• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
15 Mar2014

Ukraina krizisi va Axborot urushi

15 Mart 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: MDH va Rossiya

Fan va texnologiyaning rivojlanishi natijasida insonning hayoti tobora ijtimoiylashib bordi, bu rivojlanish insonni biologik organizmdan ijtimoiy organizmga aylantirib qo'ydi. Ayniqsa bu narsa globallashuv hamda axborot tizimi o'ta rivojlangan XXI-asrda kuchaydi. Insoniyat tarixida shu davrgacha axborotning muhimlik darajasi bu qadar yuqori cho'qqilarni zabt etmagan edi. Insonning ko'zi va qulog'i uchun dunyo ommaviy axborot vositalari orasida kuchli raqobat yuzaga keldi. Bu nafaqat o'sha OAVlarning moliyaviy maqsadlari uchun, balki o'sha OAVlarning egasi bo'lgan mamlakat, jamiyat va kishilarning ideologik maqsadlarini amalga oshirish uchun ayovsiz qurol vazifasini o'tay boshladi. Bugun biz siz bilan ushbu informatsion urushlarning qanchalik darajada omma fikrini bir oqimga solib qo'yishi mumkinligini Ukraina siyosiy krizislarida guvohi bo'lib turibmiz. Bugungi mavzumiz ushbu krizis misolida informatsion urushlarning qanchalik qudratli bo'lishi mumkinligiga bag'ishlanadi.

Qisaqacha axborot urushlari tarixi haqida

Informatsion urushlar inson jamiyatlarga uyushgandan beri mavjuddir. Lekin texnologiyalarning soddaligi hamda jamiyatlar bir biridan uzoq masofada yashagani uchun bu hodisa deyarli ko'zga tashlanmas edi. 18-asrda Yevropada gazetalar chop qilinishining avj olishi bilan haqiqiy informatsiya davriga qadam qo'ydik desak mubolag'a bo'lmaydi. Keyinchalik radio va televediniyaga asos solinishi bilan yangiliklar insonning kundalik hamrohiga aylandi. Davlatlar urushlar davomida bu vositalardan xalqlarni dushman tomonga qarshi qo'zg'alishlari uchun va dushmanning obro'sini to'kishda ishlatdilar. Masalan Sovet Ittifoqida 2-Jahon urushi davomida xalqning fashist germaniyasiga qarshi umumiy safarbarligi uchun radio tizimlarining o'rni juda yuqori bo'lgan.

Lekin informatsiya urushlarining asosiy yuqori bosqichga chiqishi Sovuq Urush davriga to'g'ri keladi. Ikki siyosiy qutbga ajralgan dunyoning ikki tomonida, axborotlarni buzib aholiga yetkazish va propoganda oddiy holga aylanib qolgan edi. Agar AQSh Sovet Ittifoqini odamlar bir-birini o'ldirishi oddiy hol bo'lgan va kontslagerlarga boy mamlakat qilib ko'rsatsa, o'z navbatida Sovet Ittifoqi AQSh jamiyatini buzuqchilikka berilgan, otishmalarga boy va xalqni aldovchi boy kishilarning hukumatga uyushgan holda tasvirlagan. Albatta ma'lumotlar yo'q joydan to'qib chiqarilgan desak mubolag'a bo'ladi, lekin axborotlarning haddan ziyod bo'rttirilib ko'rsatilishi asosiy fakt bo'lgan dastlabki ma'lumotning ahamiyatini yo'qotishiga va aholi diqqatini bo'rttirilgan axborotga qaratishiga olib kelgan. Shu tariqa ikki mamlakatning aholisi tafakkurida bir-birining jamiyatiga nisbatan faqat salbiy fikrlar shakllangan.

Keyingi bosqich Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan kirib keldi. Bu bosqichda butun dunyo axborot tizimlarinin AQShning informatsion ta'siriga tushib qolganini kuzatamiz. Videomagnetafon, disklar va kompyuter texnologiyalarining dunyo bo'yicha yoyilib ketishi va bu moslamalar orqali asosan Amerikacha filmlar, kliplar va boshqa axborotlarning ko'rilishi yoki eshitilishi Amerikacha madaniyatni dunyoning eng gegemon madaniyatga aylantirdi. Butun dunyo bo'ylab ingliz tili, Amerikacha orzu va AQShga intilish, uni ideallashtirish kuchayib ketdi. Natijada AQSh o'z aholisi va dunyo xalqlarining ongiga, o'zini dunyoda Demokratiya va Inson Huquqlarining yoyuvchi va qo'riqchisi degan taasurotni singdirishni uddasidan chiqdi. Bu taasurot AQShning Demokratiya va Inson Huquqlari nomi bilan dunyoda muhim geopolitik pozitsiyalarni egallashiga sharoit yaratib berdi.

Oxirgi va hozirgi bosqich 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so'ng boshlandi. Bu bosqichga o'tilishiga asosan uchta sababni ko'rsatishimiz mumkin. 

1. AQShning 11-sentyabr vosealaridan so'ngi agressiv siyosati. Portlashlardan so'ng AQSh nafaqat  terroristik guruhlarga qarshi balki o'zining "qora ro'yxatidagi" mamlakatlarga ham siyosiy hujum qildi. O'z navbatida aynan terroristik guruhlar va o'ziga nisbatan xayrixoh bo'lmagan mamlakatlar xavfini bahona qilgan holatda o'zining eski dushmani bo'lmish Rossiyaning ta'sir hududlariga o'z anti-yadroviy radarlari va harbiy bazalari bilan kirib bordi. Bu holat dunyodagi ko'pchilik mamlakatlar va guruhlarning noroziligiga sabab bo'ldi. Norozi tomonlar ham AQShning informatsion manbalariga zarba berish maqsadida o'zlarining global axborot vositalarini ishga tushirdilar. Shu tariqa AQSh OAVlariga raqobatchi OAVlar paydo bo'ldi. Al-Jazira, France Info, Russia Today, CCTV, Deutsche Welle kabi global telekanallar ushbu jarayonning natijalaridir. 

2. Dunyoda norasmiy va mustaqil axborot manbalarining ommallashuvi, jumladan internet, ijtimoiy tarmoqlar va hakozolar.  Ushbu turdagi axborot vositalari omma orasida rasmiy telekanal va jurnallarga nisbatan ko'proq ta'sir uyg'otdi. Chunki axborot urushlarining birinchi va ikkinchi bosqichida propogandaning jabrlanuvchisi bo'lgan oddiy aholida rasmiy axborot vositalariga nisbatan ishonch yo'qolgan edi. Shuningdek internet tarmog'i har bir kishining axborot manbai bo'lishi uchun imkoniyat yaratib berdi, so'ngi paytlardagi bloggerlar yoki twitter profillaridagi ayrim xabarlarni dunyoning mashhur axborot vositalarinikiga qaraganda ham ko'proq kishilar tomonidan o'qilishi yoki tarqatilishi individual axborot yaratishni ham e'tibordan chetda qoldirib bo'lmasligini ko'rsatib berdi. Internet axborotining yana bir jihati shundaki,  Xalqaro televideniyalarni yo'lga qo'yishga imkoniyati bo'lmagan mamlakatlarning aholilari aynan internet orqali dunyo ommasiga o'zlarining jamiyatlarining xohish istaklari va ideologiyalarini yoyadilar. Bunga islomizm propagandasi yaqqol misoldir. Hech qanday yirik telekanal yoki gazetaga ega bo'lmagan radikal-islomistlarning dunyo bo'yicha propagandasi asosan internet tarmoqlari orqali amalga oshiriladi va buning samaradorligini so'ngi yillardagi islomiy-terrorizm bilan bog'liq voqealar orqali anglashimiz mumkin.

3. Dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy o'sishi va AQSh interventsiyalarining salbiy natijalari. Bu ikki holat bir-biri bilan uzviy bo'gliqdir. Chunki AQSh so'ngi yillarda bir qancha natijasiz urushlarga aralashib o'zining iqtisodiy-siyosiy vaziyatini zaiflashtirdi. natijada AQShga qarshi kuchlar bu vaziyatdan unumli foydalanib o'zlarining jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy o'rinlarini mustahkamlab oldilar.

Ukraina krizisigacha Axborot urushlari

Axborot urushlarining hozirgi bosqichidagi yangi davri dastlab Rossiya-Gruziya to'qnashuvlari davomida boshlandi, Rossiya o'zining kuchli mashina propogandasini Shimoliy Ossetiyani Rossiya hududiga qarashli ekanligini omma ongiga singdirish uchun ishga tushirgan bo'lsa, G'arb mamlakatlari Gruziyaning Rossiya tomonidan agressiyaga uchraganligini propaganda qilish uchun o'zlarining OAVlarini ishga tushirdilar. Geopolitik faktorlari tufayli bu urush Rossiyaning foydasiga hal bo'ldi.

Keyingi xuruj Arab bahorlari davomida vujudga keldi, jumladan Liviya va Misrda bo'lib o'tgan revolyutsiyalar paytida. Ushbu mamlakatlardagi rejimlarning qulatilishida rasmiy axborotdan ham ko'ra ijtimoiy tarmoqlardagi axborot almashinuvlari muhimroq rol o'ynadi. Ushbu faktorni hisobga olgan G'arb OAVlari propogandalarni internet tarmoqlari orqali tarqatib yubordilar. Revolyutsiyadan manfaatdor bo'lgan Al-Jazira telekanalining roli ham ushbu voqealarda sezilarni bo'ldi.

Suriya fuqarolar urushi davomidagi axborot xurujlari dunyo hamjamiyatini bir nechta bo'laklarga ajratib yubordi. Endilikda nafaqat G'arb va Sharq axborot urushi, balki Arab-Islomiy axborot urushlari ham yuzaga chiqa boshladi. Doktrina va konseptsiyada bir biriga qarama qarshi bo'lgan turli xil guruhlar, o'zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish maqsadida o'zaro informatsion urushga kirishdilar. Suriya yuzasidan axborot urushining eng ayanchli tomoni shundaki aynan axborot urushida ustunlikni qo'lga kiritishda turli xil guruhlar dushman tomonining a'zolarini videokamera oldida o'ldirishni rasm qildilar. Bunday noinsoniy videolavhalar yoki rasmlar ommaning eng nozik his-tuyg'ularini junbushga keltirib unda dushman tomonga nisbatan nafrat tuyg'usini kuchaytiradi. Natijada siyosiy konseptsiyaning ahamiyati kamayib, asosiy e'tibor qiynalayotgan aholini qutqarishga qaratiladi. Ushbu usuldan G'arb mamlakatlari ham Bashar Al-Assad rejimidan kimyoviy qurollarni tortib olish uchun foydalangan. Lekin bugunga qadar Al-Assad rejimi aholiga nisbatan kimyoviy qurollarni ishlatganini rad qilib kelmoqda, rus OAVi esa kimyoviy qurollarni jangarilar tomonidan qo'llanilganini ta'kidlashadi.

Ukraina krizisi - reallikning yo'qolishi

Ukrainadagi krizisning boshlanmasdan oldinoq, G'arb va Rossiya o'rtasida axborot xurujlari yuzaga kela boshladi. Jumladan Kiyevda bo'lib o'tayotgan kichik namoyishlarni har bir tomon o'zining raqibiga nisbatan qarshilik deya ko'rsatdi. Lekin tobora kuchaygan namoyishlarning otishmalarga aylanib ketishi tomonlar orasida o'z axborotlarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi.

G'arb mamlakatlari Ukraina krizisidagi Yevropa Ittifoqi va AQShning asl manfaatlari nimada ekanligini emas, balki "Ozodlik va Demokratiya" uchun kurashayotgan Ukraina xalqining Rusparast kuchlar tomonidan snayperlar yordamida otib o'ldirayotganiligini uzluksiz ravishda tarqatdi. O'z navbatida Rossiya namoyishchilar demokratlardan emas, balki neofashistlardan tashkil topgan radikal guruhlardan tashkil topganligini ta'kidlab, Nemis Fashizimiga qarshi bo'lgan nostalgiyani mavjud namoyishchilarga qarshi yo'naltirdi. 

Endilikda nafaqat Ukraina balki dunyo ikkiga ajralgan edi. OAVi tinimsiz ravishda masalaning yuzaki, lekin ommaga ta'sir qiladigan tomonlari haqida axborotlarni berishda davom etmoqda, lekin masalaning asl sababi bo'lmish geopolitik maqsadlar to'g'risida ma'lumotlar juda kam. Ommaning vaziyatni murakkab tomonlariga e'tiborsizligi va axborotlarni oddiylashtirilishi, Ukrainadagi siyosiy krizis haqida ikki tomonda ikki xil taasurot paydo qildi. Shu bilan birga ikki tomon ham omma fikrini o'ziga jalb qilish maqsadida arxivdagi axborotlar yoki umuman ukrainaga tegishli bo'lmagan ma'lumotlardan foydalanishdan o'zlarini tiymadilar.
 Namoyishlarning Rus telekanallarida aks ettirilishi
Namoyishlarning Rus telekanallarida aks ettirilishi

Namoyishlarning G'arb telekanallarida aks ettirilishi

Namoyishlarning G'arb telekanallarida aks ettirilishi

Shu o'rinda aynan Kiyevdagi maydanga tegishli qiziqarli infografiyani e'tiboringizga havola etmoqchiman. Ushbu infografika namoyish qatnashuvchilar orasidagi so'rovlarning natijalari bo'lib, unda qatnashuvchilar haqida iloji boricha to'liq ma'lumot berilgan.

Albatta oddiy omma sifatida bizni e'tiborimizni birinchi navbatda raqamlar va qatnashuvchilarning namoyishlarda qay maqsadlarda qatnashayotganligi tortadi. Namoyishchilarning 85,5%i namoyishlarga o'z hohishlari bilan kelganliklarini ta'kidlashgan. Albatta bunga shubha yo'q, chunki bunchalik ko'p aholini majburlab yoki moliyalashtirib namoyish o'tkazish juda katta kuch talab qiladi.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham mavjud. Agar demokratik prinsiplarga tayansak, aholining katta ko'pchiliging fikri, aholining kamchilik fikridagilarga nisbatan ustun bo'lishi kerak. Shunday ekan, savol tug'iladi: Kiyevdagi Yevromaidan qanchalik darajada Ukarina umumiy aholisining istaklarini aks ettiradi? Ular umumiy aholining qancha foizini tashkil qiladi deb kishini o'ylashi tabiiy. Ushbu savollarga javob berish uchun biz Maidandagi namoyishchilarning umumiy Ukraina aholisi va Kiyev shahri aholisiga nisbatini solishtirdik.

Natijalar hayron qolarli! Mamlakat aholisni hatto 1%ini ham tashkil qilmaydigan yoki Kiyev aholisining 3,7%ini tashkil qiladigan aholi mamlakatda hukumat o'zgarishiga sabab bo'lishgan. Demak Ukrainadagi revolyutsiyani ommaviy chiqish deb atash xato bo'ladi. 

Lekin ushbu ma'lumotlarning yana bir qiziq tomoni shundaki, Maydan namoyishchilarining hammasi Kiyevdan emasligi. O'z-o'zidan savol tug'iladi - nega Kiyevdan boshqa regionlardan kelgan aholi o'z shahar yoki viloyatlarida mavjud hukumatga qarshi namoyishlar o'tkazmadilar? Javob turlicha bo'lishi mumkin, lekin bir narsa aniq, ushbu kishilarning Maydanga to'planishida OAVining o'rni juda katta bo'lgan.

Revolyutsiyalarning 21-asrdagi muammosi shundaki ular turli xil o'z manfaatini ko'zlovchi kuchlar ta'siriga tushib qoladilar. Masalan ilk zamonaviy revolyutsiyalar bo'lmish Fransuz revolyutsiya davrida, voqealarga chetki kuchlarning ta'siri deyarli nolga teng bo'lgan. Mamlakat aholisi o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda kurashgan va ularga tashqi yordam yoki qo'llab quvvatlashlar bo'lmagan. Aynan shuning uchun ushbu revolyutsiyalarda xalq manfaatlarini ko'zda tutadigan natijalarga erishilgan. Hozirgi dunyo vaziyatiga qarasak, hech qaysi revolyutsiya xalqning ichki ishi sifatida qaralmaydi, rasman qaralsa ham, albatta tashqi kuchlar u yoki bu kuchni qo'llab quvvatlash orqali o'z manfaatlariga yetishishni ko'zlaydilar. So'ngi yillardagi revolyutsiyalar tarixiga qarasak, ularning natijalari shu mamlakat ommasi uchun faqatgina talofatlarni keltirmoqda, hech kim tomonidan nazorat qilinmaydigan anarxiyalarning vujudga kelishi dunyo iqtisodiy bozorida muhim o'zgarishlar yasaydi. Ukraina krizisining boshlanganidan beri neft va boshqa yoqilg'i energetika mahsulotlarining bahosini pasayishi bunga yaqqol misoldir. 

Geopolitik nuqtai nazardan qarasak, Ukrainadagi hozirgi tartibsizliklar Ukraina uchun o'ta salbiy ahamiyatga ega. Hozirda mamlakat deyarli bankrot ahvolida, uning ustiga Ukrain tilida so'zlashuvchilar va Rus tilida so'zlovchilar orasidagi qarama qarshiliklar tobora kuchaymoqda, radikal-millatchi kuchlar ham jamiyatda o'z o'rinlarini mustahkamlashda davom etmoqdalar. Agar ahvol yahshilanmasa Ukarinaning kelajakda ikki qismga ajralib ketishi yoki fuqarolar urushiga cho'mish ehtimollari ham yo'q emas. Buning ustiga ushbu siyosiy krizis Rossiyaga o'zining azaliy "orqa hovlisi" bo'lgan Qrim yarimorolini o'z hududiga qo'shib olish imkonini yaratdi. Agar ertangi, 16-mart referendumi Qrim yarimorolini Rossiyaga butunlay o'tib ketishini ta'minlasa bu ukrainaning suverentetiga berilgan kuchli zarba bo'ladi. Va nihoyat geografik determenizmni ham esdan chiqarmaslik lozim. Ukraina Rossiya va Yevropa Ittifoqi kabi ikki qudratli geopolitik kuchlar orasida joylashgan va u shu ikki "og'a" bilan ham birdek hisob-kitob qilishga majbur.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
  • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
  • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
  • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda