• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
26 Fev2014

Turkmaniston qachon "ochiladi"?

26 Fevral 2014. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: MDH va Rossiya

Yer yuzida tashqi dunyodan uzilib qolgan davlatlar barmoq bilan sanarli. Ularning eng mashhuri, so‘zsiz, Shimoliy Koreyadir. Jahonning diqqat-e’tibori doimo shu davlatda bo‘ladi, hamma undan xavfsiraydi, uni yanada chuqurroq bilishga qiziqadi. Lekin shunday “yopiq” davlatlar ham borki, ular ko‘zdan panada, hattoki, ko‘pchilik ularning mavjudligidan ham bexabar. Bunday davlatlardan biri, yon qo‘shnimiz – Turkmanistondir.

Turkmaniston haqida avtoritar rejim, g‘alati tabiatli diktatorlar, yopiq siyosat, abadiy betaraflik, qattiqqo‘l rahbarning oltin haykali, ulkan uglevodorod zahiralari kabi ma’lumotlardan ortiq narsani deyarli bilmaymiz. Bu davlatni o‘rganish ham ko‘pchilik uchun qiziq emas. Turkmaniston, hattoki, Markaziy Osiyoda ham aytarli ta‘sirga ega emas. Lekin oxirgi vaqtga kelib o‘ziga xos tendensiyani guvohi bo‘lmoqdamiz: Turkmaniston “ochilmoqda”.
 
Turkmanlar, tarixan ham, Markaziy Osiyoda o‘z so‘zini siyosiy elitaga o‘tkaza oladigan kuchga ega bo‘lishmagan. Garchi, mustaqil turkman hukumati “buyuk tarix va ulug‘ millat” siyosati doirasida Kichik Osiyoda asoslangan qudratli Usmoniylarning ajdodlari hisoblanmish Saljuqiylar Imperiyasi, hattoki, Erondagi Safaviylar sulolasining asoschilari turkmanlar bo‘lganligini davlat darsliklarida targ‘ib qilsa-da, aslida, zamonaviy Turkmaniston hududi arablar, mo‘g‘ullar, keyinchalik, o‘zbek xonliklari va, nihoyat, Rus Podsholigi hamda Sobiq Ittifoq nazorati ostida bo‘lgan.
 
Asosan, sahrodan iborat bo‘lgan Turkmaniston “Qizil Imperiya” davrida ham boshqa hududlarga nisbatan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari kabi iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga qaram bo‘lgan Turkmanistonda ulkan miqdordagi uglevodorod zahiralari aniqlangandan so‘ng bunday davlatning mavjudligi ma’lum bo‘la boshladi.
 
Turkmanistonning o‘ziga xos “mashhurligi” va siyosiy yo‘li, so‘zsiz, marhum prezident, Buyuk Turkmanboshi Saparmurod Niyozov bilan bog‘liq. 1985-yildayoq hukumat tepasiga kelgan Niyozov SSSR qulagandan so‘ng mamlakatda to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olib, cheksiz qudratga ega bo‘ldi. Mustaqil rahbar sifatidagi ilk yillaridanoq jamiyat ustidan kuchli davlat nazorati, o‘ta markazlashtirilgan siyosiy boshqaruv va yopiq siyosatni joriy qildi. Turkmanboshining bu amallari uning xarakteri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, Turkmaniston Sobiq Ittifoq tarkibidan eng oxirgilardan bo‘lib – 1991-yil 27-oktyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, Niyozov SSSR davrida mustaqil siyosat yuritish ko‘nikmasini shakllantira olmagan va Imperiyaning qayta oyoqqa turish ehtimolidan xavotirlangani sababli voqealar rivoji qaysi o‘zanda ketishini kutishga majbur bo‘lgan.
 
Ahamiyatlisi, 1990-yillarning boshida Markaziy Osiyo davlatlarining ichida faqat Turkmaniston geosiyosiy o‘yinlar, kuchli etnik ziddiyatlar, islomiy fundamentalizmning bosh ko‘tarishi kabi muammolar bilan yuzlashmadi. Bunga sabab asrlar davomida turkman milliy davlatchiligi asoslari shakllanmaganligi, milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tashqi kuchlar to‘siq bo‘lganligi edi. Aynan turkman xalqining siyosiy ong jihatdan “bo‘shligi” Saparmurod Niyozov hokimiyati mavjudiyatining suyangan tog‘i bo‘ldi. Yangi mustaqil hukumat milliy o‘zlikni anglash va millat shakllanishi jarayonining bosh tashabbuskorigi aylandi, butun jarayonni qattiq nazorat ostiga oldi. Noshaffof saylovlar orqali qudratga kelgan, korrupsiyaga botgan siyosiy rejim uchun ongiy jihatdan boshqariluvchi, o‘ta sadoqatli olomon suv va havodek zarur edi. Albatta, dunyoda mavjud barcha avtoritar rejimlar yuqoridagi amallar orqali o‘zini saqlab qolishga urinadi. Turkmaniston bu yo‘lda yanada olg‘a qadam bosdi: 15 yil davomida Saparmurod Niyozov shaxsi oliy tangri darajasiga ko‘tarildi, shaxsga sig‘inish aql-bovar qilmaydigan darajaga yetdi. Lekin bu ham diktatura sharoitida yangilik emas – Shimoliy Koreyadagi Kimlar oilasi 60 yildan ziyod vaqtki, xalqning ibodat qiluvchi mehrobiga aylangan. Niyozov rejimi esa zamonaviy dunyo davlatchiligi tarixida umuman uchramagan siyosat – “Abadiy Betaraflik”, sodda til bilan aytganda, do‘stsiz-dushmansiz yo‘lni e‘lon qildi. Bu betaraflikni Shvetsariya yoki Avstriyaning tashqi siyosatidagi betaraflik bilan solishtirib bo‘lmaydi, albatta.
 
Turkmaniston hukumatining sobiq (ehtimol, marhum) tashqi ishlar vaziri Boris Shixmurodovning yozishicha, “tarixan bag‘rikeng, tinchliksevar bo‘lgan turkman xalqi” uchun “keskin geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan zamonaviy dunyoda” betaraf maqomga ega bo‘lish mantiqiy jihatdan eng maqbul yo‘ldir. Sobiq vazirga ko‘ra, betaraflik o‘z qobig‘iga biqinib olishni emas, balki qo‘shni xalqlar va tashqi kuchlar bilan teng, barqaror, iliq va tinch aloqalar olib borishni anglatadi.
 
Aslida esa, betaraflik Niyozov rejimini tashqi “xatarlar”dan himoya qiluvchi qalqon sifatida tadbiq qilingan edi. Davlat tomonidan qattiq nazoratda olib borilayotgan milliy o‘zlikni anglash va shaxsga sig‘inish jarayoni, o‘zgacha fikrlovchilar va muholifatni doimiy ta’qib etish orqali ichki barqarorlikni mustahkamlab olgan olish ortidan, endilikda, rejimni tashqi ta’sirdan muhofaza etuvchi siyosat zarur edi. Yopiq tashqi siyosat rasman “Betaraflikning 10 yili” dasturi doirasida olib borildi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq tashqi siyosatda tiyilish kuzatildi. Abadiy betarflik borasidagi ilk rasmiy bildiruvlardan biri 1995-yil 15-martida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlarining Islomoboddagi sammitida Turkmanboshi bayonoti orqali ma’lum qilindi. 1995-yil 12-dekabridagi BMTning maxsus rezolutsiyasi bilan Turkmaniston abadiy betaraf davlatga aylandi. Shu yilning 27-dekabr kuni Turkmaniston konstitutsiyasiga abadiy betaraflik bo‘yicha bandlar kiritildi.
 
Turkmaniston betaraflik siyosati bo‘yicha rasmiy izohlarga ko‘ra, ushbu siyosat, asosan, harbiy bloklarga a’zo bo‘lmaslik, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik, mamlakat hududida xorijiy harbiy bazalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutib, mamlakat iqtisodiy jihatdan xorijiy sarmoyadorlar uchun ochiqdir. Lekin, aslida, hukumat ulkan gaz zahiralarini yopiq siyosat orqali tashqi ta’sirdan saqlab keldi, butun moliyaviy asosi va qudratini aynan shu tabiiy boylik ustiga qurdi. Gaz eksporti bo‘yicha ikki o‘n yillik davomida Rossiya Turkmanistonning asosiy hamkori bo‘lib keldi.
Qimmatli gaz zahiralari ustidan mutlaq nazoratni qo‘lga kiritgan hukumat kelayotgan ulkan foyda yordamida aholini minimum darajadagi eng muhim oziq-ovqat, bepul gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan ta’minladi. Aholisi kam, hududining katta qismi sahrodan iborat bo‘lgani uchun shahar-qishloqlari tarqoq joylashgan va kommunal tizimlar bilan qashshoq ta’minlangan Turkmaniston uchun bunday “sahiylik” unchalik qimmatga tushmaydi. Korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishni hisobga olmaganda, albatta. Bu davlat siyosati siyosiy ongi rejim mafkurasi bilan egallangan turkman xalqini hukumatga yanada qaram qilib, sadoqatini oshirishi lozim edi va shunday bo‘ldi ham.
 
Tashqi tomondan Saparmurod Niyozov vafoti, ya’ni 2006-yil 21-dekabrga qadar ichki va tashqi xatarlarsiz, mutlaq qudratdan bahramand bo‘lgandek ko‘rinadi. Ammo, uning abadiy betarafligi, qattiqqo‘l siyosati, doimiy ta’qibi va hukumatdagi tozalovlari siyosiy rejim barqarorligi kafolatchisi bo‘la olmadi. Garchi keng ko‘lamli xalq noroziligi yoki davlat to‘ntarishi ehtimoli kam bo‘lsa-da, siyosiy elita butkul Niyozov izmida emas edi. Buni yaxshi anglagan Turkmanboshi maxfiy politsiya tuzilmasiga kuchli e’tibor berdi. Hokimiyatni bosib olishidan qo‘rqib, armiya salohiyatini eng quyi bosqichda ushlab turdi. Turkman armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchsiz armiyaga aylandi. Rahbarlar tinimsiz almashtirib turildi. Turkmanboshi, ayniqsa, xorijiy ta’sirning mamlakat ichiga suqilib kirishidan xavfsirar edi. Natijada 2002-yil noyabrida tafsilotlari hanuz sir qolayotgan “Shixmurodov ishi” yuzaga keldi.
 
Rasmiy versiyaga ko‘ra, o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Boris Shixmurodov xorijiy kuchlar bilan til biriktirib, amaldagi hukumatni ag‘darib tashlashni rejalashtirgan bo‘lgan. Ushbu ayblovni jinoyatchi sifatida milliy televidenie orqali xalqqa namoyish etilgan Shixmurodovning o‘zi ham tasdiqlagan. Biroq turkman hukumati ushbu ish yuzasidan butun nazoratni o‘z qo‘liga olganligi sababli hozirga qadar o‘sha paytda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgan-bo‘lmaganligi aniqlanmagan. Muhimi, Niyozov rejimi “Shixmurodov ishi” ortidan keng ko‘lamli tozalov ishlari olib bordi, mamlakat xorijliklar uchun butunlay yopildi, yopiq siyosat yanada qattiqlashdi, Turkmanboshi qudrati eng yuqori cho‘qqiga yetdi.
 
Turkmanistonning dunyodan bu tariqa uzilib qolishi to Niyozovning vafotiga qadar davom etdi. Niyozov rejimida ham barcha diktaturalarda bo‘lgani kabi bir muammo mavjud edi: vorislik. Turkmanboshining to‘satdan vafot etishi sabablari borasida turli ovozalar to‘lqini pasaymay turib, siyosiy tahlilchilar navbatdagi rahbar kim bo‘lishi haqida turli fikrlarni o‘rtaga tashlay boshladilar. Turkmanboshining bo‘shab qolgan o‘rni uchun imkonli da’vogarlar deyarli yo‘q edi: butun hukumat Turkmanboshi tomonidan sistematik tarzda tozalab turilardi. Xuddi shu manzarada Prezident Gvardiyasi rahbari Oqmurod Rejepov bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan Gurbanguli Berdimuhammedov prezidentlik posti uchun harakatni boshlab yubordi. Rejepov Turkmanboshining davomiy tozalovlaridan omon qolgan kamdan-kam amaldorlardan bo‘lib, uzoq muddat davomida rejim maxfiy kuchlarini boshqarib kelgan edi. U parda ortidagi Ikkinchi Turkmanboshi bo‘lib, yillar davomida Niyozovnikidan kam bo‘lmagan qudratni qo‘lida to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. O‘sha paytda Bosh Vazir (bosh vazir Turkmanboshining o‘zi bo‘lgan) o‘rinbosari lavozimida ishlagan Berdimuhammedov Rejepovni har qanday moliyaviy ehtiyojini qondira boshladi. Evaziga Oqmurod Rejepov prezidentlik uchun yo‘ldagi barcha to‘siqlarni ixtiyoridagi qudrat yordamida supirib tashladi. 2007-yilning 11-fevralida esa Gurbanguli Berdimuhammedov osonlik bilan navbatdagi Turkmanboshiga aylandi.
 
Endilikda xalqaro hamjamiyatning Turkmanistonga e’tibori orta boshlagan edi. Bunga Berdimuhammedov tomonidan yopiq siyosatni yumshatish uchun va’dalar va Niyozov shaxsi sig‘inish asoratlariga qarshi amaliy harakatlarning boshlanishi sabab bo‘ldi. Biroq vaqt o‘tishi bilan barcha umidlar puchga chiqdi: Turkmaniston bir avtoritardan ikkinchisi qo‘liga o‘ta boshladi.
 
2007-yilning o‘zidayoq Oqmurod Rejepov o‘z vazifasini suiste’mol qilish aybi bilan hibsga olindi. Natijada mamlakatdagi kuchlar muvozanati buzilib, Berdimuhammedov yagona va mutlaq qudratga ega shaxsga aylandi. Turkmaniston o‘z qobig‘iga o‘ralishda davom etardi. Ushbu jarayonni Rossiyaning GazProm kompaniyasi bilan rasmiy Ashxobod orasida gaz eksporti yuzasidan kelishmovchilik yuzaga kelishi va ikki mamlakat o‘rtasiga sovuqchilik tushishi buzib yubordi. Iqtisodiyoti gaz eksportiga qaram bo‘lgan turkman hukumatiga Eronga sotilayotgan oz miqdordagi gazdan keladigan foyda yetmas edi. Shunday qiyin vaziyatda turkman hukumati joniga Xitoy oro kirdi. Pekin mamlakatning eng yirik iqtisodiy hamkoriga aylandi. Xorijiy davlat bilan bunday keng ko‘lamli hamkorlik mustaqillikka erishilgandan buyon kuzatilmagan edi.
Rejimning fuqarolar ustidan qattiq nazorati saqlanib qolsa-da, o‘tgan yilning so‘ngida Fransiya, Ispaniya, Indoneziya, Singapur, Quvayt, Ummon va Misrga bevosita yoki bilvosita avia-marshrutlar ochildi. Shu paytga qadar turkmanlar bunday imkoniyatga ega emas edilar. Hattoki, O‘zbekistondan tashqari boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga quruqlik yoki havo yo‘li mavjud emas.
 
Joriy yilning boshida esa yana bir muhim o‘zgarish yuz berdi. Berdimuhammedov aholini bepul gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatini 2030-yilga davom ettirishni va’da qilgan bo‘lsada, 17-yanvar kuni hukumat tabiiy gaz iste’moliga cheklov joriy qildi. Qarorga ko‘ra, turkmanlar oylik 50 kub metr bepul gaz imkoniga ega. Ushbu cheklovdan ortiq ishlatilgan har ming kub metr tabiiy gaz uchun 7 AQSH dollari miqdoridagi to‘lov to‘lashga to‘g‘ri keladi.
 
Shuningdek, betaraflik siyosatining abadiyligi ham savol ostida qolmoqda. Turkmaniston hukumati betarflik siyosatining asosiy qismini tashkil qiluvchi demilitirizatsiya konsepsiyasiga zid harakat qilmoqda. BMTdan boshqa biror ko‘zga ko‘rinarli tashkilot yoki ittifoqqa a’zo bo‘lmagan Turkmaniston Ozarbayjon, Eron, Rossiya va Qozog‘iston bilan Kaspiy dengizidagi gegemonlik uchun kurash boshlagan. Hozircha Turkmaniston harbiy dengiz floti salohiyatini qadamba-qadam oshirib borayotgan bo‘lsa-da, joriy yildan quruqlikdagi qo‘shinga ham alohida e’tibor qaratishi turgan gap.
 
2014-yilning so‘nggiga qadar xorijiy qo‘shinlar Afg‘onistondan chiqib ketar ekan, ushbu mamlakat bilan 700 kilometrdan ziyodroq umumiy chegaraga ega Turkmaniston yuz berishi mumkin bo‘lgan regional o‘zgarishlardan xoli qolishga kafolatlanmagan. Bu esa turkman hukumatini xavotirlantirishi tabiiy. Afg‘onistonda yuz berishi mumkin bo‘lgan navbatdagi beqarorlikdan omon qolish uchun rasmiy Ashxobod, eng avvalo, mintaqa davlatlari va bu hududda katta ta‘sirga ega bo‘lgan qudratli davlatlar bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi.
 
Biroq Turkmanistonning “ochilishi” osonlik bilan sodir bo‘ladigan jarayon emas. Buning asosiy sababi “ochilish”ni joriy hukumat istamaydi. Aholida siyosiy ong va faollik eng quyi bosqichda saqlanib qolar ekan, ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan siyosat yurtish uchun birlamchi harakatni mamlakat ichkarisidan kutishning ma’nosi yo‘q. Turkmanistonning gaz zahiralariga boyligi hisobga olinsa, bunday tashabbus (xuddi Xitoy kabi) bilan chiqadigan davlatlar soni yaqin kelajakda ko‘payib borishini tahmin qilish mumkin.
 
19-asrning so‘ngida jahonning qudratli davlatlari Xitoyga nisbatan “Ochiq Eshiklar Siyosati”ni qo‘llashgan edi. Bu siyosatning zamonaviy ko‘rinishi tez orada Turkmanistonga nisbatan ham qo‘llansa ne ajab. Zero buning ilk belgilari allaqachon paydo bo‘lgan.

O'xshash maqolalar

  • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda