• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
10 Yan2017

Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya

10 Yanvar 2017. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yevrosiyo

Biz Uyg‘ur xalqi haqida juda ko‘p eshitganmiz, Uyg‘ur mahallasi, Uyg‘ur taomlari, uyg‘ur qishlog‘i, uyg‘urcha lag‘mon va hakozo. Lekin oramizda juda kamchilik kishilar bu xalqning aslida kim ekanligi, tarixi, siyosiy qarashlari va bugungi kundagi ahvolidan xabardorlar. Bugungi maqolamizda biz uyg‘urlarning tarixiy shakllanishiga e’tiborimizni qaratamiz va qanday qilib uyg‘urlar bugungi siyosiy jihatdan boshi berk ko‘chaga kirib qolganliklarini tushunishga harakat qilamiz.

Uyg‘ur xalqi o‘zbek xalqiga eng yaqin xalqlardan biri bo‘lib, ikki xalq orasidagi o‘xshashlik nafaqat tashqi ko‘rinishda, tilda, urf-odatlar va udumlarda ham namoyon bo‘ladi, balki ikki tomonning tarixiy shakllanishi va taqdirida ham o‘xshashliklar bisyordir. Shunga qaramasdan bu ikki xalq so‘ngi 100 yillik ichida siyosiy sabablarga ko‘ra bir biridan ancha uzoqlashgan. Lekin o‘rtadagi rishtalar butunligicha uzilgani yo‘q va Xitoyning iqtisodiy yuksalishi va O‘zbekistonning mustaqilligi bilan, ikki davlat orasidagi iqtisodiy-savdo aloqalarida uyg‘ur tadbirkorlari katta rol o‘ynashmoqda.

Sharqda ulkan Xitoy imperiyasi, janubda yuksak Himolay tog‘lari platolarida joylashgan Tibetlar hududi, G‘arbda Pomir va Tyanshan tog‘lari va Shimolda Oltoy tog‘lari hamda Sibir dashtlari bilan o‘ralgan ushbu hudud tarixda Xitoy imperiyasini O‘rta Osiyo, Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘laydigan yagona geografik dahliz bo‘lib xizmat qilgan. Shu sababdan ham Buyuk Ipak yo‘lining muhim strategik savdo nuqtalari uyg‘urlar yashaydigan hududlarga to‘g‘ri kelgan.

Bunday geografik joylashuv bugungi kunda ham o‘zining muhimligini yo‘qotmagan, aksincha Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashga qaratilgan xalqaro iqtisodiy loyihalar Sinzyanhududini chetlab o‘ta olmaydi. Nafaqat savdo yo‘llari balki O‘rta Osiyodan Xitoyga eksport qilinadigan neft va gaz quvurlari ham ushbu hududdan o‘tadi. Shu sababdan ham Sinzyan viloyatining barqarorligi Xitoy hukumati uchun juda muhim bo‘lib, uning kelajakdagi iqtisodiy barqarorligining kafolati ushbu hudud bilan uzviy bog‘liqdir.

Sinzyan-Uyg'ur Avtonom viloyati

Uyg‘urlar asosan Islom dinining Sunniylik yo‘nalishidagi Turkiy xalqlar bo‘lib, ularning asosiy aholisi bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasining Sinziyan avtonom viloyatida istiqomat qiladilar. Tarixan bu hudud Sharqiy Turkiston nomi bilan mashhur bo‘lib, 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida bu hudud qudratli davlatlar orasida bo‘lib o‘tgan Buyuk O‘yin geopolitik to‘qnashuvlarining markazida bo‘lgan.

Uyg‘urlar tarixini chuqurroq izlanadigan bo‘lsak tarixchilar orasidagi bahsli muammolarga duch kelamiz. Dastlab uyg‘urlarning tarixan juda beqaror hududda joylashganligi hamda bu hududlarda ko‘pincha ko‘chmanchi qabilalarning doimiy hujumlari tufayli tarixiy manbalar juda kam saqlanib qolgan. Ikkinchi sabab esa, bugungi kunda Uyg‘urlar yashaydigan Sinzyan avtonom viloyati Xitoyga qarashli bo‘lganligi va uyg‘urlar tomonidan Xitoyga qarshi siyosiy kayfiyatning kuchayishi tufayli bu xalqning tarixi va Sinziyan viloyatiga kelib o‘rnashish jarayoni haqidagi qarashlar siyosiylashib ketdi. Natijada barcha siyosiylashgan tarix kabi Uyg‘urlar tarixining ko‘pchilik qismi qizg‘in bahslar soyasida mavhumlashib ketdi.

Shunga qaramasdan Uyg‘urlarning siyosiy shakllanishi 8-9 asrlarda Baykal ko‘lining janubida, Yenisey irmoqlarining atrofida yuzaga kelgan Uyg‘ur xoqonligi bilan boshlangan degan tarixiy nazariya ko‘pchilik tarixchilar tomonidan tasdiqlangan. Albatta, Xitoyning Sinzyandagi boshqaruviga qarshi bo‘lgan kuchlar va harakatlar Uyg‘urlarning bu hududlarga oldinroq, eramizning 4 asrlarida ko‘chib kelganliklarini va hatto shu davrgacha ham bu hududda Xitoy imperiyasining boshqaruvi yo‘lga qo‘yilmaganligini ta’kidlaydilar. Lekin yuqorida aytganimizdek, mavzu o‘ta siyosiylashgani tufayli bu mavzuda aniq bir narsa deyish qiyin. Fakt shundaki Uyg‘ur xoqonligi tarixda birinchi marta Uyg‘urlar nomini o‘zida mujassam etgan siyosiy birlikdir. Ushbu xoqonlik esa hozirda Uyg‘urlarning Sinzyan hududlariga joylashishlariga asosiy tarixiy sababdir.

Uyg‘ur xoqonligini kuchayishi va Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo shaharlariga asos soilinishi bilan Uyg‘urlar Xitoy imperiyasi chegaralari bo‘ylab joylashib oladilar. Xoqonlik ichidagi siyosiy inqirozlar yuz berishi bilan esa ko‘pchilik uyg‘urlar hozirgi Xitoyning Sinzyan avtonom viloyatiga ko‘chib o‘tadilar. Shu davrdan boshlab Uyg‘urlar keskin iqtisodiy yuksalish va urushlar, navbatma-navbat davom etadigan o‘sha davrning eng beqaror hududlaridan biri bo‘lgan hozirgi Sinzyan o‘lkasida yashab kelmoqdalar.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek Uyg‘urlar yashaydigan hududlar turli xalqlar va davlatlarning o‘tish hududi bo‘lganligi tufayli, bu hudud tarixda bir qancha bosqichlarni o‘z boshidan o‘tkazgan. Shu jumladan diniy bosqichlarni ham. Markaziy Osiyoga Islomning kirib kelish davrigacha Uyg‘urlar o‘sha davrda bu hududlarda ommalashgan moniylik, zardo‘shtiylik, xristianizm, buddizm va animizm kabi dinlarga sig‘inganlar. Garchi Uyg‘ur xoqonligi Moniylikni o‘zining davlat dini deb e’lon qilgan bo‘lsada, boshqa dinlar ham butunlay yo‘q bo‘lib ketmagan.

10-asrga kelib uyg‘urlar Qoraxoniylar xonligiga qo‘shib olinadilar. O‘sha davrdagi Qoraxoniylarning xoni Satur Bug‘ra islomni qabul qiladi va uni davlat dini deya e’lon qiladi. Shu davrdan boshlab Uyg‘urlarning islomlashishi boshlanadi. Garchi bugungi kunda uyg‘urlar Satur Bug‘raxonni uyg‘ur xalqiga islomni qabul qildirgan tarixiy shaxs sifatida ko‘rsalarda, tarixan uyg‘urlarning islomga kirish jarayoni asta sekinlik bilan yuz bergan. Mo‘g‘ul bosqinlari natijasida yuzaga kelgan xonliklar va ularning xonlarining islomga kirishlari hamda uni davlat dini deb e’lon qilishlari bu bosqichga yana bir misol bo‘ladi. Chunki aynan shu davrda ham ko‘pchilik uyg‘urlar buddizm diniga sig‘inuvchilar bo‘lgan. Mog‘ullar xonliklari qulagandan so‘ng esa butun 14-16 asrlar davomida uyg‘urlarning islomga kiritilishi davom etadi, faqat bu safar jarayon siyosiy kuchlar orqali emas balki So‘fiylikning Naqshbandiya oqimini yoyishni maqsad qilgan Xo‘jalar tomonidan amalga oshiriladi. Faqatgina 17-asrning boshlariga kelibgina Uyg‘urlarning katta ko‘pchilik qismi Islom dinini o‘z dini sifatida ko‘ra boshlaydilar.

Islomning kech kirib kelishiga qaramasdan, uning bugungi kundagi uyg‘urlarning siyosiy qarashidagi roli juda kuchlidir. Nafaqat kommunistik Xitoy hukumatiga qarshi kurashda, balki o‘zlikni anglashda ham Islom bugungi kunda uyg‘ur o‘zligini ajralmas qismi sifatida qaraladi. Bu esa o‘z navbatida islomni siyosiy kurashda va mustaqillikka intilishda siyosiy qurolga aylanishiga olib keldi. Bu haqda biz keyingi maqolalarimizda yana to‘xtalib o‘tamiz.

Din hamda uyg‘urlarning tarixiy kelib chiqishidan tashqari, bu xalqning tarixiy-siyosiy shakllanishida Xitoy imperiyasining roli juda muhimdir. Garchi Xitoy tarixning hech bir davrida bugungichalik Sinzyan viloyatiga kirib kelmagan bo‘lsada, 17-asrdan beri uyg‘urlar Xitoy imperiyasi tomonidan uning aholisi, ularning hududi esa Xitoyning ajralmas qismi sifatida qaralib kelingan. Faqatgina 20-asrning boshlariga kelibgina, Xitoyning Yevropalik mustamlakachi kuchlari tomonidan zaiflashtirilishi, Afyun urushlari va mamlakatdagi siyosiy reformalar, imperiyadan respublikaga o‘tkazilishi kabi muhim siyosiy o‘zgarishlar tufayli, mamlakatning sharqiy qismi e’tiborsiz qoldiriladi. Ayni shu davrlarda O‘rta Osiyo tarixda mashhur bo‘lgan “ Buyuk Urush ” geopolitik o‘yining markaziga aylangan edi. Bir tomondan Britaniya imperiyasi, boshqa tomondan esa Rossiya imperiyasi tobora bir biriga yaqinlashib kelardi. Ayni paytda esa ikki imperiya ham o‘zining juda kengayib ketgan hududlarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelib ichidan zaiflashib borardi. Bunday vaziyatdan esa Usmoniylar imperiyasining inqirozidan vujudga kelgan yangi siyosiy-intellektual oqim Panturkistlar unumli foydalanadilar.

Uyg'ur milliy o'zligining shakllanishi

19 asr oxirlari va 20 asrning boshlarida, huddi O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, uyg‘urlar orasida va ular yashaydigan katta hududlarda, milliy birlikni aks ettiruvchi mafkura yoki umumiy o‘zlik g‘oyasi mavjud emas edi. Hozirgi Sinzyan viloyati hududlarida uyg‘ur, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz va boshqa turkiy xalqlari yonma yon kun kechirar edilar. Ular esa o‘z o‘zliklarini milliy tarzda emas, balki hududiy tarzda namoyon etardilar. Ya’ni har bir shahar va aholi yashash manzillari o‘zlarining shevalariga, mahalliy urf-odatlariga va mahalliy boshqaruv tizimiga bo‘linib ketgan edi. Har bir hudud yoki aholi yashaydigan vohalar o‘zlarining qo‘shnilari bo‘lmish, Xitoy, Tibet, Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklardan ta’sirlangan holda alohida-alohida mikro-madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan edi. Bu holat oddiy taomlardan tortib, kiyinish yoki dinga e’tiqod qilish madaniyatida o‘z aksini topgan edi. Shunday vaziyatda uyg‘urlar uchun yangi milliy o‘zlik dunyo yuzini ko‘radi.

Dastlab Rossiya imperiyasi tarkibidagi turkiy xalqlar tomonidan asos solingan, so‘ngra esa Turklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jadidchilik harakati uyg‘urlar orasida Panturkizm va Panislamizm mafkuralarini yoyishda muhim rol o‘ynaydilar. Aynan 20-asr boshlaridagi jadidlar harakati tufayli dunyo yuzini ko‘rgan uyg‘ur ziyolilari bugungi uyg‘ur millati o‘zligini shakllantirishida juda katta rol o‘ynagan. Xitoy markaziy hokimiyatining kuchsizlashishidan vujudga kelgan siyosiy bo‘shliqdan foydalangan holda harakat a’zolari, Usmoniylar imperiyasi tomonidan jo‘natilgan missioner va josuslar yordamida uyg‘urlar orasida yangi, Turkiylikni o‘ziga asos qilib olgan sotsial-islomiy jamiyatga tayangan davlatni qurish g‘oyasini singdiradilar. Ushbu qarash uyg‘urlarni na ruslarga, na inglizlarga va ayniqsa xitoylarga yaqinlashishini oldini olar edi va ularning “ tabiiy ” ittifoqchisi Usmoniylar imperiyasi deya ko‘rilardi. Ushbu harakatlar oqibatida 20-asrning 30-yillarida “ Uyg‘ur ” etimologiyasi ommalashdi va hozirgi Sinzyan avtonom viloyatining katta qismiga to‘g‘ri keladigan Sharqiy Turkiston turkiy-islomiy davlatini qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Lekin milliy o‘zlik mafkurasini yoyishda va uyg‘ur ziyolilarni qo‘llab quvvatlashdagi harakatlariga qaramasdan Usmoniylar imperiyasi undan keyin keladigan real siyosiy bosqichlarda qatnasha olmay qoldi. Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat, Sulton hukumatini ag‘darilishi va nihoyat imperiyani tugatilishi bilan, yillar davomida Turkiy xalqlar orasida yoyilgan Panturkizm va Panislamizm mafkuralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Yangi Turkiyani qurishga bel bog‘lagan Mustafo Kamol Otaturk esa “ Yurtda tinchlik, Jahonda tinchlik ” shiori ostida, Usmoniylar tomonidan ko‘zlangan ko‘pchilik tashqi siyosat loyihalarini bekor qildi, shu jumladan Turkiy xalqlarni birlashtirish rejasini ham.

Usmoniylar imperiyasining tugatilishi bilan uyg‘urlar yashaydigan hududlar yuzasidan yangi paydo bo‘lgan Sovet Ittifoqi va Britaniya imperiyasi hukumatlarining bosimi kuchayib ketdi. Aynan shu davrda bu hududlarda yangi paydo bo‘lgan qudratli davlat – Yaponiyaning ham ta’siri kuchaydi. Oqibatda uch tomondan goh millatchilik, goh diniy va goh so‘l siyosiy mafkuralarini siyosiy qurol sifatida ishlatilishi oqibatida uyg‘urlar oddiy dehqon va savdogar xalqdan o‘ta siyosiylashgan millatga aylandilar.

Sharqiy Turkiston davlati g'oyasi

1920-1930 yillar orasida Sharqiy Turkiston mafkurasini yoyish orqali mustaqillikni qo‘lga kiritishni ko‘zlagan harakatlar, uyg‘urlar orasida mahalliy Xitoy boshqaruvchilariga qarshi kayfiyatni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu jarayon 30-yillarning boshida Sinzyanning sharqida joylashgan Hami shahrida dehqonlarning qo‘zg‘oloni bilan o‘z mevasini beradi. Vaziyatdan foydalangan inglizlar, uyg‘urlar orasidagi ittifoqchilarni ishlatgan holda Sinzyan janubida joylashgan Qoshg‘ar shahrini o‘ziga markaz qilgan birinchi Sharqiy Turkiston respublikasini paydo bo‘lishiga yordam beradilar. Lekin, bu davlat faqatgina uch oy dunyo yuzini ko‘radi. Shunga qaramasdan, uning tarixiy vazni juda salmoqli bo‘ladi. Chunki shu davrdan boshlab Sharqiy Turkiston davlati g‘oyasi o‘z kuchini yo‘qotmaydi va bora-bora u mustaqillik harakatining asosiy erishishi lozim bo‘lgan idealiga aylanadi.

Birinchi Sharqiy Turkiston davlatiga asos solinishi, 12 noyabr 1933 yil

Birinchi Sharqiy Turkiston davlati tugatilgandan so‘ng, Buyuk O‘yin bu hududda yanada kuchaytiriladi. Yaponlar va Inglizlar Sovet ittifoqining ta’sirini so‘ndirish uchun uyg‘urlar orasida Panturkizm va Panislomizm g‘oyalarini kuchaytiradilar. Sovet ittifoqining Hind hududlariga ta’siridan cho‘chigan ingliz hukumati, uyg‘urlar orasidan unga tarafdor bo‘lgan siyosiy liderlarni qo‘llaydi. O‘z navbatida Xitoyning Manjuriya viloyatini bosib olgan Yaponiya uyg‘urlar hududida Islomiy davlatga asos solishga harakat qiladi. Lekin, Sovet ittifoqining O‘rta Osiyodagi keng tarmoqli o‘rnashuvi va siyosiy ta’sirining kuchliligi tufayli, Ingliz va Yaponlarning uyg‘urlar bilan bog‘liq siyosiy rejalari chippakka chiqadi.

Dastlab Sovetlar Sinzyanda nazoratni ushlab turish uchun Xitoylik gubernator Shen Shitsayni qo‘llaydilar, u esa o‘z navbatida Britaniya va Yaponiyaga hayrixoh bo‘lgan kuchlarni yo‘q qiladi. Lekin Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi bilan va urushning birinchi yillarida Sovetlarning katta talofatlarini kuzatgan Shen Shitsay, Sovetlar mag‘lubiyatiga ishongan holda viloyatda Sovet ittifoqi ta’siriga chek qo‘yishga qaror qiladi. Bir qancha Sovet diplomatlari va harbiy instruktorlari viloyatdan chiqarib yuboriladi. Shu jumladan u bir nechta Xitoy kommunistik harakati a’zolariga qarshi ham repressiyalar uyushtiradi. Lekin voqealar rivoji o‘zgacha tus olib Sovet Ittifoqi urushda ustun kelishni boshlaydi. Shen Shitsya vaziyatdan foydalangan holda Sovetlarni ishonchini qayta qozonish uchun 1944-yilda Stalinga Sinzyan viloyatidan Xitoy hukumatini chiqarib yuborishda unga ko‘mak berishini so‘rab shaxsiy xat yozadi. Stalin esa bu xatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyning o‘sha davrdagi davlat boshlig‘i Chan Kay-Shiga yo‘llaydi. Shu bilan Shen Shitsyaning Sinzyandagi hukmronligiga chek qo‘yiladi, u gubernatorlik lavozimidan bo‘shatilib chaqirib olinadi.

Shu yili, Xitoylarning Sinzyandagi kuchsizligidan foydalangan Sovet Ittifoqi, viloyatning shimolida yashaydigan uyg‘urlarni Xitoyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga undaydi. Qo‘zg‘olon muvaffaqiyatli tugaydi va Ikkinchi Sharqiy Turkiston davlatiga asos solinadi. Ushbu davlat 1949 yilgacha davom etadi. Shu yili Xitoyda Mao Tse Dun boshchiligidagi Xitoy kommunistlari Xitoy davlati tepasiga keladilar. Sinzyandagi Sovetlar yordamida yaratilgan va kommunistlar bilan yaxshi aloqada bo‘lgan Sharqiy Turkiston davlati siyosiy liderlari esa Xitoy Kommunistik partiyasidagi yuqori lavozimlar evaziga Sharqiy Turkiston davlatini tinch yo‘l bilan tarqatib yuborilishiga o‘z roziliklarini beradilar.

Ushbu kelishuv bo‘yicha Mao Tse Dun bilan Pekinda uchrashishni mo‘ljallagan Sharqiy Turkiston rahbarlari, Qozog‘iston SSR poytaxti Olma-Otadan samolyotga o‘tiradilar, lekin samolyot parvoz vaqtida sirli sabablarga ko‘ra falokatga uchraydi. 1990-yil Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng, ushbu ish bo‘yicha KGB arxivlarining guvohlik berishicha, Uyg‘ur delegatsiyasini Pekinga elitayotgan samolyot Stalin buyrug‘i bilan maxfiy xizmatlar tomondan halokatga uchratilgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu reja Stalin va Mao Tse Dunning o‘zaro kelishuvi natijasida ishlab chiqilgan bo‘lgan. Shu davrdan boshlab uyg‘urlarning zamonaviy davlatchiligiga chek qo‘yiladi va Sharqiy Turkiston hududlari Sinzyan-Uyg‘ur avtonom viloyati sifatida Xitoyga qo‘shib olinadi.

Ikkinchi Sharqiy Turkiston Respublikasi hukumati a'zolari

Shu vaqtdan boshlab uyg‘urlarning mustaqillik uchun kurashi rasmiy doiralardan chetlashtiriladi. Deyarli 40-yilcha davom etgan Sovuq Urush davrida Xitoy va Sovet Ittifoqi garchi bir biriga nisbatan xavfsirab munosabatda bo‘lgan bo‘lsada, rasmiy jihatdan Kommunistik lagerni liderlari sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlarga bormaslikka harakat qildilar. Shu sababdan ham uyg‘ur muammosi kun tartibiga qo‘yilmadi. Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan esa, uning siyosiy merosxo‘ri hisoblangan Rossiya o‘zining ichki muammolariga sho‘ng‘ib ketdi, shu jumladan Rossiyaning hududiy daxlsizligiga xavf solgan Chechenlarning mustaqillik da’volarini oqibatida yuz bergan urushlarga. Bu vaziyatdan foydalangan Xitoy esa, Rossiyadagi Chechenlarning separatist harakatlariga qarshi pozitsiya evaziga, Rossiyadan uyg‘ur muammosini qayta ko‘tarilmasligi kafolatini oladi. Bu esa Shanxay Hamkorlik Tashkilotini dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Ushbu tashkilot haqida batafsil ma’lumotlarni keyingi maqolalarimizda o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.

Agar sezgan bo‘lsangiz, ushbu maqolada, 20-asrning boshlaridan boshlab to 1950-yilgacha bo‘lgan tarix ko‘proq yoritilgan. Bu bejiz emas, chunki aynan shu davrda bugun biz bilgan uyg‘ur millati shakllandi va uning bugungi kundagi taqdirida katta rol o‘ynayotgan Sharqiy Turkiston davlati g‘oyasi dunyo yuzini ko‘rdi. Bugungi Uyg‘ur harakatlarining barchasida tarixda qisqa davr mavjud bo‘lgan ikkita Sharqiy Turkiston davlatlari birday rol o‘ynaydi. Garchi uyg‘ur siyosiy harakatlarning ko‘pchilik qismi o‘zini birinchi Sharqiy Turkiston davlati bilan bog‘lashsada, aslida ikkinchi Sharqiy Turkiston davlatining bugungi kundagi Uyg‘ur siyosiy harakatlariga ta’siri kuchliroqdir. Pro-Sovet davlat bo‘lishiga qaramasdan ikkinchi Sharqiy Turkiston davlati, birinchi Sharqiy Turkiston davlatining siyosiy izdoshi edi va aynan uning davomiyligi, Leninizm asosida uyg‘urlar orasida ijtimoiy-milliy qarashlarni kuchaytirgani, bugungi kunda dunyoga mashhur Butunjahon Uyg‘urlar Kongresi kabi tashkilotlarni yaratilishida asos bo‘ldi desak xato qilmaymiz.

Uyg‘urlarning bunday ijtimoiy-milliy harakatlariga parallel ravishda, mustaqillikka erishishda boshqa siyosiy oqimlarni tanlagan harakatlar ham mavjud, ulardan ommaga qo‘rqinchli tarzda mashhur bo‘lgani Islomiy radikalizmdir. 80-yillarning boshida vujudga kelgan va so‘ngi yillarda tinchliksevar uyg‘ur siyosiy harakatlaridan o‘zining salmoqliligi va a’zolarining soni bilan sekin-asta o‘zib ketayotgan uyg‘ur islomiy radikal harakatlari bugungi kunda dunyoning eng xavfli harakatlari qatoridan joy olishgan. Mustqillik uchun kurashning bunday usuli o‘z navbatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmaydi, ayni paytda esa bu harakatlar Xitoyga uyg‘urlar ustidan nazoratni kuchaytirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Keyingi maqolalarimizda siz Xitoyning Sinzyan viloyatida olib borayotgan bugungi siyosati, Pekin hukumatini uyg‘urlarga munosabati va uyg‘ur siyosiy harakatlarning ularning diasporalari orqali xalqarolashishi haqida bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
  • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda