlatlardagi revolyutsiya ruhini yo'qolishi, individualizmni kuchayishi, adolat uchun kurashni pasaygani va rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholiga nisbatan immigratsiya yoki integratsiya jarayonidagi raddiyalar ushbu harakatlarni kuchaytirmoqda. Hatto bu harakatlarning ko'pchilik a'zolari kelib chiqishiga ko'ra ushbu rivojlangan davlatlardan bo'lib ulardagi sabablar ularning o'zligi, dini yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog'liqdir.

Yorliq so'zlar: To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Sovet soyasi va Biz
  • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
  • Turkiyasiz Yevropa
  • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
  • Amerika Imperiyasi haqida

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda