• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
22 Noy2012

Kurd muammosiga tarixiy nazar

22 Noyabr 2012. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Osiyo

Dunyoda ko`plab  etnik, diniy  va  siyosiy ziddiyatlar  bo`lib o`tgan hamda hali ham davom etmoqda. Bu ziddiyatlardan ba`zilari ma`lum vaqt davom etgan, keyinchalik muammoga yechim topilgan. Lekin shunday ziddiyatlar borki, ular uzoq vaqtdan beri davom etib keladi, ularga biror muqobil yechim topilmagan va ular bir davlat darajasidan mintaqaviy darajagacha ko`tarilib ketgan. Shunday muammolardan biri - Kurdlar Muammosidir.
 
Kurdlar dunyodagi eng katta o`z davlatiga ega bo`lmagan etnik guruhdir. Tahminan, 30 million kurdlar Turkiya, Iroq, Suriya va Armanistonni o`z ichiga olgan geografik kenglikda yashashaydilar. Ular Turkiya aholisining 18 % ini, Iroq aholisining 15-20 % ini tashkil qilishib, O`rta Sharq mintaqasida arablar va forslardan keyingi uchinchi katta etnik guruh hisoblanadilar. Kurdlar Islom dinining sunniy mazhabiga e`tiqod qilib, o`z  tili va madaniyatiga egalar. Ular yashaydigan Turkiya, Armaniston, Eron, Iroq va Suriyadagi hudud Kurdiston yoki Kurdlar Yeri deb ataladi. Janubiy-G`arbiy Osiyodagi arablarga o`xshamagan holda,Kurdlar Hind-Yevropa tillari oilasining Fors tarmog`iga kiruvchi alohida kurd tilida so`zlashadilar. Zamonaviy kurdlar ikki katta guruhga bo`linishadi: Kurmanji guruhi va Gurani guruhi. Bu guruhlar lahjalarga qarab ajratilgan. Eng kattasi Kurmanji guruhi bo`lib, hozirgi kurdlarning ¾ qimi shu guruhga mansub.  
 

Iroq, Suriya va Quvayt kabi davlatlar tuzilishiga asos bo`lgan 1920-yildagi Sevr shartnomasi mintaqada alohida Kurdlar davlatini tashkil qilishni ham ko`zlagan edi. Biroq Kamol Otaturk tomonidan Turk monarxiyasi qulatilgandan so`ng,Turkiya, Iroq va Eron xech qanday Kurd respublikasini e`tirof etmaslik to`g`risida kelishib oldilar.

 
Turk hukumati nazorati ostida kurdlar ko`plab ajratishlarga duch keldilar. Kurdlarning tili, shaharlarda milliy libosda yurishlari taqiqlab qo`yildi. Hukumat aholi sonini oshirish maqsadida kurdlarni tog`li rayonlarga ko`chirib yubora boshladi. 
 
Iroqda ham kurdlar huddi shunday repressiyaga duch kelishdi. 1980-1988-yillardagi Eron-Iroq urushida kurdlar Eronni qo`llab quvvatlaganliklari uchun Saddam Husayn o`ch olish maqsadida kurd qishloqlarini qirg`in qildi, aholisini kimyoviy qurollar bilan o`ldirdi. Ko`rfaz Urushidan so`ng bosh ko`targan kurdlar Iroq armiyasi tomonidan tor-mor etildi. Natijada 2 million kurd Eronga qochib o`tdi. Ayni paytda ham kurdlarning o`z davlatlarini tuzishdagi harakatlari so`nmagan.

Kurdistonning qisqacha tarixi

Har bir muammoning tag ma`nosini tushunib yetish uchun uning tarixiga murojaat  qilish zarur. Kurd muammosi ham bundan mustasno emas. Quyida hozirda bu mintaqada kechayotgan geosiyosiy jarayonlarni tarixiy ildizlariga murojaat qilamiz.
 
Kurdlar haqida gap borar ekan ular o`zi aslida kim degan savol hayolga keladi. Tarixchilarning fikricha, ular Hind-Yevropa qavmining Fors tarmog`iga mansubdirlar. Qadim zamonlarda Eron va Yefratiya oralig`ida joylashgan tog`li hududlarda Mitanni, Kassitlar qirolliklari navbati bilan xukmronlik qilishgan. Miloddan avvalgi 612-yilda kurdlarning ajdodlari bo`lmish medelar qudratli Ossuriya podsholigini yengib, butun Eron va Anatoliya hududida yangi imperiyaga asos soladilar.
 
Medelarning hukmronligi atigi bir asrga cho`ziladi, lekin ularning dini va sivilizatsiyasi Aleksandr Makedonskiy kelgunga qadar Eronda saqlanib qoladi. Huddi shu davrdan to Islomning tug`ilishiga bo`lgan vaqt mobaynida kurdlarning taqdiri Eronni navbatma-navbat boshqargan yirik imperiyalar: Saljuqiylar, Parfiya va Sosoniylarga bog`liq bo`lib qoladi.
 
Arab Xalifaligida Abu Muslimning qo`zg`olonlari boshlangandan so`ng norozi bo`lgan kurdlar islomni qabul qilishdan bosh torta boshlaydilar. Ularning noroziligi bir asr davom etadi. Arablar kurdlarni islomga o`tkazish uchun haq qanday usulni qo`llab ko`radilar. Masalan, xalifa Umayyaning onasi Marvon Hokim kurd bo`lgan edi. 
 
Arab Xalifaligi kuchsizlanishi bilan, IX asrning o`rtalaridan kurdlar siyosiy hayotda faollasha boshlaydilar. 837-yilda Rozegit nomli kurd yo`lboshchilaridan biri Van ko`li bo`yida Ahlat nomli vassallikni tashkil qiladi. Garchi Ahlat rasman xalifalikning vassali sanalsada, amalda u deyarli mustaqil faoliyat olib borgan. Bu kurdlarning ilk davlati edi.
 
X asrning ikkinchi yarmida Kurdiston 4 yirik kurd sulolari tomonidan bo`lib olinadi. Bular - shimolda Shaddadidlar (951-1174), sharqda Hasanvohidlar (959-1015) va Banu Annaz (990-1116), g`arbda Diyorbakir Marvonidlari (990-1116). Bu sulolalardan qaysi biridir agarda Markaziy Osiyodan ko`chmanchi qabilalar bostirib kelmaganda butun kurdlarni birlashtirib, yagona kurd davlatini tuzishi mumkin edi. Eronni bosib olib, Bag`dodni siqib qo`ygan Saljuqiylar kurd sulolalarini birma-birbo`ysundirishadi. Tahminan, 1150-yilda Sulton Sanjar Kurdistonda alohida viloyat tashkil qiladi.
 
Saljuqiylarning qulashidan 12 yil o`tib mashhur Salohiddin tomonidan asos solingan kurdlar sulolasi - Ayyubiylar (1169-1250) to 13-asrdagi Mo`g`ullar bosqiniga qadar musulmon dunyosida yetakchilikni o`z qo`liga oladi. Yevropalik salibchilarga qarshi kurashlari bilan nom qozongan Salohiddinning imperiyasi butun Kurdiston, Suriya, Misr va Yamanni o`zida birlashtirilgan edi.
 
15-asrning yarmida kurdlar Turk-Mo`g`ullardan qutiladi. Kurd viloyati avtonomligini saqlab qoladi, lekin u amalda mayda sulolar orasida bo`linib ketgandi.
  
16-asrning boshlarida Kurdiston Usmoniylar va Eron o`rtasidagi asosiy raqobat maydoniga aylanadi. Ikki buyuk davlat iskanjasiga tushib qolgan Kurdiston, tabiiyki, siyosiy jihatdan tarqoq holga kelib qoladi, birlashishga imkon qolmaydi. 1514-yilda Usmoniylar Eronning ustidan kichik g`alaba qozonishadi, lekin forslar hali to`liq mag`lub etilmagandi. Shu sababli Turkiya Eron chegarasiga doimo xavfsirab qarardi. Shunday vaqtda nufuzli kurdlardan bo`lgan Idrissi Bitlissi turk sultoniga kurd zodagonlarining barcha xuquqlari, imtiyozlarini qayta tiklash, o`z davlatlarini tuzishga izn berish berishni so`rab, buning evaziga mobodo Eron Usmoniylarga qarshi urush ochgudek bo`lsa, kurdlar Turkiya chegaralarini muhofaza etishlarini taklif qiladi. Sulton Salim Bitlissining taklifini qabul qilib, sodiqligiga ishonishi uchun barcha kurd zodagonlari bilan ko`rishib chiqadi. Shu tariqa Turkiya va Kurdiston ittifoqchilarga aylanadilar.
 
Bu kelishuv tufayli Kurdiston deyarli 3 asr davomida tinch yashaydi. Usmoniylarning Kurdistonda bir qancha garnizonlari bo`lishiga qaramay, hududning asosiy qismi kurdlar tomonidan boshqarilar edi. Bu vaqtda Kurdistonda 17 ta knyazlik mavjud bo`lib, hammasi nasldan-naslga qolardi. Vaqti-vaqti bilan markaziy hokimiyat bu knyazliklar ishiga aralashib turishiga qaramay kurdlar va Usmonlilar XIX asrning boshlarigacha tinch-totuvlikda yashadilar. Turkiya uchun kurdlar Eronga qarshi qalqon edi, ularga ishongan Usmoniylar boshqa frontlarda xotirjam jang qilardilar. Kurdlar mamlakatni deyarli mustaqil boshqarardilar. Mamlakat siyosiy jihatdan bo`linib ketgan bo`lsa ham, huddi shu davrdagi 350 ta avtonom davlatga bo`linib ketgan Germaniyaga solishtirganda Kurdistonning siyosiy holati ancha yaxshiroq edi.
 
Har bir kurd zodagoni o`zining davlati avlodlari qo`lida abadiy qolishiga ishonar edi. Buyuk Fransuz Inqilobidan bir asr oldin, 1675-yilda kurd shoiri Ahmadi Xon barcha kurd zodagonlarini yagona davlat tuzishga chaqirdi. Uning da`vati e`tiborsiz qolib ketdi. Har bir zodagonni faqat o`z sulolasi tashvishi qiziqtirardi. 
 
Milliy davlat Fransuz davlatining asosiy g`oyasiga aylandi. Germaniyada keng dunyoqarashli kishilar barcha kichik knyazliklar yagona milliy davlatga birlashishini xohlashardi. Pan-germanizm, pan-slavyanizm va pan-turkizm kabi boshqa milliy harakatlarni ham uyg`onishiga turtki berdi. Bu g`oyalar keyinchalik, 1830-1839-yillarda Kurdistondagi Rovanduz hokimi Mir Muhammadni yagona Kurd davlati uchun kurashishga ilhomlantirdi.
 
Bu davrgacha kurd zodagonlarining mustaqilligiga deyarli dahl bo`lmagan, ular shunchaki Sultonga boj to`lab kelishardi. Kurd zodagonlari o`z boshqaruvlaridan qoniqishar va shu sababli ular Kurdistonni yagona davlatga birlashtirishga urinib ham ko`rishmagandi. Lekin XIX asrning boshida vaziyat boshqacha tus oldi, Usmoniylar Imperiyasi ularning ichki ishiga aralashishni boshlab, Kurdistonning avtonomiya maqomini tugatishga urinishdi. 
 
Kurdistonning birlashishi va to`la mustaqil bo`lishiga harakatlar davri xuddi shu XIX asrning birinchi yarmidan boshlanadi. Yevropadagi kuchlardan ko`mak olgan Usmonlilar qo`shini kurdlarga qarshi kurash boshlaydi. 1847-yilda so`ngi mustaqil kurd knyazligi bo`lmish Bohtan qulatiladi.
 
1847-1881-yilgacha Kurdiston tarixi ozodlik harakatlari bilan o`tadi. Bu harakatlar ko`pincha mahalliy yo`lboshchilar, diniy rahnamolar tomonidan boshlanar edi. Bunday harakatlarni Ikkinchi Jahon Urushigacha kuzatish mumkin, lekin ularning hammasi Imperiya tomonidan qattiqqo`llik bilan bostiriladi.
 
Bu harakatlarning muvaffaqiyatga erishmaganligining sabablari turlicha: yetakchilarning yo`qligi, zodagonlar orasidagi egoistik kayfiyat, tashqi kuchlarning aralishuvi va boshqalar.
  
Shu tariqa kurd jamiyati bo`lingan, yetakchisiz, kelajak uchun biror rejasiz I Jahon Urushiga yetib keldi. 1915-yildagi Fransuz-Ingliz yashirin kelishuvlariga ko`ra Kurdiston urushdan keyin bo`lib tashlanishi kerak edi. Kurdlarning o`zi shunday ham g`oyaviy jihatdan bo`linib ketgandilar. Turkiyaning pan-islomizm va pan-turkizm g`oyalari asoratiga tushib qolgan kurdlarning ba`zilari yashab qolishning yagona yo`li Usmonlilar tarkibida qolishdir desa, boshqalari ularni batamom inkor qilib, Fransuz Inqilobi va Qo`shma shtatlardan ilhom olgan holda, Kurdistonning mutlaq mustaqilligi uchun kurashish zarur, deb da`vo qilishardi.
 
1918-yilda Germaniya tomonida jang qilgan Turkiya Ittifoqdosh Kuchlar tomonidan mag`lub etilgan so`ng, mustaqillik tarafdorlari Kurd davlatini tuzish talabi bilan Versal Konferensiyasiga delegatsiya yuborishdi. 
 
Kurdlarning bu talabi xalqaro hamjamiyat tomonidan hisobga olindi. 1920-yilning 10-avgustida Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan imzolangan Sevr shartnomasining 111-bo`limiga Kurdiston hududida mustaqil Kurd davlati tuzsih borasida moddal (62-64)lar qo`shildi. Lekin keyinchalik shartnomaning o`zi kabi bu bo`lim ham e`tibordan chetda qoldi.   
 
Bu vaqtga kelib kurd jamiyatida kuchli ta`sirga ega, asosan diniy rahnamolar tomonidan boshqariladigan kurd harakatining an`naviy qanoti faollashadi. Bu harakat rahnamolari "xristian balosi"dan ehtiyot bo`lishga va musulmon hududlarda tashqi kuchlar ta`siridan holi bo`lgan "Turklar va Kurdlarning mustaqil davlati"ni tuzishga da`vat eta boshlashadi. Ayni damda Turkiya o`z harakatini kuchaytirgan Mustafo Kamol bu da`vatga e`tabor qaratadi va Anatoliyani okkupatsiya qilgan xristianlarga qarshi kurashda ko`mak so`rab Kurdistonga keladi. E`tiborga loyiq narsa shuki, Turkiyaning mustaqillik kurashidagi ilk kuchlar Kurdistondan kelgan askarlar edi.
 
1922-yildagi yunonlar ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng Mustafo Kamol Turk va Kurd davlatini tuzishda bergan va`dasini davom ettiradi. Yunon-turk sulhi imzolangan Luzanna Konferensiyasida Turkiya delegatsiyasi yagona Turk va Kurd millati nomidan nutq irod qilgandi. 1923-yil 24-iyulda kamolchilar hukumati va Ittifoqchi Kuchlar o`rtasida yangi bitim imzolanadi Bu bitim Sevr shartnomasini bekor qilib, Kurdistonning katta qismini yangi Turk davlatiga qo`shib yuborishni ko`zlagan edi. bundan oldinroq, 1921-yil 20-oktyabrda imzolangan fransuz-turk bitimi Jazira va Kurd-Dog` kabi Kurdiston hududlarini Fransiya mandati ostida bo`lgan Suriyaga qo`shib yuborgan edi. Katta qismi kurd yetakchilaridan biri bo`lgan Simko boshqaruvi ostidagi Eron Kurdistoni Eron tarkibida qoldiriladi.
 
Neftga boy bo`lgan yana bir kurd provinsiyasi Mossulning taqdiri savol ostida qoladi. Turkiya va Britaniya unga da`vogar bo`lib chiqishadi. Va nihoyat 1925-yil 16-dekbrdagi Millatlar Ligasi kengashida bu region Britaniya mandati ostida bo`lgan Iroqqa berilishi to`g`risida qaror qilinadi.
 
Shu tariqa 1925-yilning so`ngida 12-asrdan buyon Kurdiston nomi bilan atalib kelinayotgan kurdlar diyori to`rt davlat: Turkiya, Eron, Iroq va Suriya o`rtasida bo`lib tashlanadi.
 
Oldinlari Kurdistonni bosib olgan kuchlarning har biri faqatgina iqtisodiyot, siyosat va harbiy sohalarga e`tibor qaratgandi, xolos. Ulardan xech biri kurd aholisini milliyligidan, ma`naviy hayotidan judo qilishga harakat qilmagandi. Bunga ilk bor turk millatchilari urinib ko`rishdi.  Keyinchalik kurdlarning isyonkorligini kamaytirish maqsadida Eron va Iroq ham bu ishga qo`l urishdi. Kurdlarning o`zligidan ayirishga intilish, ularning ozodlik harakatlarini shu yo`l bilan bostirish haliga qadar davom etmoqda.
 
Kurdlarning qisqacha tarixi haqida fikrlarni yakunlar ekanmiz, shu narsani xulosa qilishimiz mumkinki, o`z geografik joylashuvi, liderlarining qo`rqoqligi tufayli kurd millati sharqiy mintaqa siyosiy xaritasini o`zgartirish progressining asosiy qurboni bo`ldi, bu uchun katta ma`naviy va moddiy to`lov to`ladi.
 
Bu Kurdiston va kurd millatining qisqacha tarixi edi. Ayni damda kechayotgan zamonaviy kurd muammosining geosiyosiy ahamiyatlari haqida kelgusi maqolalarimizda batafsilroq to`xtalishga harakat qilamiz.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
  • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
  • Isroil va G'azo: oldin va hozir
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda