• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
06 May2017

Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati

06 May 2017. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yevrosiyo

O’tgan maqolalarimizda biz Uyg’ur xalqining siyosiy tarixi va bugungi holati haqida ma’lumotlar bergan edik. Bugungi maqolamiz tarixiy jihatdan Uyg’urlar yashab kelgan hudud – Sinzyan avtonom-Uyg’ur viloyatidan chetda yashovchi, o’ta siyosiylashgan Uyg’ur diasporasiga bag’ishlanadi.

Diaspora tarixi

Uyg’ur millati geografik jihatdan dunyoda eng keng tarqalgan millatlardan biri desak adashmaymiz. Bunday tarqalishning sababi asosan siyosiy bo’lib, Uyg’urlarning o’z vatanini tark etishi 50-yillardan beri uzluksiz davom etmoqda, ayniqsa 2001-yildan beri bu holat yuqori ko’rsatkichlarni ko’rsatmoqda. Uyg’urlar tarixiga nazar solsak, 19-20 asrlarda ular yashaydigan hududlar bir qancha global kuchlarning to’qnashuv maydoniga aylanishi oqibatida bir nechta siyosiy inqirozlarni va o’zgarishlarni boshdan kechirganini guvohi bo’lamiz. Faqatgina 50-yillarga kelibgina Sinzyan vioyati Xitoy Xalq Respublikasiga butunlay qo’shib olindi. Lekin ichki ziddiyatlar va xalqaro geopolitk o’yinlar bu bilan to’xtab qolmadi. Uyg’urlarning Xitoy hukumati bilan kelishmovchiliklaridan tashqari, dunyodagi turli xil siyosiy kuchlar Uyg’urlarning Xitoyga qarshi kurashini siyosiy qurol sifatida Xitoyga qarshi raqobatda ishlata boshladilar.

Uyg’urlarning dastlabki chet davlatlariga o’rnashib olishlari 19-asrning boshlaridan boshlangan bo’lib, aslini olganda u davrda hali Uyg’ur millatining o’zligi shakllanib ulgurmagan edi va Uyg’urlar o’zlarini Ummaning bir qismi ya’ni Musulmonlar deb atardilar. Islomning eng asosiy ustunlaridan biri bo’lmish haj safari Uyg’urlarning o’zlari yashaydigan hududlarini tark etishlari uchun o’sha davrdagi asosiy sabab edi. Hajga safar davomida asosan Uyg’urlar Qo’qon xonligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Fors podshohligi va Usmoniylar imperiyasi hududlaridan o’tar edilar. Ushbu yo’nalishda joylashgan hududlarda dastlabki Uyg’urlar diasporalari vujudga keldi. Hozirgi Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkiya, Suriya, Falastin, Isroil va Saudiya Arabistoni Uyg’ur diasporasining dastlabki episentrlari bo’lib shakllandi. Lekin uzoq tarix davomida bu diasporalar o’z tili, madaniyati va yashash tarzini mahalliy sharoitga moslab o’zgartirdi. Lekin 20-asrda Uyg’urlar taqdirida yuz bergan ayanchli siyosiy falokatlar bu diasporani qaytadan o’z o’zligiga urg’u berishlariga olib keldi.

Uyg’urlarning keyingi immigratsiya davri 1920-1930 yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda Uyg’urlarning o’zligi shakllanishi va uni Xitoy –Sovet kelishuvi tufayli repressiyasiga uchrashi oqibatida Uyg’urlar ularni qo’llab quvvatlagan davlatlar bo’lmish, Turkiya, Yaponiya va hozirgi Pokiston hududlariga o’rnashib oldilar. Shu bilan birga sobiq Sovet ittifoqining O’rta Osiyo hududlariga ham ko’pchilik uyg’urlar kelib o’rnashadi. Ushbu immigratsiyani sabablari siyosiy bo’lsa ham, o’z vatanini tark etgan Uyg’urlar yuqori darajada siyosiylashmagan edi.

Siyosiy immigratsiya 1949-yilda Xitoyning Uyg’ur viloyatini to’laligicha o’ziga qo’shib olishi bilan boshlandi. O’sha davrda Uyg’urlar mustaqilligini asosiy shaxslari bo’lgan siyosatchilar, ziyolilar va boshqa faollar Xitoyning qizil repressiyasidan siyosiy boshpana izlab Turkiya va Yevropaga qochib kela boshladilar. Bu immigratsiya bugungi kunda nafaqat davom etmoqda, balki o’zining yuqori cho’qqilariga yetmoqda. Globallashuv, internetning rivojlanishi va islomizmning Uyg’urlar orasida yoyilishi bilan Xitoyning Uyg’urlarga qarshi repressiyasi ham kuchayib bormoqda, bu repressiya endilikda nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy tusni ham olmoqda. Uyg’ur xalqining madaniyati, dini va urf-odatlaridagi o’zlikka urg’u beruvchi elementlar asta sekinlik bilan taqiqlanmoqda, bu esa immigratsiyaga nafaqat siyosiy, balki diniy, ijtimoiy va iqtisodiy tus bermoqda.


1970-yillarda Turkiyada Uyg'urlar va boshqa O'rta Osiyo turkiy xalqlari vakillarining siyosiy namoyishlaridan lavha

Bugungi kunda chet ellarda yashovchi Uyg’urlar soni rasmiy ravishda 1 million kishidan kamroqni tashkil qiladi. Lekin bu statistika reallikni ifoda etmaydi, chunki ko’pchilik davlatlarda fuqarolarning etnik kelib chiqishi ustidan statistika ishlari olib borilmasligi va siyosiy hamda iqtisodiy diskriminatsiyani oldini olish uchun ko’p Uyg’urlar o’zlarini mahalliy millatlar sifatida ro’yxatdan o’tkazganliklari tufayli, bu statistikaga ishonch bildirish qiyin. Aslida chet ellarda yashovchi Uyg’urlar soni 1 million kishidan ko’proqni tashkil etishlari turgan gap.

Uyg’urlar kurashining geopolitik qurolga aylantirilishi

 « Sovuq Urush »ning boshlanishi bilan G’arb mamlakatlari Sharqiy blok mamlakatlarining nozik tomonlarini izlay boshlaydilar. Jumladan kommunistik rejimdagi mamlakatlardagi ozchilikni tashkil qiluvchi xalqlar va kommunistik rejimlarning ularni o’zligini toptashlari G’arbning bu rejimlardagi siyosiy vaziyatni izdan chiqarish uchun faollik bilan ishlatila boshladi. Turkiya ushbu siyosatda eng muhim rol o’ynagan davlatlardan biri bo’lgan desak adashmaymiz. Sovet Ittifoqi hududidagi Turkiy xalqlar bilan birga Xitoydagi Uyg’urlarda milliy o’zlik masalalarini yuzaga olib chiqish orqali bu ikki davlat ichidagi ichki nizolarni paydo qilishda, Turkiyadagi radikal-panturkist harakatlar G’arb davlatlari tomonidan tashkillashtirib moliyalashtirildi.

Lekin o’sha davr sharoitlari tufayli bu siyosat o’zini oqlamadi, chunki kommunistik rejimlarning chegaralarining mustahkamligi, axborotning to’la nazorat qilinishi va germetikligi bu harakatlarga Turkiyadan tashqariga chiqishga imkon bermadi. Oqibatda « Kulrang Bo’rilar » harakatlariga o’xshagan radikal panturkist harakatlar O’rta Osiyolik turkiy xalqlarining hayotidagi reallikdan uzoqlashib, Turkiya jamiyatida paydo bo’lgan radikal millatchilik elementlari bilan sug’orildi. Bu harakatlarning asosiy kurashi bo’lishi ko’zda tutilgan Turkiy xalqlar mustaqilligi esa 90-yillarda Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan o’z ma’nosini yo’qotdi. Bu esa bu harakatlarda yangi qarash – Turkiy xalqlarni Turkiya boshchiligi ostida birlashtirish g’oyasi tomon qadam qo’yishiga olib keldi. Bu mafkura esa O’rta Osiyo hukumatlari va o’z navbatida jamiyatlarning katta qismi tomonidan qarama-qarshilikka uchradi. Turkiy xalqlar siyosiy hayotining mozaika shaklidagi murakkabligi bu radikal harakatlarning siyosiy qarashlarini ham bo’linishiga olib keldi, ko’p tomonlama qarashga ega bo’lgan kurash esa asta-sekin o’z ma’nosi va mavqeyini yo’qotib o’z o’rnini dunyoda yangi paydo bo’lgan va juda katta masshtablarni qamrab olayotgan Islomizm mafkurasiga bo’shatib berdi. Uyg’urlar xuddi boshqa ko’pchilik Turkiy xalqlar kabi panturkizmdan qisman voz kechgan holda yangi Islomizm mafkurasiga yuz burdilar.

Garchi Tibet va Tayvan mustaqilligi G’arb va ayniqsa AQSh uchun Xitoydagi ichki vaziyatni izdan chiqarish uchun 90-yillargacha asosiy siyosiy qurollar bo’lib ishlatilgan bo’lsada, 90-yillardan boshlab Uyg’urlar mustaqilligi masalasi G’arb mamlakatlarining Xitoy bilan bo’lgan munosabatidagi asosiy shantaj quroliga aylandi. Tayvandagi iqtisodiy yuksalish, Tibetdagi siyosiy faollikning pastligi va buddizmning tinchlik orqali kurashi kutilgan natijalarni bermagach, iqtisodiy jihatdan qoloq, siyosiylashgan, milliy va diniy o’zligi kuchli bo’lgan Uyg’urlar kurashi G’arb mamlakatlari tomonidan qo’llab-quvvatlana boshlandi.


Dunyo Uyg'urlar kurultoyi prezidenti Robiya Qodir, AQSh prezidenti Jorj Bush bilan, 2007-yil

« Sovuq Urush » davrida ekilgan g’oyalar u tugashi bilan o’z mevalarini bera boshlagan edi. Shulardan biri islomizm mafkurasi bo’lib, o’z vaqtida Sovet Ittifoqiga qarshi kurashish yo’lida Afg’onistonda AQSh tomonidan moliyalashtirilgan bu mafkura endilikda global ahamiyatga chiqa boshlagan edi. Sovet Ittifoqining qulashi bilan Turkiy xalqlarda yuzaga kelgan siyosiy bo’shliq ayniqsa bu mafkurani Evroosiyoning markaziy qismlaridagi Afg’onistonga chegara hududlarida va Arab davlatlarida urchishiga olib keldi. Endilikda musulmon jamiyatlarida siyosiylashish va ayniqsa muxolifat islomizm orqaligina siyosiy maydonlarga kelishni urf qiladigan bo’ldi.  Uyg’urlarnig siyosiy kurashi bundan mustasno emas edi.

Bugungi vaziyat

Shunday qilib tarixiy rivojlanishdagi turlicha davrlar, tashqi kuchlarning ta’siri va Uyg’ur diasporalarining turli jamiyatlardagi, turlicha qarashlarning ta’siri ostida shakllangan siyosiy jihatdan rang-barang bo’lgan Uyg’ur diasporasi vujudga keldi. Borib joylashgan davlatlar va jamiyatlardan ta’sirlagan ushbu diasporalarning hammasi Xitoy hukumatining bugungi kundagi Sinzyan viloyatida olib borayotgan siyosatiga qaysidir darajada qarshilar. Lekin qarshilik umumiy bo’lgani bilan, bu diasporalar orasida Sinzyanning kelajakdagi siyosiy modeliga nisbatan turlicha qarashlar bu diasporalarni siyosiy jihatdan birlashib katta siyosiy kuchga aylanishiga to’sqinlik qilmoqda. Turli davrlarda turli jamiyatlarga ko’chib joylashgan Uyg’urlar orasida birlashishga nafaqat mafkuraviy qarashlar, balki geografiya va avlodlar har xilligi ham to’siq bo’lmoqda. Yevropa, Turkiya va Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridagi diasporalar Dunyo Uyg’urlar Qurultoyi bo’lmish, dunyoviy lekin millatchi bo’lgan harakatlarga qaysidir darajada birlashgan bo’lsalar. O’z navbatida, Pokiston, Yaqin Sharq, Saudiya Arabistoni va Turkiyadagi ko’pchilik Uyg’urlar radikallik darajasi turlicha bo’lgan Siyosiy Islomni o’ziga asos qilib olgan harakatlar va siyosiy partiyalarga o’zlarining xayrixohligini bildirishgan. Bu harakatlar diniy radikalizmni zo’ravonliklarsiz yoyuvchi oddiy jamiyatlardan tortib, qurollangan islomiy-terrorist guruhlarigacha borishi mumkin.

Ushbu bo’linishni chegarasi bo’lgan Turkiya ayniqsa mafkuraviy jihatdan bir biriga qarama-qarshi bo’lgan Uyg’urlarni o’z bag’riga olgan. Bir tomondan Panturkizmni asosiy mafkura qilib olgan Uyg’ur harakatlari, boshqa tomondan demokratik qadriyatlar asosida Milliy urf-odatlarni o’ziga asos qilib oladigan siyosiy model tarafdorlari bo’lmish Dunyo Uyg’ur Qurultoyiga a’zo harakatlar hamda Sinzyan viloyatida Uyg’ur Islomiy davlati qurish orzusida bo’lgan radikal islomiy qarashdagi harakatlar Turkiya hududida turgan holda ham bir biri bilan kelisha olmayotgan bir paytda, butun dunyo bo’ylab tarqalgan Uyg’urlarni bitta siyosiy maqsad yo’lida birlashtirish haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas.


Istanbulning Uyg'urlar yashaydigan kvartali Zaytunburnuda Uyg'ur palovi sayli, 2015-yil

Uyg’urlar diasporalarining siyosiy kuchga aylanolmasligining yana bitta boshqa sababi, ushbu diasporalarning Uyg’urlar vatani bo’lmish Sinzyandan ajralgan holda mavjud bo’lishlaridir. O’zi yashayotgan jamiyatining ta’siridan tashqari, Uyg’ur diasporalari borib o’rnashgan mamlakatlaridagi yashash uchun qulay sharoitlar va ular maqsad qilgan siyosiy kurashga yetishni reallikdan uzoqligi, ushbu diasporalarda siyosiy kurashni yo’q bo’lishiga olib kelmoqda, uni o’rnini ko’pincha Sinzyan haqidagi nostalgiya va siyosiy afsonalar egallab olmoqda. AQShda hayot kechirayotgan, o’z oilasi va shu jamiyatdagi o’z o’rniga ega bo’lgan Uyg’ur uchun Sinzyan muammosi uchun doimiy kurash olib borishi qiyinligini tushunish mumkin.

Shu sababdan, xuddi chet elda joylashgan boshqa davlatlar muxolifatlarida kuzatilgani singari, Uyg’urlar mustaqilligi uchun kurash asta-sekinlik bilan Uyg’ur diasporalarining asosiy kundalik mavzularidan keyingi o’rinda keluvchi ko’proq madaniy kurashni eslatuvchi kurashga aylanmoqda. So’ngi yillarda Xitoy va G’arb mamlakatlari orasidagi iqtisodiy va siyosiy bog’liqlik tufayli yuzaga kelgan aloqalar sababli AQSh va boshqa G’arb mamlakatlari Uyg’urlar harakatini Xitoy bilan aloqalar buzilishi hisobiga qo’llab-quvvatlashdan bosh tortmoqdalar. Bu esa Uyg’urlarning ayniqsa demokratik va dunyoviy harakatlarida siyosiy susayishni keltirib chiqarmoqda. Moliyaviy qiyinchiliklar, siyosiy bosimlar hamda Xitoyning Sinzyandagi va hatto chet davlatlaridagi Uyg’urlarga qarshi kurashi tufayli bu harakatlar borgan sari tarqoqlikka va yo’qlikka yuz tutmoqdalar.

Uyg’urlar va islomizm

Uyg’urlarning chet davlatlaridagi diasporalari orasida Uyg’urlar mustaqilligi uchun kurashda demokratik va dunyoviy qanotlarning kuchsizlanishi o’z navbatida ular hosil qilgan siyosiy bo’shliqni islomiy radikalizmni o’ziga asos qilib olgan harakatlar va uyushmalar tomonidan to’ldirilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda Suriyadagi to’qnashuvlarda turli tuman Islomiy-Terrorist guruhlar qatorida turib jang olib boruvchi jangarilarning ko’pchiligi Uyg’urlardir. 1990-yillarda Afg’onistondagi urushlarning oqibatida hamda Sovet Ittifoqining qulashi oqibatida Fors ko’rfazi mamlakatlari tomonidan O’rta Osiyo davlatlarini qayta islomlashtirish siyosatini olib borilishi o’z navbatida Uyg’urlarning ham radikallashishiga olib keldi. Ko’p yillardan buyon milliy ruhdagi Xitoyga qarshi bo’lgan kuchlar Uyg’urlar orasida Xitoyga qarshi ommaviy kurash ruhini yarata olmagan edi. Islomizmning kirib kelishi bilan din yo’lida Xitoyga qarshi kurashuvchilar soni aholi orasida ko’paya bordi. Faqat 2000-yillarga kelibgina bu keskin radikallashishning oqibatlari yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Afg’onistondan turib jang olib boruvchi Uyg’urlarning aks-sadolari Sinzyan viloyatida yangi ruhdagi muxolifat kurashini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Shu bilan doimo milliy ruhda bo’lgan Xitoyga qarshi muxolifatdan, zo’ravonlik va kelishuvlarga bormaydigan diniy-siyosiy muxolifat ajralib chiqdi.

Agar 90-yillarda Uyg’urlarning radikallashuvida O’zbek jangarilari va Abduvali Mirzayevga o’xshagan radikal diniy ulamolarning ta’siri kuchli bo’lgan. 2000-yillarga kelib O’zbekistonning diniy radikalizmga qarshi keskin urushi tufayli radikalizmga chorlovchi shaxslar endilikda Uyg’urlarning o’zlari orasidan yetishib chiqa boshladi. Bu jarayonda Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida yashaydigan Uyg’ur diasporalaridagi katta mablag’li Uyg’urlar muhim rol o’ynadilar. O’z navbatida 2000-yillarda Turkiyada Gulen harakatiga o’xshagan diniy uyushmalarning kuchayishi bilan Uyg’urlar orasida radikalizmni yoyadigan taniqli radikal diniy ulamolar Turkiyaga ham kelib o’rnashdilar. Turkiyadagi islomiy tashkilotlarga demokratik huquqlarni berilishi va hukumatning to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlashlari tufayli Uyg’ur diniy tashkilotlari tezlik bilan o’z ta’sirini kuchaytira boshladilar.

Internetning rivojlanishi va globallashuv tufayli Uyg’ur diniy tashkilotlarining ta’siri nafaqat butun dunyo Uyg’ur diasporalari orasida, balki Sinzyanda ham keng miqyosda tarqalib ketdi. Suriyada boshlangan inqiroz esa ushbu tashkilotlar uchun o’z siyosiy qarashlarini materiallashtirish uchun ajoyib imkon yaratdi. Zamonaviy davrda eg ko’p Uyg’urlarni o’ziga qabul qiluvchi davlat bo’lmish Turkiyada endilikda Uyg’ur diniy tashkilotlari nafaqat diniy radikalizm da’vati bilan emas, balki Suriya uchun yo’l olgan jangarilarga logistika xizmatlarini ko’rsatish bilan ham shug’ullana boshladilar. Diniy radikalizm ta’siri ostida bo’lgan Uyg’urlar Turkiyaning yirik shaharlarida yangi-yangi diniy markazlar, xususiy ta’lim dargohlari, restoranlar, do’konlar va boshqa kichik lekin keng tarqalgan ijtimoiy va savdo markazlariga asos soldilar. Ushbu tarmoqlar turli mamlakatlardan Suriyadagi jihodga qatnashish maqsadida kelgan yangi jangarilarni Surya chegaralarigacha olib o’tishga xizmat qildi.

Uyg'urlarning Turkiya orqali jangarilarni Suriyaga o'tishlarini osonlashtirishlari ular orasidagi radikalizmning yengil ko'rinishi bo'lib, bugungi kunda Suriyadagi terrorist guruhlar orasida Uyg'urlar eng jangovar jangarilar hisoblanadi. Shu sababdan ham ISHID, Al-Nusra, Al-Qoidaning bo'limlari iloji boricha o'zlariga Uyg'ur jangarilarini jalb qilishga harakat qilishmoqda. Sinzyandagi siyosiy bosim, o'z vatanidan uzoqlik va o'zga jamiyatlardagi integratsiyaninng qiyinligi tufayli Uyg'urlar terroristik harakatlarga jalb qilinishi oson bo'lgan kishilarga aylanmoqdalar. Shu yilning mart oyidagi ISHIDning Xitoyda terroristik harakatlarni uyushtirishga chaqirishi bejiz emas, bu chaqiriq orqali ISHID Xitoy davlatidan alamzada bo'lgan turli qarashlarga ega bo'lgan radikal muxolifatdagilarni o'z qatorlariga jalb qilishni mo'ljallagan.


ISHIDning Uyg'ur jangarilari

Vaziyatning bunday tus olishi yana bir bora Uyg’urlar mustaqillik kurashiga xalqaro miqyosda salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uyg’urlarning Suriyadagi janglarda qatnashishlari va Turkiyadagi logistika tarmoqlarni tashkil qilganliklari Xitoyning Sinzyandagi o’z repressiv siyosatini oqlashi uchun asosli bahona bo’lib xizmat qildi. Endilikda G’arb mamlakatlari ham tobora iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotgan Xitoy va islomiy-terrorist guruhlarida eng ko’p sonli bo’lgan Uygu’rlar tufayli Sinzyandagi Xitoyning siyosatiga qarshiliklar bildirmay qo’yishdi. Bu esa Xitoyning Siznyandagi siyosatini Pekin xohlagan darajada olib borishi uchun yo’l ochib bergan edi. Boshqa tarafdan diniy radikal Uyg’ur tashkilotlarining kuchayishi chet ellarda yashovchi Uyg’urlarni ham siyosiy bo’linishiga olib kelgan edi. Bu bo’linishdan Xitoy unumli foydalandi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, qaysi tomonda bo’lishidan qat’iy nazar Uyg’urlarning siyosiy uyushmalari tobora Sinzyanning Xitoydan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishiga ishonchlarini yo’qotganlar. Endilikda siyosiy kurash mustaqillik uchun emas, balki Xitoy hududida yashaydigan Uyg’urlarning huquqlarini, urf-odatlarini va diniy qadriyatlarini iloji boricha himoya qilishga qaratilgan. O’z navbatida esa Xitoy bu ojizlikni sezgan holda Sinzyanda « Xanlashtirish » siyosatini kuchaytirib, Uyg’urlarning urf-odatlari va diniy qadriyatlariga cheklovlarni ko’paytirmoqda. Xitoyning borgan sari kuchayishi esa ko’pchilik davlatlarning Uyg’ur muammolaridan ko’z yumishga undamoqda. Hatto Uyg’urlar uchun eng ishonchli boshpana bo’lgan Turkiya siyosatida ham so’ngi yillarda G’arbdan uzoqlashgan holda Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashish kuzatilmoqda. Agar bu yaqinlashish davom etsa Turkiyadagi siyosiylashgan Uyg’urlarning harakatlari ham yo’qlikka yuz tutishi tayin.

 

 

 

O'xshash maqolalar

  • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda