• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
24 May2017

Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda

24 May 2017. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

Yaqin Sharq mintaqasida bir necha yillardan buyon davom etayotgan keng miqyosli harbiy harakatlar, g‘alayonlar, isyonlar, xalqaro jangovar kampaniyalar butun dunyoni larzaga solishda davom etmoqda. Har kuni jahon axborot sahnida voqea joyidan yangi xabarlar, foto va videolavhalar paydo bo‘ladi, navbatdagi qotilliklar, teraktlar va o‘limlar haqidagi faktlar kishilar e’tiborini qaratadi. Urush girdobida qolgan o‘lkalarda ayanchli ahvolda yashayotgan yoki zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalar, ayollar, begunoh insonlarning taqdiridan hikoya qiluvchi materiallar o‘n millionlab odamlarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ladi, faollar urushni qoralaydi, xalqaro strukturalarni qat’iy harakatga chorlaydi, ammo, afsuski, hozircha ushbu faollik urushning nihoyasini yaqinlashtirmayapti.

Nima bo‘lganda ham, mazkur maqolada boshqa bir jihatga e’tibor qaratilgan. Gap shundaki, tezkor ishlashni odat qilgan axborot agentliklari har bir portlash, har bir to‘qnashuv haqida maxsus xabarlar tarqatadi, ammo mintaqadagi to‘kis manzarani aks ettiruvchi tahliliy va ma’lumotnoma materiallar ayniqsa o‘zbek internetida aytarli uchramaydi. Rossiyalik ekspert, qator ommabop nashrlarning kolumnisti, Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis Mixail Shraybmanning hurmatli o‘quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan mazkur maqolasi tilga olingan kamchilikni bir qadar to‘ldiradi deb o‘ylayman. Unda Yaqin Sharqning qanday davlatida qanday xarakterdagi ixtiloflar davom etayotgani, qanday kuchlar bir-biriga qarshi turgani, har bir tomonning motivlari va maqsadlari qisqa, konspektiv shaklda tushuntirib berilgan.

O‘ylaymanki, ushbu maqola o‘quvchilarda mintaqadagi og‘ir ahvol haqida umumiy tasavvur hosil qiladi hamda boshqa jihatlari bilan foyda keltiradi.

Harbiy harakatlar Suriyada, Turkiyada, Iroqda va Yamanda bormoqda. Livan, Misr, Eron hududida boshqa ixtilof zonalari ham mavjud. Ammo ular nisbatan kichik bo‘lib, hikoyamiz doirasidan tashqaridadir. Aslini olganda, Yaqin Sharq islomning ikki mazhabi — shia va sunniylik o‘rtasidagi diniy urush girdobida qolgan. Ammo urushning mazmuni va ahamiyati bu bilan cheklanib qolmaydi. Urush, shuningdek, siyosiy, etnik (milliy) va iqtisodiy sabablarga ham ega.

Yaman

Saudiyaliklar (Saudiya Arabistoni, SA) Yamanda mahalliy shialar, xuziylar oqimi bilan urush olib bormoqda, ularni esa, o‘z navbatida, Eron qo‘llab-quvvatlamoqda. Yamanda shialar 10 million kishi bo‘lib, aholining 40 foizini tashkil etadi. Ular mamlakatning kattagina hududini nazorat ostida ushlab turibdi. Hokimiyat tepasida sunniylar turgan Saudiya Arabistoni xuziylar nufuzining kengayishini istamaydi hamda buni janubiy chegaralari yaqinidagi Eron tajovuzi sifatida ko‘radi. Bu haqiqatdir, negaki Eron xuziylarga yordam beradi, ularni qurol bilan ta’minlaydi. Urush SA uchun muvaffaqiyatsiz o‘tmoqda. U Yamandagi bir qator hududlarni egallagan bo‘lsa ham, xuziy partizanlari harakatlaridan og‘ir talafot ko‘rishda davom etmoqda.

Suriya

Suriyada ham Asad hukumatiga qarshi isyonchilar (bu safar sunniylar) kurashmoqda, ularga esa Saudiya Arabistoni yordam bermoqda. Isyonchilar eronparast shia ozchiligi — alaviylar oqimi, ya’ni Asad rejimiga qarshi urush olib bormoqda. Suriyada alaviylar aholining bor-yo‘g‘i 10 foizini tashkil etadi, lekin aynan uning vakillari Asad rejimining rahbariyatini tashkil etadi. Bu yerda Eron, aksincha, hukumatga ko‘mak beradi, unga qurol-yarog‘ hamda Sipohning (Islom inqilobi muhofizlarining) maxsus bo‘linmalarini yuboradi. Bundan tashqari, ta’minoti Eron tomonidan amalga oshiriladigan hamda asosiy bazalari Livanda joylashgan eronparast shia fundamentalist tashkiloti — “Hizbulloh” Asadga ulkan yordam ko‘rsatmoqda. Suriyada aholining asosiy qismini sunniylar, etnik jihatdan birinchi navbatda arablar tashkil qiladi.

Sunniy isyonchilar alohida guruhlarga bo‘linib ketgan. Ammo Suriya shimolida ularning ko‘pchiligi ayni paytda Fath koalitsiyasi tarkibiga kiradi. Mazkur koalitsiyaning negizini ikkita eng yirik va eng radikal diniy (sunniy) ultrakonservativ guruhlar — “Jabhat an-Nusra” va “Ahror ash-Shom” tashkil qiladi. Bular — o‘z diniy rahnamolariga ega bo‘lmish alohida diniy oqimlardir. Ularning maqsadi — Suriyada hokimiyat tepasiga kelib, u yerda shariat qonunlarini o‘rnatish. Ularda boshqa hech qanday iqtisodiy, ijtimoiy dasturlar yo‘q, ularni faqat shu qiziqtiradi.

Iroq

Iroqda aholining mutlaq ko‘pchiligini shia arablar tashkil etadi. Bag‘doddagi mahalliy hukumat shia partiyalaridan tuzilgan. Ammo ular mamlakatning butun hududini nazorat qilmaydi. Iroq hududining bir qismi IShID nazorati ostida. Bu tumanlarda sunniy ozchiligi yashaydi. Ular al-Abadiy boshchiligidagi shia hukumatiga qarshi uzoq vaqt isyon qilgan edi.

Ixtilof sabablaridan biri shundaki, Iroqdagi neft zaxiralarining asosiy qismi shialar yashovchi Janubda joylashgan, hukumat sunniylarga neft daromadidan katta ulush ajratmaydi. Bundan tashqari, sunniylarga shialar hukumat tepasida ekanligi, o‘z-o‘zidan tushunarliki, ma’qul emas. Ayni paytda shia hukumati IShIDga qarshi kurash olib bormoqda. Iroqning shimoli-sharqi kurd hukumati nazorati ostida — ular de-fakto Bag‘dodga bo‘ysunmaydi va o‘z qurolli kuchlariga ega.

IShID

Mahalliy hokimiyatlardan mustaqil bo‘lgan alohida kuchni Iroq va Shom islom davlati tashkil etadi, unga qarshi barcha kurashmoqda. IShID mohiyatan mustaqil sunniy oqimidir. Shu bilan birga, u alohida davlat hamdir, u o‘z ma’muriyatiga (Saddam Husayn rejimining sobiq amaldorlaridan tuzilgan), soliqlariga, ijtimoiy siyosatiga, neft konlariga va qurolli kuchlariga ega. IShID Suriya va Iroqning sunniylar yashaydigan katta hududlarini egallab olgan.

IShID qurolli kuchlari bu 30-50 ming kishilik armiya bo‘lib, u mujohidlarning partizanlik-diversion taktikasi hamda markazlashtirilgan rejalashtirish va muvofiqlashtirishning (bularni Iroqning sobiq diktatori Saddam Husayn armiyasining sobiq zobitlari amalga oshiradi) qo‘shilishidan iborat. IShID rahbariyatining yarmi — professional harbiylar hamda Saddam razvedkasining zobitlari.

IShIDning siyosat sahnasiga chiqishi mintaqadagi hech bir aktorni qoniqtirmaydi, shu bois barcha unga qarshi kurashadi: Iroqning shia hukumati (Iroqda shialar aholining 65 foizini tashkil etadi va shialar namoyandalari hokimiyat tepasidadir), Suriyaning shia hukumati, Suriyaning sunniy isyonchilari.

Gap shundaki, IShID o‘zini “xilofat” — musulmonlarning muqaddas davlati sifatida ko‘rsatadi, unga esa, guruh ideologiyasiga ko‘ra, sayyoradagi barcha musulmonlar bo‘ysunishi shart. Suriya va Iroqning IShID nazorati ostidagi hududlarda 5-7 mln kishi yashaydi, u yerda, shuningdek, neft konlari hamda turli sanoat va savdo korxonalari bo‘lib, ular xilofatchilarga soliq to‘laydi. Ammo IShID daromadining 44 foizi “kofirlar”, boshqa oqimlar vakillari hamda tuzum muxoliflarining mol-mulkini egallab olish hisobiga tushadi. IShID barcha shialarni jismonan yo‘q qilish borasida bayonotlar beradi, uning fikricha, “agar ular bizning dinimizga o‘tmasa, ularning barchasini o‘ldirish kerak”. Mintaqada 150 mlndan ortiq shia istiqomat qiladi. Shu tariqa, IShIDning xatti-harakatlari mintaqa aholisining kattagina qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismonan yo‘q bo‘lish tahdidini soladi. Shuningdek, IShID bir vaqtlar musulmonlar yashagan va hozir yashayotgan barcha yerlarga da’vogarlik qiladi.

IShIDda qulchilik va qul savdosi amal qiladi. Siyosiy planda u mutlaq monarxiyadir. IShID shariat qonunlari “diniy rahnamolar” tushungan shaklda amal qilishini ta’minlaydi. IShID o‘z moliyaviy manbalariga egadir (soliqlar, birovlarning mol-mulkini egallash) va bu jihatdan hech kimga qaram emas, qurol-yarog‘ni esa qora bozorda sotib oladi. Mintaqada bunaqa qurol juda ko‘p. Bundan tashqari, 2014 yilda IShID Iroq armiyasining ulkan qurol-yarog‘ zaxiralarini qo‘lga kiritgan edi. Asosiy qismini islomiy oqimlar tashkil qiluvchi Suriya muxolifati ham IShIDga qarshi kurash olib boradi, negaki unga bo‘ysunishni istamaydi va o‘zi ham Suriyadagi hokimiyatga da’vogarlik qilmoqda.

Kurdlar 

Suriya (Rojava — Shimoliy Suriya Federatsiyasi) va Iroq hududidagi (Kurd Muxtoriyati) kurd davlat tuzilmalari mintaqadagi mustaqil kuchni tashkil qiladi. Rasman u yerlarda hech kim mustaqil davlatchilikni e’lon qilmaydi (birinchi galda zamonaviy dunyoda ularni hech kim tan olmasligi tayin bo‘lgani uchun), amalda esa Suriya va Iroqning federallashuvi u yerda mustaqil kurd davlatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu ikki kurd davlati o‘z hukumatiga, byurokratiyasiga, qurolli kuchlariga, parlamentiga ega.

Ikki kurd hukumati bir-biri bilan do‘stona munosabatda emas va hattoki qarama-qarshilikdadir. Gap shundaki, Suriyadagi Rojava “Kurdiston ishchi partiyasi” (Abdulla O‘jalan g‘oyalari tarafdorlari, o‘jalanchilar) nazorati ostidadir, ular Rojava qurolli kuchlari (50 ming kishilik YPG ko‘ngillilari) qo‘mondonligining asosini tashkil etadi. Iroq Kurdistonidagi rejim Arbil shahridagi hukumat nazoratidadir — bu “Kurdiston demokratik partiyasi” (Barzoniy tarafdorlari) hukumatidir. Ularning ixtiyorida 100 kishilik armiya (“Peshmerga”) mavjud. Biroq Iroq Kurdistonidagi rejim bir turli bo‘lmay, ayrim tumanlar boshqa kurd guruhlari qo‘lida hamdir.

Iroq Kurdistoni oddiy kapitalistik davlatdir. Rojavaga, ya’ni Suriya Kurdistoniga kelsak, G‘arbdagi anarxistlar bir paytlar “Kurdiston ishchi partiyasi” rejimini anarxistik yoki libertar-sotsialistik, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat demokratiyasi munosabatlariga qurilgan deb hisoblar edi. Lekin ular bu ta’kid haqiqatga mos kelmasligini sekin-asta tushunib bormoqda. DYP — Rojavaning hukmron partiyasi (“Kurdiston ishchi partiyasi”ning bo‘linmasi) o‘z maqsadi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat demokratiyasi qurishni belgilamaydi, sinfiy kurashni inkor qiladi, yollanma mehnatga qarshi chiqmaydi, xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlaydi. Rasman uning maqsadi dunyoviy demokratik davlat qurishdir. Rojava liberal konstitutsiyaga ega bo‘lib, u yerda yuqoridagilarning barchasi ifodalangan.

Shu bilan birga, “Kurdiston ishchi partiyasi” Rojavada mehnatkashlarning o‘z-o‘zini boshqarish iqtisodiyotining (kooperativlarning) va joylarda turmush tarzi masalalarini hal qila oladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning rivojlanishini qo‘llaydi. Nazariy jihatdan, kelajakda bu sotsial inqilob uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ammo hozircha Rojavada sotsial inqilob yo‘q, nufuzli mahalliy hokimiyat organlari bor. Mahalliy kooperativlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya institutlari (TEV-DEM) oddiy hukumatga, shuningdek, kurd ko‘ngilli qo‘shilmalari harbiy qo‘mondonligiga (u ham “Kurdiston ishchi partiyasi” nazorati ostida) bo‘ysunadi. Kurd ko‘ngilli armiyasining barcha qo‘mondonlari shu partiya a’zolaridir. Rojava hukumati deyarli soliq to‘plamaydi, balki neft qazib chiqarish va uni sotish hisobidan mavjuddir. Hukumat mablag‘ining 70 foizi qurolli armiyani moliyalashtirishga sarflanadi.

Rojava va Iroq Kurdistoni o‘zaro kelishmaydi, lekin ba’zan IShIDga qarshi qo‘shma operatsiyalar o‘tkazadi, negaki IShID ularning yerlariga da’vo qiladi. Kurdlarning Iroq va Suriyadagi hukumatlari hamda hukmron partiyalari AQShning mintaqadagi asosiy ittifoqchilaridir. Ular AQSh va NATO mamlakatlaridan harbiy ko‘mak oladi, shuningdek, IShIDga qarshi operatsiyalar chog‘ida ularning aviatsiyasi tomonidan havodan qo‘riqlanadi. Bu barcha tomonlar birinchi navbatda IShIDga qarshi ekanligi bilan tushuntiriladi.

Iroq kurdlari yirik neft zaxiralarini nazorat qiladi. Rojava rahbariyati nazorati ostida ham ko‘pgina neft konlari bor. Bu neftga ularning raqiblari — IShID, Asad va Suriya muxolifati ham da’vo qiladi. Rojava va Asadning munosabatlari ziddiyatlidir. Ba’zan bu — qurolli betaraflik, boshqa tomondan esa, tomonlar o‘rtasida ba’zan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Turkiya

Turkiya Suriyadagi jangovar harakatlarga faol tarzda aralashadi. U Asadga qarshi bo‘lgan sunniy muxolifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Sunniy Turkiyaning maqsadi — Rojavadagi kurd davlatini kuchsizlantirish va unga qarshi kurash.

Kurdlar Turkiya aholisining uchdan yoki to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi (20-25 mln) va ushbu mamlakatda milliy muxtoriyat yaratishga intiladi. Turkiyada ularning haq-huquqlari poymol etiladi: mahalliy muxtoriyat yo‘q, kurd tilida davlat maktablari yo‘q. Kurdlarga mansub shahar hokimlari, saylangan bo‘lishiga qaramay, mansabdan chetlashtiriladi, hibsga olinadi, ularning o‘rniga Erdo‘g‘an hukumati bilan bog‘liq amaldorlar tayinlanadi.

Etno-madaniy va siyosiy jihatdan Turkiya kurdlari Iroq emas, Suriya kurdlariga yaqin turadi. Rojavani nazorat qilib turgan “Kurdiston ishchi partiyasi” bir paytning o‘zida Turkiyada Erdo‘g‘an hokimiyatiga qarshi harbiy harakatlar olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, Turkiyada hukumat va “Kurdiston ishchi partiyasi” partizanlari o‘rtasida og‘ir fuqarolik urushi davom etmoqda. Shu bois Erdo‘g‘an hukumati Suriya shimolida, o‘z chegarasi yaqinida amalda “Kurdiston ishchi partiyasi”ning davlati tuzilganidan xavotirda. U mazkur kuchni tiyib turishga urinadi, ba’zan hujum qiladi. Yaqinda Turkiya Suriya shimoliga o‘z qo‘shinlarini olib kirib, u yerning kattagina qismini zabt etdi va kurdlarni siqib chiqardi. “Frot qalqoni” nomini olgan ushbu operatsiya ikki sababga ko‘ra o‘tkazildi.

Birinchidan, Erdo‘g‘an kurdlarni kuchsizlantirib, Suriya shimolidagi anklavlarning o‘z chegarasidagi “Kurdiston ishchi partiyasi” uzluksiz qal’asiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda. Ikkinchidan, Turkiya shimolda Suriya sunniy muxolifatining kuchayishiga ko‘maklashmoqda, buning natijasi o‘laroq muxolifat isyonchilar va Asad o‘rtasidagi jangning asosiy markazi — Alepga hujum qiladigan darajada kuchayishini kutmoqda. Suriya shimolidagi eng yirik sanoat va transport bog‘lamasi bo‘lmish Alep uchun jang Suriyadagi fuqarolik urushining taqdirini hal qilishi mumkin.

Shia yarim oyi sunniy yulduziga qarshi

Yaqin Sharqda, xususan, Suriya, Iroq va Yamanda bo‘layotgan voqealar mohiyatan shia-sunniy urushining tarkibiy qismlaridir, ayni paytda, bu yirik davlatlarning mintaqa va bu yerdagi resurslar ustidan nazorat o‘rnatish yo‘lidagi urushidir.Eron, Bag‘dodda al-Malikiy boshchiligidagi shia (aslida eronparast emas, amerikaparast) hukumati, Damashqda Asad, Livanda “Hizbulloh” va Yamanda xuziylar shia yarim oyini hosil qiladi. Unga sunniy yulduzi, birinchi navbatda arab sunniy davlatlari — Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Kuvayt, Iordaniya, shuningdek, Turkiya qarshi turibdi.

Bo‘layotgan voqealar XVII asrda Yevropada yuz bergan 30 yillik urushga o‘xshaydi. Unda ham diniy ziddiyatlar, siyosiy va iqtisodiy manfaatlar jipslashib ketgan edi.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya

Suriya va Iroqda harakat qilayotgan bir nechta xalqaro koalitsiya mavjud. Rasman ularning barchasi IShIDga qarshi kurash maqsadida tuzilgan. Aslida esa ular boshqa bir qator maqsadlarga ham egadir. Eng qudratli koalitsiyaga AQSh va NATO boshchilik qiladi. Ular IShIDni Yaqin Sharqdagi eng jiddiy dushmani hamda G‘arbga terrorchilik xavfi sifatida ko‘radi va unga qarshi kurashadi.

Bundan tashqari, AQSh Eron va uning tarafdorlari (shia koalitsiyasi — xusiylar, Asad, “Hizbulloh”) kuchsizlanishidan hamda o‘ziga do‘stona munosabatda bo‘lgan Saudiya Arabistonining kuchayishidan manfaatdor.

Nihoyat, AQSh kurdlarning kuchayishidan manfaatdor. Buning sabablari quyidagilardir. Kurdlar asosan to‘rt davlat hududida istiqomat qiladi: Suriya (3 mln), Iroq (6 mln), Eron (10 mln), Turkiya (20-25 mln). Har qanday shakldagi Katta Kurdistonning yaratilishi bu hokimiyatlarning mintaqadagi yetakchilikka bo‘lgan da’volarini zaiflashtiradi. Bu amerikaliklar uchun manfaatli bir vaziyatdir, negaki mintaqa kuchsiz davlatlardan iborat bo‘lsa, uni boshqarish oson bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha kurd tashkilotlari amerikaparast kayfiyatidadir.

Shu bilan birga, amerikaliklar faqatgina kurdlarga bog‘lanib qolmagan va yagona Kurdistonning tuzilishini bevosita maqsad sifatida qo‘ymagan. Ular kurdlardan AQShga do‘st hisoblanuvchi, lekin ortiq darajada mustaqil siyosat yurituvchi Turkiyaga qarshi bosim o‘tkazish vositasida sifatida foydalanadi, zero AQShga Turkiyaning mintaqada yetakchi bo‘lish da’volari ma’qul emas. Shuningdek, yaqinda AQShning Eron bilan munosabatlari biroz yumshadi. Balki amerikaliklar Yaqin Sharqda ko‘plab zaif, bir-biri bilan raqobatlashuvchi davlatlar bo‘lishini xohlar. Har qanday holatda ham AQSh hakam rolini o‘ziga olib, mintaqani boshqara oladi.

Rossiya

Rossiya ushbu ixtilofga Asad tomonida, shia koalitsiyasi tarkibida aralashdi. Birinchi navbatda, aytish kerakki, Rossiya ichki sabablarga ko‘ra bunday qildi. Uning asosiy maqsadi — harbiy-vatanparvarlik ruhidagi propagandani saqlab qolish, negaki u og‘ir iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakat aholisiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Ammo boshqa omillar ham bor.

Asad rejimi Rossiyaning an’anaviy ittifoqchisidir. Bundan tashqari, Suriya urushiga Asad tomonida turib kirar ekan, Rossiya bu urushda ishtirok etayotgan NATO davlatlari va AQSh pozitsiyasiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.Rossiya uchun kattakon xavf shundan iboratki, u G‘arb bilan ixtilofda va bir muddat Turkiya bilan yomon munosabatda bo‘ldi. G‘arb va Turkiya esa Rossiya qaramog‘idagi Asad rejimiga qarshidir.

Nihoyat, Afg‘onistondagi kabi istiqbollarga ega yana bir urush botqog‘iga botib qolish xavfi mavjud. Bu tahdiddan RF rahbariyati imkon qadar qochishga urinmoqda, shu bois Asadning raqiblari, birinchi navbatda Alepdagi Suriya muxolifati marralariga havodan zarba berish bilan cheklanmoqda. Xalqaro hamjamiyat Alepda gumanitar fojia ro‘y berganini uqtirib, Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, mazkur harbiy operatsiya uzoq davom etmadi: Rossiya tez orada asosiy kuchlarini Suriyadan olib chiqib ketganini ma’lum qildi.

Mixail Shraybman
Ruschadan Eldar Asanov tarjima qildi

Manba

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Kurd muammosiga tarixiy nazar
  • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
  • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
  • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
  • Kurd muammosini anglash

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda