• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
18 Dek2015

Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat

18 Dekabr 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yevrosiyo

Rossiya va Turkiya o'rtasidagi Ukraina va Suriya inqirozlari tufayli boshlangan siyosiy kelishmovchiliklar bugungi siyosiy sharhlarning asosiy qismini tashkil qilmoqda. Lekin tarix va geografiyadan yaxshi xabardor bo'lgan kishilar uchun bu ikki davlat orasidagi kelishmovchiliklar yangilik emas. Geografik jihatdan ikki davlat ertami-kechmi siyosiy maydonda to'qnash kelishi aniq edi. Ikki mamlakat orasidagi bugungi kunda yuz berayotgan to'qnashuv asosini Turkiya tomonidan urib turshirilgan Rus bombardimonchi samolyoti yoki Rossiya tomonidan o'qqa tutilgan Turk kemasi emas, balki geopolitik manfatlarning o'zaro to'qnashuvi tashkil qiladi. Agar Turkiyani Usmoniylar davlatining merosxo'ri va Rossiyani Rus imperiyasi va keyinchalik Sovet Ittifoqining merosxo'ri deb oladigan bo'lsak, bu ikki tuzilma orasida hech qachon uzoq muddatli tinchlikka erishilmagan. 

Ushbu maqolamizda nima uchun Rossiya va Turkiya tarixan va hozirgi holatda do'st mamlakatlar bo'la olmasligi va bugungi kunda keskinlashayotgan to'qnashuvning qanchalik uzoqqa borishishi mumkinligi haqida ma'lumotlar beramiz. 

Tarixiy omil

Avvalambor, ikki tomonning tarixiy shakllanishiga e'tibor bersak va ular bugun ushbu tarix bilan o'zlarini qanchalik bog'lashlarini qarab chiqsak. Ikki davlat orasidagi qurolli to'qnashuvlar Usmoniylar imperiyasining kuchayishi va Rossiya imperiyasining 1556-yilda Astraxan xonligini bosib olishi bilan boshlangan. Astraxan xonligini bosib olish bilan Ivan Grozniy O'rta Osiyo orqali Qrim xonligi va Usmoniylar imperiyasini bog'lovchi savdo yo'llarini kesib qo'yadi va bu Usmoniylarning iqtisodiy ta'sirini pasayishiga olib keladi. Shu davrdan boshlab ikki davlat uzluksiz urushlar zanjiriga kiradilar. Umumiy hisobda ikki tomon o'rtasida 13 urush bo'lgan va oxirgi to'qnashuv 1918-yilda Sovet Ittifoqining paydo bo'lishi bilan yakun topgan. Umumiy hisobda Rossiya urushlarda g'olib chiqqan deb hisoblasak adashmaymiz. Ushbu urushlar ortida geopolitik va strategik maqsadlar turgan bo'lsa-da, doim ikki tomon ham o'z ommasini dushmanga qarshi qaratish uchun masalaning diniy-ideologik tomoniga urg'u berib, bu quroldan samarali foydalanib kelganlar.

Rus va Usmoniylar imperiyasi qo'shinlarining Bolgariyadagi Shipka dovonidagi jang sahnasi
Rus va Usmoniylar imperiyasi qo'shinlarining Bolgariyadagi Shipka dovonidagi jang sahnasi

Harbiy to'qnashuvlardan ancha oldin ikki taraf orasida diniy-ideologik qarama-qarshilik juda kuchli edi. Islomni qabul qilgan Turk-Mo'g'ul istilolari Ruslar xotirasida chuqur jarohat sifatida iz qoldirgan bo'lib, ularga qarshi kurashda millatni birlashtirish uchun Rus davlati Vizantiyadan meros qilib olgan Pravoslav dinidan keng ko'lamda foydalanadi. Vizantiya ham o'z navbatida Sharqiy xristianizmning yoyilishi yo'lida Rus podshohlari bilan qarindosh tutinadi va bu narsa bugungi biz ko'rib turgan Rossiya o'zligining shakllanishida juda muhim bosqich bo'lgan. Vizantiyani Usmoniylar tomonidan ishg'ol etilishi va Konstantinopolni Musulmonlarga taslim bo'lishi Rus podshohlari nazdida Sharqiy Xristianizmning katta yo'qotishi bo'ldi. Bu G'arbiy Rimdagi "adashgan" katoliklardan so'ngi ikkinchi katta yo'qotish edi. Endilikda Rossiya o'zini Xristianizmning haqiqiy mazhabini asrab-avaylovchi davlat sifatida ko'rdi va butun millat ruhini ushbu yo'nalishda shakllantirdi. Ayniqsa Konstantinopolning Musulmonlar qo’liga tushishi va nomini Istanbulga o’zgartirilishi Rus cherkovining eng alamli xotirasiga aylandi. Shu alam hissiga tayainb, Rus imperiyasida katta obro’ga ega bo’lgan Pravoslav cherkovi doimo hukumatni ikkinchi Rim bo’lmish Konstantinopolni Musulmon bosqinchilaridan ozod qilishga chaqirib kelgan. Bungay ruhiyat Rossiya o’zini abadiy dushmanlar bilan o’rab olingan va muqaddas Xristianizmning asl iymonini himoya qilishni oldiga maqsad qilib olgan millat sifatida ko’rishiga olib keldi. Shu sababdan ham Rossiya doimo o’z qo’shnilari va Yevropaga nisbatan agressiv diplomatiya siyosatini qo’llab keldi. Hatto Chor Rossiyasiga qarama-qarshi bo’lgan Sovet Ittifoqi davrida ham ushbu ruh mamlakatni tark etmadi va uni o’ziga xos mamlakat sifatida izolyatsiyaga tushishiga olib keldi.

Bunday o’ziga xoslik tuyg’usi faqat Rossiyaga emas, balki Turkiyaga ham tegishlidir. Arab bo’lmagan yagona Xalifalik, Turk dunyosining eng buyuk millati, Yevropani titratgan Musulmon davlati, birinchi Musulmon dunyoviy davlati yoki ilk demokratik Musulmon mamlakati kabi yorliqlar Turklar milliy g’ururining poydevorini tashkil qiladi. Huddi Ruslar kabi Turklarda ham «Dushmanlar bilan o’rab olinganlik» fikri omma orasida keng tarqalgan. Haqiqatdan, kelib chiqishi O’rta Osiyoga borib taqaladigan Turklar tarixiy jihatdan Anatoliyada joylashgan xalqlar bilan qorishib bugungi zamonaviy Turk millatini shakllantirishgan bo’lsa-da, ularning sharqiy qo’shnilari Armaniston, Eron, janubda Suriyaliklar va Kurdlar, G’arbda va Shimolda Pravoslav bo’lgan Greklar, Ruslar va Sharqiy Yevropa xalqlari bilan munosabatlari havas qiladigan darajada bo’ldi deb ayta olmaymiz. Aynan ushbu turli xalqlar kesishgan hududda millat sifatida mavjud bo’lish uchun Turklarga kuchli o’zlik yaratish lozim edi. Ushbu o’zlikni yaratilishida milliy o’zlikdan ko’ra diniy o’zlik kattaroq ahamiyatga ega bo’lgan. Milliy tushunchalar esa so’ngi 100 yillikda shakllantirilgan. Turklarning Ruslarga munosabati ham shundan kelib chiqadi, ya’ni Xalifalik sifatida Usmoniylar Ruslarga qarshi urushlarga diniy tus bergan holda ular bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan har qanday hamkorlikni bo’g’ib kelishgan. Ruslar Turklarni Yevropa va O’rta Osiyodan uzilib qolishlariga asosiy sababchi bo’lib qolmasdan, Kavkazdagi Xrsitian aholini ishlatish orqali Turkiyani ushbu hududdan siqib chiqarishga ham muvaffaq bo’lganlar. Turklar uchun Usmoniylar imperiyasining inqirozga yuz tutishida Rossiya bilan bo’lgan urushlar katta rol o’ynaydi. Bu esa kechirib bo’lmas jarohatli tarixiy omildir.

Garchi Sovet Ittifoqi 1918-yildan keyin Turkiya bilan yuzma-yuz to’qnash kelmagan bo’lsa ham, ularning pozitsiyalari va strategiyalari doimo bir biriga qarama-qarshi bo’lgan. Rus imperiyasi qulab, o’rniga Sovet Ittifoqining paydo bo’lishi va Usmoniylar imperiyasining tugatilib, zamonaviy Turkiyaning paydo bo’lishi ham yangi mafkuraviy jihatdan bir-biriga yaqinroq bo’lgan so’l siyosiy qarashlarga ega bo’lgan hukumatlarni yaqinlashishiga imkon bermadi. Yana bir bor tarixiy omilning pragmatik siyosatdan ustun kelishini kuzatishimiz mumkin. Birgina Sovuq Urush davomida Turkiyaning NATO a’zosi sifatida emas, balki Sovet Ittifoqi tarafdori sifatida tasavvur qilishni o’zi ushbu hamkorlikni qanchalik samarali natijalar berishi mumkinligini ko’rsatadi. Xozirgi holatda ham shu vaziyat takrorlanayotganini ko’ramiz: Turkiya va Rossiya ittifoqchi davlatlar bo’lganda Yevropa Ittifoqining ahvoli qanday bo’lishi mumkin edi?

Geografik omil

Tarixiy omildan tashqari geografik omil doimo Turkiya va Rossiya munosabatlarida muhim rol o’ynagan. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli quruqlikdagi savdo yo’llari inqirozga yuz tutib, dengiz yo’llari dunyo tijoratini asosiy qon tomirlariga aylana boshladi. O’zining ulkan hududiga qaramasdan Ruz imperiyasi ushbu yangi geopolitik reallikdan chetda qolib ketayotgan edi. Chunki Rossiya quruqlikdagi eng katta davlat bo’lishiga qaramasdan, uning dengizga chiqish yo’llari bir qancha noqulayliklar tug’dirar edi. Shimolda Shimoliy muz okeani yilning faqat 4 oyi davomida qiyin sharoitlarda kemalar qatnovini yo’lga qo’yishga imkon bersa, Boltiq dengizi va Qora dengizi orqali okeanga chiqish Rossiyaga xayrixoh bo’lmagan mamlaktlar hududlariga to’g’ri kelgan.

Shu sababdan Rossiy doimo issiq dengiz qirg’oqlariga intilgan holda yangi yerlarni ishg’ol qilishga harakat qilgan. Lekin Rossiya uchun ham tarixiy, ham ideologik, ham geografik jihatidan Bosfor bo’g’ozi eng optimal tanlov edi. Bosfor orqali Rossiya bugungi kunda nafaqat O’rtayer dengiziga, balki Gibraltar bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga va Suvaysh kanali orqali Hind okeaniga chiqish imkoniga ega. Bosfor bo’g’ozidan kuniga 140 kema o’tadi. Boshqacha qilib aytganda, har 10 daqiqada bir kema bo’g’ozni shimoldan janubga yoki janubdan shimolga kesib o’tadi. Ushbu dengiz yo’li Rossiya iqtisodining asosiy motorlaridan biri hisoblnadi. Bo’g’ozni ishg’ol qilish uchun bir qancha urinishlar Rossiya va Turkiya munosabatlari buzilishiga olib kelgan. Hammamizga ma’lum, Rossiya Bosforni qo’lga kirita olmasdan, bo’g’oz hozirgacha Turkiyaning hududi hisoblansa-da, 1936-yilgi Montryo konvensiyasiga ko’ra Bosfor va Dardanel bo’g’ozlarida erkin kema qatnovlari yo’lga qo’yilgan. Boshqacha qilib aytganda Qora dengizdan O’rta Yer dengiziga o’tuvchi dengiz yo’li uchun hech kim boj ola olmaydi.

Birinchi Jaxon urushidagi Turkiyaning mag’lubiyati, so’ngra yangi paydo bo’lgan Otaturk Turkiyasining G’arb qo’shinlarini Istanbul atrofidan haydab chiqarishi va ular bilan dushmanga aylanishi o’sha davrdagi xalqaro kuchlarni Turkiyaning ushbu hududini erkin o’tish zonasiga aylantirishiga olib kelgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida Sovet Ittifoqi Uchinchi Reyx bilan tuzgan “Xujum qilmaslik haqidagi” shartnomasidan so’ng Bosfor va Dardanel bo’g’ozlari atrofida harbiy bazalarni qurishga harakat qilishni boshlaydi. Urushning boshlanishi bilan bu harakatlar to’xtatiladi. Urushda Sovet Ittifoqining g’alabasi bilan bu masala yana kun tartibiga qo’yiladi. Aynan Sovet Ittifoqining Istanbul shahri atroflariga harbiy bazalarini o’rnatishga harakat qilishi Turkiyani o’sha davrda boshlangan “Sovuq Urush”da G’arbning kapitalist lageriga qo’shilishiga olib keldi. Bugungi kunda Sovet Ittifoqidan Rossiya va Ukraina bu dengiz yo’li orqali erkin harakatlanish huquqiga ega. Turkiya uchun Rossiya bilan munosabatlarda ushbu geografik reallik muhim rol o’ynaydi. Chunki konvensiyaga ko’ra ikki davlat urush davrida bir biriga qaram-qarshi tomonlarni aks ettiruvchilar bo’lsa, Turkiya ikki dengizni bog’lovchi yo’lni yopib qo’yish huquqiga ega.

Bosfor bo’g’ozi yuzasidan bugungi kunda Rossiya va Turkiya o’rtasida boshqa muammolar ham mavjud. Shulardan eng kattasi 2011-yilda Turkiya Bosh Vaziri Rejep Tayip Erdogan tomonidan taklif qilingan Istanbul kanali loyihasidir. Shimol va janub yo’lanilshidagi tinimsiz kema qatnovlaridan tashqari Bosfor bo’g’ozi g’arb va sharq yo’nalishidagi harakatning ham markazi hisoblanadi. Har kuni bo’g’ozni u qirg’og’idan bu qirg’og’iga 1 million atrofidagi aholi kesib o’tadi. Bu Istanbul shahrini ulkan transport qatnovi markaziga aylantirgan va oqibatda shahardagi bunday serqatnovlik keng ko’lamli tiqilinchlarga olib kelmoqda. Masalaning ekologik tomoniga ham e’tibor qaratish kerak. Transportlarning serqatnovligi tufayli Bosfor bo’g’ozi dunyodagi ekologik jihatdan o’ta ifloslangan suv havzalarining biri hisoblanadi. Istanbul kanali Bosfor bo’g’ozidan 60 km g’arbda qurilishi mo’ljallangan bo’lib, u shimol va janub orasidagi kema qatnovlarini Istanbul shahri markazidagi Bosfordanmas, balki ushbu kanaldan o’tishini ko’zlagan. Kanal qurilishi 10 milliard AQSh dollari atrofida baholangan, uzunligi 5O km atrofida, kengligi 145-150 m va chuqurligi 25 m bo’lishi mo’ljallangan. Bu kanal Istanbul shahrining nafasini rostlashga imkon beradi. Lekin masalaning siyosiy tomoni Rossiya va Turkiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Istanbul kanali xalqaro Montryo konvensiyasida ko’rsatilmagan bo’lib, agar Turkiya uni ishga tushirsa undan o’tuvchi kemalarga boj solish huquqini qo’lga kiritadi, bu esa Rossiyaning dengiz yo’llariga erkin chiqish imkoniyati yana bir bora kamaytiradi va Rossiyaga kirib keluvchi va chiqib ketuvchi mahsulotlarining qimmatlashishiga olib keladi – ya’ni Rossiya iqtisodining o’sishiga katta to’siq bo’ladi.

Istanbul kanali loyihasining xaritasi
Istanbul kanali loyihasining xaritasi

Ikki davlat orasidagi boshqa geografik bahs Qora dengiz ustida bo’lib, dengizdagi hududlar ustidagi bahslar hozirgacha yechimini topmagan. Ayniqsa bugungi kunda dengiz shelflaridagi neft va gaz zahiralarining topilishi, suv ostidan o’tuvchi quvur transportini yo’lga qo’yilishi va dengiz bo’yida yashovchi aholining diniy, milliy va siyosiy qarashlariga qarab ulardan ittifoqchilar yaratish bu dengizni ikki mamlakatning kurash maydoniga aylantirmoqda. 2008-yilda Gruziya bilan Rossiya to’qnashuvida va 2014-yilda Krimni Rossiyaga qo’shib olinishida Turkiya Rossiyaga asosiy qarshilik ko’rsatgan mamlakat bo’ldi.

Turkiylar – Turkiyaning Rossiyaga qarshi xavfli quroli

Usmoniylar imperiyasining inqirozi oldida Turk siyosiy elitasi ikki yo’nalishga bo’lingan edi. Birinchi tomon Turkiyaning imperialistik ambitsiyalaridan to’laligicha voz kechmagan bo’lib, asosan Yosh Turklardan tashkil topgan Enver Poshsho boshchiligidagi Panturkizm mafkurasi tarafdorlari edi. Ikkinchi tomon esa Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi Turkiyaning imperialistik ambitsiyalaridan voz kechgan Turk millatchiligi tarafdorlari edi. Garchi Otaturk tarafdorlari g’alaba qozonib zamonaviy Turkiya tashkil topgan bo’lsa-da, Panturkistlar tomonidan Turkiy xalqlar orasida yoyilgan mafkura Sovet Ittifoqi uchun ko’p yillik muammolar tug’dirdi. Rus imperiyasi davridayoq imperiya hududida yashovchi Turkiy xalqlar orqali Usmoniylar Rus imperiyasini zaiflashtirish harakatlarini boshlab yuborgan edilar. Usmoniylar imperiyasining yemirilishi davridagi musulmon, lekin arab xalqlarining G’arb davlatlari bilan kelishgan holda Usmoniylardan ajralib chiqishlari esa Istanbuldagi siyosiy elita orasida Panturkizm mafkurasini kuchayishiga olib keldi. Ya’ni, dinimiz birligiga qaramasdan Arablar bizni o’zlariga do’st bilmadilar, chunki ular bizni o’z qardosh xalqi deb hisoblamaydilar, endilikda biz e’tiborimizni butun musulmon bo’lgan Turkiy xalqlarni birlashtirishga qaratishimiz lozim, faqat ulargina bizni o’zlariga qardosh xalq deb hisoblaydilar degan mantiq Turk siyosiy elitasini ilhomlantirdi.

Turkiyzabon xalqlarning geografik tarqalish xaritasi
Turkiyzabon xalqlarning geografik tarqalish xaritasi

Rus imperiyasidagi Musulmon Turkiy xalqlar ziyolilari tomonidan asos solingan Jadidlar harakati Turkiyadagi Yosh Turklar tomonidan quchoq ochib kutib olinadi va Jadidlar nomoyondalarining ko’pchiligi Turkiyada tahsil olishni boshlaydilar. Asosan Turkiy Musulmon jamiyatlarida ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishni ko’zlagan ushbu harakat G’arb falsafasidan ilhomlangan, lekin shu bilan birga Islomdan voz kechmaslik tarafdori bo’lib, ikki qarash o’rtasidagi kesishgan mafkuralar orqali jamiyatni rivojlanish sari boshlashni maqsad qilgan edi. Yosh Turklar ushbu harakat orqali Turkiy xalqlarni birlashtirgan holda, Turkiyani dunyoviy aktyor sifatida saqlab qolishga harakat qiladilar. Lekin Rossiyadagi Qizil Inqilob, Usmoniylarning I Jahon urushidagi ayanchli mag’lubiyati va so’ngra Otaturkning boshqa siyosiy elita ustidan g’alabasi va Enver Pashaning Tojikistondagi o’limi bilan Panturkizm mafkurasining Turkiya tomonidan siyosiy qurol sifatida ishlatilishiga vaqtinchalik yakun yasadi. Jadidlar harakati ham Sovet Ittifoqining markazlashgan kuch sifatida kuchayishi bilan “Burjua-Liberal harakati” nomi ostida qattiq qatag’onga uchradi.

Sovet Ittifoqining qulashi va Turkiyada Kemalistlar siyosiy yo’nalishining evolyutsiyasi, Turkiyaning qaytadan Panturkizm mafkurasini qurol sifatida Ittifoqdan ajralib chiqqan Turkiy mamlakatlarda qo’llashiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun Turkiya 90-yillarda bir nechta rasmiy va nodavlat tashkilotlariga asos soldi. Bu tashkilotlar orqali Turkiylikni va uning Islomni birlashtiruvchi roli tashviqot qilindi. Turkiya hukumati va Gulen kabi ko’zga ko’rinarli kishilar ushbu loyihaga katta mablag’lar ajratdi. Ushbu siyosatni tashkillashtirish uchun esa Turkiya TIKA va TURKSOY kabi keng qamrovli tashkilotlarni ishga tushiradi. Asosiy fikr O’rta Yer dengizidan Oltoygacha cho’zilgan hududlarda yashovchi Turkiy xalqlar orasida Rossiyadan uzoqlashish va Turkiyaga yaqinlashishni targ’ib qilish bo’lgan.

Dastlab Rossiyadan uzoqlashish uchun O’rta Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Turkiya bilan juda yaqin hamkorlikka kirishadilar, lekin Turkiyaning Islom va Panturkizmni qorishtirgan holda O’rta Osiyoda olib brogan siyosati, Sovet Ittifoqi parchalanishidan vujudga kelgan hukumatlarning xavfsizligiga rahna solib, ularni hokimyat uchun legitimligini shubha ostiga qo’ya boshladi. Ayniqsa Turkiyaning Xalq ta’limi orqali mamlakatlarning kelajagini o’zgartirish siyosati mahalliy hukumatlar tomonidan katta xavf sifatida kutib olindi. Natijada, “Qardosh xalqlar” orasiga qaytadan sovuqchilik tushib, shu davrgacha Turkiyaning moliyaviy yordami bilan qurilgan o’rta ta’lim muassasalari va madaniy-ijtimoiy markazlar faoliyatiga chek qo’yila boshladi. Turkiyaning O’rta Osiyo xalqlarining “qarindoshlik” omiliga haddan tashqari ishonch bildirib, bu davlatlarning siyosiy-ijtimoiy pozitsiyasiga e’tiborsizligi uni bu hududdan siqib chiqarilishiga olib keldi. Garchi O’rta Osiyo xalqlarining deyarli hammasi (Tojikiston bundan mustasno) o’zlarini Turkiy xalqlar hisoblasa ham, ularning siyosiy shakllanish jarayoni Sovet Iittifoqi tuzumiga to’g’ri keladi va ularning siyosiy qarashlari ham shu asnoda Turkiyanikidan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari ayrim O’rta osiyodagi mamlakatlar (masalan O’zbekiston) bu regionda “Yangi Og’a” paydo bo’lishiga hayrixoh emaslar va regiondagi liderlikka da’vo qiluvchi har qanday kuchni o’zlarining liderligiga raqobat deya qabul qiladilar. Qozog’iston va Qirg’iziston kabi mamlakatlar esa geografik  jihatdan ulardan uzoq, umumiy tarixga ega bo’lmagan va iqtisodiy jihatdan ularga kam foydali bo’lgan Turkiyadan ko’ra ko’proq Rossiyani xush ko’rishadi yoki iqtisodiy, etnik va siyosiy omillar tufayli ular Rossiyadan uzoqlashish imkoniga ega emaslar.

Bugungi ikki mamlakat orasidagi kelishmovchilik va Turkiyaning Arab dunyosidan siqib chiqarilishi Turkiyaning qaytadan Panturkizm mafkurasini kuchaytirishiga sabab bo’lishi mumkin. Nafaqat O’rta Osiyoda, balki Rossiya federatsiyasi hududida ham bir nechta Musulmon Turkiyzabon millatlarning yashashi va ular orasida Turk tashkilotlarining faolligi Rossiya uchun hududiy dahlsizlikka rahna soluvchi masalalarini ko’tarishi mumkin. Bundan tashqari, so’ngi yillarda Rus-Turk iqtisodiy yaqinlashuvi tufayli Rossiyada faoliyat olib borayotgan yirik Turk qurilish kompaniyalaridagi mehnat qiluvchi O’rta Osiyolik va Rossiyalik turkiyzabonlar orasida Turkiya obro’sining yuqoriligi Rossiyani ichidan yemiruvchi omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu kompaniyalarning ta’qiqlanishi esa ko’p sonli immigrantlar va shu jumladan Rossiya fuqarolarining ham noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Rasmiy jihatdan Turkiya Qrim yarimorolini Rossiyaga qo’shib olinishini tan olmagan va Rossiyani bu ishda qattiq qoralagan. Endilikda ikki davlat orasidagi nizo Turkiyaga Qrim Tatarlarini rasmiy jihatdan qo’llab quvvatlashga imkon beradi. Rossiya uchun Qrim Tatarlari bilan to’qnashuvga borish Rossiya hududidagi boshqa Turkiy xalqlar bilan hukumat orasidagi sovuqchilikka olib keladi.

Mazkur geopolitik omil

Turkiyaning hozirgi geopolitik masalalari va uning Rossiya bilan muammolari haqida qisqacha yozib o’tgan edik. Ikki davlat orasidagi yuqorida aytib o’tilgan muammolarga bugungi kunda Suriya inqirozi ham kelib qo’shildi. Aslini olib qaraganda Suriya inqirozida eng asosiy 6-ta tashqi aktyorni ajratishimiz mumkin: Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Rossiya, AQSh va Fransiya. Ular ham o’z navbatida o’zlarining manfaatlari orqali birlashgan ittifoqchilarga va tarafdorlarga ega. Bugungi Suriyadagi geopolitik o’yin yangi zamon tarixidagi eng mujmallardan biriga aylandi desak adashmaymiz. Hatto deyarli bir asr davom etgan Afg’onistondagi geopolitik o’yinlar ham Suryadagi kabi ko’p tomonlama manfaatlarni o’zida mujassam etmagan edi. Suriyadagi geopolitik o’yin Turkiya va Suriya uchun teng darajada ahamiyatga ega.

Rossiya uchun Suriya navbatdagi geopolitik sinovdir. Suriya inqirozi orqali Rossiya dunyoda o’zining nafaqat diplomatik va siyosiy o’rnini qayta belgilab olmoqchi, balki endilikda Suriyadagi urush Rossiyaga o’zining harbiy kuchlarini dunyoga bildirib qo’yish uchun imkoniyatdir. Shu tariqa Rossiya o’z armiyasining jangovar tayyorgarligini, texnologik rivojlanish darajasini va razvedka qobiliyatini sinab ko’rishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari Suriya inqirozida Rossiyaning g’alabasi G’arb mamlakatlarini Rossiya bilan hisoblashishga majburlaydi va Ukraina siyosiy inqirozi tufayli Rossiyaga qarshi qo’llanilgan sanksiyalarni qayta ko’rib chiqishga, Qrim yarimorolining siyosiy statusini belgilashga va Ukrainada muzlab qolgan siyosiy muzokaralarni qayta davom ettirishga turtkilaydi. Aslida Rossiya uchun Bashar al-Assad shaxsining ahamiyati kam, lekin mamlakatdagi Nusariylar Rossiya uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu diniy jamoatni himoya qilish va hokimyatda ushlab turish orqali Rossiya Eron bilan yanada yaqinlashish imkoniga ega bo’ladi. Shu bilan birga Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari bu hududga jihod qilish uchun kelgan Rossiya va Sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlari fuqarolarini yo’q qilishga imkon beradi.

Turkiya uchun Suriya mojarosi hayot-mamot masalasidir. Bashar al-Assadning qulashiga ko’zi yetgan Turkiya unga va u tegishli bo’lgan Nusariylarga qarshi agressiv diplomatiyani qo’llab, Turkiyani Nusariylar bilan yaqinlasholmaydigan qilib qo’ydi. Boshqa tomondan Turkya qo’llab-quvvatlagan Sunniy guruhlar brogan sari radikallashib uning manfaatlariga qarshi bo’lgan diniy-radikal guruhlarga qo’shilib ketmoqda. Turkiya uchun eng qo’rqinchli voqealar rivoji – Kurdlarning siyosiy kuchayishi ham aynan Suriya inqirozining oqibatidir. Endilikda Turkiya nafaqat Suriyadagi o’zgarishlarga katta ta’sir o’tkaza oladi, balki uning asosiy maqsadi uning suverintetiga dahl qiladigan har qanday siyosiy o’zgarishni oldini olishga qarab qoldi. Shu sababdan bugungi kunda Suriyada yashovchi Turkiyzabon aholini birlashtirishga, ularni qurollantirishga va ularni o’zining janubiy chegaralaridagi hududga yig’ishga harakat qilmoqda. Ular yig’iladigan zonada esa Turkiya “Xavfsiz hudud” yaratish orqali o’z ta’sirini saqlab qolib, bu hududdan boshqa unga qarshi kuchlarga qarshi buffer sifatida foydalanmoqchi. Bu hudud alohida ajratib olinsa, u Turkiya va Nusariylar hamda Turiya va Sunniy diniy-ekstremist guruhlarning Turkiya chegaralariga yaqinlashishiga halaqit beradi. Shu bilan birga, bu hudud Turkiyaning janubiy chegaralari bo’ylab O’rta Yer dengizga tomon cho’zilib ketgan Kurdlar yashaydigan hududlarini o’zaro qo’shilishiga halaqit beradi. Chunki Suriya shimolidagi Kurdlarning birlashishi va O’rta Yer dengizigacha yetib borishlari shubxasiz Suriya Kurdistoni avtonom respublikasini yoki agar Suriya batamom bo’linib ketgan taqdirda Kurdiston davlatini paydo bo’lishiga asos bo’lishi turgan gap. Borgan sayin Turkiya Suriyadagi tizginlarni qo’ldn chiqarib bormoqda va ayrim hollarda Kurdlar va al-Assadga qarshi kurashish maqsadida ekstremist guruhlarga yordam qo’lini cho’zishdan ham qaytmayapti. Bu esa uni nafaqat Rossiya bilan munosabatlarini keskinlashishiga, balki o’zining G’arblik ittifoqchilari bilan ham kelishmovchilikka borishiga sabab bo’lmoqda.

Kurdlar va Turkiya
Kurdlar va Turkiya

 Bugungi kunda Rossiya va Turkiya orasidagi kelishmovchilikni keskinlashishi ikki tomon uchun ham ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rossiya Turkiyaning suvirentetiga rahna solayotgan Kurdlar harakatini qo’llab-quvvatlashi, Suriyadagi Turkiy xalqlarni bombardimon qilishi va Turkiyaga qarshi Eron bilan kelishgan holda energetik blokada hosil qilishi mumkin. Rossiyaning geostrategik ustunligi Turkiyani milliy xavfsizligiga rahna solish kuchiga ega. Bundan tashqari so’ngi yillardagi G’arb-Turkiya aloqalarini buzilishi Turkiyani Rossiya bilan to’qnashuvida yolg’izlatib qo’yishi mumkin. Rus samolyotining urib tushirish orqali Turkiya Parijdagi terroristik hujumlaridan so’ng Suriya masalasida yaqinlasha boshlagan G’arb va Rossiya munosabatlarini buzishga harakat qilgan edi. Lekin NATOning bu voqeaga nisbatan reaksiyasi Turkiya kutganiday bo’lmadi, umumiy tarzda NATO har bir mamlakat o’z hududini himoya qilish huquqiga ega bo’lishi kerak degan bayonnomasiga qaramasdan, norasmiy jihatdan NATO Turkiya tufayli Rossiya bilan keng ko’lamli to’qnashuvga kirishmasligini bildirib qo’ydi. Bundan tashqari Rossiya va Turkiya orasidagi to’qnashuvi keskinlashishi tufayli Vashington Turkiyada joylashgan 12ta F15 qiruvchi harbiy samolyotlarini olib chiqib ketishini e’lon qildi va asta-sekinlik bilan umumiy hisobda 56-harbiy samolyotlarni ham olib chiqishi ko’zda tutilayotganini bildirdi. Ushbu harakat orqali AQSh Turkiyaga Rossiya bilan harbiy kelishmovchilik yuzaga kelsa, u yolg’iz qolishini bildirib ishora qilgan.

Shunga qaramasdan, Turkiya va Rossiya to’qnashuvi keskinlashishi Rossiya uchun ham yaxshi oqibatlar olib kelmaydi. Allaqachon Turkiya o’zining imkoniyatlari darajasida O’rta Osiyo va Ozarbayjonda o’zining ta’sirini kuchaytirishga kirishib ketdi. Bundan tashqari Rossiya ichida yashovchi Turkiyzabon aholi ham Turkiyaning Rossiyaga qarshi harakatlarida xavfli qurolga aylanishi mumkin. Eng asosiysi Turkiya Rossiyaning hozirdagi asosiy iqtisodiy tomiri bo’lmish Bosfor bo’g’ozini yopib qo’yishi mumkin. Ukrainadagi siyosiy vaziyat tufayli bugungi kunda Rossiyadan Yevropaga chiqib ketuvchi gazning asosiy qismi Turkiyadan o’tadi. Bu gaz oqimini to’xtatish roqali Rossiya Turkiyani energetik blokada qilish bilan birga o’zini ham og’ir moliyaviy holatga tushirib qo’yishi va bu blokada kutilgandan teskari natijalar berishi – Turkiyani energetik blokada qilish uni yangi energetik manbaalar yoki sheriklar qidirishiga sabab bo’lsihi mumkin. Bunda O’rta Osiyodan keladigan va Ozarbayjon orqalli o’tuvchi quvur transportlari faoliyati jadallashishi va ularning yangilari paydo bo’lishi mumkin. Hozirgi G’arb sanksiyalari ostida iqtisodiy qiyinchilikdagi Rossiya uchun bu katta yo’qotish bo’ladi. Rossiya va Turkiya iqtisodiy munosabatlari faqat geoekonomikada emas, balki boshqa ichki sohalarda ham juda bir biriga bog’liqdir. Rossiya va sobiq Sovet ittifoqidan keluvchi turistlar Turkiya uchun katta daromad manbai, shu bilan birga Rossiya hududida asosiy qurilish ishlarini Turk firmalari amalga oshirmoqda, Turkiyadan keluvchi tekstil va qishloq xo’jalik mahsulotlari Rossiyadagi iste’molning katta qismini tashkil qiladi.

Turkiya orqali o'tuvchi quvur transportlari
Turkiya orqali o'tuvchi quvur transportlari

 Umumiy olib qaraganda ikki davlat orasidagi katta urush Turkiyani mag’lubiyati bilan tugashi turgan gap. Chunki Rossiya hali ham dunyo bo’yicha eng yirik harbiy qudratga ega mamlakat hisoblanadi. Lekin yuqoridagi barcha omillarni hisobga olgan holda ikkilanmasdan ikki mamlakat orasidagi bugungi kelishmovchilik ular orasidagi urushga olib kelmaydi deya qo’rqmay ayta olamiz. Faqat endilikda Turkiya va Rossiya munosabatlari yangi o’zanga kiradi va Suriyadagi inqirozning to’xtashi ularni qayta normal holatga kelishlari uchun sharoit yaratadi. Lekin shuni ishonch bilan aytish kerakki, endilikda Turkiya Suriya sahnasidan Rossiya manfaatlari uchun chetlatilishi mumkin.

O'xshash maqolalar

  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
  • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda