• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
12 Dek2015

Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi

12 Dekabr 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Zamonaviy davrning siyosiy tuzumini Demokratiya so'zisiz tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak. Ayniqsa, bugungi kunga kelib, demokratiya har bir davlat erishishi shart bo'lgan mukammal siyosiy rejimni ifodalaydigan atama sifatida talqin qilinmoqda. Davlatlarning tuzumi qay darajada demokratiyaga mos kelishi yoki kelmasligi esa har bir kishining va davlatning o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda talqin etila boshladi. Bu esa so'ngi yillarda omma orasida demokratiya atamasining obro'sizlanishiga, davlatlar uchun esa uning siyosiy qurolga aylanishiga olib keldi. Lekin demokratiya so'zini siyosiy qurolga aylanishi tarixi bundanda uzoqroq davrlarga borib taqaladi – to'g'rirog'i, biz hozirgi kunda demokratiya deb ataydigan tuzumlar yaratilish davrida anti-demokratik poydevor ustiga qurilgan. Saylovlar, iqtisodiy bosim va populizmning kuchayishi demokratiya so'zini qayta ommalashtirdi. Lekin hozir biz demokratiya deb ataydigan tuzumlar qadimgi Gretsiyadagi Afina shahar-davlatida paydo bo'lgan xalq demokratiyasiga to'laligicha qarama-qarshi tuzumlardir. Boshqacha qilib aytsak, zamonamiz uchun namuna bo'lgan siyosiy tuzum demokratiya emas, balki saylanuvchi aristokratiya deb atalishi kerak.

Biz demokratiya deb ataydigan zamonaviy siyosiy rejim tarixiga va uning amaliy asoschilariga nazar soladigan bo'lsak, ularni demokratlarga qarshi kishilar bo'lganiga guvoh bo'lamiz. XVIII asrda dunyoda monarxiyalarga qarshi qo'zg'olonlar avj olib ketdi. Ulardan bugungi siyosiy rejimning paydo bo'lishida asosiy rol o'ynaganlari Fransiyadagi revolyutsiya va AQShning Britaniya imperiyasidan mustaqil bo'lishidir. Fransiyada Robespier, Danton, AQShda Jorj Vashington kabi liderlar yangi siyosiy rejimning asoschilari hisoblanadi va ular o'zlarini hech qachon demokratlar deb atashmagan. Aksincha, ular demokratlarga qarshi siyosiy pozitsiyaga ega bo'lganlar. O'sha davrlarda demokrat so'zi yosh, kambag'al va siyosiylashgan aholiga nisbatan ishlatilgan bo'lib, his tuyg'uga beriluvchan va xiylaga tez uchadigan bu aholi qatlamiga hokimyatni topshirib qo'yish siyosiy aristokratiya uchun katta falokatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Shu sababdan yuqoridagi siyosiy arboblarning qo'lyozmalari, nutqlari va kitoblariga nazar solsak, haqiqatdan ham ular o'zlarini demokratlarga qarshi siyosatchilar ekanligini bir necha bor ta'kidlaganliklariga guvoh bo'lamiz. 

Masalaga falsafiy yondashadigan bo'lsak, Demokratiya so'zi grekchadan olingan bo'lib, Xalq hokimyati ma'nosini anglatadi. Agar biz uchun demokratiya qadimgi Afina shahar-davlatidagi amalda qo'llanilgan siyosiy rejim bo'lsa, ya'ni kun tartibidagi masalalar xalq yig'inlarida to'g'ridan-to'g'ri ovoz berish yo'li bilan va tomonlarning vakillari saylanish yo'li bilan emas balki tasodifiy tanlash yo'li bilan aniqlanadigan bo'lsa, unda Afinadagi demokratiya bugungi kundagi eng munosib kandidatlarni xalq tomonidan saylash orqali quriladigan siyosiy rejimga tamoman qarama-qarshidir. Zamonaviy siyosiy rejimlarning qurilish davrida ham Spinoza, Jan Jak Russo yoki Monteskye kabi siyosiy faylasuflar demokratiya faqatgina to'g'ridan-to'g'ri xalqning qatnashuvi bilangina amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidlashgan bo'lsa-da, o'sha davr ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan siyosatchilar ularning falsafiy qarashlarini qisman hayotga tadbiq qilib, qolganini e'tibordan chetda qoldirganlar.

Bu faylasuflar uchun saylov va demokratiya boshqa-boshqa siyosiy konseptsiyalardir. Saylovlarda xalq tomonidan ularning vakillari, ya'ni saylovchilar guruhlari orasidan eng zo'rlari, o'z nomzodlarini ko'rsatadilar va ushbu nomzodlar orasidan ham eng munosiblari saylov natijasida tanlanadi. Bu mexanizm o'z-o'zidan xalq orasida hamma teng emasligiga, faqat har tomonloma boshqalardan ustun bo'lgan kishilargina ushbu amalga munosib deb ko'rilishi lozimligiga urg'u beradi. Xulosa - xalq orasida hamma birday teng emas, hamma teng emas ekan – bu demokratiya emas. Demak hozirgi tuzumdagi saylanadigan kishilar zamonaviy nom bilan "Elita" deb nomlanadi, siyosiy fanlarda esa ular "Aristokratiya" deb ataladi. Jamiyatdagi ozchilikni tashkil qiluvchi bu ijtimoiy qatlam ham xalq tomonidan, ham o'zlari tomonidan hokimyatni boshqarishga faqatgina ular munosib deb ko'riladi. Ularning hokimiyatdagi o'rni va pozitsiyalari almashib turishi mumkin, lekin oddiy xalq vakilining bu ozchilik doirasiga kirishi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sabablarga ko'ra cheklangan bo'ladi.

Tarixan Aristokratiya qatlami aholining ozchiligini tashkil qilgan, siyosiy apparatni atrofida to'plangan kishilar bo'lgan. Ularning bu mavqeyi nafaqat ularning boyligi yoki hokimyatdagi tutgan o'rni bilan, balki otadan bolaga meros qoladigan sulolaviy maqom bilan aniqlangan. Endilikda esa siyosiy rejimlarda ushbu siyosiy elita - aristokratiya saylovlar orqali tanlanadi. Masalan, davlatlardagi muhim qonun chiqaruvchi organ -Parlamentdagi deputatlar sonini umumiy aholi soni bilan solishtiradigan bo'lsak ba'zi davlatlarda bir deputatga 10 000 kishi to'g'ri kelsa, boshqalarida bu son 1 milliongacha borishi mumkin. Ma'lum muddatga saylanib, vakolatga ega bo'lgandan so'ng ushbu deputatlar uni saylagan aholidan mustaqil holda jamiyat siyosiy hayotiga o'zgartirishlar kiritadi. Qonunlarni qabul qilish jarayonida esa deputatni saylagan xalqning ovozidan ko'ra, deputatning bu masaladagi shaxsiy fikri unga ko'proq ta'sir qiladi. Bundan tashqari, deputatlar yig'iladigan Parlamentlar Gretsiyadagi demokratik tuzumning merosi emas, balki O'rta asrlardagi Qirol kengashining zamonaviy ko'rinishidir. Qirol kengashi esa xalqning manfaatlarini emas, balki hududiy bo'lingan dvoryan va gersoglarning manfaatlari asosida qarorlar qabul qilgan. 

Endi yuqoridagi siyosiy rejimni demokratiyaning asl o'chog'i bo'lgan qadimgi Afinadagi siyosiy tartib bilan solishtirib ko'rsak. Afinada jinsi erkak bo'lgan har bir fuqaro siyosiy qarorlarni qabul qilishda o'zining ovoziga ega bo'lgan. O'sha davr sharoitidan kelib chiqqan holda qullar, ota-onasi grek va Afinalik bo'lmagan kishilar Afina fuqarosi hisoblanmagan. Fuqarolikdan tashqari, siyosiy hayotda qatnashish uchun kishilar qurol olib yurish huquqiga ham ega bo'lishi kerak bo'lgan. Shu mezonlarga javob bergan har bir kishi Xalq yig'inlarda qatnashish, ovoz berish va nutq so'zlash huquqiga ega bo'lganlar. Agoradagi Xalq yig'inlarida kundalik hayotdagi mayda-chuydalardan tortib, iqtisodiy, siyosiy va strategik ahamiyatga ega bo'lgan, Afina taqdiriga katta ta'sir qiladigan masalalargacha kun tartibiga qo’yilgan. Urush generallari, elchilar va boshqa ma'muriy amaldorlar ham ushbu Xalq yig'inlarida tayinlangan. Xalq yig'inlari erta sahardan boshlanib, qorong'i tushguncha davom etgan va unda qatnashish majburiy bo'lmagan. Siyosiy qarorlar qabul qilishdan tashqari, Xalq yig'ini Afina uchun sud hokimyati vazifasini ham o'tagan, sud hakamlar tasodifan tanlangan va ular amaldagi qonunlarga asoslanib hukmlar chiqarishgan. Bu hukmlar ham to'g'ridan-to'g'ri ovoz berish yo'li bilan aniqlangan.

Bugungi kun nuqtai-nazaridan olib qarasak, Afina demokratiyasining muammolari talaygina. Masalan, ayollar, qullar va Afina fuqarolari bo'lmagan kishilar o'z ovozlariga ega bo'lmaganlar. Lekin fuqaro mavqeyiga ega bo'lgan har bir kishining yig'inlarda qatnashishi va har bir masalaga o'z ta'sirini o'tkaza olishi asl demokratik tuzumning modeli sifatida olinishi kerak. Inson siyosiy hayvonga aylanibdiki siyosiy qarorlarni qabul qilishni kim amalga oshirishi kerakligi Siyosiy Falsafaning asosiy masalalaridan biridir. Asosan 4 xil siyosiy boshqaruv tuzumlari ajratiladi. Aristokratiya - bunda aholining ozchiligini tashkil qilgan yuqori tabaqa hokimyatni boshqaradi. Aristokratiya saylanishi din institutlari ruhoniylari, ritsarlar, beklar, shayxlar va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Monarxiya - bir kishi boshqaruviga asoslangan tuzum. Ko'pincha qonunan monarxiya hisoblanmaydigan, lekin asosan bir kishi tomonidan boshqariladigan va diktatura deya ataladigan rejimlar ham shu kategoriyaga kiradi. Demokratiya – boshqaruvda aholining ko'pchiligi to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadigan siyosiy tuzum. Siyosiy falsafaga ko’ra, demokratiyada saylovlar bo'lmasligi kerak, balki xalqning ovozi to'g'ridan-to'g'ri va doimiy ravishda davlat boshqaruviga ta'sir qilishi lozim. Xalq ovozlarini aks ettiruvchi vakillar esa tasodifan tanlangan bo’lishlari va faqatgina bir masalada ovoz berish uchungina vakil bo'lishlari lozim. Anarxiyada har kim hokimyat boshqaruvida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi va bunda, demokratiyadan farqli o’laroq, ko'pchilik tomonidan ma'qul deb topilgan qaror qolgan ozchilikka nisbatan qo'llanilmaydi, balki o'sha qarorga ikki tomon ham kelishguncha o'zgartirishlar kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, kelishuvga asosnlangan siyosiy tuzum.

Zamonaviy siyosiy falsafa, hozirgi insoniyatning ijtimoiy-siyosiy vaziyatidan kelib chiqqan holda, demokratiyani eng optimal tuzum deb hisoblaydi. Chunki Monarxiya va Aristokratiyada bir kishi yoki ozchilikdan iborat elita ko'pchilik bo'lgan xalq manfaatlarini ifoda eta olmaydi, vaqt o'tishi bilan esa xalq va boshqaruvchilar orasida ijtimoiy jarlik paydo bo'lib, monarx yoki aristokrat xalq hayoti realligidan uzilib qoladi. Bu esa tinimsiz qo'zg'olonlar, davlat to'ntarishlari, saroy fitnalari va boshqa siyosiy beqarorliklarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Anarxiya amalda ishlashi uchun esa hozircha insoniyat yetarlicha universal xarakterga ega umumiy guruh emas, balki millatlar, dinlar, urf-odatlar va boshqa ijtimoiy-siyosiy xususiyatlarga ko'ra rasmiy va norasmiy ravishda guruhlarga bo’lingan aholidir.

Zamonaviy demokratiyaning paydo bo'lishi to'satdan yuz berdi. Afinaning inqirozga uchrashi va AQSh mustaqillik urushi oralig'ida Rim imperiyasi, O'rta asrlar qirolliklari va boshqa siyosiy rejimlar dunyo yuzini ko'rdi. AQShdagi mustaqillik urushi esa demokrtik ahamiyatga emas, balki Aristokratik ahamiyatga ega bo'lgan. Ya'ni Britaniya imperiyasining hududi bo'lgan AQShda tug'ilib o'sgan imperiya amaldorlari hokimyatni markazga tobe bo’lmagan holda boshqarish uchun mustaqillik urushini boshlashgan. Shu sababdan ham AQSh mustaqillik deklaratsiyasida Demokratiya so'zi uchramaydi, chunki AQSh dastlab demokratiya uchun emas, balki Monarxiyaga qarshi bo'lgan Respublika tuzumini o'rnatish uchun kurash olib borgan. Huddi shunday Fransuz revolyutsiyasining natijalari ham demokratiyani emas, balki respublikani paydo bo'lishiga olib keldi. AQSh mustaqillik urushi va Fransuz revolyutsiyasi tarixiga nazar solsak, "Demokrat" so'zi aslida siyosiy jihatdan raqibni obro'sizlantirish uchun ishlatilgan atama bo'lgan. Bu so'z orqali raqibning yoshligiga, uni idealistligiga va ma'suliyatsizligiga urg'u berilgan. Siyosiy tomondan demokratlar o'sha davrda siyosiy o'zgarishlarni shiddatli darajada tezlashtirishni xohlagan radikallar bo'lishgan. Chunki masala nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy ham edi. Demokratlar asosan qashshoq aholi vakili bo’lgan siyosatchilar bo'lib, ular revolyutsiyalar natijasida iqtisodiy tenglikni asosiy qadriyat qilib oladigan siyosiy rejimlar tarafdorlari bo'lishgan. Revolyutsiya va Mustaqillik urushining boshida turgan elita esa ushbu demokratlardan qattiq xavfsirashgan, chunki demokratlarning da'volari to'g'ridan-to'g'ri ularning mulklariga zarar yetkazishi mumkin edi.

Qashshoqlar Aristokratiya nazarida o'ta his-tuyg'uga beriluvchan, ojiz, ishonuvchan va o'zini kundalik hayotiga o'ta beirlgan kishilar hisoblangan. Qashshoqlarga boshqaruv huquqini berishni Aristokratiya o’zi uchun xavfli deb bilgan, chunki oddiy xalq siyosiy qarorlarga umumiy manfaatlardan kelib chiqib emas, balki o'zining individual muammolariga yechim izlab yondashadi deb hisoblangan. Aristokratiya esa o'zini ijtimoiy mavqeyi va o'ziga to'qligi unga o'z muammolaridan yuqoriroqda turib, umumiy millat manfaatlarini himoya qila oladigan tabaqa deb hisoblagan. Shu sababdan revolyutsiyalar demokratik siyosiy rejim bilan emas, balki Aristokratik siyosiy rejimlar bilan yakun topdi. Aristokratiyaga ziyolilar, moliyachilar, siyosatchilar va boshqa yuqori tabaqa vakillari kirdi.

AQShning ikkinchi prezidenti, Amerika millati va siyosiy modelining otasi bo'lmish Jon Adamsga uning xotini o'z xatida yangi qurilayotgan siyosiy tartibda ayollar va ularning huquqlarini esdan chiqarmaslikni so'raydi. Unga javoban Jon Adams hazil aralash “sizning gapingizga kulishdan boshqa javob topa olmadim” deya javob yozadi. Chunki AQShning yangi elitasi demokratik prinsiplar asosida ayollarga erkaklar bilan teng huquq berish o'z navbatida Amerikadagi boshqa qatlamlar - qashshoqlar, hindular, qora tanlilar va yoshlar ham teng huquqlar uchun kurashga kirishlarini yaxshi tushunishar edi. Yangi qurilayotgan davlatdagi bunday ommaviy ko'tarilish AQShni siyosiy falokatga olib kelar edi. Oqibatda oq tanli mulkdor erkaklar tomonidan boshqariladigan yangi AQSh davlati dunyo yuzini ko'rdi.

AQSh va Yevropa davlatlari tarixida demokratiya birinchi marta 1830-yillarga kelib siyosiy obro'ga ega bo'la boshladi. Chunki AQShda birinchi marta o'zini demokrat deb atagan Endryu Jekson AQSh prezidentligiga saylandi. Shu davrdan boshlab aholining katta qismini tashkil qilgan o'rta va qashshoq tabaqalarni o'zining saylovchilari sifatida nishonga oluvchi nomzodlar o'zlarini demokrat deya atay boshladilar. Bu tendensiya tezda Yevropaga ham ko'chadi va demokratiya o'sha davrdagi quyi tabaqa vakillarining arsitokratiya va burjuaziyaga qarshi pozitsiyasini aks ettiradigan siyosiy oqimga aylandi. Natijada demokratiya – aholini o'ziga jalb qilish uchun ishlatiladigan populizm sifatida siyosiy maydonlarda mashhur bo'lib ketdi. Endilikda bu ideya aholi orasida ommalashganidan foydalanib, barcha siyosatchilar o'zlarini o'zlari demokratlar deya atay boshladilar va o'zaro kim haqiqiy demokrat-u, kim bu yorliqdan foydalanib, saylovchilarni o'ziga qaratmoqchiligi haqida bahslashuvchi raqobatchilarga aylanadilar. 

Xo'sh, nima uchun hatto XXI asrga kelib ham dunyoda to'g'ridan-to'g'ri ovoz berishga asoslangan demokratik siyosiy rejimlar dunyo yuzini ko'rmadi? Sabab ko'pchilik o'ylagandek siyosiy emas, balki sof iqtisodiydir. Qadimgi Gretsiyada ko'pchilik siyosiy faylasuflar mutlaq demokratik tuzumga qarshi edilar, chunki, Aristotel aytganidek, bunday rejim hokimyatni to'laligicha aholining ko'pchiligini tashkil qiluvchi qatlam qo’liga topshiradi. Chunki har qanday davrda aholining ko'pchiligini kambag'al aholi tashkil qilgan bo'lib, agar ularga ovoz berish huquqi berilsa, albatta ular ozchilikni tashkil qiluvchi Aristokratiyani emas, balki o'z foydalarini ko'zlagan holda qarorlar qabul qilishar edi. Tabiiyki, Aristokratiya har doim bu tuzum yo'lga qo'yilishiga qattiq qarshilik qilib kelgan. Sabablar juda oddiy: aholining o'ziga to'q qatlami o’z moliyaviy imtiyozlarini yo'qotgilari kelmaydi. Ijtimoiy tengsizlik kichikroq jamiyatlarda demokratiyani o'rnatish osonroq kechadi. Aristokratik jamiyatda yuqori qatlam vakillari asosiy moliyaviy manbaalarni boshqarishlari aholi orasidagi ijtimoiy tengsizlik kamayishiga yo'l qo'ymaydi, balki ushbu tuzum davom etgani sayin, sinflar orasidagi ijtimoiy tengsizlik kuchayaveradi. Oqibatda bugungi dunyodagi Saylangan Aristokratiya orqali boshqariladigan siyosiy tuzumlarda Kapitalistik iqtisodiy tuzum hukmron bo'lib oldi. Ushbu tuzum quyi sinflarni o’z kundalik xarajatlarini qoplash uchun doim band bo’lishga majburlab, ularning siyosiy jarayonlarda faol qatnashishlariga to’sqinlik qiladi. 

Ish vaqti haqida gapirar ekanmiz, uning demokratik jamiyatni qurishdagi asosiy faktor ekanligini unutmasligimiz kerak. To'g'rirog'i, vaqt faktori har qanday siyosiy rejimning qurilishida asos hisoblanadi. Siyosiy qarorlarni qabul qilishga ketadigan vaqt davlat faolligini belgilaydi. Masalan, Monarxiya va Diktatura tez qarorlar qabul qilish bo'yicha eng samarali rejimlardir. Demokratiya va Anarxiya esa qaror qabul qilishni sekinlashtiradigan tuzumlardir. To'g'ridan-to'g'ri ovoz beriladigan demokratiyada siyosiy qarorlar qabul qilish uchun aholining ko’pchiligi qatnashishi kerak va buning uchun juda ko'p vaqt zarur bo'ladi. Qadimgi Gretsiya fuqarolarida bunday vaqt bor edi, chunki ularning kundalik yumushlarini qullar bajarar edi. Amerikadagi hindu qabilalarida esa bajariladigan yumushlar kam bo’lganligi tufayli qabila a'zolari siyosiy va ijtimoiy hayotda qatnashish uchun yetarlicha vaqt topa bilganlar. Bugungi kundagi iste'molchi-kapitalist jamiyatlarda kishilar o'z ehtiyojlarini to'laligicha qondirish uchun tinimsiz mehnat qilishlari va hayotdagi maqsadlarini faqat moliyaviy manfaatlariga erishish uchun yo'naltirishlari kerak bo'ladi. Bunday holda kishilarga siyosat haqida fikrlashga, undan ham ko’ra, siyosiy qarorlar qabul qilishga vaqt ham, imkoniyat ham yetmaydi. 

Dunyo miqyosida demokratiya nomi ostida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat oqibatlari borgan sari aholi orasida noroziliklarni keltirib chiqarmoqda va siyosatga, undagi demokratik prinsiplarga bo'lgan ishonchni kamaytirmoqda. Ayniqsa, asosini iqtisodiy qarashlar tashkil qilgan AQSh va Sovet Ittifoqi o'rtasida yuz bergan ideologik urush davomida ikki tomonning ham demokratiya atamasini o'zining siyosiy quroli sifatida ishlatishi, bugungi kunda esa G'arb mamlakatlarining iqtisodiy liberalizmni dunyoga yoyish maqsadida demokratiya atamasidan foydalanishi nafaqat demokratiya yorlig’i osilmagan jamiyatlarda, balki demokratik jamiyatlar deb ataladigan G'arbda ham bu siyosiy tuzumga ishonchsizlikni keltirib chiqardi. So'ngi yillarda G'arb mamlakatlaridagi saylovlarda aholining ko'pchilik qismi qatnashmayotganligi, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda esa aholining fuqarolik jamiyatini qurishga befarqligi Demokratiya atamasini Saylangan Aristokratiya hokimyatini ushlab turish uchun ishlatilishining oqibatlari desak adashmaymiz. Doimo bir-birini almashtiruvchi siyosiy elita, ikki partiyaviylik, xalq tomonidan saylanadigan deputat va senatorlarning yirik biznes kompaniyalari manfaatlarini o'zida mujassam etishlari kelajakda aholi orasida o'sib borayotgan tengsizlikni kuchayishiga va katta ijtimoiy to'qnashuvlarni yuz berishiga olib keladi. Bunday vaziyatda agar shu davrgacha siyosiy faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan barcha mafkuralar qurol sifatida ishlatilib, obro'sizlangan va idealligi sindirilgan bo'lsa, siyosiy mafkurada alternativlar yo'qligi tufayli jamiyatlar tartibsiz anarxiyalarga aylanishi yoki radikal-fanatizmning eng keskin ko’rinishlarini o'zida aks ettirishi ehtimoli katta. Bugungi kunda Suriya va Iroqda ISHIDning paydo bo'lishi bunga yaqqol misoldir.

Yorliq so'zlar: Geopolitik nazariyalar, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Anarxiya va Gegemoniya
  • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
  • Demokratiya yoki Tinchlik?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda