• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
28 Fev2016

Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita

28 Fevral 2016. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: MDH va Rossiya

Aksariyat odamlar xaritalarning vazifasini o’ta jo’n baholaydi: xarita biror mamlakat geografiyasi va topografiyasini ko’rsatadi xolos, qabilada. Biroq xaritalar bizga anchayin kengroq, ya’ni siyosiy, harbiy va iqtisodiy o’lchamlar haqida so’zlashi mumkin.

Haqiqatan, xaritalar biror mamlakatning strategiyasini izohlab bera oluvchi omillar ichida birinchi o’rinda turadi.

Quyidagi 10 xarita zamonaviy Rossiyaning Sobiq Ittifoq qulagandan buyon mavjud qiyin vaziyati va Prezident Putinning Yevropaga nisbatan uzoq muddatli maqsadlarini anglab olishga yordam beradi.

Rossiya deyarli dengizga chiqish imkonidan mahrum davlat

Ba’zida bittagina xarita biror mamlakat haqidagi eng muhim narsani ochib berishi mumkin. Rossiya misolida bunday xaritani quyidagicha ko'rinish kasb etadi:  

Rossiya strategiyasini anglab olish uchun muhim bo’lgan omillardan biri uning Yevropaning qolgan qismiga nisbatan mavjud pozitsiyasini sinchiklab o’rganib chiqishdir.

Yevropa yarimoroli uch tomondan Boltiq-Shimoliy dengiz, Atlantika okeani va O’rtayer-Qora dengizlari tomonidan o’rab olingan. Yarimorolning sharqiy chegarasi Boltiq dengizidan Qora dengizga qadar cho’zilib ketgan.

Yuqoridagi xaritada ushbu sharqiy chegaralanish Sankt-Peterburgdan Rostov-na-Donuga tomon tortilgan chiziq bilan ko’rsatilgan. Ushbu chiziq, aniq bo’lmasa-da, Boltiqbo’yi davlatlari, Belarus va Ukrainaning sharqiy chegaralarini kesib o’tadi. 

Yevropaning juda kam qismi dengizdan 600 kmdan uzoqroqda, qit’aning aksariyat qismi suvdan 500 km atrofida joylashgan. Lekin Rossiyaning ko’p hududi dengizga chiqish imkonidan mahrum. Shimoliy Muz okeani Rossiyaning aholi markazlaridan anchayin uzoqda bo’lib, undagi mavjud portlarning ko’pidan qishda foydalanib bo’lmaydi.

Yevropa Rossiyaning dengizga chiqish yo’llarini nazorat qiladi

Rossiyaning Shimoliy Muz okeanidan boshqa dunyo okeanlariga chiqish imkoni ham cheklangan. Mavjudlari ham boshqa davlatlar nazorati ostidadir. Buni quyidagi xaritada ko’rish mumkin:

 Rossiyaning Yevropa qismi jahon dengiz savdo yo’llariga chiqish imkonini beruvchi uch nuqtaga ega. Bularning birinchisi Qora dengiz va Bosfor bo’g’ozi orqali o’tib, Turkiya nazorati ostida hisoblanadi.

Ikkinchisi Sankt-Peterburgda bo’lib, bu nuqtadan kemalar Daniya nazorati ostidagi suvlar orqali jahon savdosiga qo’shilishi mumkin. Biroq Daniya osonlik bilan bu yo’ldagi qatnovni cheklab qo’yishi salohiyatiga ega.

Uchinchisi Shimoliy Muz okeanidan o’tadigan nisbatan uzunroq yo’l bo’lib, Murmanskdan boshlanadi va Grenlandiya, Islandiya hamda Buyuk Britaniya oralig’idagi hududlarga chiqib boradi.

Sovuq Urush davrida Norvegiya, Shotlandiya va Islandiyadagi havo bazalari aviatashuvchi jangavor kuchlar bilan birgalikda Rossiyaning dengizga chiqish imkoniyatini cheklash uchun harakat qilishgan. Bu Rossiya hanuz okeanlarga chiqishda to’sqinliklarga uchrash ehtimoli yuqoriligini anglatadi.

Bu, shuningdek, har bir omilni hisobga olgan holda, Rossiya nega dengizga chiqish imkonidan mahrum davlat ekanligini izohlab beradi.

Biror davlatning dengizga chiqish imkoniga egaligi esa uning iqtisodiy va siyosiy qudratga erishishida katta ta’sir ko’rsatadi.

G’arbiy chegara Rossiya infratuzilmasi uchun hayot-mamot masalasidir

Quyidagi uchta xaritada Rossiyaning real geopolitik holatini ko’rish mumkin:

Rossiyaning asosiy aholi dastalari Yevropa bilan chegara va Kavkaz (janubdagi Qora va Kaspiy dengizlari oralig’idagi hudud) bilan janubiy chegarada joylashgan. Aholi Sibirda o’ta siyrak yoyilgan. Asosiy daryolar va infratuzilma g’arbiy hududlardadir.   

 


 Rossiyaning asosiy qishloq xo’jaligi hududlari janubiy-g’arbda joylashgan. Shimoliy  Rossiyaning iqlimiy sharoiti qishloq xo’jaligi rivoji uchun imkon bermaydi, bu esa Ukraina, Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan chegara hududlarning soha uchun ahamiyati oshishiga sabab bo’ladi. 

G’arbiy va janubiy hududlar ahamiyatini mamlakat transport tuzilmasida ham ko’rish mumkin.

Temiryo’l tizimlari Rossiya infratuzilmasining qon-tomirlari hisoblanadi. E’tibor berilsa, ularning asosiy qismi G’arb va Sobiq Ittifoq respublikalari tomon cho’zilganini ko’rish mumkin. Faqat ikki yo’lgina Rossiyaning Yevropa qismini Tinch okeani hududlari bilan bog’laydi, xolos. Sibirning aksar hududlari esa transport tarmog’idan uzilib qolgan. 

Bu uch xarita Rossiyaning ichki asliyatini aks ettiradi. Rossiyaning eng muhim va, o’z navbatida, eng zaif qismi ham g’arbda joylashgan. Bunday tavsifdagi ikkilamchi hudud esa Kavkazdadir. Rossiya xaritasining katta qismini Sibir egallagan, biroq unda aholi siyrak va strategik ahamiyati ham shunga yarasha.

Sovet Ittifoqi davridagi aholi zichligini ifoda etuvchi xaritadan ko’rinib turibdiki, hozirgi Rossiyaning g’arbiy hududlari Yevropa yarimoroli asosidan o’tadi. Qolgan ikki xarita qishloq xo’jaligi va transport tizimlarini ko’rsatib, g’arbiy hudud Rossiya infratuzilmasi markazi ekanligini isbotlaydi. Mamlakatning Osiyo qismidagi barcha hududlar ikkilamchi ahamiyatni namoyon qiladi.

Rossiya G’arbga nisbatan buffer zonasidan mahrum bo’lgan

Quruqlikdagi qudrat sifatida Rossiya tarixan zaifdir. Uning Yevropa tekisligidagi markaziy hududlari g’arbdan keladigan xavfga qarshi juda kam tabiiy muhofazaga ega. Karpat tog’laridan sharqda tekislik janubga tomon yo’naladi va, natijada, Rossiyaga kiruvchi eshiklar ochiladi.

Bundan tashqari, Rossiyadagi mavjud daryolar ichki transport tuzilmasi oldida to’siqlar paydo qiladi va o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikni ham kamaytiradi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorga chiqarilishi lozimligi omili hisobga olingan holda, transport tuzilmasi ham yaxshi tashkillangan bo’lishi zarur.

Iqtisodiyotining asosiy qismi g’arbiy chegaraga yaqinligi va bu chegarani muhofaza qiluvchi tabiiy to’siqlarning yetarli emasligi Rossiyani xavf ostiga qo’yadi. 

Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, Rossiya o’z milliy strategiyasini imkon qadar g’arb tomon yo’naltirishi tabiiy. Ushbu yo’nalishdagi birinchi bosqich mamlakatlar Yevropa yarimorolining sharqiy qismidagi Boltiqbo’yi republikalari, Belarus va Ukraina bo’lib, Rossiya uchun muhofaza vazifasini o’tovchi tabiiy makon va ba’zi iqtisodiy imkoniyatlarni ta’minlaydi.

Rossiyaning 1914-yil, ya’ni Birinchi Jahon Urushi boshlangan vaqtdagi holatiga ham e’tibor qaratish lozim:

O’sha vaqtda Rossiya g’arbiy yo’nalishdagi birinchi bosqich davlatlarni to’la, ikkinchi bosqich davlatlarning ba’zilari, masalan hozirgi Polsha va Ruminiyani o’z ta’siri ostida ushlab turardi. Uning Polsha ustidan nazorati, ayniqsa, ahamiyatli bo’lgan.

1914-yili Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari Rossiyaga xujum qilganda bu ulkan buffer hudud ruslarga 1917-yilga qadar janglarning mamlakat markazi tomon yetib borishiga yo'l qo'ymaslik imkonini bergan.

1941-yili Germaniya ikkinchi bor Rossiyaga bostirib kirganda oldingisiga qaraganda ancha ichkariroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Navbatdagi xarita ushbu xujum miqyosini ko’rsatadi. Germaniya xaritada ajratib ko’rsatilgan barcha hududlarni egallagan, lekin ularning hammasini bir vaqtning o’zida nazorat qila olmagan. 

 Nemislar deyarli butun Yevropa yarimorolini bosib olishgan va so’ngi zarbada sharqqa va Janubiy Kavkazga kirib borishgan. Oxir oqibat, qulay makon va intizomli armiya orqali Rossiya Germaniyani mag’lub qilishga muvaffaq bo’lgan.

Bosib olingan rus yerlarining kattaligi nemislarni holdan toydirgan bo’lsa, intizomli Rossiya armiyasi, pirovardida, ularning irodasini sindirgan. Agar Rossiyada qulay strategik makon bo’lmaganida urushni boy bergan bo’lar edi.

Shu sababli Rossiyaning Ikkinchi Jahon Urushi nihoyasidan boshlangan strategiyasi chegarani imkon qadar g’arbga tomon surib borishdan iborat bo’lgan.

 Sovuq Urush davrida Rossiyaning g’arbga tomon kengayib borishi o’zining yuqori nuqtasiga chiqdi va bu kengayish Sovet Ittifoqining parchalanishiga sabab bo’ldi. Rossiya birinchi bosqich davlatlari – Boltiqbo’yi, Belarus, Ukrainani egallab oldi va ikkinchi bosqich davlatlari tomon surilib borib, Germaniyaning sharqiy qismida o’z nazoratini o’rnatdi.

Rossiyaning bu kengayishi G’arbiy Yevropa uchun xavf tug’dirardi.  Yevropaliklar va AQShning ikki ustunligi bor edi: ular Rossiyani to’la qurshab olishgan va uning dengizga chiqish imkoniyatini istalgan paytda cheklab qo’ya olar edilar.

Eng muhimi, yevropaliklar va amerikaliklar dengiz savdo blokini tashkil qilib, Sovetlar lageriga nisbatan anchayin salmoqli boylik to’plashga erishdilar. G’arb iqtisodiyotiga ozroq salbiy ta’sir ko’rsatgan qurollanish poygasi Rossiya uchun o’nglab bo’lmas narxga tushdi.

1980-yillardagi neft narxining pasayishi esa Sovet Ittifoqining qulashini boshlab berdi.

Endilikda Rossiyaning yo’qotadigan xech narsasi yo’q

Maqoladagi ilk xaritaga qayta nazar tashlab anglash mumkinki, Rossiya g’arbiy chegaralarining qisqarishi misli ko’rilmagan darajada bo’lib, bu chegara uzoq vaqt davomida Moskvaga shu qadar yaqin bo’lmagan. 18-asrdan beri Rossiya Yevropa yarimorolining birinchi bosqichini egallab, ikkinchi bosqichini nazorat qilib kelgan bo’lsa, 1991-yilda har ikkala bosqichdan ham ayrildi.

G’arb Boltiqbo’yini NATOga qo’shib olishi natijasida NATO hududi Sankt-Peterburgdan atigi 160 km narida bo’lib qoldi, xolos. Bunga ruslar biror javob chorasi ko’ra olmadi. Buning o’rniga Rossiya Chechenistondagi isyonchilarga qarshi kurashish, Gruziyaga intervensiya uyushtirish va Armanistonga qo’shin kiritish orqali o’z ichki va sobiq hududlaridagi barqarorlikni mustahkamlashga harakat qildi.

Yuqoridagi xaritalardan aytish mumkinki, 1991-yildan Rossiya uchun eng muhim bo’lgan davlat – Ukrainadir. Sababi Boltiqbo’yi allaqachon Yevropaga singib ketgan, Belarusda esa boshidan rusparast kuchlar hukumat tepasiga kelgan edi. Geosiyosiy jihatdan ham Ukraina muhim bo’lib, uning sharqiy chegaralari Rossiyaning markaziy qishloq xo’jaligi hududlari va asosiy aholi hamda transport markazlaridan o’tardi.

Bu Ikkinchi Jahon Urushida nemislar nega aynan Ukraina orqali Rossiyaga kirib borishga uringanligi sabablaridan biri ham edi.

Mavjud Ukrain Inqirozi haqida gap ketganda ruslar g’arbparast hukumat tashkil qilishdagi yevro-amerika kuchlari manfaati Ukrainadan ko’ra kattaroq maqsadni ko’zlaganligini hisobga olishlari lozim. Ruslarning hisoblashishicha, ular nafaqat buffer zonani qo’ldan boy berishdi, balki Rossiyaga nisbatan dushmanona kayfiyatdagi Ukrain kuchlari mamlakat g’arbiy chegarasi tomon harakatlanmoqda.

Ukrainaning geografik joylashuvi ruslarga mavjud inqirozdan uzoqlashish imkonini bermaydi. Bundan tashqari ular Ukrainadagi G’arb manfaatlari Rossiya uchun xavf tug’dirmaydi, deb o’ylash tanloviga ham ega emaslar.

Ayni paytda, G’arb ham Rossiya Ukrainani egallagan taqdirda tinchlanadi, deb hisoblay olmaydi. Xulosa qilib aytganda, ikkala qudrat bir-biri haqida faqat xavfsirashga boradigan dushmanlikning ibtidoiy ko’rinishida turishibdi.

Rossiya salmoqli qurolli kuch shakllantirish imkonidan mahrum. Sababi uning dengizdagi qudrati cheklangan, asosiy kuchlarni faqat havodan qo’llash yetarli emas. Suriya Inqirozidagi ishtirok Rossiya harbiy imkoniyatlarini ochib beradi va ushbu operatsiya uning ikkilamchi manfaatlari sirasiga kiradi. Rossiyaning asosiy manfaati g’arbiy chegara va Ukrainadir. Janubda esa, ruslarning e’tibori Kavkazga qaratilgan.

So’nggi bir yarim yil ichida beqaror neft narxi tufayli energetika eksportiga asoslangan Rossiya iqtisodiyoti jiddiy qiyinchilikka yuz kelgani ma’lum. Ammo Rossiya doimo iqtisodiy qiyinchilik girdobida bo’lgan. Halokatli iqtisodiy vaziyatda bo’lishiga qaramay Ikkinchi Jahon Urushi g’olib davlatlaridan biri bo’lishga muvaffaq bo’lgan.

Qiyinchiliklar ruslarni birlshtiradi

Fukidid Afinaning dengizga yaqinligi va Pirey kabi keng imkoniyatli portga ega ekanligi bilan uni Spartadan farqlagan. Sparta esa dengiz qudratiga ega davlat emas edi. Afina undan anchayin boyroq bo’lgan.

Dengiz qudratiga ega davlat jahon savdosiga qo’shila oladi, shu sababli Afina boy edi. Lekin uning ikki kamchiligi bor edi. Birinchisi, boylik hashamatni yaratadi, hashamat esa odamni buzadi. Ikkinchisi, dunyoni kenroq o’rganish axloqiy beqarorlikka olib keladi.

Sparta esa savdo emas, balki og’ir mehnat orqali bunyod bo’lgan edi. Spartaliklar dunyoni bilmas, qat’iy intizomga rioya qilishardi.

Afina va Sparta misolidagi boylik va kuch to’qnashuviga Yevropa va Rossiya munosabatalarida ham guvoh bo’lishi mumkin. Yevropa dunyoga chiqishning keng imkoniga ega va boy, o’z navbatida esa ichki beqarorlikka ham moyil.

Rossiya esa anchayin birlashgan bo’lib, o’z qudratini qiyinchiliklarni yengishdagi kuchdan oladi. Bu qiyinchiliklar esa tabiiy muhofazasiz geografik joylashuv, cheklangan dengizga chiqish yo’llari va mavjud yo’llar ham boshqa kuchlar nazorati ostida ekanligida ko’rinadi.

Shu jihatdan Rossiya qaysidir ma’noda Spartaga o’xshab ketadi. Rossiya quruklikdagi janglarda chiniqqan harbiy tajribaga ega. Ulkan armiyani tutib turish va aholi uchun yetarli yashash sharoitlarini yaratish Rossiyaning qudratini ko’rsatadi. Lekin bu bilan uni Yevropaga qiyoslab bo’lmaydi.

Xulosa qilganda, ruslarni faravonlik emas, balki vatan haqidagi ideal tasavvur va ona yurtga nisbatan sadoqat birlashtirib turibdi. Bu jihatdan sadoqatni kuchaytirish uchun faravonlikdan foydalanadigan Yevropa hamda Amerika va sadoqatni davlat qudrati hamda tarixan shakllanib kelgan ‘rus bo’lish’ ifodasi orqali ushlab turadigan Rossiya o’rtasida chuqur jarlik mavjud.

Mamlakatdagi ko’plab etnik birliklar mavjudligiga qaramay rus xalqining milliy ruhi qudratliligicha qolaveradi. 

Bu omillarning bari ruslar uchun imkoniyat yaratadi. Ularning iqtisodiy holati qanchalik yomon, geografik joylashuvi qanchalik zaif bo’lmasin, bu Rossiya uchun raqiblarini yengishga salohiyat beradi, xattoki uni yanada xavfliroq qudratga aylantiradi. 

 

Jorj Friedmen (George Friedman) xalqaro geosiyosat va strategiya bo'yicha mutaxassis bo'lib, 'Stratfor' tahliliy markazi asoschisi hisoblanadi.

Manbaa: 10 Maps That Explain Russia's Strategy

O'xshash maqolalar

  • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
  • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda