• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
10 Apr2013

Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)

10 Aprel 2013. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Oldingi maqolalarimizda islomizmning paydo bo'lishi va uning xalqaro harakatga aylanishi, yo'nlaishlari haqida ma'lumotlar berishga harakat qilgan edik. Bugungi maqolamizda biz XX-asr ohiri va XXI-asr boshlarida dunyoda Islomiy hokimiyatni o'rnatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan xalqaro Jihodning qanday qilib jismoniy ravishda mag'lub bo'lish jarayoni haqida tahlillarimizni havola qilmoqchimiz.

1990-yilda Saddam Husayinning Quvaytni egallashi Islomistlarni ikki guruhga ajratadi. Bir tomonda asosan o'ziga to'q oiladan chiqqan va jamiyatda muhim vazifalarni egallagan, "zamonaviylashgan" musulmonlar, boshqa tomonda esa asosan inqilobiy ruhdagi kambag'al oilalar a'zolari, katta shaxarlarning tashlandiq kvartallaridan chiqqan ziyolilar. Saudiya Arabistoni qiroli Abdulazizni Saddam Husayinning harbiy agressiyasidan himoyalanish maqsadida AQSh va G'arb mamlakatlari qo'shinlarini Arabiston yarimoroliga kiritishi, radikal islomistlar nazarida tuzatib bo'lmas xato bo'ldi. Nasroniy va Yahudiylarning Saudiya Arabistonida bemalol harakatlanishi radikal Islomistlar uchun qabul qilib bo'lmas sharmandalik edi, shu voqeadan boshlab Saud oilasi Islomning ikki muqaddas shaharlarini (Makka va Madina) himoyachisi degan nomga nomusnosib deb topiladi va qirollik oilasining obro'si tushib ketadi, ayniqsa Ben Laden va uning izdoshlari uchun. Islomistlar uchun AQSh va G'arbning Arabiston Yarimoroliga kiritilishi, so'ngra Iroqqa hujum qilishi, Sovet ittifoqining Afg'onistonga kirishi bilan barobar edi, ya'ni "kofirlarning" Islom yeriga bostirib kirishi deya qaraladi. Bu esa o'z navbatida radikal Islomistlar tomonidan Himoya Jihodiga chorlashga olib keldi. Salafistlar va Musulmon Birodarlar bu vaziyatdan foydalanib Arabiston yarimorolida tartibsizliklarni keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Ben Laden payg'ambar Muhammadning o'lim to'shagida yotgan paytidagi "Nasroniylar va Yahudiylarni Arabiston yarimorolidan quvib chiqaringlar" degan jumlasidan foydalanib aholini jihodga chorlaydi. Lekin Saudiya Arabistonining qattiqo'l repressiyalari va bu mamlakatdagi iqtisodiy sharoitning yahshiligi tufayli Jihodga chorlash hech qanday natija bermaydi. Saudiya Arabistoni esa AQSh harbiy bazalarini o'z hududida saqlashda davom etadi va davom etmoqda.

1992-yilda Qobulni Afg'onlar koalitsiyasidan tuzilgan Mujohiddinlarni qo'liga o'tishi bilan Afg'onistondagi jihod nazariyasiga nuqta qo'yiladi. Abdulloh Azzamning halok bo'lishi bilan Falastindagi jihod boshi berk ko'chaga kirib qoladi, Hamas guruhining Falastin ma'muriyati bilan qarama qarshiliklari esa bira to'la bu hududlardagi Muqaddas urushlarni davom ettirish umidini yo'qqa chiqaradi. Tojikiston, Checheniston, Bosniya, Misr, Jazoir va Kashmirlarda yangi Jihod frontlarini ochilishiga qaramasdan, ulardan hech biri ko'zlagan natijaga erisha olmaydi.

Misrda jihodchilar asosan politsiya, harbiylar, Koptlar va turistlarni hujum qilinadigan subektlar sifatida ko'z ostiga oladilar. Lekin bu zo'ravonliklar juda qisqa davr, 1995-yilgacha davom etadi. Asosiy baza bo'lmish Afg'onistondan uzilib qolgan Misrlik jihodchilar 1992-yilda Misr hukumati tomonidan kuchli repressiyaga uchraydilar, ularning asosiy yig'ilish maskani bo'lmish Embaba kvartalida hukumat keng ko'lamli reydlarni o'tkazadi. Shu voqeadan so'ng Qohiralik jihodchilar shaharni butunlay tashlab chiqib mamlakat janubiga, Nil daryosini yuqori qismlariga partizanlik harakatlarini amalga oshirish uchun chekinadilar. Davlat mazkur regionni xavfli deb e'lon qilib turistlarga bu hududga kirishni ta'qiqlab qo'yadi. Shu asnoda o'z kuchini yo'qotgan Misrlik jihodchilar mamlakatga iqtisodiy zarar yetkazish orqali uni qulatish taktikasiga o'tib oladilar. Lekin hududdagi mahalliy aholini asosiy yashash manbai bo'lmish turizmning bo'gib qo'yilishi va hukumatning bu hududlarga ijtimoiy e'tibori kamaygani tufayli, mahalliy aholi jihodchilarni yashash sharoitlarni og'irlashtirganlikda ayblab, ularga qarshi kurashga kirishib ketadi. Natijada qishloq hududlaridagi jihodchilar hukumatning hech qanday aralashisiz mahalliy aholi tomonidan haydab chiqariladi.

Ohirgi umidlarini Misrdagi butun islomiy kuchlarni biriktirish orqali Jihod qilishga tikkan jihodchilar bu borada ham to'siqlarga ucharydilar. Chunki mamlakatning asosiy Islomiy harakatlaridan biri bo'lmish Musulmon Birodarlar asosan o'rtamiyona aholi va hunarmandlardan tashkil topgan bo'lib, ular uchun qo'lga qurol olib jihod qilish fikri shunchalar yiroq ediki, buning uchun ularda na xohish va na birlashtiruvchi maqsad yo'q edi. 1996-yildan boshlab Misr hukumati partizan Jihodchi kuchlariga tinimsiz zarbalar beradi. Hatto Jihodchilarning o'zi ham zo'ravonlik harakatlar orqali natijaga erishishga shubha bildira boshlaydilar. 1997-yildagi Gama Islamiya harakatining o'nlab turistlarni vahshiylarcha qatl qilishi Misrdagi jihodchilar haqidagi tasavvurlarni butunligicha salbiy tomonga burib yubordi. Aholining hukumat bilan hamkorlikka kirishishi oqibatida Misr umumiy ravishda Jihodchilardan tozalandi, garchi Islomizm saqlanib qolgan bo'lsa ham, u endi zo'ravonlikni emas, balki ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy-milliy harakatlarga aylandi.

Bosniyadagi Jihodchilar strategiyasi umuman boshqa tusga ega bo'lib, ular uchun Bolqon yarim oroli asli Musulmon yeri bo'lib, kofirlar esa uni egallab olgandirlar. Shundan kelib chiqib Jihodchilar bu hududda Himoya Jihodini qo'llay boshlaydilar. Lekin Jihodchilar orasida hech qanday Bosniyaliklar bo'lmagan (Afg'oniston va Pokistonda Bosniyalik ko'ngillilar bo'lmagan) va Bosniyaliklarning Islomi, Salafistlarning "Sof Islomidan" farq qilib mahalliy odatlar ta'sirida ancha o'zgargan edi. Jihodchilar Bolqon yarimorolidagi etnik urushlarni Diniy urushlarga aylantirish uchun ko'p harakatlar qiladilar, Serblar tomonidan qilingan geontsidlarni Islomga qarshi hujum deb e'lon qilib, Serblarni yangigina uzilgan boshlari bilan Jihod propogandasi uchun rasmlarga tushadilar. Bunday zo'ravonlikdan cho'chigan va "Sof Islom" konseptsiyasini o'ziga yot bilgan Bosniyalik aholi Jihodchilarga qo'shilishdan bosh tortadi. Afg'onistondagi kabi chetdan keluvchi moliyaviy yordamning yo'qligi va bu safargi dushmanlar (Yevropa va AQSh) ulardan to'laligicha ustunligi Jihodchilarni mag'lubiyatga yuz tutishlariga olib keladi. Ohir oqibat qolgan qutgan Jihodchilar Albaniyaga chekinib u yerda so'ngi marta Jihod hurujini amalga oshiradilar, lekin Albaniya hukumati yaqqol ustunlikni qo'lga olgan holda ularni qo'lga olib Saudiya Arabistoni va Misr hukumatlariga xalqaro jinoyatchi sifatida sotib yuboradi.

Bolqon yarimorolidagi Jihod Islomistlar uchun moddiy mag'lubiyat bo'lgan bo'lsa ham, Islomizmning Yevropalashtirilishida katta rol o'ynaydi. Moviy ko'zli va Sariq sochli Jihodchilar keyinchalik Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadagi Yevropalik aholini Islomizmga tortishda katta ahamiyat kasb etgan.

Jazoirda Jihodchilarning harakati qisqa lekin unumli bo'ladi. 1989-yilda yaratilgan Islom Salom Fronti, tezlik bilan o'ziga hayrihoh aholini atrofida yig'ishga erishadi. Bu ko'ngillilarning asosiy qismi shaharlarda yashovchi ishsiz yoshlar (ko'p hollarda oliy ma'lumotli) va aholining kambag'al qatlamlaridan tashkil topgan edi. Lekin, huddi boshqa musulmon mamlakatlaridagi kabi Jihodchilar zo'ravonlikka urg'u beradilar, ayniqsa ularni vahshiyliklarni namoyishkorona oshkor qilishlari xalqning qo'llab quvvatlashini yo'qqa chiqardi. Jazoirlik maxfiy xizmatlar zudlik bilan bu harakatlarga massiv ravishda o'z xufiyalarini kiritadilar. Aynan shu xufiyalarning qatnashuvi bilan Fransiyada Islom Salom Fronti nomi bilan terroristik harakatlar amalga oshiriladi. Natijada Fransiya Respublikasi Jazoirdagi Jihodchilar harakatini yo'q qilish uchun barcha sa'yi harakatlarni amalga oshiradi. 1996-yilga kelib Islom Salom Fronti faqat ko'zga ko'ringan liderlarining a'zoligi bilan mavjudligini saqlab qolgan edi. Jazoir hukumati aynan shu yili ohirgi repressiv to'lqinni jo'natadi. Ko'pchilik Jihodchilar qo'lga olinadi, kamchiligi Sahroi Kabirdagi ko'chmanchi arab qabilalariga qo'shilishga muvaffaq bo'lib keyinchalik Mag'rib Islomiy Al-Qoidasining faollariga aylanadilar.

Sobiq Sovet hududidagi Jihodlar boshqa hududlardan farqli ravishda zudlik bilan kuchli repressiyalar bilan bostiriladi. Hukumat propogandasi yordamida mahalliy aholida Islomizmga qarshi kuchli salbiy taasurot uyg'otiladi. O'rta Osiyo mamlakatlarida Islomizmni to'g'ridan-to'g'ri giyohvandlik natijasidagi harakat deya ko'rsatiladi, undan tashqari soqol qo'yib, salla o'rab, qurol ko'targan Jihodchilar mahalliy aholida qo'rquv hissini uyg'otar edi. Chechenistonda tashqi kuchlarni qo'llab quvvatlashiga qaramasdan, Rossiya o'zining eng zamonaviy va ommaviy qirg'in qurollari bilan hujumni qa'ttiyatlik bilan davom ettiradi. Chechenistondagi urush bora bora Muqaddas urushdan Mustaqillik harakatiga aylana bordi. Ikkinchi Chechen urushidan so'ng bu hududda Jihodchilar havfi batamom bartaraf etildi. Qodirovning hukumatga keltirilishi esa Jihodchilar harakatini chechen milliyligi mafkurasi ostida yo'qolib kelishiga olib keldi.

Tojikistondagi Fuqarolar urushini Muqaddas Islomiy urushga aylantirishga urunishlar zoe ketadi. Asosan Leninobod fraksiyasi tomonidan boshqarilib kelgan bu mamlakat, sobiq Sovet Ittifoqidagi eng kambag'al mamlakatlardan biri bo'lib, mustaqillik e'lon qilingandan ko'p o'tmay mamlakat fuqarolar urushiga sho'ng'ib ketadi. Bir tomonda Rossiya o'zining 201-diviziyasini kiritish bilan, boshqa tomonda O'zbekiston Leninobod Fraktsiyasi liderlari va Tojikistonlik o'zbek generallari orqali, fuqarolar urushida Islomistlar kuchlarini bartaraf qilishni uddasidan chiqdilar. Urushning cho'zilib ketishi va ohirgi yillarida urushdan ko'ra bu hududning narkotrafik zonaga aylanishi, urushga chek qo'yish lozimligini talab qiladi. Rossiya va O'zbekiston urushga chek qo'yishni talab qilib chiqadi va Ko'lobiylar fraktsiyasidan bo'lmish Imomali Rahmonov prezidentlikka keltiriladi. Fuqarolar urushi tugaydi. Ko'p o'tmay sobiq Islomistlarga qarshi repressiyalar boshlanadi.

Jihoddan Terrorizmga

1996-yil Xalqaro Jihodning yakuniy bosqichi bo'ladi, lekin Islomizmga ancha sho'ng'igan jihodchilar bor imkoniyati bilan harakatlarini davom ettiradilar. Endilikda ularni kurashini asosini Terrorizm tashkil qila boshlaydi. Butun dunyo bo'ylab bir qancha portlashlar uyushtiriladi. Portlashlarning asosiy qismi AQSh, G'arb mamlakatlari va ularning ittifoqchilariga qaratilgan edi, shu jumladan Musulmon davlatlariga ham. Bu terroristik aktlar markazida Ben Ladenning shaxsini roli juda kattadir. Asil kelib chiqishi Saudiya Arabistonilik bo'lgan va Al-Qoida tarmog'ining asoschisi sifatida u, barcha eski Afg'on mujohidlari bilan aloqlarni saqlagan holda Xalqaro terrorizmni yoyishga muvaffaq bo'ladi.

Har hil mamlakatlardagi mahalliy musulmon aholini umumiy jihod uchun safarbarlikka olib chiqishning uddasidan chiqa olmagan radikal islomistlar dunyoda ularning kuchi va ta'siri keng yoyilganligi taasurotini qoldiruvchi, katta tomoshalarga boy - terrorga e'tibor qaratadilar.

Bu terroristik harakatlar dastalb jonsiz vositalar orqali amalga oshiriladi. Bino ostidagi parkingdagi avtomobil vositasi, metroda unutib qoldirilgan quti va boshqa vositalar terrorizmning dastlabki uskunalaridan bo'ldi. Bu aktlarni amalga oshiruvchilarning asosiy ko'pchiligi eski afg'on mujohidlari yoki islomiy talabalardan tashkil topgan edi. Ularga maqsad qilib AQShni yo'q qilish yoki dunyoda Islomiy davlat o'rnatish kabi yuksak marralar ko'rsatilar edi, lekin oddiy bir mujohiddin uchun bunday maqsadlar haqiqatdan uzoqligi va tez amalga oshmasligi tufayli ularga har birining kelib chiqishiga qarab dastlab mahalliy maqsadlarni marra qilib belgilana boshladi. Masalan musulmon mamlakatlarni islomiylashtirish, keyinchalik bir Halifalik ostida birlashtirish va hakozo.

Lekin bu uslublarning hammasidan ham u dunyoning saodati haqidagi va'dalar, islomistlarni o'zini o'zi qurbon qilishgacha olib boruvchi omil bo'lib xizmat qildi. Islomda dastlab o'z jonini biror maqsad yo'lida qubon qilish Shialarning Assasin mazhabida o'rta asrlarda kelib chiqqan bo'lib, bizning asrimizga kelib esa 80-yillardagi Iroq-Eron urushida, Eronlik shialar orasidan o'z armiyasiga yo'l ochish maqsadida Iroqning minalashtirgan hududida o'zini qurbon qilish holatlari ko'p kuzatilgan. Keyinchalik bu amaliyot Hezbolla guruhi tomonidan Livanning janubidagi to'qnashuvlarda qo'llanilgan.

Afg'onistonda Sovetlarga qarshi urush davrida o'z-o'zini portlatishlar deyarli bo'lmagan, dushmanga tik qarab borish strategiyalari qo'llanilgan bilan, o'z joniga qasd qilishni bu yo'li kuzatilmagan edi. Keyinchalik o'zini-o'zi portlatish amaliyoti Yaqin Sharqdagi Shialardan Sunniy Arablarga ko'chib o'tadi.

1996-2001 yillar orasida dunyoda o'zini-o'zi portlatuvchi kamikadze jihodchilar bir qancha terroristik harakatlarni amalga oshiradilar. Bu o'z joniga suiqasdlar Islomistlarning qanchalik darajada mafkuraviy va harbiy jihatdan boshi berk ko'chaga kirib qolganin bildirar edi. Arab va Musulmon mamlakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni o'ta yomonligi hamda bu mamlakatlarni egallab olgan siyosiy boshqaruvchilarning o'ta avtoriterligi (ko'pchiligi monarxiya), shaxsiy erkinlikni kesib qo'yilganligi, kelajakka ishonchni yo'qligi, ustiga ustak "kofir" mamlakatatlar bo'lmish AQSh va Isroilning kuchga to'lgan va agressiv armiyalarining hujumlari oldida ohirgi chora o'zini o'zi shahid qilish bo'lib qolgan edi go'yo.

Bunday kamikadzelar harakatiga qaramasdan na AQShda, na g'arb mamlakatlarida va na Musulmon mamlakatlarida katta siyosiy o'zgarishlar yuz bermadi, aksincha mahalliy hukumatlar aholiga tashqi kuchlarning xavfi kattaligini pesh qilgan holda o'zlarining boshqaruv kursilariga mustahkamroq o'rnashib oldilar (deyarli barcha musulmon mamlakatlari Diktatorlik rejimiga aylandi), G'arb dunyosida esa Musulmonlarga nisbatan nafrat, Islom dunyosidan esa xavfsirash yuzaga keldi, buni tovonini esa G'arb mamlakatlariga immigrant bo'lib kelgan musulmonlar to'laydilar va nihoyat Isroil-Falastin to'qnashuvlariga chek qo'yish imkoni tug'ilgan bir paytda, Hamas Islomiy guruhining o'ta darajada radikallashishi oqibatida Isroil o'z tinchligini xavf ostida deb baholab, Falastinga nisbatan sergaklik bilan yondashishda davom etadi.

Falastin va Isroil orasidagi 2000-yillardagi aloqalarni taranglashishi ikki tomon hukumat boshqaruvchilarining siyosiy maqsadlarining ham oqibatidir. Bir tomonda Yosir Arofatning va uning atrofidagi siyosiy arboblarning obro'si Falastinliklar orasida tinimsiz ravishda tusha boshladi. Mazkur guruh korrupsiyaga uchragan va ayni paytda Isroilning o'z hududini administrativ yo'l bilan kengaytirishga hech qanday qarshilik qila olmayotgan iqtidorsiz siyosatchilar sifatida ko'rina boshladi. Isroilni bosqinchi dushman va muzokaralarga yopiq hukumat qilib ko'rsatish Arofatga o'z obro'sini tiklab olishga imkon yaratishi mumkin edi. Isroil tomonida o'z navbatida Ariel Sharon 2001-yildagi fevral oyida o'tkazilishi mo'ljallangan saylovlarda o'z partiyasini g'olib chiqishini ta'minlash uchun Falastin boshqaruvchilar bilan to'qnashuvlarni keskinlashtirishni ko'zda tutmoqda edi. Ikki tomon ham ommaviy axborot vositalar orqali radikal va xalqchil (populist) axborotlarni tarqatishda davom etadilar. Bunday taranglashuv 2000-yilning sentyabr oyida Iuresalim shaxridagi Katta Masjid oldidagi to'qnashuvlar bilan bira to'la urush holatiga aylanadi. Shu bilan "Ikkinchi Intifada" boshlanadi.

Oldingi Intifadalardan farqli o'laroq, bu to'qnashuvlarda qurbonlar sonini 3-4 barobar ko'pchilikni tashkil qildi. Ikki tomon ham siyosiy sabablarga ko'ra to'qnashuvlarda chekinishga yo'l qo'ymaydi, bir tomonda Falastinliklar umumiy ravishda Isroilga qarshi qo'zg'olon ko'targan bo'lsa, boshqa tomonda Isroil armiyasi AQSh yordami bilan jihozlangan eng so'ngi texnologiyadagi qurollari bilan oddiy fuqarolarga qarshi jang qiladilar.

Arab dunyosining va boshqa musulmon davlatlarning bu voqealar oldida qo'l qovushtirib qarab turishi va jahon miqyosidagi ommaviy axborot vositalarida Falastinlik qurbonlar soniga be'tiborlik ko'rsatilishi, butun musulmon dunyosida alamzadalik kayfiyatini kuchaytiradi. O'zining ham iqtisodiy, ham harbiy sohasidagi G'arb davlatlariga qaramligidan hech bir Islomiy (Sunniy) mamlakat bu urushda musulmonlarga yordam qo'lini cho'za olmaydi.

2001-yil 11-sentyabr voqealari aynan shunday umumiy adolatsizlik kayfiyati cho'qqisiga chiqqan davrda amalga oshiriladi va uning asosiy tashkilotchilaridan biri deb gumon qilingan Usama Ben Laden Musulmon dunyosida go'yoki Falastin uchun o'ch olgan qahramon sifatida namoyon bo'ladi, garchi Ben Laden uchun Arabiston yarimorolidagi geopolitik o'zgarishlar Yaqin Sharqdagiga qaraganda muhimroq bo'lgan bo'lsada. Arab-Musulmon dunyosida bu voqealar birinchi navbatda o'ch olish bo'lib qaralgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan bu hujum qurbonlarining sonini ko'pligi va vahshiylarcha tinch aholiga hujumni amalga oshirilganligi tufayli, Musulmonlar orasida bu terroristik hujum Islomistlar tomonidan emas balki AQShning o'zi tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar yaratila bo'shladi. Ko'pchilik bu taxminni o'z navbatida Ben Ladenni dastlab SRU va FBR xizmatlari bilan yaqin aloqada bo'lganligi bilan oqlasa, yana boshqalar hujum qilingan binoda Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilganigiga urg'u berar edilar.

2001-yil 11-sentyabrda AQSh hududiga uyushtirilgan terroristik hujumlar. 

Jihodning tanazzuli

11-sentyabr voqealaridan keyin dunyo Jihodchilarining jismoniy tarzda deyarli yo'q bo'lishiga asosan ikki voqea kuchli  ta'sir ko'rsatdi.

Birinchi: 11- sentyabr voqealaridan keyin ko'pchilik mamlakatlar o'z hududlarida joylashgan har qanday islomiy guruhlarni xalqaro terrorchi guruhlar ro'yhatiga qo'shishga muvaffaq bo'ladi. AQShning "jahldorligidan" foydalangan ko'pchilik Arab-Musulmon mamlakatlari (katta ko'pchiligi diktatorlik va totalitar tuzum) bu vaziyatdan foydalanib o'z hududlarida faoliyat olib borayotgan hukumat bilan ziddiyatda bo'lgan (Islomga aloqador yoki aloqador bo'lmagan) ko'pchilik nodavlat jamiyatlar, siyosiy partiyalar va muholif uyushmalarni "terroristik" guruhlar va uyushmalar sifatida baholashga va ularga qarshi ochiqchasiga repressiyalar olib borishga muvaffaq bo'ladilar. Natijada bu davlatlarda aholida nafaqat Jihod yoki Islomizmga, hatto Islomga ham ehtiyotkorlik bilan yondashish vujudga keladi. Bu esa Jihodchilarni yangi faollarni to'plashida juda katta to'siqlarni keltirib chiqaradi. Musulmon olamining katta qismida Terrorizm va zo'ravonlik qattiq qoralanadi, aynan shu ikki mexanizm jihodning asosiy harakat vositasi bo'lib qo'llanilganligi tufayli, jihodchilarga bo'lgan umid, ularga bo'lgan nafratga aylanadi.

Ikkinchi: Jihodchilarning asosiy uyi bo'lmish Afg'onistonga AQSh va G'arb davlatlarining hujum qilishi, Tolibonlar hukumatini ag'darilishi va buning oqibatida AQSh O'rta Osiyo va uni atrofida strategik hududlarni egallagan holda, Rossiya va Xitoy kabi raqobatchilari bilan Xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikni amalga oshirganidadir. Endilikda barcha dunyoning kuchli davlatlari o'z hududlarida va boshqa regionlarda Islomni o'ziga instrument qilib olgan separatist, terrorchi va hatto ijtimoiy guruhlarga qarshi ham bemalol repressiya qilish "huquqini" qo'lga kiritgan edi. Bu Jihodchilarning faoliyatiga kuchli zarba bo'ldi, nafaqat mavjud jihodchi otryadlar yo'q qilindi, balki yangi jihodchilarni yollash juda qiyin bo'lib qoldi. 

11-sentyabr voqealaridan so'ng AQSh va G'arb mamlakatlari Xalqaro Terrorizmni Islom va Musulmon dunyosi bilan bog'lagan holda ulkan propoganda mashinalarini ishga soladilar. Bush administratsiyasi bunday vaziyatdan foydalangan holda AQSh manfaatlariga zid tarzda siyosat olib boruvchi va har qanday kelishuvni rad qiluvchi mamlakatlarga qarshi siyosiy siquvlarni kuchaytira boshladi. AQSh prezidenti o'zining bayonatlarining birida Xalqaro terrorizmga tayanch bo'lgan mamlakatlar  ro'yxatini e'lon qiladi, unga ko'ra Shimoliy Koreya, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Sudan va Suriya xalqaro terrorizmni qo'llab quvvatlovchi mamlakat sifatida ko'rsatilgan edi. Ben Laden va uning oilasini hamda 11-sentyabrdagi samoletlar boshqaruvini qo'lga olgan 19 terroristdan 15 tasining vatani bo'lmish Saudiya Arabistonining nomi bu ro'yxatdan o'rin olmagan edi, bundan tashqari Jihodchilarni qo'llab quvvatlashda markaziy rolni o'ynagan Pokiston ham bu davlatlar qatoridan joy olmagan edi. Bu esa AQShning aynan shu voqealar orqali o'ziga raqib deb hisoblagan mamlakatlar ustidan nazorat o'rnatishga harakatini yaqqol ko'rsatib bergan. Bayonatni Bush "Har bir qi'tadagi mamlakatlar hozir bir qarorga kelishlari shart: yo ular biz bilan yoki terroristlar bilan" degan jumla bilan yakunlaydi.

Albatta, bu ro'yxatdagi mamlakatlarning ko'pchiligi bunday tahdidni kuchli tanqid bilan qarshi oladilar (Shimoliy Koreya, Kuba, Eron va Iroq), lekin qolgan mamlakatlar uchun mamlakatlar hududidagi Islomistlarni AQSh hamkorligi bilan yo'q qilish ularga ma'qul tushgan fikr sifatida qabul qilinadi. O'z hududida Islomiy radikalizm kuchayishidan xavfsiragan Suriya, Liviya va Sudan mamlakatdagi terrorchilarga va dunyodagi terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Shu bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Mag'rib mamlakatlari, Misr va Hindiston ham bu chaqiriqqa ijobiy ravishda javob berib, Terrorizmga qarshi kurash nazariyasini o'z hududlaridagi separatist qo'zg'olonchilarga qarshi qaratadilar (Rossiya-Shimoliy Kavkazga, Turkiya-Kurd separatistlariga, Xitoy-Uyg'uristondagi separatistlarga, Mag'rib mamlakatlari-Islomiy muholifatchi partiyalarga, Misr-Musulmon Birodarlar va boshqa Islomiy guruhlarga, Hindiston-Pokiston tashqi siyosatiga va Hindistondagi radikal musulmonlarga).

Shunday qilib bir paytlar Afg'on tuprog'iga yig'ilib, ulkan ideologik kuchga aylanib keyinchalik o'z vatanlarida Jihod markazlarini yaratgan jihodchilarni bartaraf qilish uchun mahalliy hukumatlarga ulkan imkoniyatlar ochiladi. Undan tashqari AQSh boshchiligidagi butun G'arb dunyosidagi Jihodchilar tarmoqlari fosh qilinib birin ketinlik bilan ularni ildizlari quritiladi.
Voqealarning rivojlanishi bilan Jihodchilar jismoniy kuch sifatida bartaraf qilinadi. Ularning eng birinchi maskani bo'lmish Afg'oniston yana bir bor ular uchun ohirgi maskanga aylanadi. Lekin Sovetlarga qarshi urushdan farqli o'laroq bu safargi urush Jihodchilar uchun o'ta o'limga boy bo'ladi. 80-yillar texnologiyasi bilan qurollangan va hech qanday tashqi yordamga ega bo'lmagan (ayrim badavlat shayxlardan tashqari) jihodchilar, endilikda dronlar va eng ohirgi texnologiyalar bilan qurollangan professional armiyalarga qarshi jang olib borishlariga to'g'ri kelardi. Bunday tengsizlikni oqibatida esa Jismoniy Jihod asta sekinlik bilan bu dunyodan chekinib informatika dunyosidagi Virtual Jihodga aylana boshladi. Tez orada eski harbiy lagerlarda amaliyotlarni o'tagan jihodchilar o'z kompyuterlari orqali dunyoning eng katta informatsion bazalari vositasida dunyoga Jihod nazariyasini yoyishga o'tib ketishadi. Bu galgi urush ilgarigi janglardan butunlay farq qilgan holda, aholini jismoniy emas balki ongini mafkuraviy og'dirishga qaratilgan bo'ladi. 

Biz aynan shu Jihod va Islomizm propogandasi mavzusida keyingi maqolamizda batafsil ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
  • Geopolitika va Din: Islom
  • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
  • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
  • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda