• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
18 Apr2013

Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi

18 Aprel 2013. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Global geopolitika

Sovet Ittifoqi va Sharqiy Blokning qulashini ko`pchilik siyosiy tahlilchilar “tarixning tugashi” yoki “demokratik kapitalizmning kommunizm ustidan g`alaba qozonishi”, deb atagan edilar. Qo`shma Shtatlar “g`olib”ga aylandi va yangi ko`p qutbli dunyoda diplomatiya, harbiy kuch va bozor iqtisodiyoti yordami bilan global gegemonlikni qo`lga kiritdi. Sobiq Ittifoqdan so`ng boshlangan Sharqiy Blok kommunist davlatlarining birin-ketin qulashi butun jahon bo`ylab yangi moliyaviy tizimni shiddat bilan tarqalishiga imkon yaratib berdi. O`z navbatida bu tizim yangi bozorlar va homashyo bazalarini talab qilardi. Yangi moliyaviy tizim Ikkinchi Jahon Urushidan so`ng paydo bo`lgan Yevropaning an`anaviy sotsial-demokratik tamoyillarga asoslangan iqtisodiy infrastrukturalari bilan raqobatga kirisha boshladi.

1990-yillarning moliyaviy eyforiyasi yangi ming yillikda o`zining cho`qqisiga chiqib, insoniyatning zamonaviy tarixidagi eng buyuk yutuqlardan biri bo`lgan kapitalistik tizim bilan qorishib ketdi. Biroq kapitalizmning asl tabiati va uning merosiy asoratlari 2008-yildagi butun dunyoni falaj qilgan moliyaviy inqiroz paytida namoyon bo`ldi. Moliyaviy inqiroz epkinlari esa 2008-yilga qadar jahon bo`ylab keza boshlagan edi. AQSH iqtisodiy tizimdagi tengsizlik va adolatsizlikdan dunyo e`tiborini chalg`itish uchun “qora kuchlar” ssenariysini ishlab chiqdi va global terrorizmga qarshi urush boshladi, degan fikrlar ortib bora boshladi. Hozirgi kunda ham iqtisodiy halokat tugamagan ekan, Qo`shma Shtatlar jahon bo`ylab ehtimoliy dushmanga qarshi urushni to`xtatmasdan, ularga bo`lgan insoniyatning qo`rquvidan moliyaviy inqirozni pardalashda foydalanmoqda. 

Leninning shunday gapi bor: “Moliyaviy kapital asosida o`sadigan iqtisodiy super-struktura, uning siyosati va mafkurasi kolonial bosqinchilikni talab qiladi”. Moliyaviy kapitalizm siyosiy-g`oyaviy strukturalarning asl maqsadi ayon bo`lmaguncha shiddat bilan hududlarni bosib oladi. Demak, moliyaviy kapitalizm – harbiy emas, balki moliyaviy bosqinchilikdir. Lenin esa bundan deyarli bir asr oldin kapitalizm va imperializm o`zaro qardosh ekanligini anglab yetgan edi.
 
Lenin bizga tushuntirmoqchi bo`lgan tizim imperializmning tarkibida mavjud bo`ladi. U siyosiy, g`oyaviy va iqtisodiy jihatdan ojiz xalqlarni bo`ysundirishda imperializmga ko`mak beradi. Buz tizim moliyaviy kapitalizm, burjua-mass media, transnatsional va multinatsional birlashmalar, davlatning maksimalist taktikalari shaklida bozor iqtisodiyoti sharoitida yashaydi, shuningdek, o`zining eng qudratli kuchi – urushni ham qambrab oladi.
 
Bu tizim omma qarashini chalg`itgan holda o`z yashovchanligini saqlab qoladi. Demak kapitalizm o`z manfaatlaridan kelib chiqib, har qanday yo`llar bilan omma fikrini o`ziga moslab olishga harakat qiladi. Ed German va Nuam Chomskiylar bu holatni “soxta rizolik” sifatida baholaganlar. Propaganda va to`qima informatsiyaning qudratli kuchi esa omma fikrini manipulyatsiya qilishga yordam beradi. Bu faktorlar yordamida kapitalizmning g`oyalari avvalo egallangan yangi bozorlar orqali tarqatiladi. Bozorlar egallangandan so`ng esa o`sha davlatning egalari o`zlari anglamagan holda manipulyatorlarga imperializmning “buyuk strategiyasi”ni yuritishga yordam berishadi. Aksariyat hollarda bunday ekspansiyalar harbiy bosqinchilikka ham aylanib ketadi.
 
Ma`lumki, AQSH o`zining global qudratiga imperializm yo`li bilan erishdi. U imperializmni birinchi navbatda o`zida boshladi – amerikaliklarni qarashlarini ajoyib tarzda manipulyatsiya qildi. Keyinchalik bu amallar yordamida Meksika, Ispaniya, Kuba va Filippin ham nishonga oldi. Butun 20 asr davomida bo`lib o`tgan urushlar va bozor iqtisodiyoti yordamida AQSH o`z ichidagi hamda tashqaridagi raqiblarini yakson etib tashladi.
 
Bir vaqtlar respublikachi prezident Duayt Eyzenhover urushlarga doimiy tayyor turishni, lekin harbiy-sanoat komplekslari (HSK)ning domiga tushib qolmaslikni ta`kidlagan edi. Eyzenhover HSKni demokratlar o`yini sifatida baholab, uning kuchi va ta`siri kuchlar muvozanatini o`zgartirib yuborishi, ozodlikni xavf ostiga qo`yishidan xavotir bildirgan edi.
 
AQSHning HSKsi esa jahondagi eng qudratli harbiy sistema ekanligi barchaga ayon. Bu qudrat eng zamonaviy, eng shafqatsiz va kapitalizmning eng so`nggi yutuqlarini o`zida jamlab, butun jahon bo`ylab qo`rquv urug`ini sochadi.
 
Qo`shma Shtatlar 2012-yilda harbiy soha uchun 600 milliard dollar mablag` sarfladi. Bu mablag` esa jahondagi eng qudratli 10 talikning umumiy sarfidan ham ko`pdir. Savol tug`iladi: shuncha sarflangan mablag` o`zini oqlaydimi? Albatta, urush katta foyda keltiruvchi biznes. Qo`shimcha ravishda aytib o`tish lozimki, bu mablag`ning hammasi ham AQSH hukumatining cho`ntagidan chiqmaydi. Lobbichi guruhlar orqali urushlarga milliardlab mablag`larni tikuvchi qudratli kuchlar ko`plab topiladi. Shuningdek, bu kuchlar armiyani ham bajonidil eng zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta`minlashga tayyordirlar. Ochiq aytganda, AQSh armiyasi – bu xususiylashtirilgan qudratdir. U davlat bilan birga kontraktorlarning ham manfaatlari uchun xizmat qiladi.
 
AQSHning harbiy tizimi ajoyib tarzda ishlaydi. Vashington xech qachon biror davlatga noqonuniy xujum qilmagan. Uning harbiy ekspansiyalari uchun asos hamisha mavjud va deyarli amerikaliklarning qarshiligiga uchramaydi. Pentagon esa xalq qo`llovini qo`lga kiritish uchun har qanday targ`ibot usulidan foydalanadi. Bular ichidan, xatto, Gollivud ham o`rin olgan. Gollivudning jangari filmlarida tashqi intervensiyalarning mamlakat uchun qanchalik muhimligi targ`ib qilinib, xalqning ularga nisbatan xayrihohligi shakllantiriladi.
 
AQSH 20-asrda 60 ta davlatda yolg`iz o`zi harbiy harakatlarni amalga oshirdi. Shuningdek, Qo`shma Shtatlar o`z imperializmiga qarshi chiqqan kuchlarni boshqa davlatlarga yordam berish va qurollantirish orqali yakson qilishi ham bugungi kunda sir emas. AQSH jahonda kapitalizm va harbiy kuchni muvaffaqiyatli tarzda uyg`unlashtira olgan yagona davlatdir. Ichki va tashqi tomondan doimiy tanqid qilinsa ham, uning bu amallariga qarshi chiqishga xech kim botina olmaydi.
 
Jorj Bush siyosati AQSH kapitalizmi va harbiy kuchini yanada mustahkamladi. 2010-yilda yangilangan Milliy Xavfsizlik Strategiyasida esa AQSH o`zini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, xattoki xalq bilan hisoblashmasdan, xech kim bilan kelishmasdan harakat qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo`yilgan. Bu esa jahondagi eng qudratli davlatning gegemoniyasi qonuniylashtirildi, deyish bilan barobardir.
 
Sovuq Urush davrida urushlar va harbiy intervensiyalar bilan boshqarilgan hududlar kambag`al davlatlar (masalan, Koreya yarimoroli, Vyetnam, Afg`oniston kabilar) endilikda qudratli davlatlarning iqtisodiy bosqinchiligiga uchradi. Iqtisodiy kolonializm milliy iqtisodiyotni kunpaya-kun qilib, butun davlatni qaramga aylantirib, zamonaviy imperializm shaklini oldi. Davlatlar kapitalistlarning xomashyo bazasiga aylandi. Biroq, endilikda kapitalistlar uchun nafaqat xomashyo bazalari, balki o`z mahsulotlarini sotish uchun yangi bozorlar ham zarur bo`lib qoldi. Avtoritar rejimlar va diktaturalar esa kapitalizmning asosiy hamkori bo`la boshlashdi. Sababi bunday tuzumlarda butun nazorat hukumat qo`lida bo`lib, diktatorlar mo`may ulush evaziga kapitalistlar uchun o`z hududlarida haqiqiy jannatni yaratib berishga tayyor edilar.
 
Kapitalizm elita va o`rta qatlam orasidasidagi nomutanosiblikni keskin oshirib yubordi. Natijada hozirgi dunyoda hukumatdan norozi jamiyatlar soni ortib ketdi. Kapitalizmning jahon siyosatiga qanday ta`sir etishi  2011-yilning boshlarida butun dunyoni larzaga solgan “Arab Bahori”da yaqqol ko`zga tashlandi. Bu “bahor” epkinlari kezib o`tgan har bir davlatda kapitalizm uchun xizmat qilgan rejimlar hukmron edi. Ular o`z manfaatlari yo`lida kapitalizm bilan hamkorlik qilishdi, adolat, hurlik, o`z-o`zini anglash kabi xalqqa tegishli huquqlarni inkor etishdi. Bu inkorlarni kapitalizm talab qilardi. Sababi kapitalizm rivoji yo`lidagi eng katta to`siq – bu xalqdir.
 
Kapitalizm xalqlarni mag`lub etib, o`z gegemoniyasini ta`minlash uchun ularga mafkurasini singdirishda davom etar ekan, shuni unutmaslik lozimki, harbiy qudrat ham kapitalizmning ishtahasini yopish yo`lidagi o`z xizmatini davom ettiradi. Sababi moliyaviy kapitalizm egallay olmagan hududni harbiy kuch egallaydi va uni kapitalizm uchun bo`ysundiradi.
 
Zamonaviy imperializm sabab paydo bo`layotgan tabaqalar orasidagi jarlik esa dunyo bo`ylab ommaviy noroziliklar va isyonlarni keltirib chiqaradi. Ming afsuslar bo`lsinki, bunday noroziliklar ham kapitalizm uchun hizmat qiladi. Qo`g`irchoq hukumatlarni qulatish ham kapitalizmni to`xtatib qololmaydi. Xalqlarning qanday qilib zamonaviy imperializm changalidan omon qolishi mumkinligi haqida keyingi maqolalarimizda yozishga harakat qilamiz.  

 

O'xshash maqolalar

  • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
  • Demokratiya yoki Tinchlik?
  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
  • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda