• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
24 Fev2014

Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari

24 Fevral 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

21-asr xalqaro munosabatlariga nazar soladigan bo’lsak, millatlararo munosabatlarda his-tuyg’ular geopolitikasi juda muhim o’rin egallaganiga guvoh bo’lamiz. Bu holat insoniyatning bugungi kunga kelib tobora ijtimoiylashib borayotganidan dalolat beradi. Ayrim hollarda insonning yashashi uchun biologik zarur bo’lgan sharoitlar mavjud bo’lsa-da, xalqlarning noroziliklari yakun topmayotganining guvohi bo’lamiz. Bunga bir nechta sabablar mavjud. Shularning asosiy ustunini jamiyatlarning haddan tashqari ijtimoiylashtirib yuborilishi sababdir. Iqtisodiy ahvolning tangligiga qaramasdan va globallashuv jarayonining yoprilib kelishi kuchayishi davom etsa-da, xalqlarda o’z urf-odatlariga sodiq qolish, o’zligini hech narsaga almashtirmasligi holati juda yaqqol kuzatilmoqda. O’zlik masalasining kunning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanishi G’arb va Sharqda kuzatilmoqda. Agar Musulmon dunyosida G’arb dunyosiga nisbatan iqtisodiy-siyosiy ortda qolish sababli alamzadalik yuzaga kelgan bo’lsa, G’arb dunyosida hozirgi holatdagi qulay sharoitlarga ega bo’lgan hayotni qo’ldan boy berib qo’yish qo’rquv hissi mavjud. Ikki holatda ham bu ikki sivilizatsiya orasida bir-biriga nisbatan nafrat hissi keyingi 15 yillikda o’z cho’qqisiga yetdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin o’zlik muammosi nafaqat bu ikki sivilizatsiyada balki dunyoning boshqa hududlarida ham mavjuddir. Ya’ni kishilarda hududlarga nisbatan o’z o’zligini namoyon qilish piramidasimon tus oldi, bir davlatning fuqarosi o’sha mamlakatning viloyatida yoki o’z qishlog’ida birinchi navbatda o’zini mahalliy aholi ekanligini faxr bilan izhor etadi, o’sha mamlakatning fuqarosi ekanligi ikkinchi darajali bo’lib qoladi. Misol uchun Suriyalik Arab bilan Livanlik Arab o’z o’zliklarini ikki xil ko’rinishda namoyon qiladilar, Livanlik Arablar orasida esa dini va yashaydigan hududiga nisbatan bo’linishlar mavjud.

O’z navbatida bunday o’zlik muammosi davlat apparatlarini ham cheklab o’tayotgani yo’q. Bir tomondan iqtisodiy manfaatlar, boshqa tomondan siyosiy o’yinlar siquvga olgan paytda o’zlikni namoyon qilish bir mamlakatning ahvolini yanada tanglashtirib qo’yishi, bu esa ushbu hukumatning noto’g’ri qaror qabul qilishiga sabab bo’lishi mumkin. Aynan shunday his-tuyg’ularni mamlakatlar siyosatiga aralashishi yoki xalqlarning his-tuyg’ularidan instrument sifatida foydalanish jahon siyosatida ayanchli oqibatlarga olib keldi. Birgina AQSh va boshqa G’arb davlatlarning Iroqqa intervensiya qilishi bunga yaqqol misoldir.

Geopolitik ko’z bilan qarasak davlatlarning tashqi siyosati har qanday his-tuyg’u va prinsiplardan xoli bo’lishi lozim. Davlatning yagona yo’nalishi bu o’z manfaatlarini himoya qilishdir. Lekin II Jahon Urushining falokatli oqibatlari va undan keyingi jahondagi ideologiyalarning to’qnashuvi tufayli geopolitik metodlar tubdan o’zgardi. Aniq ko’zlangan maqsadga ochiqlik bilan yondashish davlatlarni insoniylik prinsiplaridan va adolat tushunchalaridan uzoqlashtirib qo’yar edi. Bunday holatlarni oldini olish uchun qudratli davlatlar turli xil “niqoblovchi ideologiyalar”ni qo’llay boshladilar. Asosan ikki qutbga ega bo’lgan ideologik dunyoda, AQSh boshchiligidagi G’arb mamlakatlari, asosiy e’tiborlarini Inson Huquqlari va Demokratik prinsiplarini ishlatgan holatda o’z siyosiy-iqtisodiy maqsadlarga erishishga qaratdilar, o’z navbatida Sovet Ittifoqi boshchiligidagi Sotsialistik mamlakatlar asosiy e’tiborlarini Kapitalizmga, ijtimoiy tengsizlik va boyliklarni notekis taqsimlanishiga qarshi kurashuvchi, kommunistik ideologiyalarga qaratdilar.

1991-yilda Sovet Ittifoqining qulashi, AQSH va G’arb mamlakatlarini xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamladi. Bunday g’alaba o’z navbatida Inson Huquqlari va Demokratiya tushunchalarini instrument sifatida ishlatilishini oqladi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin oradan ko’p o’tmay G’arb mamlakatlari dunyodagi gegemonlik uchun ulardagi qudrat yetarli emasligiga amin bo’ldilar. Bu esa ularning o’z ideologik qarashlarini yoyishiga zo’r berishlariga olib keldi. Natijada 21-asrga kelib Demokratik qarashlar mamlakatlarga, hattoki, urushlar orqali majburlab kiritila boshladi. Shu darajaga borib yetdiki, yangi qurilayotgan jamiyatlarda Demokrtaiya va Inson Huquqlari tushunchalariga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan yondashila boshlandi. O’z navbatida bu G’arb davlatlarining siyosiy va iqtisodiy ta’sirini cheklanishiga olib keldi. Hozircha G’arb davlatlari bu metodlaridan voz kechganlaricha yo’q, ular shu davrgacha qurgan qudratlari bilan jahondagi mavqeini ushlab turishga harakat qilishmoqda, lekin 2000-yillar boshi bilan solishtiradigan bo’lsak, G’arb dunyodagi muhim strategik hududlarda o’z ta’sirini qisman yoki butunlay yo’qotdi.

Xo’sh, agar G’arb dunyosi o’zining haqparastligi va o’z prinsiplarini boshqalardan ustun qo’yish orqali boshqa mamlakatlarni o’zidan uzoqlashtirgan bo’lsa, ular ushlab turgan iqtisodiy faollikni kimlar davom ettirmoqda? Bu savolga umumiy qilib javob berish qiyin, chunki dunyodagi deyarli barcha davlatlar o’z tashqi siyosatlariga his-tuyg’ularni aralashtirib bo’ldilar, xoh u G’arb ideologiyasiga yon bosish bo’lsin, xoh unga qarshi kurashish bo’lsin. Faqatgina barmoq bilan sanoqli davlatlargina bunday o’zlikni namoyon qiluvchi ideologiyalardan tashqarida turgan holatda o’z iqtisodiy mavqeini va xavfsizligini ta’minlashda davom etmoqdalar. Bunday davlatlar sirasiga birinchi navbatda Xitoy va Germaniya yaqqol misoldir.

Xitoy – minglab yillik tarixga ega va o’z navbatida xalqaro ahamiyatga ega mamlakatdir. O’zining iqtisodiy va siyosiy qudratining yuqoriligiga qaramasdan, Xitoy xalqaro muammolarga o’ta sovuqqonlik va pragmatizm bilan yondashadi. Eng qizig’i, biror bir xalqaro doiradagi muammoni hal qilishda u G’arb davlatlariga yon bosmaydi, va o’z pozitsiyasini ochiqlik bilan bildiradi, shunga qaramasdan bunday qarshilik uning G’arb mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalariga putur yetkazmaydi. Xo’sh, qanday qilib Xitoy bunday muvozanatni saqlab turibdi?

Birinchi e’tiborimizni Xitoy falsafasiga qaratsak : Bu falsafaning asosi - o’ziga qarshi bo’lgan kuch bilan to’g’ridan-to’g’ri to’qnash kelmaslikdir. Balki o’sha kuchni o’z og’ushiga qabul qilib asta sekinlik bilan uni so’ndirish va undan so’ngina uni boshqarishdir. Bunday ko’rinishdagi holat Xitoyning yuqori lavozimli amaldorlarining va davlat arboblarining harakatlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Bunga misol qilib Tayvan muammosini keltirishimiz mumkin. Tayvan, 1949-yilda Chan Kay Chi tomonidan G’arb kuchlariga xayrixoh guruhlarga boshpanaga aylantirilgandan beri, Xitoy bilan doimiy kelishmovchilikda bo’lib kelmoqda. Lekin Xitoy Xalq Respublikasining harbiy kuchi va Tayvan oroliga xalqaro huquq normalari doirasidagi egalik qilish huquqlarini hisobga olgan holda uni munosabatiga izoh bersak. Tayvanning Xitoy tomonidan butunlay egallab olinmasligiga ko’pchilik tarixiy sabablar keltiriladi, lekin masalaga chuqurroq yondashsak uning asosan iqtisodiy ahamiyat kasb etishini darhol anglab yetamiz. Tayvanga Xitoy psevdo-mustaqil orol maqomini berish bilan shu hudud orqali chet mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi, huddi Gonkong va Makao shahar-davlatlari kabi. Kommunistlar Xitoy hukumati tepasiga kelgan ilk davrlarda mamlakatning iqtisodiy ahvolini tang ekanligini tezda anglab yetadilar. Xitoy butunlay yakkalanib qolmasligi uchun, G’arbning kapitalistik davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarini Taivan, Gonkong va Makao shaharlari orqali davom ettirdi.

Albatta Xitoyning mavjud pragmatik tashqi siyosatida uning yaqin tarixi ham muhim rol o’ynaydi. Azaldan bozor iqtisodiyotiga asoslangan, lekin ijtimoiy tizimlari kuchli bo’lgan Xitoy sivilizatsiyasini Kommunizm to’laligicha yemirib tashlay olmadi. Balki tarixiy iqtisodiy va ijtimoiy tizimni rasmiy tarzda yo’nalishlarga ajratib berdi. Madaniy inqilob va Mao Tse Dunning o’limidan so’ng, 1978-yillarga kelib Xitoy o’z ichki siyosatida kuchli burilish yasadi. Avtoritarizm va Planlashtirish siyosatidan chekinib, mamlakatning markazlashgan kuchli hukumatini desentralizatsiya qila boshladi. Har bir provintsiyaga o’z-o’zini boshqarish va iqtisodiy masalalarda chet-el investitsiyalarini jalb qilish uchun ular bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishga ruxsat berdi. Lekin mamlakatning siyosiy boshqaruvi va ijtimoiy tizimini hukumat o’z qo’liga olib, uni qa’tiyat bilan boshqarib keldi. Natijada Xitoy, tarixda birinchi marta Kommunistik hukumat tomonidan boshqariladigan va bir paytning o'zida Bozor Iqtisodiyotini o’zida mujassam etgan, birinchi gibrid mamlakatga aylandi. Aynan shu islohotlar amalga oshirilgandan beri Xitoy rivojlanishdan chekinganicha yo’q. Bugungi kunda Xitoy iqtisodiy qudrati bo’yicha dunyoda 2-o’rinni, savdo-sotiq operatsiyalari bo’yicha 1-o’rinni, chet-el investitsiyalarini jalb qilish bo’yicha 2-o’rinlarni egallab kelmoqda.

Iqtisodiy qudratning bunday shiddat bilan o’sishi bir vaqtning o’zida Xitoyning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini tobora muhim ahamiyatga ega bo’lishini ta’minladi. Lekin o’zining iqtisodiy va siyosiy kuchiga qaramasdan, Xitoy jahonda yuz berayotgan muhim masalalarni yechishda o’zining masalaga yopiqlik va neytrallik bilan yondashishi bilan ajralib turadi. Sovet Ittifoqining qulashi va ko’pchilik Sotsialistik mamlakatlardagi iqtisodiy tanglik, Xitoy uchun muhim dars bo’lgan desak adashmaymiz. O’zining eng ko’p sonli aholisi, o’ziga xos geografik joylashuvi va hududi bilan Xitoy, izoliotsianizm siyosatini olib borish orqali kelajakda faqat mamalakatning inqirozga yuz tutishini keltirib chiqarishini juda erta anglab yetdi. Ayniqsa 1991-yildan keyin Xitoy tashqi siyosatida dunyodagi globallashuv jarayonida faol ishtirok etishga bo’lgan keng ko’lamli harakatni kuzatishimiz mumkin bo’ladi. Har qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, siyosiy integratsiyani kuchaytiruvchi ittifoqlar Xitoyning nazaridan chetda qolmadi. O’z navbatida Xitoy o'z tashqi siyosatida, mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish uchun bo’lgan harakatlarini, siyosiy ta’sirini kuchaytirish va ideologik qarashlarini yoyishdan ustunroq vazifa deb belgilab oldi. Shu asnoda Xitoy tashqi va ichki siyosatining yo’nalishidan qa’tiy nazar o’zi bilan iqtisodiy hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy shartnomalarni tuzishga kirishib ketdi. Ayni paytda, AQSh boshchiligidagi G’arb mamlakatlari Sovet Ittifoqining qulashidan foydalanib, o’zlarining ideologik urushlariga zo’r bergan holda ko’pchilik yangi paydo bo’lgan va Sovet Ittifoqi himoyasida bo’lgan mamlakatlarda, xavf soluvchi mamlakatlar sifatida taasurot qoldira boshladilar. Bundan tashqari G’arb mamlakatlari tashqi siyosatidagi iqtisodiy manfaatlarini, turli xil umumbashariy qarashlar bo’lmish Demokratiya va Inson Huquqlari kabi qarashlar bilan niqoblab olish holatlari tobora avj ola bordi. Bu esa rivojlanayotgan mamlakatlarda ularga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirdi. Shunday davrda Xitoy eng optimal sotib oluvchi rolini o’ynadi. Chunki Xitoy bilan iqtisodiy kelishuvlarning asosini faqat va faqat ikki tomonning iqtisodiy manfaatlari tashkil etardi va bu o’sha mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga hech qanday to’g’ridan-to’g’ri ta’sir va bosimlarsiz amalga oshirildi.

Agar vaziyatga umumiy tarzda baho beradigan bo’lsak Xitoy nafaqat iqtisodiy tomondan, balki siyosiy tomondan ham g’olibdir. Birinchidan Xitoyning turli mamlakatlarga kiritayotgan investitsiyalari va iqtisodiy hamkorligining siyosiy mevalari kafolatlangandir. Ya’ni Xitoy to’g’ridan-to’g’ri mamlakatga ta’sir o’tkaza olmasada bora-bora investitsiyalar ko’lamini oshishi bilan, mazkur mamlakatlar Xitoyning ta’siriga tushib bormoqdalar. Ikkinchidan Xitoy to’la qonli ravishda xalqaro maydonda o’zini tinchliksevar mamlakat deb atashga haqqi bor. So’ngi 50 yil davomida Xitoy hech qaysi mamlakatning ichki ishlariga aralashmagan, harbiy interventsiya haqida esa gap bo’lishi mumkin emas. Bu esa uning kafolatli sherik statusini yanada mustahkamlaydi. Uchinchidan Xitoy dunyodagi qudratli mamlakatlar sirasiga hech qaysi mamlakat bilan to’qnashmasdan yetib kela oldi. O’zining u yoki bu masaladagi fikrlarini bildirish bilan cheklangan Xitoy, o’zida boshqa mamlakatlarga nisbatan nafrat va dushmanlik kayfiyatini rivojlantirmadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugungi globallashgan murakkab dunyoda Xitoy o’zini dahlsiz ravishda rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shish yo’lidagi eng to’g’ri yo’lni tanladi desak adashmagan bo’lamiz. Kelajakda Xitoyning siyosatida o’zga davlatlarga ta’sir qilish tendensiyasi kutiladi, chunki mamlakatning rivojlanish potensiali oshgan sayin uning birlamchi tabiiy resurslarga bo’lgan ehtiyoji ham oshib bormoqda, ayniqsa energetik resurslarga. Buning oqibatida Xitoy resursga boy mamlakatlarga tobora iqtisodiy jihatdan tobe bo’lib bormoqda, o’z navbatida u mamlakatlar ham Xitoyga tobora qaramlashib bormoqda. Ayni shu tartibni yo’qotmaslik uchun va rivojlanishni bir maromda davom etishi uchun Xitoy qo’lidan kelgan barcha narsani qiladi.

Xitoy hozirgi ko’p qutbli dunyoda o’zining pragmatik mamlakatligi bilan tanildi. Lekin bu kabi ratsional mamlakatlar G’arb mamlakatlari orasida ham topiladi. G’arbning bugungi kundagi o’ziga xos yumshoq yopriluvchi siyosati to’lqinlari ichida ko’zga tashlanmaydigan, lekin o’zinig muhim o’rni bilan ajralib turadigan mamlakat mavjuddir – bu Germaniya.

Germaniyaning dunyo siyosatidagi roli bir tomondan ko’zga yaqqol tashlanmaydi, lekin uning ta’sir doirasi o’zining harbiy kuchining qudrati katta bo’lgan mamlakatlarnikidan ko'p bo’lsa borki lekin kam emas. Misol uchun Nemis harbiy bazalarining dunyo bo’ylab tarqalishi Fransuz harbiylarinikiga qaraganda ancha ko’lamliroq. Lekin dunyo ommasining tasavvurida Fransiya dunyoda muhim harbiy-strategik rolga ega, aslida esa Germaniya bu borada o’z qo’shnisini ancha ortda qoldirib bo’ldi. Shu bilan birga Germaniyaning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va buning natijasida kelib chiqadigan siyosiy ta’siri birmuncha ko’zga tashlanarlidir.

Xo’sh qanday qilib Germaniya bugungi kundagi vaziyatni yuzaga keltira oldi degan savol tug’iladi. Avvalambor bu savolga javob berish uchun uzoq tarixga nazar solish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hammamizga ma’lumki Germaniya birlashtirilishi boshqa Yevropaning qudratli mamlakatlariga qaraganda kechroq amalga oshirilganligi, uning yangi dunyo tartiblariga moslasha olmay qolishiga olib keldi. Mustamlakalardan quruq qolgan holda, qudratli Yevropa mamlakatlari orasida siqilib qolgan Germaniya o’z o’rnini jahon miqyosida topish uchun ikki marta jahon urushini yuzaga kelishiga sababchi bo’ldi. Bu urshlar Germaniya tarixida o'ta salbiy iz qoldirdi. Bir tomondan esa bunday muvaffaqiyatsizliklar Germaniyaga urush yo’li bilan jahonda o’z o’rnini egallay olmasligini ko’rsatib berdi. Ikkinchi Jahon urushi tugagandan so’ng G’arbiy Germaniya tashkil qilindi va uning birinchi kantsleri Konard Adenauerning olib borgan tashqi siyosati Germaniyaning bugungi kundagi tashqi siyosati uslubini poydevori bo’ldi.

Konard Adenauer Ikkinchi Jahon urushi davrida Germaniyaning Yevropa va Jahon qudratli mamlakatlari bilan agressiv munosabat olib borishini befoyda ekanligini tushunib yetdi. U Germaniyaning yuksalishi va tinchligining barqarorligi faqatgina Yevropaga birlashish orqaligina amalga oshirilishi mumkinligini 1-Jahon urushi ohirlaridayoq ta’kidlagan edi. Kantslerlik lavozimiga kelishi bilanoq, Adenauer Germaniyani sobiq dushmanlari bilan yarashtirishga kirishib ketdi. Bu Germaniya tashqi siyosatining o’ziga xos tus olishini birinchi bosqichi edi. 1951-yildayoq Germaniya Yevropa Kengashiga a ‘zo bo’ladi. Keyinchalik G’arbiy Germaniyaning Sotsialistik blok qarshisidagi xavfsizligi faqatgina G’arb ittifoqchilari orqali amalga oshishini anglagan Adenauer, uni 1955-yilda NATO tashkilotiga a’zo bo’lishini ta’minlaydi. Va nihoyat deyarli 100-yillik dushmani bo’lmish Fransiya bilan do’stlik shartnomalari 1963 yilga kelib tuziladi. Bundan keyingi voqealar rivoji ham Germaniyaning G’arb mamlakatlari bilan o’zaro aloqalarini mustahkamlashi va Yevropa Ittifoqini tashkillashtirishni kuchaytirishi bilan davom etdi.

Shuni unitmaslik kerakki 2-Jahon urushidan so’ng Sharqiy Germaniya Sotsialistik blok mamlakatlari doirasiga kirtilgan edi. Agar G’arbiy Germaniya G’arb mamlakatlari bilan aloqalarni yuqori cho’qqisiga yetkazgan bo’lsa sharqiy Germaniya sharqiy Sotsialistik mamlakatlar bilan eng qalin do’stlik munosabatlarini o’rnatadi. Buning oqibatida ikkiga bo’lingan, Germaniyaning ikki tomonida bir-biridan to’laqonli ajralmagan, lekin turli xil yo’nalishdagi jamiyatlar yuzaga keladi. Bu esa uning kelajakdagi tashqi siyosatida juda qo’l keldi, agar Xitoy o’zining Kommunist-Kapitalistik tizimi bilan iqtisodiy gibrid davlat bo’lgan bo’lsa, Germaniya o’zining Sharq va G’arb mamlakatlari bilan o’rnatgan birday mustahkam aloqalari o’laroq siyosiy gibrid mamlakatga aylandi.

Ikkinchi bosqich 1989-yilda Berlin devorini qulashi va Germaniyaning birlashtirilishi bilan boshlandi. Endilikda ikki, bir-biridan farq qiluvchi lekin umumiy asosga ega bo'lgan nemis jamiyatlari bir-biri bilan birlashadi. 1991-yildan keyin deyarli barcha G’arb mamlakatlari Sovet Ittifoqini qulashidan foydalangan holda sobiq Sovet mamlakatlariga to’g’ridan-to’g’ri ko’z olaytirishni boshlaganda, Germaniya Sovet ittifoqining asosiy merosxo’ri bo’lmish Rossiya bilan ko’zga ko’rinarli iqtisodiy aloqalarni o’rnata boshladi. Bunda ayniqsa, Sharqiy Germaniyaning sobiq Sovet Ittifoqi bilan bo’lgan munosabatlari ancha qo’l keldi. O’z navbatida G’arb mamlakatlari bilan ham aloqalar yahshilanib bordi, Yevropa Ittifoqining qurilishi ham birmuncha tezlashdi. Garchi 1990-1995 yillar orasida Germaniya o’zining ichki muammolari bilan ovora bo’lib qolgan bo’lsada, 1995-yildan boshlab Nemis jamiyati qayta birlashtirilib kuchli davlat strukturasi tuzildi. 2000-yillar Germaniya uchun o’zining jahondagi o’rnini mustahkamlash yillari bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yevropa Ittifoqi valyutasining muomalaga kiritilishi, iqtisodiy integratsiyaning Yevropa bo’ylab yo’lga qo’yilishi, uning o’ziga bo’lgan ishonchini kuchaytirdi. 2003-yilgi voqealarda Germaniya jahon ommasi oldida o’zining siyosiy o’rnini qayta o’rnatganini tasdiqlab berdi. Bu AQShning Iroqqa harbiy intervensiyasi yuzasidan bo’lib o’tgan masalada Germaniyaning Ikki Jahon urushidan beri birinchi marta AQShga qarshi chiqishi edi. O’z navbatida uning bu qa’tiy qarshiligi Fransiyaga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Jahon miqyosida AQShning interventsionist siyosatiga qarshi chiqishga botina olmayotgan Fransiya, Germaniyaning dadilligidan kuch olib u ham o’z navbatida Iroqqa qarshi harbiy interventsiyasiga qa’tiy qarshilik bildirdi. Bu hodisa Germaniya-Fransiya munosabatlarida va Yevropa Ittifoqining mustahkamlanishida juda muhim rol o’ynaydi. Germaniya, Fransiya va AQSh sherikligi dilemmasidan o’ziga Fransiyani tanlab oldi, ya’ni Yevropa Ittifoqini yangi geopolitik kuch tarzda shakllanishiga birinchi qadamni qo’yib berdi.

Uchinchi va hozirda davom etayotgan bosqich bu Yevropa ittifoqining ichki raqobatida Germaniyaning boshqa a’zolarga qaraganda ancha oldinlab ketishidir, ayniqsa Fransiyaga nisbatan. Fransiya o’zining yirik harbiy salohiyati bilan Yevropada xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy mamlakat bo’lsa, Germaniya ittifoqning iqtisodiy motoridir. Bu holat ayni paytda bu ikki qudratli mamlakatlarni bir-biriga bog’langan ittifoqchi bo’lishga undasa, ikkinchi tomondan ularni bir-biri bilan bir parallelda bo’lmagan raqobatga chorlaydi.

Ayniqsa Yevropa Ittifoqi liderligi va moliyaviy masalalarda o’zaro qarama qarshiliklar so’ngi yillarda kuchayib ketdi. Lekin ishonch bilan shuni aytish mumkinki so’ngi 10-yillik davrda Germaniya g’oliblikni qo’ldan boy bermay kelmoqda ayniqsa iqtisodiy yuksalishda.

Fransiya o’zining harbiy kuchlari va jahonda tutgan siyosiy o’rniga tayangan holda bir nechta bor noo’rin qarorlar qabul qildi, ayniqsa dunyo siyosiy krizislari borasida. Bularga Liviyaga intervensiya, Afg’on urushidagi yo’qotishlar,  Maliga interventsiya, Suriya fuqarolar urushiga munosabati, Ukraina-Rossiya masalasi va nihoyat so’ngi kunlarda Markaziy Afrika va Janubiy Sudanda yuz berayotgan voqelarga aralashishlarini misol qilib keltirsak bo’ladi. O’zining iqtisodiy zaiflashishiga qaramasdan Fransiya ma’suliyati katta bo’lgan siyosiy krizislarni yechishga urindi, lekin asosan barcha aralashuvlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgani bois, jahondagi muhim iqtisodiy-strategik sheriklarni yo’qotdi. Shulardan eng muhimlari Rossiya, Xitoy va Fors ko’rfazi davlatlaridir. Ayni paytda esa Germaniya, Fransiya va AQShning siyosiy kelishmovchiliklari tufayli yo’qotgan iqtisodiy sheriklarini birin ketin o’ziga jalb qilib bormoqda. Xususan Rossiya, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bilan iqtisodiy ayriboshlash so’ngi 10 yil ichida boshqa G’arb mamlakatlariga qaraganda sezilarli darajada oshdi.

Tashqi tomondan Germaniyaning dunyo siyosati masalalarini yechishdagi kichik roli bizga uning tashqi siyosatini ahamiyatsizday ko’rsatishi mumkin. Lekin, bu xulosa Germaniya tashqi siyosatining potensialini yaxshi baholay olmasligimizga sabab bo’lishi mumkin. Yirik mamlakatlar o’z ta’sirini faqat siyosiy yo’l bilan ifoda qilayotgan bir paytda, Nemislar ishbilarmonlik bilan o’z iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan mashg’ul bo’lmoqdalar.  Bu esa o’z navbatida Germaniyaning  uzoq kelajakdagi manfaatlariga xizmat qiladi. Bundan tashqari uning iqtisodiy salohiyatini oshishi ham, Yevropa Ittifoqi ichidagi kuch balanslarini Germaniya hisobiga og’dirmoqda. Fransiyaning harbiy qudratiga qaramasdan, so’ngi yillardagi ko’pgina Yevropa masalalari bo’yicha qabul qilingan ko’pgina qarorlar asosan Germaniyaning kuchli ta’siri ostida qabul qilinmoqda. Ayniqsa 2008-yilda boshlangan moliyaviy krizisdan Yevropani qutqarishda Germaniya eng muhim rolni o’ynadi desak adashmagan bo’lamiz.

Umumiy xulosa qilib aytadigan bo’lsak hozirgi dunyo siyosatida qudratli davlatlar oldida ikkita tanlov dilemmasi mavjud : Iqtisodiy ta’sir yoki siyosiy ta’sir. Albatta o’ziga ishongan ko’pchilik mamlakatlar dastlab siyosiy ta’sirni kuchaytirib, shuning natijasida iqtisodiy mevalarni terib olmoqchi, lekin bu o’z navbatida katta yo’qotishlar orqali erishiladigan uslubdir. AQSh va boshqa G’arb mamlakatlarining Afg’oniston va Iroqdagi muvaffaqiyatsizliklari, Yaqin Sharqdagi nazoratni izdan chiqishi va Rossiyaning anti-G’arb pozitsiyalarini mustahkamlanishi bunga yaqqol misoldir. Iqtisodiy ta’sir esa dastlab mamlakatlarga iqtisodiy sarmoyalar kiritish orqali ularga keyinchalik yaqin kelajakda ta’sir o’tkazish, bunga Xitoyning Afrikadagi olib borayotgan siyosati va Germaniya-Rossiya munosabatlari misol bo’la oladi.

Masalaga sovuqqonlik bilan yondashsak siyosiy yoki iqtisodiy ta’sirni kuchaytirishning asosida avvalambor iqtisodiy manfaatlar yotadi. Faqat iqtisodiy ta’sir mamlakatlardan ko’proq diplomatik manevrlarni va o’zga mamlakatlarning ichki ishlarini o’zlari hal qilishiga qo’yib berishini talab qiladi. Bu esa ertangi kungi hamkorlikni to’laligicha kafolatlamaydi. Demak iqtisodiy ta’sir o’tkazish uchun birmuncha ko’proq vaqt va masalalarga umumbashariy his-tuyg’ularni instrument sifatida ishlatib emas, balki pragmatik yondashish talab qilinadi.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Geoekonomika, Moliya va geopolitika

O'xshash maqolalar

  • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
  • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda