• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
27 Okt2015

Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)

27 Oktyabr 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

Suriyadagi fuqarolar urushining boshlanish sabablari va unga boshqa davlatlarning aralashuvi haqida biz maqolalarni e’tiboringizga havola qilgan edik. Bugun biz ushbu davom etayotgan va jahon ommasining diqqat markazida turgan Suriya fuqarolar urushiga qayta nazar solmoqchimiz. Chunki, so’ngi oylarda Suriyadagi siyosiy va harbiy vaziyat ko’p jihatdan o’zgardi.

Bu o’zgarishlarga ijobiy yoki salbiy deb baho kerak, chunki Suriya allaqachon dunyoning qudratli mamlakatlarining manfaatlari to’qnashgan “Katta O’yin” maydoniga aylanib bo’ldi. Endilikda Suriya fuqarolar urushini yakunidan na ijobiy va na salbiy natijalar kutish befoyda, chunki endi hammasi ushbu davlatda to’qnashgan kuchlar nisbatiga bog’liq bo’ladi va g’olib chiqqan tomon o’z qoidasi bo’yicha Yaqin Sharq xaritasini qayta chizish huquqiga ega bo’ladi. Shunday ekan endi biz ikkilanmasdan Yaqin Sharqni shu paytgacha ko'rishga odatlanib qolgan siyosiy xaritasini o'rniga yangi xaritalarni tasavvur qilishni boshlashimiz mumkin. Chunki endi Suriya ham Iroq ham biz bilgan mavjudliklarini saqlab qola olmaydilar.

Lekin masalaning boshqa tomoni shundaki, bunday ko’ptomonlama manfaatlar to’qnashgan hududlarda odatda qaytadan tinchlik o’rnatilishi juda qiyin kechadi, ayniqsa hozirgi zamonaviy xalqaro siyosiy tartibning ishlash mexanizmiga tayansak, Suriyadagi urush keying 10 yildan 50 yilgacha ham davom etishi mumkin, chunki ushbu joyda manfaatlari to’qnash kelgan mamlakatlar ko’p yillar davomida bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri to’qnashmasdan k’ochma urushlar olib boorish imkoniyatlariga egalar. Bu mamlakatlar uchun Suriyadagi urush o’zining siyosiy va diplomatik pozitsiyalarini qayta oldinga surish uchun yaxshi imkoniyatdir. Lekin, bu borada ushbu davlatlar bu urushning davomiyligiga xayrixoh degan qisqa xulosaga ham kelmaslik kerak. Bu huddi ikki askarning urushda to’qnash kelishiga o’xshaydi, bunda yo dushmanni o’ldirish yoki o’lish kerak bo’ladi. Davlatlar bilan ham huddi shunday agar Suriya inqiroziga qudratli davlatlar aralashmasdan qarab tursa u yerga o’zga bir aktyor o’rnashib olishi va bu hududga qayta kirish juda qiyin bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda biz Suriyada jon-jahdi bilan o’z pozitsiyalarni himoya qilayotgan mamlakatlarni ko’rmoqdamiz.

Xalqaro maydondagi ahvolga o’tishdan oldin dastlab Suriyaning ichidagi siyosiy-harbiy ahvolga nazar solsak. Suriya hammamizga ma’lumki asosan cho’l va chala-cho’l landshaftlaridan tashkil topgan mamlakatdir. Uning katta hududida deyarli aholi yashamaydi.

Suriya aholisi zichligi
Suriya aholisi zichligi

Bundan tashqari tarixan Suriya tabiiy ravishda siyosiy evolyutsiyaga uchramagan, balki dastlab Usmoniylar Imperiyasi ostida, so’ngra esa Britaniya Imperiyasi hamda Fransiyasning o’zaro kelishuvidan paydo bo’lgan mamlakatdir. Shu boisdan ham mamlakat ichida milliy birlik shu davrgacha hosil bo’lmagan. Davlat ichida “uyqudagi” bo’linish doim bo’lgan, bu bo’linish ayrim hollarda etnik ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, boshqa hollarda asosan diniy bo’lgan. Faqatgina Assad oilasining avtoritar rejimigina ushbu bo’linishlarni yuzaga chiqishini kuch bilan bostirib kelgan. Bugun mamlakatdagi beqarorlikdan foydalangan ushbu “uxlab yotgan” kuchlar asta sekinlik bilan ochiq maydonga chiqib kela boshlashdi, bundan tashqari hozirgi globallashgan dunyo tizimi tufayli urushga boshqa tashqi kuchlar ham kelib qo’shildi. Natijada Af’gonistondagi urushdan ko’ra murakkabroq va chalkashroq fuqarolar urushi yuzaga keldi. Bugun biz ushbu urush bo’tqasi ichida kimlar ishtirok etayotganini va ularni kim bilan do’st yoki dushman ekanligini, urushish sabablari va ideologiyalarini yoritishga harakat qilamiz.

Suriyadagi milliy va diniy bo'linish
Suriyadagi milliy va diniy bo'linish

Suriyadagi bugungi kuchlar

Albatta Suriyadagi har bir harbiy kuchlarni va jangarilar jamoatlarini alohida ajratib chiqish juda qiyin. Chunki birinchidan ularni soni yuzlarcha, ikkinchidan har bir jamoat yoki guruh o'zining alohida yo'nalishiga ega bo'lib, manfaatlari eng yaqin guruhlar bilan ittifoq tuzgan, ular esa o'z navbatida umumiy nom ostidagi katta guruhlarga uyushganlar. Assad tarafdorlari, Islomistlar va Kurdlarning o'zlari orasida ham qarama qarshiliklar juda ko'p, ularning ayrimlari hozirgacha bitta bayroq ostida jang qilayotganiga qaramasdan aslida o'zlari uyushgan guruhlarga o'z ideologiyasiga ko'ra emas, balki yashab qolish uchun uyushgan desak adashmaymiz. Biz quyida asosiy harbiy va siyosiy kuchlar haqida ma'lumot beramiz.

Suriyaning rasmiy armiyasi va Bashar al-Assad tarafdorlari.

Suriya inqirozi boshlangan davrda Suriya armiyasi tarkibida 320 000 faol askar bo’lgan, lekin fuqarolar urushi tobora kuchayib brogan sari armiyadan askarlarning qochib ketishlari va o’limi tufayli, ular bugungi kunda 180 000 kishini tashkil qiladi. Armiyani tashlab qochgan askarlarning ko’pchiligi sunniy mazhabiga mansub bo’lib, ularning katta ko’pchilgi ma’sul bo’lmagan oddiy askarlardir. Bundan tashqari Bashar al-Assadni qo’llab quvvatlovchi Nusariy aholidan tashkil topgan 80 000 ko’ngillilar militsiyasi hamda Hezbolla, Eron va Iroqlik shialardan tuzilgan jangarilar bu frontga taaluqlidirlar. Bugungi kunda Assad kuchlari Suriyaning asosiy Sunniylar va kurdlar yashaydigan hududlarni qo’ldan boy berganlar, lekin Nusariylar hamda boshqa shialar yashaydigan hududlar jon-jahdlari bilan Assad tomonida turib jang qilmoqdalar.

Shu o’rinda, Suriya inqirozi ijtimoiy-siyosiy norozilikdan diniy-mazhab urushlariga aylanganini tushunib yetish lozim. Chunki endilikda barcha shia va nusariy bo’lgan aholi, hatto Assad rejimining tarafdori bo’lmasada Assad tomonda turib urushmoqda, chunki Assadning mag'lubiyati Suriyalik Sunniy bo’lmagan aholi uchun falokatli tugashi mumkin. Assad armiyasining asosiy ittifoqchilari Rossiya, Eron, Livandagi Hezbolla guruhi va Iroqdagi Shialar hukumati. Har bir ittifoqchi mamlakat va guruh Assad rejimi orqali o’z manfaatlarini ko’zlovchi siyosiy perspektivaga ega bo’lib, Assad rejimi mamlakatga qarab diniy, ideologik va kuchlar nisbati prinsiplarini himoyasi uchun ishlatilmoqda.

Siyosiy muxolifat

Aslini olganda bu tashkilotni muxolifat deb atash ham qiyin, chunki u tarixan Suriyada shakllanib Assad rejimiga siyosiy muxolifat bo’lib kelmagan, balki 2011-yilda Arab dunyosidagi inqiloblarning boshlanishi bilan asosan Musulmon Birodarlar harakati a’zolari Turkiya otaligi ostida yig’ilib Suriya Milliy Majlisiga asos solganlar. Boshqacha qilib olganda, Turkiya Arab bahorlaridan foydalanib huddi Liviya va Misrdagi kabi senarioni Suriyaga ham qo’llamoqchi edi, ya’ni Musulmon Birodarlarni qo’llab quvvatlagan holda, ularni hokimyatga keltirish, keyinchalik esa ushbu mamlakatlarga “Katta og’a” bo’lish. Turkiya uchun, baxtga qarshi bu rejalar amalga oshmadi, balki katta siyosiy yutqazish bo’ldi, jumladan Turkiya Assad rejimi bilan orqaga qaytib bo’lmas diplomatik boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

Suriya Milliy Majlisi (SMM) asosan Musulmon Birodarlaridan tashkil topgan, lekin uning tarkibida liberallar, kurdlar va ossuriylar ham bor. Majlis garchi Suriyada harakatlanayotgan katta qo’shinlarga ega bo’lmasada, u o’zining operatsion tashkiloti bo’lmish Suriyadagi muxolifat va revolyutsion kuchlar koalitsiyasi orqali Suriyada jang olib borayotgan kuchlarni Qatar, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Turkiyadan berilayotgan mablag’lar bilan ta’minlashda juda katta rol o’ynamoqda. Jumladan, Suriyadagi Al-Qoida kuchlari va Suriya Ozodlik Armiyasi asosiy moliyaviy mablag’larni ushbu Majlis orqali o’zlashtirgan. SMMning shtab-kvartirasi Istanbulda joylashgan.

Suriya Ozodlik Armiyasi

Suriya fuqarolar urushidagi eng chalkash guruh. Suriya Ozodlik Armiyasiga (SOA) 2011-yilda asos solingan bo’lib, u asosan Bashar al-Assad rejimiga qarshi bo’lgan oddiy aholidan va Suriya armiyasining sobiq askarlaridan tashkil topgan. Ushbu kuchlarning boshqa kuchlardan farqi ularni birlashtiruvchi asos diniy emas, balki milliydir. Boshqacha qilib aytganda SOA Arab natsionalizmini o’ziga asos qilib olgan.

Asosan SMM orqali Fors ko’rfazi mamlakatlari, Turkiya va G’arb mamlakatlari tomonidan qo’llab quvvatlangan. Hatto Suriya inqirozining boshida Turkiya o’zining Suriya bilan chegara hududida SOA uchun orqa harbiy baza ham ochib bergan edi. Ushbu mamlakatlar Suriyada ham Tunis, Liviya va Misrdagi senariolar takrorlanishidan umid qilib SOAga katta miqdorda moliyaviy va hatto qurol-yarog’ bilan o’z yordamlarini berdilar. Lekin, vaqt o’tishi bilan SOA aslida tashkillashtirilgan va markazlashgan armiya emas, balki shu nom ostida harakat qiluvchi, lekin turli manfaatlarga ega brigadalardan tashkil topgani bilina boshladi. Shunga qaramasdan Suriyadagi Assad rejimini qulashidan umidvor bo’lgan davlatlar bu guruhga yordam berishda davom etdilar. 2013-yilga kelib, moliyaviy yordam va qurol-yarog’dan tashqari, Arab mamlakatlaridan kelgan jangarilar ham SOAga qo’shilish uchun kirib kelishni boshladilar. Ularning Iordaniya chegaralari orqali o’tishida AQSh, Isroil va Iordaniya maxfiy xizmatlari katta yordam ko’rsatganlar.

Chet ellardan kelgan jangarilar asta sekinlik bilan SOAdan ajrala boshladilar, 2013-yilga kelib esa to’la to’kis ravishda Islomiy Front va al-Nusra Front degan nom ostidagi guruhlar paydo bo’ldi. Shu sababdan ham SOA jangchilarining soni har yili katta farqlar bilan o’zgarib turgan.

SOAning askarlari
2011-yil oxirida 15 000 kishi
2012-yilning boshida 40 000 kishi
2012-yilning yarmida 100 000 kishi
2013-yilning aprel oyida 140 000 kishi
2013-yil oxirida 50 000 kishi
2014-yilga kelib tarqab ketgan 15 000 kishi

Bugungi kunda SOA deyarli yo’q bo’lish arafasida turibdi. Armiyaning ham siyosiy, ham harbiy mag’lubiyatidan so’ng asosiy homiylar ularga ortiq mablag’ ajratmay qo’ydilar va armiyaning kuchlari tarqalib ketib turli xil jihodchi va salafist kuchlar o’rtasida bog’lovchi guruhlarga aylanganlar. Ushbu Armiyaning dastlab radikal guruhlar fabrikasiga aylanishi keyinchalik esa kuchsizlanishi G’arb davlatlari uchun katta yo’qotish bo’ldi. Chunki G’arb Assad rejimini o’zgartirish uchun o’zining yagona alternatividan ajrab qolgan edi, boshqa tomondan esa Assad bilan qayta diplomatik va siyosiy aloqalarni tiklash haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Shu sababdan ham ushbu armiyaning kuchsizlanishi G’arb mamlakatlarini Suriya inqirozida boshi berk ko’chaga tiqib qo’ydi.

Islomiy Front

SOAdan ajralib chiqqan, Salafist va Musulmon Birodarlariga yaqin bo’lgan kuchlardan tashkil topgan harbiy guruh. Asosan, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya tomonidan moliyalashtiriladi. Guruhning asosiy maqsadi Suriyada Shariat qonunlariga asoslangan Islomiy davlatni o’rnatish, shuningdek guruh demokratik va dunyoviylik prinsiplarini tan olmasligini bildirgan. Lekin shunga qaramasdan o’zga mazhabdagi kishilarning huquqlari poymol qilinmasligiga va’da bergan. Guruh Arab va Kurd millatchiligini qattiq qoralaydi.

Guruhning urushdagi asosiy dushmanlari Bashar al-Assad hukumati, ISHID, Shia guruhlari va poztisiyaga qarab Kurd qo’shinlari. Shu o’rinda uning ittifoqchilari sifatida SOA, al-Nusra va boshqa sunniy jangari guruhlarini ko’rsatish mumkin. SOAning mag’lubiyatidan so’ng, G’arb va Assadga qarshi bo’lgan davlatlar ushbu guruhga katta umid bilan qaramoqdalar. Chunki bugungi kunda Islomiy Front o’zining soni 50 000 va 80 000 oralig’idagi askarlari bilan Suriyadagi Assad armiyasidan keyingi eng ko’p sonly harbiy guruhga aylandi.

Al-Nusra Fronti

Paydo bo’lish tarixiga ko’ra ISHID bilan bir ildizga ega bo’lgan al-Qoidaning Suriyadagi bo’limi. Islomiy davlat o’zini al-Qoidadan ajralib chiqqanini e’lon qilgunga qadar al-Nusra uning Suriyadagi filiali sifatida harbiy harakatlarni olib borgan. 2013-yilda al-Nusra o’zini Islomiy Davlatdan ajralganini e’lon qiladi va 2014-yilda unga qarshi jang harakatlarini boshlaydi. Lekin, tez orada guruh tarkibidan ISHIDga tomon qochib o’tuvchilar soni ko’payishni boshlaydi. ISHIDning OAVlarda tilga tushib ketishi, moliyaviy ahvolining yaxshiligi va qaysidir ma’noda al-Nusradan k’ora ko’proq davlatga o'xshagan tashkilot bo’lganligi hamda bir kun kelib al-Nusra ustidan g’alaba qozonib unda urushayotgan jangarilarni qatl qilinishidan qo’rqqan ko’pchilik jangarilar ISHIDga o’tib keta boshladilar. Ushbu jangarilarning asosiy ko’pchiligini chet elliklar tashkil qiladi. Al-Nusraning Suriya fuqarolar urushidagi yana bir muhim jihati shundaki u Turkiyaning janubiy chegaralari bilan tutash bo’lgan hududlarni o’z nazorati ostiga olgan. Bunday geografik joylashuv Suriyaga oqib kelayotgan barcha chet ellik jihodchilarni dastlab al-Nusra tarkibiga tushishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari Turk maxfiy xizmatlarining al-Nusra bilan yashirin hamkorliklari chet eldan kelgan jihodchilarni uni tarkibiga kirishlarini osonlashtirgan. Shu sababdan aslida ISHIDga qo’shilish uchun Suriyaga kirib kelayotgan ko’pchilik jihodchilar dastlab al-Nusraning qatorlarini to’ldiradilar. So’ngra asta sekinlik bilan o’zlari maqsad qilib kelgan ISHIDning tarkibiga kirib ketadilar.

2015-yil mart oyida al-Nusra Fronti Ahrar al-Sham va boshqa o’zining qarashlariga yaqin bo’lgan guruhlar bilan qo’shilishib bitta umumiy nom - Zabt etuvchi qo'shin ostida janglarni davom ettirmoqdalar. Bugungi kunda bu ittifoqda 30 000 jangari jang qilmoqda. Bu guruhning strategik jihatdan o'ziga xos tarafi shundaki u Suriyaning aholi eng zich hududlarini boshqaradi, umumiy hisobda Suriya aholisining 20-25% aholisi ushbu guruh nazorati ostida bo'lgan hududlarda istiqomat qiladilar. Garchi Front al-Nusra va uning ittifoqchilari xalqaro hamjamiyat oldida ISHIDdan farqlanish uchun o'zini mo'tadil harakat qilib ko'rsatishga urinsa ham, aslini olib qaraganda uning jinoyatlari ISHIDnikidan qolishmaydi. Bundan tashqari guruhda hech qanday ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar yo'q, asosiy vazifa faqat janglarda g'olib chiqish, mahalliy aholini o'ziga qaratish yoki yashash uchun alohida tuzumdagi muhitlarni yaratish bu guruhlar tarixida hali kuzatilmagan.

Islomiy Davlat yoki ISHID

Kelib chiqishi Al-Qoidaga borib taqaladi, bu terroristik tashkilotga 2006-yilda asos solingan, Abu Bakr al-Bag'dodiy guruh darg'asi hisoblanadi. Aslida Iroqdagi Shia hukumati va AQSh interventsiyasiga qarshi uyushgan guruh yaratilgandan buyon ancha o'zgarishlarga duch keldi. AQSh qo'shinlari Iroqni tashlab chiqqandan so'ng, terrorizm bilan ayblanib qamalib chiqqan islomistlar, Saddam Husayn davrida Iroq armiyasini tashkil qilgan sunniylar va mahalliy aholi orasidan Iroqda Amerikaliklar tomonidan o'rnatilgan Shialardan tashkil topgan hukumatga qarshi chiquvchilar uyushib ushbu terroristik guruhga asos solgan edilar. 2014-yil 29-iyunda guruh o'zi nazorati ostiga olgan Iroqning markaziy viloyatlarida o'zini Islomiy Davlat xalifasi deya e'lon qiladi. Guruh birinchi marta Suriyada 2013-yil 9-aprelda Iroq va Shom Islomiy Davlati nomi ostida paydo bo'ldi. Suriyada ko'p yillardan beri Nusariylar rejimi bo'lmish Assadning cheklashlaridan, keyinchalik esa 2 yillik fuqarolik urushlardan charchagan sunniy aholi Islomiy Davlat kirib kelgan hududlarda unga qattiq qarshilik ko'rsatmadi, qaytanga uni hukumat harbiy bazalari va qurol-yarog' omborlarini qo'lga olishida yordam ko'rsatdi.

Bugungi kunda ISHID OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p tilga olinadigan terroristik guruhga aylandi, bunga sabab guruhning internet orqali tarqatiladigan propoganda mashinasining kuchliligi va guruh a'zolarining ko'pchiligi asosan yoshlardan tashkil topgani uchun ular ijtimoiy tarmoqlarda juda faolligidir. Guruhning asoschilari asosan Yaqin Sharq musulmonlaridan iborat bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda guruh chet ellik jangarilarni eng ko'p qabul qiladigan tashkilotga aylangan. Bunga sabab ularning propogandasining kuchliligi va faolligi, hamda guruhning neft, kontrabanda va talon-tarojdan keladigan mablag'lari miqdori juda yuqoriligidadir. Agar guruhning Suriyadagi jangarilarining soni 2013-2014 yillar orasida 5000 dan 13 000 kishini tashkil qilgan bo'lsa Islomiy Xalifalikni e'lon qilinishi bilan 2015-yilga kelib ularning soni 20 000 dan 80 000 jangarigacha oshib ketgan. Bundan tashqari ISHIDning dunyo OAVlarida tilga tushib ketishi Afg'onistondagi, Misrdagi, Liviyadagi va Mag'ribdagi bir nechta guruhlarning o'zlarini o'zlari  ISHIDning bir qismi deb e'lon qilishlariga sabab bo'lgan. Garchi bu guruhlarning maqsadlari va kuchlari bir birinikiga o'xshamasada, bugungi terror olamida ISHIDning tarkibida bo'lish terroristik guruhlarga yangi jihodchilarni o'zlariga jalb qilish uchun samarali yo'lga aylangan.

ISHID egallab olgan hududlar asosan Sunniy aholi qabilachilik hayot tarzini olib borgan joylarga to'g'ri keladi. Ushbu hududlar yillar davomida markaziy hukumat tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan edi. Bugungi kunda ISHID bu yerda yashovchi Sunniylarga maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy markazlar qurish orqali ularni o'ziga qaratib olmoqda. Lekin, tashkilotdagi asosiy jangarilar chet elliklardan tashkil topgan bo'lib, ular orasida nafaqat oddiy savodsiz kishilarni, balki yuqoridarajali mutaxassislarga ham duch kelishimiz mumkin. Guruh BMT tomonidan terrorchi guruh deb tan olingan va uning kelajakda davlat sifatida saqlanib qolish imkoniyati deyarli yo'q. 

Kurdlar

Kurdlar tarixi haqida saytimizda alohida maqola e'lon qilgan edik. Tarixiy jihatdan kuchli siyosiy va madaniy o'zlikka ega bo'lgan Suriyalik Kurdlar Bashar al-Assad rejimi davrida repressiya ostida hayot kechirganlar. Asosan Turkiyaning janubiy chegaralari bo'ylab joylashgan Suriyalik Kurdlar mamlakatdagi beqarorlikdan foydalanib Suriya Kurdistonini alohida ajratib olishga harakat qilmoqdalar.

2013-yil 12-noyabrdan boshlab Kurdlar o'zlarini o'zlari boshqara boshlashdi. Boshqaruv Kurdiston Ishchilar Partiyasining (PKK) Suriyadagi filiali Birlik Demokratik partiyasi qo'lga olgan, u o'z navbatida Xalq Himoyasi Qo'shinlari nomidagi harbiy kuchga ega. Ushbu armiya bilan Kurdlar ISHIDga yagona qattiq qarshilik ko'rsatgan kuchga aylandilar. Bunda Kurd xalqining ISHIDga nisbatan qarshiligi va ularning siyosiy birligi katta rol o'ynadi. Bundan tashqari, ular vaziyatga qarab Assad tarafdorlari yoki SOAi bilan vaqtinchalik ittifoqlar tuzganlar, chunki, garchi ular Assad rejimiga qarshi bo'lishsa ham, ular janglarni asosan jihodchi jangarilarga qarshi olib bormoqdalar. Kurdlarning siyosiy jihatdan millat konsepsiyasiga egaligi va Yaqin Sharqda inqirozga uchrayotgan Arab va Islamist o'zliklari oldida, bugungi kunda tobora Kurdiston Respublikasi yaratilish ehtimoli kuchayib bormoqda. Yuqorida SOA mag'lubiyatidan so'ng G'arb mamlakatlarida Suriyani kelajagi uchun perspektivaga ega bo'lgan kuchi qolmaganini aytib o'tgan edik. Aynan SOAning birin-ketin mag'lubiyatlari va tarqoqligi boshlanayotgan davrda G'arb mamlakatlari Kurd qo'shinlarini ko'proq qo'llab quvvatladi. Bu narsa Turkiyani ham urushga tortilib ketishiga olib keldi. Chunki janubiy chegaralarida Kurdiston davlatini paydo bo'lishidan hayqigan ham Turkiyani ichki hududida, ham Suriya va Iroqda Kurdlardga qarshi xujumlarni boshlab yubordi, lekin rasmiy jihatdan Turkiya ISHIDga qarshi bu urushga kirgan. 

Hozirgi kunda Suryadagi Kurd askarlari 35 000 va 65 000 orasida bo'lib, ular Turkiyadagi PKK va Iroqdagi Kurdiston kuchlari bilan tobora bir muammo yechimi yuzasidan yaqinlashib bormoqdalar. Agar Suriya parchalanib ketsa yangi Suriya Kurdistoni paydo bo'lishi va bu holat Kurdlar yashaydigan Turkiya va Eronga ham ta'sir qilishi aniq. 

Shu kungacha Suriyada halok bo'lganlar soni 300 000 kishidan oshib ketdi, 4 milliondan oshiqroq kishi mamlakatni tark etgan, 7,5 milliondan ortiq kishi mamlakat ichkarisida bir hududdan boshqasiga ko'chgan. Suriya inqirozi, shubxasiz keyingi 10-yillining eng qonli urushlaridan biridir. Bundan tashqari uning ommaviylashishi oxirgi yirik urushlar bo'lgan Iroq va Afg'onistonnikidan ko'ra shovqinliroq bo'ldi. Bunga sabab birinchidan kommunikatsiya turlarining soni va sifatini oshishi bo'lsa, boshqa tomondan hozirgi xalqaro maydonda ahvol ancha o'zgargan. Iroq urushi boshlanishidan oldin Rossiya va regiondagi boshqa mamlakatlar AQSh interventsiyasiga qarshi hech qanday harbiy strategik operatsiyalarni amalga oshirishga tayyor emas edilar va bunga jur'at ham qilmagan edilar. Endilikda Suriya urushi natijalari o'laroq, biz dunyoning qudratli davlatlari orasidagi diplomatik va harbiy kuchlar nisbatida sezilarli darajada raqobat va raqobatbardoshlik paydo bo'lganini ko'rishimiz umkin bo'lmoqda. Bu bir tomondan dunyoda AQShning yakkaqutbli gegemoniyasi nihoyasiga yetganidan dalolat bersa boshqa tomondan, umumiy ravishda ikki qutbli bo'lgan dunyoda bugungi kunda regional qudratga ega bo'lgan davlatlar kuchlariga ham pisandsizlik bilan qarash, ayanchli strategik xatolarga olib kelishini amalda ko'rsatib berdi.

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Kurd muammosiga tarixiy nazar
  • Geopolitika va Din: Islom
  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
  • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda