• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
01 Iyul2013

Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?

01 Iyul 2013. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Osiyo

Biz Mo'g'uliston mamlakati haqida eshitganimizda birinchi navbatda ko'z oldimizga dasht va cho'llardan tashkil topgan va aholisi asosan chorvachilik, mayda dehqonchilik bilan shug'ullanadigan mamlakat keladi. Haqiqatdan ham bu mamlakat butun XX-asr davomida ikki yirik kommunistik mamlakatlar - Sovet Ittifoqi va Xitoy orasida o'zini na siyosiy jihatdan va na iqtisodiy jihatdan namoyish qila olmagan. Bu holat hatto sotsialistik blokning qulashi bilan ham davom etdi, Mo'g'uliston dunyo xaritasidagi ulkan hududiga qaramasdan hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan davlat sifatida qaralib kelingan. Lekin so'ngi besh yil ichida vaziyat tubdan o'zgardi. Mamlakatning YIM mahsulotidagi o'sish o'rtacha 6% (2010) dan 17%ga (2013) oshdi, kelajakda ham bu o'sish shu ahvolda davom etishi va Mo'g'uliston o'zining YIM har ikki yilda ikki barobarga ko'paytirib borishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Xo'sh nimani hisobiga? Bugungi maqolamiz aynan shu mavzuga bag'ishlanadi.

Ham geografik, ham demografik va ham harbiy jihatdan juda noqulay vaziyatda bo'lgan Mo'g'uliston uchun yorqin kelajakka yo'l ochilishi mumkin. Mamlakatning geografik joylashishi o'ta noqulaydir. Mamlakatda dunyo okeanlariga chiqish uchun hech qanday imkoniyat yo'qdir. Quruq va kontinental iqlimi esa qishloq ho'jaligi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Bunday iqlimning natijasi o'laroq Mo'g'uliston hududi deyarli to'laligicha dasht va cho'llardan tashkil topgan. Sibirdan kirib keluvchi sovuq havo massalari havo haroratini qishda -20°gacha tushirsa, Gobi cho'li orqali kirib keluvchi issiq havo bosimlari yozgi haroratni +50°gacha yetkazadi. Mamlakatda an'anaviy tarmoq sifatida chorvachilik rivojlanib kelgan. Bunday qiyin sharoitlar va mamlakatdagi buddizm dini, uning demografik ahvoliga katta ta'sir ko'rsatgan.

Demografiya

XIII-asrda Chingizxon tomonidan asos solingan imperiya orqali Mo'g'ullarning dunyo bo'ylab yoyilishi uni aholisini tez o'sishiga olib kelgan bo'lsa, keyinchalik Tibet Buddizimining kirib kelishi bilan aholi o'sishi keskin darajada kamayib ketdi. XX-asr boshlariga kelib Mog'uliston aholisi 500 000 kishiga arang yetardi. Sovet Ittifoqining ta'siri ostida dinning ta'siri keskin chegaralanib, infrastrukturalarni rivojlanishi va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish darajasini yahshilanishi oqibatida, aholida qayta o'sish kuzatiladi. 80-yillarga keliboq Mo'g'uliston aholisi 1,5 milliondan oshib ketdi. 60-yillarda aholini o'sish darajasi har 1000 kishi uchun 47 kishigacha yetib bordi. Lekin 90-yillarga kelib Kommunistik blokni qulashi oqibatida, aholini ijtimoiy ahvoli yanada og'irlashdi va tabiiy ko'payish yana salbiy tarafga pasayib ketdi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, 90-yildan keyingi 10 yil mobaynida Mo'g'ullar soni atigi 300 ming kishiga ko'paygan holos.

Hozirda Mo'g'uliston aholisi 3 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi, aholi zichligi har bir km²ga 1,8 kishini, yillik o'sish 1,44% ni, o'rtacha yosh ayollarda 70, erkaklarda esa 65 yoshni tashkil qilmoqda. Aholi tarkibida Mo'g'ullar soni 95%ni tashkil qiladi.

Mo'g'uliston aholi zichligi xaritasi
Mo'g'uliston aholi zichligi xaritasi
Shuni eslatib o'tish kerakki 9 milliondan ortiq Mo'g'ullar, Mo'g'uliston hududidan tashqarida yashaydi, shulardan 5,8 millioni Xitoyda. Ushbu qaltis demografik holat Mo'g'ulistonni kelajakdagi hayotini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin, uning chegaradosh qo'shnisi Xitoyni aholisi hozirda 2 milliardga yaqinlashib qoldi. Bundan tashqari Xitoyning harbiy va iqtisodiy qudrati kundan kunga oshib bormoqda, Mo'g'ulistonning asosiy "og'asi" bo'lmish Rossiyaning esa demografik holati deyarli inqiroz holatida, iqtisodiy rivojlanishi esa o'ta noteks bo'lib, asosan uning Yevropa qismiga to'plangandir, Mog'uiston va Xitoy bilan chegaradosh hududlari esa deyarli (Xitoyga nisbatan) bo'shliqdir. Kelgusi 100 yillikda Mo'g'uliston Xitoy tomonidan "yutib" yuborilishi mumkin.

Harbiy kuchlar

Mo'g'uliston yuqorida aytib o'tganimizdek ohirgi 50 yil davomida deyarli Sovet Ittifoqining vassali sifatida yashab keldi. Ayniqsa uning harbiy kuchlari chegaradosh qo'shnilariga nisbatan "kulgili" desak xato bo'lmaydi. 

Hozirda Mo'g'ul harbiy kuchlari 10000 kishidan iborat bo'lib, uning rezervdagi askarlari soni 137 ming kishini tashkil qiladi (Xitoyning faol askarlari soni 2 million 200 mingdan oshadi). Uning harbiy byudjeti yiliga 20 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mamlakat harbiy texnikasini 90%i Sovet Ittifoqining texnologiyalari bo'lib asosiy qismi juda eskirgandir. Qolgan 10%ini Rus harbiy texnikasi tashkil qilib, mamlakatda hech qanday harbiy sanoat komplekslari rivojlanmagan. Mo'g'uliston bir nechta bor Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikda harbiy mashg'ulotlar o'tkazib turadi. Hozirgi holatda u o'zining harbiy xavfsizligini ikki qo'shnisini qo'liga butunlay topshirib qo'ygan va ular orasidagi raqobatdan foydalangan holda o'rtada tarozini goh u pallasiga goh bu pallasiga bosib turadi.

Shu davrgacha mamlakat strategik jihatdan deyarli kirib bo'lmas bo'lgani uchun G'arb kuchlari bu davlatga harbiy ta'sir kiritishga urinib ko'rishmagan. Mamlakat Shanxay Hamkorlik Tashkilotining rasmiy kuzatuvchisidir.

Iqtisod

Mo'g'uliston iqtisodi huddi boshqa tarmoqlari kabi sust rivojlangan. Yillik YIM 2008 yilda 10 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Infrastrukturalarning asosiy qismi Sovet Ittifoqi yordamida tashkil qilingan bo'lib, hozirgi kunda juda eskirgan holatga kelgan. So'ngi yillarda xizmatlar tarmog'i mamlakatning asosiy (58%) iqtisodiy bo'g'iniga aylanadi. Bu birinchidan chet el investitsiyalarini jalb qilish bo'lsa, ikkinchidan turizm va elektroenergiya tarmog'ini rivojlanishi bo'ldi.

Haqiqatda ham Mo'g'uliston nafaqat an'anaviy energetikani, balki noan'anaviy energiya manbalarini rivojlantirish orqali ko'pchilik mamlakatlarni ortda qoldirib ketdi, hozirda aholini 70%i quyosh energiyasi yordamida yaratilgan elektr tokini iste'mol qiladi. Bu rivojlanish mamlakatning kelajakdagi Tog'-Kon sanoati portlashida ham katta rol o'ynashi turgan gap. 2010-yilga kelib mutaxasisslar Mo'g'uliston yer osti qazilma boyliklari zahiralari hajmi kutilmagan darajada ulkan ekanliklarini ta'kidlashadi, jumladan Mis zahiralari bo'yicha Mo'g'uliston dunyoda allaqachon birinchilikni egallab oldi, bundan tashqari ko'mir, oltin va uran resurslari bo'yicha dunyoda 1-beshtalik mamlakatlar qatoriga kirdi.

2010-yildayoq Ingliz-Avstaliya multinational kompaniyasi Rio Tinto o'zining 4 milliard AQSh dollarlik (2010-yildagi mamlakat YIM miqdorining yarmiga teng) sarmoyasi bilan birinchi hujumni boshlab beradi.

Mo'g'uliston Yer osti qazilma boyliklari zahiralari haritasi
Mo'g'uliston Yer osti qazilma boyliklari zahiralari haritasi

Shundan so'ng birin ketin chet-el sarmoyalari kirib kela boshladi, jumladan Rus va Xitoy korxonalari Mo'g'uliston bilan ko'mir va mis qazib olish bo'yicha yirik shartnomalar tuzdilar. Xitoydan 200 kilometr uzoqlikda, mamlakatning janubida joylashgan Oyu Tolgoy et Tavan Tolgoy konlari Xitoyni kelajakdagi 100 yil davomida ko'mir bilan ta'minlash imkoniyatiga ega. Rossiya masalaga ko'proq strategik jihatdan yondoshmoqda. Ko'mir, mis va oltin qazib chiqarish bilan bog'liq shartnomalardan tashqari Rossiya, birinchilardan bo'lib Mo'g'uliston bilan Uran qazib olish bo'yicha shartnomani imzolashni uddasidan chiqdi.

Zahiralarning ulkan miqdoriga qaramasdan mamlakat aholisining yashash sharoiti og'irligicha qolmoqda, hozirgi kunda Mo'g'ullarning 39%i qashshiq holatda yashashadi, tuzilayotgan shartnomalar asosan o'rta hisobda 35% Mo'g'uliston hisobiga, qolgan qismi esa sarmoyadorlarga bo'lingan holda tashkil qilinmoqda. Aholining katta qismi hali ham ko'chmanchilik asosida hayot kechiradi. Mamlakat poytaxti Ulan-Bator atrofida so'ngi yillarda davlat nazoratidan holi ravishda ulkan tashlandiq kvartallar vujudga kelgan. Lekin poytaxtning markazlarida dunyoning qimmatbaho markalarining do'konlarini uchratishimiz mumkin, bu esa mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik naqadar avj olganidan dalolat beradi. Bundan tashqari mamlakatda aholi orasida tog'-kon sanoatini rivojlantirish uchun mutaxassislarning deyarli yo'qligi, bu sanoatga moslashgan infrastrukturalarni poydevoridan boshlab tashkil qilishni talab qiladi. Ijtimoiy sohadagi qiyinchiliklar esa Mo'g'ulistonni yanada ko'proq chet-el mamlakatlari yordamining qaramiga aylanishiga olib keladi. Mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli korruptsiya avj olgan. Bu holat kichik tarmoqdan tortib yuqori lavozimli ma'sullargacha yetib borgan. Eng so'nggi prezidentlik saylovlari shu yilning 26-iyunida bo'lib o'tdi va unda mamlakatning oldingi prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj 60%ga yaqin ovoz bilan qayta saylandi. Kuzatuvchilarning fikriga ko'ra bu galgi saylovlar oldingilariga qaraganda ancha korruptsiyadan holi bo'lgan. 

Ayiq va Ajdarho changalida

Bundan keyingi Mo'g'ulistonning geopolitikasi uni o'z suverintetini va hududlarining dahlsizligini to'la saqlab qolishga qaratiladi, bunday himoya strategiyasi asosan 3 ko'lamda olib boriladi.

1. Mamlakat ichki siyosatida harbiylashtirishni kuchayishi kutiladi. Kelajakdagi 10 yillikda Mo'g'ulistonning harbiy sohaga ajratadigan byudjeti 20 million AQSh dollarini tashkil qilishda davom etishi mushkul masala, hozirgi holatga ko'ra, ya'ni Mo'g'uliston va uning qo'shnilari orasidagi harbiy muvozanatga ko'ra Mo'g'uliston deyarli "ochiq dala" desak mubolag'a bo'lmaydi. Mavjud armiya kam sonli bo'lishidan tashqari professional ahamiyatga ega emas. Mamlakatning havo kuchlari asosan transport ahamiyatiga ega, ya'ni front ortidagi xizmatlarga mo'ljallangan. Shuni hisobga olgan holda Mo'g'uliston ko'ptomonlama kuchlar bilan muvozanatni ushlab turish uchun hamkorlikni davom ettirmoqda, Rossiya va Xitoy bilan harbiy mashg'ulotlardan tashqari mamlakat BMT harbiy operatsiyalarida ham faol qatnashib keladi, jumladan Iroq, Serra Leone, G'arbiy Sahara va Afg'onistonda. Hozirda dunyo bo'ylab Mo'g'uliston hududidan tashqarida 1500dan ortiq Mo'g'ul askarlari xizmat qilmoqdalar. Bu hamkorlikning strategik ahamiyatidan tashqari, Mo'g'ul askarlarining chet mamlakatlardagi urushlardan orttirgan tajribalari mamlakatnng harbiy qudratini oshirishga ko'maklashishi ko'zda tutilgan.

2. Regional siyosatda Mo'g'uliston Rossiya va Xitoy orasidagi iqtisodiy va siyosiy raqobatda o'z muvozanatini topa bila olishi lozim bo'ladi. Albatta, Xitoy Mo'g'ulistonning birinchi iqtisodiy sherigidir, u 70% Mo'g'ul eksportini o'zida jamlagan. Lekin Rossiya shubhasiz ravishda Mo'g'ulistonning birinchi raqamli resurs bilan ta'minlovchi mamlakatidir, neftning 95%i, bug'doyning 80%i va gazning asosiy qismi Rossiyadan import qilinganligi tufayli Mo'g'uliston sobiq "og'a"siga qaysidir ma'noda qaramligicha qolmoqda. Ohirgi paytlardagi yoqilg'i energiyasining bahosini keskin o'sishi bilan ahvol yanada yomonlashgan. Hozirning o'zidayoq Mo'g'uliston bu ikki yirik davlat o'rtasida "mushuk-sichqon" o'ynashni boshlab yuborgan, masalan Rossiya bilan Uran qazib chiqarish bo'yicha shartnoma tuzilishidan bir hafta o'tar o'tmay, Xitoy bilan 500 million AQSh dollari miqdorida iqtisodiy-strategik shartnomalar tuziladi, bu holat hatto mamlakat prezisentini tashriflarida ham namoyon bo'lgan, Moskvaga yoki Pekinga tashrifdan so'ng 10 kun ichida Mo'g'ul prezidentini boshqa qo'shnisining poytaxtida uchratishimiz aniq bo'lib qoldi.

3. Xalqaro maydonda Mo'g'uliston, qo'shnilarini g'azabiga duchor bo'lishdan saqlangan holda asta sekinlik bilan uzoq chet-el mamlakatlari bilan yaqinlashishda davom etadi. Jumladan eng yaqin hamkorlar qatoriga Yaponiya, AQSh, Daniya va Germaniyalarni qo'shishimiz mumkin. Hamkorliklar turli hil sohalarda olib boriladi. Masalan iqtisodiy sohada: Mo'g'uliston Yevropa Ittifoqining ko'pchilik mamlakati bilan bojxona xizmatlarini yengillashtirgan, yoki siyosiy maydonda: Mo'g'uliston Shimoliy Koreya masalalari bo'yicha Yaponiyaning vakili hisoblanadi va harbiy sohada: Mo'g'ul qo'shinlari Iroq urushida AQSh qo'shinlari bilan bir qatorda turib xizmat qildilar. Mo'g'ulistonning iqtisodiy va siyosiy zaifligi bunday yaqinlashishlarning asosiy sababidir, xalqaro maydonda o'z mavqeini mustahkamlash unga ham suverentitetni saqlashda, ham investitsiyalarni jalb qilishda ko'mak beradi.

Mo'g'ul askarlari Iroqda
Mo'g'ul askarlari Iroqda
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak: Yaqin kelajakda Mo'g'ulistonning odatiy siyosiy-iqtisodiy ko'rinishi tubdan o'zgarishi kutiladi. Agar hukumat chet-el sarmoyalaridan unumli foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarni rivojlantira olsa, mamlakat dunyoga iqtisodiy faolligi bilan tanilishi mumkin va Fors ko'rfazi mamlakatlari kabi resurslar eksportidan bank-moliya tizimi yoki ekologik infrastrukturalarni rivojlantirish orqali o'z kelajagini kafolatlab olishi mumkin. Lekin senarioning salbiy tomonga burilib ketish xavfi ham yo'q emas, mamlakat hududining kengligi va deyarli aholi yo'qligi uni bir nechta muhim strategik regionlarini boy berib qo'yishiga ham olib kelishi mumkin. 

Yorliq so'zlar: Geoekonomika, Ekologiya

O'xshash maqolalar

  • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda