• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
19 Noy2012

Isroil va G'azo: oldin va hozir

19 Noyabr 2012. Muallif: Avaz Takhirov Rukn: Yaqin Sharq

Bundan to`rt yil oldin 4-noyabr kuni amerikaliklar o`z prezidentlarini saylash uchun ovoz berayotgan bir paytda Isroil qo`shini va buldozerlari Hamas tomonidan qurol-yarog` kontrabandasi uchun yaratilgan yashirin yerosti tunnellar tarmog`ini yo`q qilish uchun G`azo bo`lgasiga bostirib kirdi. Sobiq Misr prezidenti Husni Muborak vositachiligida erishilgan sulh barbod bo`ldi. Hamas javob tariqasida bir necha hafta davomida Isroil hududini  minomyot va raketalar bilan o`qqa tutib turdi. Natijada 2008-yil 27 dekabrda Isroil Kest Lid Operatsiyasini boshladi.  Operatsiyasining ilk yetti kuni davomida G`azo havodan kuchli bombardimon qilindi, keyin 15 kunlik quruqlikdan xujumlar olib borildi. Bir qancha Hamas yetakchilari va 100lab jangarilar yo`q qilindi. Isroil Mudofaa Vazirligining o`sha paytda hisobot berishicha, 10 nafar Isroil askari va 3 fuqarosi xalok bo`lgan; 1,166 nafar nobud bo`lgan falastinlikdan 709 tasi jangari bo`lgan.

Bugungi kunda davom etayotgan Mudofaa Ustuni Operatsiyasining strategik tabiati esa Kest Lidnikidan keskin farq qiladi. Mintaqada yuzaga kelgan vaziyatning dinamikasini anglab yetishimiz uchun har ikki operatsiyasiga sabab bo`lgan 2006-yil voqealariga murojaat qilishimiz zarur.

Qudratga kelish

2006-yil Hamasning o`z mafkuraviy raqibi Fatah ustidan saylovlarda g`olib chiqishi bilan boshlangan edi. Falastin siyosatining sekular hamda ko`proq pragmatik tomonida turuvchi Fatah o`zaro kelishmovchiliklar, Isroil bilan muzokaralardagi xatolar tufayli allaqachon kuchsizlanib qolgan edi. Hamasning muvaffaqiyati har ikki fraksiya o`rtasida bir necha oyga cho`zilgan kichik fuqarolar urushiga olib keldi va nihoyat, 14-iyunda Hamas G`azo boshqaruvini Fatahdan butunlay tortib olishga erishdi. 11 kundan so`ng Isroil askari Gilat Shalt Hamas tomonidan o`ldirildi. Shu tariqa Isroil bilan yangi dushmanlik davri boshlandi.   

2006-yilning 12-iyulida Hizbulloh Isroil shimoliga kirib, ikki askarni o`ldirdi. Bu yurish bir oyga cho`zilgan Ikkinchi Livan Urushiga sabab bo`ldi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, Hizbulloh bu ziddiyatga yaxshi tayyorlangan, qo`shini va qurollarini saqlash hamda tashish uchun tunnellar tizimini barpo etgan ekan. Hizbulloh Isroilni hayratga solib, janglarda anti-tank raketalar, zamonaviy bombalar va Hayfagacha yetib borish imkoniga ega o`rta-uzoqlikdagi raketalardan foydalandi. Isroilning tayyor emasligi Hizbullohning ramziy g`alabasiga sabab bo`ldi. 1973-yildan buyon biror arab harbiy harakati Isroilga qarshi bunchalik effektiv jang qilmagan edi. Bu g`alaba butun mintaqada aks-sado berdi. Shu paytgacha Isroilning harbiy qudrati haqidagi ovozalar shubha ostiga olindi. Isroil oddiy, nodavlat jangari guruh tomonidan yengilgan edi. Ayni bu vaqtda Hamas G`azoda kuchli iqtisodiy-siyosiy izolatsiya o`rnatgan guruh tashkil qildi va bu guruh Hamasni mintaqada legal siyosiy kuch sifatida tan olishlari uchun dunyoga murojaat qila boshladi. Biroq bu murojaatlarning ko`pi e`tiborsiz qoldirildi. Shundan so`ng Hamas Hizbulloh namunasiga e`tibor qaratdi.

Hizbuloh Erondagi qudratli kuchlardan yordam olardi. Hamasda esa bunday homiy yo`q edi. Husni Muborak, Bashar al Assad, Hoshimiylar qo`l ostidagi Iordaniya va Saudlar oilasi ta`siridagi boshqa Ko`rfaz davlatlarining hammasi Hamasni siquvda ushlab turishni istashardi. Ular falastinliklarga xayrihohliklarini namoyishkorona ko`rsatib, Isroilni ayblasalar ham, aslida, falastinlik qochoqlar va Hamas kabi radikal guruhlarni o`z rejimlariga xavf sifatida ko`rishardi.   

Hamas o`zini dastaklashlarini so`rab davlatlarga murojaat qilishni boshlagandan so`ng, Eron Isroilning yonginasida unga qarshi harbiy kuch yetishtirish imkoniyatini ko`rdi. Saudiya va Hamas o`rtasidagi aloqalar shiddat bilan kuchayayotganligining guvohi bo`lgan Tehron guruhni moliyaviy va harbiy ta`minlashni o`z qo`liga oldi. Eronning Islomiy Inqilobiy Qo`shini Hamas bilan guruhning arsenalini boyitish ustida ish boshlab, G`azo bo`ylab jangarilar va qurollarni tezkor tashish maqsadida tunnellar tizimini barpo etdi. Tez orada Isroil bunga e`tabor qaratdi, natijada 2008-yilning so`ngida Kest Lid Operatsiyasi boshlandi.

Kest Lid Operatsiyasi

Hamas Kest Lid davomida og`ir strategik muhitda harakat qildi. Ikkinchi Livan Urushida Hizbulloh Litanni daryosining janubidagi deyarli aholi yashamaydigan hududdan Isroilga raketa otgan edi. Shu sababli katta shaharlar javob hujumlaridan deyarli zarar ko`rmagan edi. G`azo esa aholi zich joy bo`lib, Hamasda urush tufayli ommaning quvvatlovini yo`qotish xavfi katta edi. Shuningdek aholining zichligi Isroil Armiyasi uchun ham qiyinchilik tug`dirar edi.  

Operatsiya davomidagi muzokaralarda Misr asosiy rol o`ynadi. Misr Rafah chegara hududidan Sinayga falastinlik qochoqlar oqib kelishiga va Hamas huddi shu yerdan o`tgan qurollar kontrabandasini qaytadan boshlashiga yo`l qo`ymaslik uchun sulh matnini o`zi tayyorladi. O`sha paytda muholifatda bo`lgan Musulmonlar Birodarligi partiyasi Muborakni musulmonlarga qarshi chiqib, Isroilga yon bosganlikda aybladi, lekin Hamas baribir Isroil va Misr tomonidan siqib qo`yildi.   

Mintaqaning qolgan davlatlari mojaroga to`g`ridan-to`g`ri aralashishdan o`zlarini tiyishdi. Turkiya ichki muammolarini ro`kach qildi, Saudiya ochiq-oydin o`zini chetga oldi. Iordaniya xech narsa bo`lmagandek Isroil bilan yashirin hamkorligini davom ettirdi. AQSH endi saylovlardan qutilgan va Iroqdan chiqib ketish rejasini tuzish bilan band edi. Hamasning Ko`rfazbo`yi homiylari ham G`arb bilan yashirin aloqalarda band edilar.   

Eron hammasidan mustasno edi. Arab davlatlari Hamasni yolg`izlatib qo`ygan bir paytda Eron guruhni qo`llashda davom etdi. Garchi AQSH tan olmagan bo`lsa ham Iroq allaqachon Eronning ta`siriga tushgan, Livanning janubida Eron ko`magi ostida Hizbulloh qaytadan kuchga kirayotgan va Eronning qudrati G`arbiy Afg`onistongacha yetib brogan edi. Falastin hudida qudratli harbiy kuchni yaratish Eron yadroviy dasturiga qarshi bo`lgan Isroilga qarshi Tehronning navbatdagi qadami edi.  

2009-yilning yanvari, ayni Kest Lidning o`rtasida Isroil o`z ichiga anti-tank raketalari, 40 km uzoqlikka uchuvchi Fajr-3 raketalarini olgan 120 tonna qurol-yarog` Erondan G`azoga jo`natilishi rejalashtirilayotgani haqida ma`lumotlarni qo`lga kiritdi. Eron yuki Port Sudanga yetib keldi va Isroil Misrning janubiy bo`ylab Sinayga tomon harakatlanayotgan 23 yuk mashinasni havodan o`qqa tutdi. Isroil yordamni yo`q qilgan bo`lsa ham Eron Hamasni qurol bilan ta`minlashdan voz kechmadi. Kest Lid davomida Tel-Aviv va Quddusga otilgan Eronning Fajr raketalari buning isboti edi.

Hozirgi ziddiyatning geosiyosiy tabiati

Ayni kunlarda Hamas-Isroil mojarosi avjiga chiqqan. Isroil Kest Lid vaqtidagidan ko`ra murakkab vaziyat bilan yuzma-yuz turibdi.  

Mojaroning boshi Misrdan boshlanadi. Uzoq vaqt bosim ostida bo`lgan Musulmonlar Birodarligi muholifat partiyasi Arab Bahoridan so`ng Misr siyosiy boshqaruvini o`z qo`liga oldi. Musulmonlar Birodarligi bilan mafkuraviy hamnafas bo`lgan Hamas ham shu yo`ldan borishga qaror qildi. Suriyada fuqarolar urushi boshlanib, Eronning Levantdagi pozitsiyasi savol ostida qolgan bir paytda Hamas Suriya-Isroil homiyligidan chiqib, yangi qadam tashlashga qaror qildi. Endi u o`z faoliyatini mintaqada Musulmonlar Birodarligi ta`sirini o`stirish va butun Arab dunyosi bo`ylab islomiy kuchlarni birlashtirishga bag`ishladi.  

Misrning og`ir iqtisodiy ahvoli, shaharlardagi namoyishlar va Musulmonlar Birodarligining harbiy hamda maxfiy hizmat apparatlari bilan nomunosib aloqalari Sinay yarimorolida yangi harakatlar kelib chiqishiga sabab bo`ldi.   

Suriyada urush boshlangan ekan Isroil o`z shimolidagi dushman bo`lishga qodir bir davlatdan xalos bo`ldi. Biroq Hizbullohni bosimda ushlab turish uchun Isroil ortiq Damashqqa suyanolmaydi, Levantning bo`linib ketishi esa islomiy kuchlarning kuchayishiga katta imkoniyat beryapti. Suriya va Livanda o`z o`rnini saqlab qolishga urinayotgan Eron regiondagi harakatini keskin oshirdi, bu hol esa Tehronni Isroilga yanada qarshi qilib qo`ydi.   

Isroilning sharqi, Iordan daryosi bo`yida joylashgan Hoshimiylar Qirolligi (Iordaniya)da ham vaziyat keskin tus olmoqda. Sharqiy Qirg`oqda yashovchi qabilalar bilan birlashgan islomiy kuchlar qirolni taxtdan ag`darish uchun ochiqdan-ochiq da`vatlar qilishyapti. Bu ziddiyatlar bilan qo`shilgan hozirgi kundagi G`azo inqirozi esa mintaqa barqarorligini batamom izdan chiqarib yuborishi xech gapmas.   

Qo`shma Shtatlar mojaroni diplomatik yo`l bilan hal qilish fikrida sobit turibdi. Suriya inqirozidan xulosa qiladigan bo`linsa, Vashingtonda O`rta sharqdagi biror ziddiyatga ochiq aralashishdan o`zini tiyib turganligini ko`rish mumkin. Buning o`rniga AQSH Turkiya va Misrdek mintaqadagi qudratli davlatlar vositasida ta`sir o`tkazishga ko`proq moyillik bildirmoqda. Bunga erishish uchun AQSH Misrga nisbatan moliyaviy va harbiy ko`makni bekor qilish orqali bosim o`tkazishi mumkin. Turkiya masalasiga kelsak, Anqaraning o`zida konfliktda vositachi vazifasini bajarishga mayl bor.   

Saudiya Arabistoni allaqachon falastinliklarni dastaklashdan voz kechgan bo`lsa ham, ayni paytda ar-Riyod yangi xavf- Musulmonlar Birodarligi mintaqaviy ta`sirini oshishi bilan yuzma-yuz turibdi. Mintaqadagi siyosiy islomning faollashuvi dinni qattiqqo`llik bilan siyosatdan uzoqlashtirib turgan monarxiya uchun katta xavfdir. Shu sababli qirol oilasi Musulmonlar Birodarligi ta`siriga tushib borayotgan Hamasdan o`zini uzoqroq ushlab turishni ma`qul ko`rmoqda.  

Ayni damda Eron o`zining mintaqaviy ta`sirini saqlab qolish uchun zo`r berib kurashyapti. Kest Lid Operatsiyasi bilan bir paytda Eron G`arbit Afg`onistondan to O`rtayergacha bo`lgan hududni o`z ta`sir doirasiga olishga muvaffaq bo`lgandi. Lekin AQSH boshchiligidagi iqtisodiy kampaniya Eronni og`ir ahvolga solib qo`ydi. Fuqarolar urushi tufayli kuchaygan Suriyadagi sunniy muholifati G`arb, Turkiya va Ko`rfaz davlatalriga tayangan holda Eron ta`siridagi Livan Hizbullohi va Iroqdagi Eron pozitsiyalariga xavf solish darajasigacha borib yetdi. Mintaqadagi har bir davlat o`zini himoyalsh tashvishiga tushib qolgan ekan, Eron Levantdagi jangarilar,ayniqsa, falastinlik jangarilarga ortiq suyanolmaydi. Lekin Eronda Isroilga qarshi turish uchun falastinlik jangarilarni saqlab qolishdan o`zga tanlov yo`q.  

Agar Hamas Eron tomonidan uzoq va o`rta masofadagi raketalar bilan dastaklanmaganda Tel-Aviv hamda Quddusga hujum qilish qudratiga ega bo`lmagan bo`lardi. Bu yo`l bilan Eron barchani e`tiborini Suriyadan olib Isroilga qaratishga muvaffaq bo`ldi. Eron 2006-yilda ham Hizbullohni Hayfaga xujum qilishi uchun Zelzal raketalari bilan ta`minlagandi. Kest Lid paytida raketalar yetishmovchiligidan qiynalgan Hamas qo`lida ayni vaqtda Eronning Fajr-5 raketalarining katta arsenali mavjud.   

Hamas hozirgi kunda xech bo`lmaganda 2006-yil Hizbullohnikidek ramziy g`alabaga erishishga urinyapti. Isroilning g`alabadan yagona maqsadi Hamasning barcha raketa arsenalini yo`q qilib tashlash va Misr chegarasi orqali G`azoga qurollarning yashirin kirib kelishiga batamom chek qo`yishdir. Isroil-G`azo kofliktining strategik tabiatidan kelib chiqib tahmin qilish mumkinki, Mudofaa Ustuni Operatsiyasi kelajakda Isroil geosiyosiyatini o`zgartirib yuboradigan harbiy kampaniyalarning faqat boshlanishi bo`lishi ehtimoldan xoli emas.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, To'qnashuvlar geopolitikasi, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
  • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
  • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
  • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda