• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
18 Yan2013

Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?

18 Yanvar 2013. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yevrosiyo

2011-yilda Qozog`iston uchun o`ziga xos voqealarga boy bo`ldi: shu yili Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanib kelayotgan va ikki o`n yillik davomida osoyishtalikni saqlab qolishning uddasidan chiqa olgan mintaqaning eng tinch davlati o`zining mustaqil tarixida ilk marotaba islomiy ekstremizm xavfi bilan to`qnash keldi.

2011-yilda ro`y bergan sirli xujumlar seriyasi Qozog`istonda radikal islomiy kuchlar mavjudligi nazariyasini oldinga suradi . Voqealar silsilasi 2011-yil 17-mayda mamlakatning g`arbiy shahri Aktobada 25 yoshlar atrofidagi noma`lum shaxs milliy xavfsizlik agentligi hisoblanmish KNBning mahalliy boshqarmasi yonida o`zini portlatib yuborgani ortidan boshlangan edi. Hukumat zudlik bilan xudkushning shaxsi aniqlangani, u uyushgan jinoyatchi guruh rahbari Raximjon Maxatov bo`lib, o`zi qo`l urgan jinoyatlarga ma`suliyatni bo`ynidan soqit qilish maqsadida joniga qasd qilganligini ma`lum qildi. Keyinchalik Maxatov haqiqatda mahalliy mafiya rahbari bo`lgani, biroq so`ngi yillarda konservativ ruhdagi diniy guruhlarga aralashib qolib, shariat asosida xayot kechirganligi aniqlandi. Bu esa Qozog`istonda islomiy ekstremizm vujudga kelganligi borasidagi ilk tahminlar edi. 
 
Bir haftadan so`ng Almati shahrida yana KNB offisi yonginasida bomba o`rnatilgan mashina portladi. Hukumat rasmiylari mashina ichida xalok bo`lgan ikki jinoyatchini “yevropa millatidan” ekanligini aytib, yana bir bor islomiy radikalizmning mamlakatda mavjudligini rad etdi. 
 
Biroq hukumat diniy ekstremizm mavjudiyatini rad etishga harchand urinmasin, amalda Nazarbayev rejimi yuqoridagi ikki holat radikal dindorlar tomonidan amalga oshirilganligiga o`zi ishonishi mamlakatda bo`layotgan tezkor o`zgarishlaridan ma`lum edi. Masalan, voqealardan so`ng hukumat Aktobadagi islomiy muassasalar rahbarlarini o`zgartirdi va kutilmaganda Afg`onistonga shaxsiy tarkib jo`natish yuzasidan NATOga berilgan taklifni bekor qildi. 
 
Aktobadagi xujumdan bir qancha vaqt oldin Tolibon Qozog`iston hukumatining Afg`onistonga qo`shin yuborish rejasi yuzasidan ogohlantiruv bayonoti e`lon qilgan edi, unda “Qozog`iston musulmonlari bu noto`g`ri siyosatga qarshi turishlari va o`zlarining iymonli farzandlarini dindosh birodarlarining qonini to`kishga jo`natmasliklari lozimligi” uqtirilgandi. Bu bayonot va keyinchalik hukumatning Afg`onistonga askar jo`natish rejasini bekor qilishi Qozog`istonda diniy radikalizm mavjudligi atrofidagi mish-mishlarni yanada avj olishiga olib keldi. Ko`pchilik tahlilchilarning fikricha qozoq hukumati askar jo`natish rejasini terrorizm nishonga olgan davlatlardan biriga aylanib qolishdan saqlanish uchun bekor qilgan. 
 
2011-yil avgustida Aktobada yuz bergan politsiyachilarga qarshi qurolli xujumlarni hukumat “quvurlardan neft o`g`irlash bilan shug`ullanuvchi mahalliy jinoyatchi to`dalarning o`zboshimchaligi” deb baholab, yana bir bor diniy ekstremizm mavjudligi borasidagi gap-so`zlarga chek qo`ygandek bo`ldi,  xujum uyushtiruvchilarning aksariyati islomiy guruhlarga aloqadorligi borasidagi savollarga “bu - islomni niqob qilib olish” qabilada javob qaytardi.
 
2011-yilning 31-oktyabrida esa G`arbiy Kaspiy sohiliga yaqin Atirau shahrida ikki xudkushlik amali sodir etildi. Qozoq hukumati bu terroristik akt ham islomiy radikallar tomonidan amalga oshirilmagan deya e`lon qilmasidan oldin, kutilmaganda, shu paytgacha nomi biror joyda ma`lum bo`lmagan Jund al-Halifa (Halifat askarlari) jihodiy guruhi portlashlar bo`yicha ma`suliyatni o`z bo`yniga olgani to`g`risida bayonot tarqatdi.
Jihodiy guruh bayonoti video yozuv shaklida bo`lib, internet tarmog`iga qo`yilgan bu videoning shakli so`zlovchining qora niqobdaligi va qo`lida qurol tutib turganligi bilan al-Qoida video-bayonotlariga o`xshab ketardi.
 
Video-bayonot rus tilida, arabcha tagyozuvlarda bo`lib, unda “dinga erkin e`tiqodni cheklagan, 20 yil mobaynida begunoh dindorlarni zindonband etib kelayotgan” qozoq hukumati ayblangan va bu aktlar Nazarbayev hukumati uchun ogohlantiruv ekanligi ma`lum qilingandi. 
 
Bu Tolibon bayonotidan so`ng Qozog`iston uchun ikkinchi tahdid bo`ldi. Nihoyat hukumat Atirau voqealarida islomiy radikallarning qo`li borligi ehtimolini e`tirof etishga majbur bo`ldi.
 
Biroq keyinchalik aniqlanishicha Jund al-Halifa tomonidan tarqatilgan video-bayonot Qozog`iston hududida tasvirga tushirilmagan, ehtimoliy tasvir maydoni sifatida Pokiston-Afg`oniston chegarasidagi tog`li hududlar borasidagi tahminlar paydo bo`ldi. Sababi shu paytgacha guruh haqida videodan boshqa biror narsa ma`lum bo`lmay, na uning yo`lboshchilari, na yo`nalishi to`g`risida xech kim xech narsa bilmas edi.
 
Bu esa o`z-o`zidan Jund al-Halifa haqiqatda mavjudmi degan savolga olib kelardi. Chunki terrostik guruhlar, odatda, o`z mavjudliklarini tashkil etilishlari bilan ma`lum qilishga harakat qilishar, atroflariga ko`proq odam yig`ish maqsadida borliklarini doimo namoyon qilish payida bo`lishardi.
 
Yuqoridagi bir-biriga qarshi fikrlar odamni o`ylantirib qo`yadi. Xo`sh, Qozog`istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi? Agar mavjud bo`lsa nega 2011-yilgacha biror terroristik akt sodir etilmagandi? Agar mavjud bo`lmasa nega shuncha xujumlar amalga oshirildi?
 
 Qozog`iston hukumatining yopiq ichki siyosati tufayli 2011-yil voqealari to`g`risida bizning oldimizda xuddi shunday javoblari noaniq savollar paydo bo`lmoqda. Biz bu savollarga aniqlik kiritish uchun mamlakatdagi asl vaziyat haqida bir qancha farazlarga murojaat etishga majburmiz:
 
Birinchi faraz: 2011-yil voqealari haqiqatan islomiy radikallar tomonidan sodir etilgan va Qozog`iztonda islomiy tahdid mavjudligi rost. Nega ular aynan 2011-yilgagina kelib xarakat boshlashdi degan savolga shunday javob berish mumkin: mamlakatda ekstremistlar anchadan beri mavjud emas, balki ular shu yaqin yillarda janubiy hududlar orqali kirib kelgan Afg`oniston va Pokistonda tayyorgarlikdan o`tgan O`zbekiston Islomiy Harakati va unga aloqador guruh a`zolaridir. Hukumat esa ularning mavjudligini mamlakat taraqqiyotining asosi bo`lgan xorijiy investorlarni cho`chitib yubormaslik uchun  rad etib kelgan. 2012-yilda deyarli bunday aktlar sodir etilmaganligi shundan dalolat beradiki, Nazarbayevning qudratli xavfsizlik xizmati to`satdan mamlakatga kirib kelgan islomiy xurujni bartaraf etishning uddasidan chiqa olgan. 
 
Diniy radikallar mavjudligi borasidagi yana bir taxmin esa quyidagicha: Qozog`iston muholifati doimo hukumatni erkinliklar, ayniqsa, diniy erkinliklarni bo`g`ishda ayblab keladi. Muholifatga ko`ra 20 yil davomida Nazarbayev rejimi ostida ezilgan xalq islom dinidan taskin olishga urinmoqda. Hukumatning noinsoniy siyosati tufayli junbushga kelgan odamlar kichik diniy guruhlarga bo`linib, o`z noroziligini xudkushlik amallari orqali ko`rsatishga harakat qildi. Lekin bu hol diniy ekstremizmdan ko`ra ko`proq Arab Bahori ssenariysiga o`xshab ketardi.
 
Ikkinchi faraz: Qozog`istonda islomiy tahdid mavjud emas. Sababi Qozog`iston aholisi Markaziy Osiyo davlatlari ichida diniy e`tiqodga e`tibor bo`yicha eng oxirgi o`rinda turadi, ya`ni mamlakatda islomning roli katta emas.
 
Bo`lib o`tgan terroristik aktlariga e`tibor qilsak, ular, asosan, mamlakatning g`arbiy hududlariga to`g`ri keladi. G`arbiy Qozog`iston boshqa hududlarga qaraganda ko`proq diniylashgan bo`lishiga qaramay, shu paytgacha bu yerda deyarli biror radikal harakat sezilmagan. 1991-yildan so`ng Nazarbayev hukumati butun mamlakat nazoratini to`la qo`lga olganini hisobga olsak, Qozog`iston hududida biror radikal harakatning paydo bo`lishi amri mahol ekanligini anglab yetamiz. Qozoq hukumati shu kungacha ortiqcha harakat qilgan har qanday diniy harakatni bosim ostida saqlab kelgan. Mamlakatda mavjud mayda radikal guruhlar esa hali bunday aktlarni sodir etishga ojizlik qiladi.
 
Xujumlar masalasiga kelsak, yuqorida aytib o`tganimiz aktlar g`arbiy hududda sodir etilgan, ya`ni Qozog`istonning neftga boy qismida. G`arbiy Qozog`iston hayoti asosan neft sanoati bilan bog`liq bo`lib, aholi anchadan buyon neftchilarning sababsiz ishdan bo`shatilishi va maoshlarning asossiz pasaytirilishidan norozi bo`lib kelayotgan edi. Xudkushlik amallarini esa g`arbliklar hukumatga norozilik sifatida qo`llab-quvvatlashdi. Nihoyat, 2011-yilning dekabrida g`arbiy viloyat Mang`istauning Janao`zen shahrida neftchilarning ommaviy namoyishi bo`lib o`tdi. Namoyish keyinchalik ommaviy to`polonlarga aylanib, hukumat kuchlari bilan to`qnashuvlar kelib chiqdi. Bu voqealar esa Qozog`istondagi xurujlar islomiy ekstremizmdan ko`ra ko`proq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga bog`liqligi borasidagi tahminlarni ilgari suradi. 
 
Uchinchi faraz: Xujumlar hukumat tomonidan ehtiyotkorlik bilan sahnalashtirilgan “tomosha”dan boshqa narsa emas. Mamlakat navbatdagi prezidentlik saylovlariga yaqinlashar ekan hukumat ichida hokimiyat uchun kurash avj ola boshlaganligini tahmin qilish qiyinchilik tug`dirmaydi. Amaldagi hukumat mamlakatda sun`iy favqulotda vaziyatni yaratib, so`ng uni o`zi “tinchitib”,  “faqatgina hozirgi hukumat mamlakatni boshqarish qudratiga ega, agar hokimiyat boshqa kuchlarning qo`liga o`tsa, Qozog`iston 20 yillik osoyishtaligini yo`qotib, ana shunday mudhish voqealar girdobiga tushib qoladi” deya o`zi uchun saylovlarda “tuz qarta” yaratishga uringanligi ehtimoldan yiroq emas. Butun 2011-yil davomida ketma-ket sodir etilgan xurujlar, turli shaxs va guruhlar tomonidan sodir etilgan bo`lsada, ular g`ayritabiiy ravishda bir-biriga bog`liq hamda o`xshash edi. Bu esa ular bir markazlashgan kuch tomonidan boshqarilganligiga ishoradir. Tarix bunday siyosiy ko`zbo`yamachiliklarga ko`p marta guvoh bo`lgan. 

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Amerika Imperiyasi haqida
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda