• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
28 Apr2014

AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?

28 Aprel 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

1945-yil 14-fevral kuni AQShning USS Quincy harbiy kemasi Suvaysh kanalining shimoliy va janubiy qismlarini o‘rtasida joylashgan Katta Achchiq ko‘liga kelib to‘xtaydi. Kema bortida AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt va yangi asos solingan Saud dinastiyasining va qirolligining asoschisi Abdulaziz-bin Abdurahmon ibn Saud uchrashib tarixiy kelishuvga imzo chekadilar. Shartnomaga ko‘ra AQSh Saudiya Arabistonining neft ta'minoti evaziga qirollikning xavfsizligini ta'minlashga kafolat beradi. Ushbu shartnoma Yaqin Sharqninng zamonaviy davrdagi siyosiy yo‘nalishida kalit bo‘lib xizmat qiladi. Endilikda Ar-Riyod Vashingitonning mintaqadagi eng yaqin ittifoqchisiga aylangan edi. Keyinchalik bu rol Isroil bilan baham ko‘riladi.

28-mart AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining Yevropa mamlakatlariga safaridan so‘ng, Saudiya Arabistoniga qarab yo‘l oldi. Ar-Riyoddan 100 kilometr shimoliy-sharqda joylashgan Ravdat-Xurayim vohasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv kutilganidek uzoq davom etmadi. 

Rasmiy sur'atlardagi tabassumlar va uchrashuv paytidagi bezatilgan dasturxonlarga qaramasdan, uchrashuvning kutilgan natijalarni bermaganini sezish qiyin emas edi. Ikki mamlakat orasidagi munosabatlar so‘nggi 10 yil ichida juda yomon ahvolga kelgan. Uchrashuv paytida hozir bo‘lganlarning xabar berishicha muzokaralar atigi ikki soat davom etgan. Bundan tashqari shu kuni bo‘lishi kutilgan kechki ovqat ham rejadan olib tashlangan. Voqealarni kuzatayotgan fotograflar 89 yoshli Saudiya Arabistoni qiroli Abdallah ibn-Saud su'niy nafas oldiruvchi moslama bilan muzokaralarda ishtirok etganini aytib o'tganlar.

Ikki davlat orasidagi ishonchsizlik kayfiyatining boshlanishining birinchi bosqichi 2001-yil 11-sentyabr voqealari bilan boshlangan. Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo markazi binolariga urilgan samolyotlar bortidagi terroristlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgani hamda Usama ben-Ladenning qirol oilasi bilan aloqalari, Saudiya Arabistoning islomiy radikalizmni moliyalashtiruvchi davlat ekanligi borasidagi gumonlarga asos borligini ko‘rsatib berdi.

Arab bahori davomida Saudiya Arabistonining ittifoqchisi bo‘lmish Husni Muborakning AQSh tashabbusi bilan hukumatdan ag‘darilishi ushbu ishonchsizlik kayfiyatini yangi bosqichga olib chiqqan. Keyinchalik esa Suriyadagi fuqarolar urushi davomida AQShning Rus diplomatiyasi qarshisida chekinishi va Suriyaga intervensiya uyushtirmagani Saudiyaliklar tomonidan xiyonat belgisi sifatida qarshi olindi. 

Nihoyat Erondagi prezident saylovlaridan so‘ng, mamlakatning yangi prezidenti bilan AQSh o‘rtasida yadro quroli borasidagi muzokaralarning boshlanishi, Saudiya Arabistonining siyosiy mavjudligiga tahdid sifatida kutib olindi. Chunki AQSh bilan Eronning yaqinlashuvi mintaqada shialarning o‘rnini kengaytirib yuborishi mumkin. Hozirning o‘zidayoq Iroqda shialar hukumati bilan, Livanda Hezbolla bilan, Suriyadagi mavjud hukumat bilan va Fors ko‘rfazidagi Arab mamlakatlaridagi shia guruhlari bilan Eron asta sekinlik bilan o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab bormoqda. Bu esa Saudiya Arabistonining sunniylik asosiga qurilgan mafkurasini yemirilishiga va mintaqdagi darg‘achilik rolini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

AQSHni dushmanlari bilan muzokaralar olib borayotganini ko‘rgan Saudiya Arabistoni o‘zining noroziligini bildirish maqsadida Xitoy va Pokistonga hukumat delegatsiyalarini jo‘natdi. AQSh bilan o‘zaro aloqalar 70-yil davomida neft evaziga xavfsizlik tartibida belgilanib kelingan. Endilikda esa Saudiyaliklar AQShning Yaqin Sharq masalalarida o‘zini chetga olishidan xavotirga tushishgan. Buning ustiga AQShning mintaqadagi yana bir ittifoqchisi bo‘lmish Isroil bilan ham aloqalari yomonlashgan. Bu esa Yaqin Sharq uchun mintaqada Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron o‘rtasida gegemonlik qilish borasida raqobatni keltirib chiqardi. Hozirda Saudiya Arabistoni boshqa yadro kuchiga ega mamlakatlar bilan aloqalarni kuchaytirishga yoki har holda AQSHga ogohlantirish belgisi sifatida ular bilan yaqinlashishga harakat qilmoqda. Shunday harakatlaridan biri 2014-yil boshida Saudiya Arabistonining Livan armiyasini Fransuz qurol-yarog‘lari bilan zamonaviylashtirish uchun ajratgan 3 millard AQSh dollari miqdoridagi "beg‘araz" yordamidir. Livan tarixida bunday katta miqdordagi yordam mablag‘i hali kuzatilmagan edi. Shu orqali Saudiya Arabistoni Livandagi Eron tomonidan moliyalashtiriladigan va quroolantiriladigan, Islomning Shia mazhabidagi radikal guruhi bo'mish Hezbollaga qarshi mamlakatda kuchli armiyani shakllantirishga harakat qilmoqda. O‘z navbatida Livanda kuchli armiyaning shakllanishi uning azaliy dushmani bo‘lmish Isroilga ham kuchli zarba demakdir.

Ikki davlat orasidagi jarlik Suriyadagi siyosiy inqiroz tufayli ham chuqurlashgan. Saudiya Arabistoni AQShdan Suriyadagi jangarilarga havo hujumlariga qarshi tizimlarni va og‘ir qurollarni yetkazib berishni so‘ramoqda. Lekin AQSh ushbu qurollar radikal guruhlar qo‘llariga tushib qolishidan cho‘chib ushbu so‘rovni rad qilgan. Saudiya Arabistoni Suriyadagi fuqarolik urushlarida hukumatga qarshi kuchlarga bilvosita yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu yordamlar qurollanish, moliyalashtirish va askarlar yetkazib berish ko‘rinishlarida amalga oshirilmoqda. Aslida, Suriya hukumati va hukumatdan norozi aholi orasida boshlangan to‘qnashuvlar bugungi kunda Islomning sunniy va shia mazhablari orasidagi diniy urushga aylanib ketdi. Bir tomondan Eron boshqa tomondan esa Fors ko‘rfazidagi Arab mamlakatlari ushbu urushda o‘zlariga xayrixoh bo‘lgan guruhlarni qo‘llab quvvatlashmoqda.

AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangidan umumiy manfaatdorlik Ukrainada siyosiy inqirozning boshlanishi bilan paydo bo‘ldi. Rossiya Saudiya Arabistoni uchun Suriya masalasida halaqit berishdan tashqari, u Saudiya Arabistonining birinchi raqamli dushmani Eronning eng asosiy qo‘llab quvvatlovchi sherigi hamdir. Hozirda G‘arb mamlakatlari Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganidan beri, Rossiyaga qarshi turli iqtisodiy va diplomatik sanksiyalarni qo‘llash yo‘llarini qidirishmoqda. Hozirgacha amalda qo‘llanilgan sanksiyalar Rossiyaning o‘z pozitsiyalaridan chekinishi uchun yetarli bo‘lmadi. Aynan Ravdat-Xurayim vohasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan ko‘zlangan maqsad ham Rossiyaning energetik imkoniyatlarini cheklash uchun bir harakat bo‘lishi mumkin. Agar AQSh Saudiya Arabistonini va boshqa Fors ko‘rfazidagi Arab mamlakatlarini neft va gaz bahosini pasaytirishga hamda uni G‘arb mamlakatlariga yetkazilishini ko‘paytirishga ko‘ndira olsa, bu Rossiyaning iqtisodiga katta putur yetkazishi mumkin. Lekin AQSh Saudiya Arabistonini bunga ko‘ndirish uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi, ayniqsa Suriya va Eron masalalarida.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Geoekonomika, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
  • Isroil va G'azo: oldin va hozir
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda