• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
08 Noy2014

Turkiya va Islom - Moziyga nazar

08 Noyabr 2014. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

Islom va Dunyoviylik, Islom va Demokratiya, ushbu tushunchalar bugungi kundagi Turk jamiyatida katta bahslarga va ikkilanishlarga sabab bo'lmoqda. Agar Turkiya bugungi kunda Musulmon olamidagi eng demokratik va dunyoviy mamlakat va G'arb dunyosi bilan yaqin ittifoqchi sifatida, dunyoda o'ziga xos o'ringa ega bo'lsa, uning Islomiy davlat sifatidagi ulkan imperialistik tarixi, uning bugungi kundagi dunyoda tutgan o'rniga qaraganda yanada yuksakroqdir. So'ngi yillardagi G'arb dunyosidagi bo'lib o'tayotgan voqealar Turkiyani asta-sekinlik bilan undan uzoqlashib borishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, Erdo'g'an bosh vazirligi ostidagi yillar davomida Turkiyaning iqtisodiy kuchayishi, undagi regional doiradagi ta'sirini kuchaytirish xohishini qayta uyg'otdi. Albatta, Turk hukumati G'arb dunyosidagi so'ngi yillarda kuzatilgan liberalizmning kuchayishi - ayollar emansipatsiyasi, bir jinsli nikohlarni qonuniylashtirishilishi kabi fenomenlardan Turk jamiyatida o'ziga xos umummilliy yo'nlaish qurish yo'lida keng foydalandi. Lekin, Dunyoviylik tushunchasi zamonaviy Turk jamiyatiga chuqur singib ketgani tufayli, hukumatning mamlakatni Musulmon o'zligiga asoslangan yangi milliy g'ururni yaratish loyihasi Turk jamiyatida bo'linishni keltirib chiqardi. Bugungi Turk jamiyatini anglash uchun uning tarixiga, yanada aniqroq qilib aytsak ikki qutbli tarixiga nazar solmasdan ilojimiz yo'q.

Bugun biz bilgan zamonaviy Turkiya davlati dunyodagi eng uzoq yashagan imperiyalardan biri, hamda Musulmon olamida 4-xalifalik maqomini olgan Usmoniylar imperiyasining to'g'ridan-to'g'ri merosxo'ridir. Garchi 1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk tomonidan boshlangan davlat reformalari, mamlakatdagi Islom diniy o'zligini Turk milliy o'zligi hisobiga yo'q qilgan holda amalga oshirilgan bo'lsada, 700-yildan ko'proq davom etgan Usmoniylarning buyk tarixi ko'lankasi va bu imperiyaning asosi bo'lmish Islom ta'siri Turkiyani haligacha tark etmadi. Usmoniylar imperiyasi Musulmon olamida o'zining ikkita o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Birinchidan bu dunyo tarixidagi xalifalar orasidagi Arablar tomonidan boshqarilmagan yagona xalifalik, ikkinchidan aynan Usmoniylar imperiyasi davrida Musulmonlar uchun umumiy o'zlik hisoblanmish Umma deyarli umumiy millat darajasiga ko'tarildi, bunga sabab imperiyaning administratif jihatdan tenglik asosida tashkil qilinganligi, har xil millatga tegishliligiga qaramasdan barcha musulmonlarning teng huquqliligi va uning uzoq davom etgan shonli tarixi sababdir.

Usmoniylar Imperiyasining hududlarii
Usmoniylar Imperiyasining hududlari

Usmoniylar imperiyasining asosiy boshqaruv kuchi bo'lgan administratsiyasi, ya'ni o'ziga tegishli bo'lgan hududlarga avtonom erkinlikni berishi, uning yemirilishiga asosiy sabab bo'lgan desak adashmaymiz. Shuning bilan birga Sulton saroyidagi fitnalar va maxsus askarlar - Yanicharlarning, haddan tashqari kuchayib ketishi davlat tepasida parokandalikni keltirib chiqaradi. Buning ustiga, XIX asr oxirlariga kelib dunyo maydonida kuchlar nisbati o'zgara boshlaydi. Yevropalik mustamlakachi davlatlar dunyoning turli hududlariga dengiz yo'llari orqali kirib borib uni deyarli o'zaro bo'lishib oladilar. Bu jarayondan Usmoniylar Imperiyasi ham chetda qolmaydi, dastlab Sharqiy Yevropa mamlakatlarining Muqaddas Ittifoqiga janglarni boy bergan Usmoniylar, asta sekinlik bilan Rus imperiyasiga shimoliy hududlarni boy bera boshlaydi. 1853-1856 yillarda bo'lib o'tgan Qrim urushida esa imperiya o'zining moliyaviy jihatidan tang ahvolda ekanligini dunyoga ko'rsatoib qo'yadi. Urushda yordamga kelgan Fransiya va Britaniya imperiyasi, o'z yordamlari evaziga Jazoir, Tunis (Fransiyaga) va Misrni (Buyuk Britaniyaga) o'zlariga qo'shib oladilar. Asta sekinlik bilan Bolqon mamlakatlari va Gretsiya o'z mustaqilliklarini e'lon qilib imperiya tarkibidan chiqib keta boshlaydilar.

XX-asr boshiga kelib Usmoniylar davlati jar yoqasiga kelib qolgan edi. 1913-yilda Ikkinchi Bolqon urushlari imperiya hukumati tepasiga Yosh Turklar partiyasini kelishiga sabab bo'ladi. Bu partiya a'zolarining asosiy maqsadi Imperiyani oldingi kuchini qayta tiklash va hududlarini qaytarib olish bo'lgani sabab ular Germaniya Imperiyasi bilan ittifoqga kiradilar. 1914-yilda 1-Jahon urushining boshlanishi bilan Usmoniylar qo'shinlarining katta qismi Misr va Mag'rib davlatlariga jo'natiladi. O'zining iqtisoiy qaltis vaziyatiga qaramasdan yirik maqsadlarni ko'zlagan imperiyada, moddiy ta'minotni yetishmasligi tufayli ochlik boshlanadi, o'z navbatida esa u turli epidemiyalarni tarqalishi bilan davom etadi. Bu esa 1916-1918 yillardagi Arab qo'zg'olonlariga sabab bo'ladi. Makka hokimi Husayn ben Ali tomonidan boshlangan ushbu qo'zg'olonlar Arabiston yarim orolini Usmoniylardan tozalab, Alepdan (Hozirgi Suriyaning shimoli) Adengacha bo'lgan hududda birlashgan Arab davlatini qurishni ko'zlagan edi. 

Usmoniylar imperiyasidagi Arab qo'zg'olonlariga alohida e'tibor berish lozim. Chunki, birinchidan ushbu qo'zg'olonlar tufayli Usmoniylar deyarli so'ngi 500 yil davomida qurishga intilib kelgan Umma, musulmonlar birligi konseptsiyasiga kuchli zarba berildi, ikkinchidan Arablar qo'zg'alishi tufayli imperiya hududida yashovchi boshqa xalqlar ham Usmoniylarning legitimligini savol ostiga qo'ya boshladilar, Armanlar, Ossuriylar shular jumlasidandir. Uchinchidan aynan shu qo'zg'olonlardan keyin hozirgi zamonaviy Turk millatchiligiga poydevor yaratildi, ya'ni endilikda Turklar ilgarigi birodarlarini o'zlariga qarshi qurol ko'tarishidan saboq olgan holda keyingi davlatchilikni din ustiga emas balki milliy o'zlik ustiga qurish lozimligini tushunib yetdilar. Lekin, imperiyani qulashi tinch yo'l bilan amalga oshirilmadi. Hukumat tepasiga kelgan radikal millatchilar, imperiyani saqlab qolish uchun keng ko'lamdagi genotsidlarni uyushtirdilar. Ushbu genotsidlar oqibatida tarixchilar hisobiga ko'ra 800 000 va 1 500 000 oralig'ida Armanlar, 500 000 va 750 000 oralig'ida Ossuriylar va 350 000 va 360 000 oralig'ida Greklar qirib tashlanganligi aytiladi. Lekin bugungi Turk hukumati bir nechta bor ushbu voqealarga "Genotsid" atamasini ishlatilmaslik lozimligini ta'kidlab keladi va qurbonlar soni tarixchilar aytganiga qaraganda teng yarmiga kam bo'lganini uqtiradi. Ba'zida esa ushbu qirg'inlar o'sha davrdagi Turk davlatiga Xristian diniga mansub bo'lgan aholi xavfini yo'q qilish uchun amalga oshirilganini eslatib o'tadi.

1-Jahon urushi Usmoniylar Imperiyasining hududiy jihatdan uzil kesil parchalanib ketishiga olib keladi. Sevr shartnomasiga ko'ra, Avstriya-Vengriya va Germaniya ittifoqchisi bo'lgan Usmoniylar Suriya, Falastin, Livan, Iroq va Arabiston hududlarini Millatlar Ligasi qarori bilan Fransiya va Britaniyaga protektorat sifatida berishga, Anatoliya yarim orolining Egey dengizi qirg'oqlarini esa Gretsiya va Italiyaga berishi ko'rsatib o'tiladi.

Usmoniylar Imperiyasining parchalanish tarixi
Usmoniylar Imperiyasining parchalanish tarixi

Usmoniylar davlatining bu darajada parchalab tashlanishi Arablar qo'zg'oloni davrida tug'ilgan Turk milliyligi ruhini kuchaytirib yubordi. Jahon Urushi veteranlari Mustafo Kamol atrofiga birlashgan holda mamlakatdan Chet el qo'shinlarini haydab chiqara boshlaydilar. Bir nechta bor Arman, Fransuz va Italiyan qo'shinlarining mag'lubiyatidan so'ng, Jahon Urushi g'oliblari Sevr shartnomasini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lishadi. 1923 yilda Shveytsariyasing Lozan shahrida Sevr shartnomasini o'rniga yangi tinchlik shartnomasi tuziladi. Yangi shartnomaga ko'ra tomonlar Turkiyani bugun biz ko'rib turgan chegaralarini tan oladilar, o'z navbatida Turkiya Usmoniylar imperiyasiga qarashli bo'lgan hududlarni yo'qotganini Kurdiston avtonomiyasi, Armanlar mustaqilligi mavzulari qayta ko'tarilmasligi sharti bilatan oladi. Ushbu shartnoma Usmoniylar imperiyasi, ya'ni Musulmon dunyosidagi oxirgi xalifalikka ham chek qo'yadi. Shunday qilib yangi zamonaviy Turkiya davlatchiligiga asos solinadi. 

Zamonaviy Turkiya davlatchiligi

1924-yilda Mustafo Kamol boshchiligidagi muvaqqat hukumat mamlakatning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu konstitutsiya yangi Turkiyani o'zining Usmoniylar o'tmishidan butunlay yulib olishi lozim edi, asosiy maqsad qilib shu kungacha Turk millatini asosiy o'zagi bo'lgan Islom madaniyati va qadriyatlarini, Turk milliyligi va qadriyatlari bilan almashtirish qo'yilgan edi. Lekin, konstitutsiya e'lon qilingunga qadar Islomiy odatlar va qadriyatlardan uzilish uchun bir qator madaniy va man'aviy reformalar amalga oshiriladi. Dastlab sultonlik, keyin esa xalifalik tugatiladi, ularni o'rniga zamonaviy siyosiy institutlarga ega bo'lgan dunyoviy Turk davlati yaratiladi. Shunday qilib Musulmon kodekslari va qozilari zamonaviy fuqarolik kodekslari va sudyalari bilan almashtiriladi. Ushbu qonunchilikdagi reformalar asosan Yevropa nuqtai nazaridan ilxomlangan holda amalga oshirilgan, yanada aniqroq qilib aytsak bugungi Turk fuqarolik jamiyati o'sha davrdagi Shveytsariyaning fuqarolik kodeksini o'ziga asosiy model qilib olgan edi.

Bundan tashqari mamlakatdagi ta'lim tizimida ham tubdan islohotlar o'tkaziladi. Islomning jamiyatdagi ta'sirini kamaytirish uchun diniy ta'limga chek qo'yiladi, bu esa bir qancha islomiy va xristian maktablarni yopilishiga sabab bo'ladi. G'arb metodlaridan kuchli ilxomlangan Turkiya, dunyoviylikka asoslangan ta'lim uni dunyoning rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko'tarilishidagi asosiy tayanchi deb qaraydi. Bugungi kunda ushbu siyosat o'zini ko'p tomondan oqladi desak adashmaymiz.

Yangi davlatchilik dunyoviylikni o'ziga asos qilib olishiga qaramasdan diniy harakatlar yo'q bo'lib ketmadi. Urushlardan sillasi qurigan Turkiya, bugungi holga yetib kelish uchun ko'p iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Ushbu qiyinchiliklar davrida esa aholining katta xalqchil qismi uchun Islomning ijtimoiy tashkilotlari yagona panoh bo'lib xizmat qildi. Bundan tashqari yangi Turkiya o'z iqtisodini kapitalizm va liberalizm poydevorlari ustiga qurganligi sababli mamlakatda yillar davomida aholi orasida iqtisodiy-ijtimoiy tengsizlik kuchaya boshladi. Jumladan, shahar va qisholq aholilari orasidagi hayot darajasining ulkan farqlari, iqtisodiy jihatdan tang bo'lgan aholini ijtimoiy va iqtisodiy yechimlar izlagan holda Islomga yuz tutishiga turtki bo'ldi. Buning ustiga, Sovet Ittifoqining ideologik bosimidan cho'chigan Turkiya mamlakatdagi so'l-siyosiy kuchlarni obro'sizlantirib, ularni deyarli butunlay siyosiy kuch sifatida yo'q bo'lishiga sabab bo'ldi. Ushbu so'l qanot siyosiy partiyalari va harakatlari o'rnini esa islomiy tashkilotlar to'ldirib bordi. Ularning kuchi borgan sari ko'zga tashlana bordi, aholini bir joyga to'plash, siyosiy harakatlarni yuzaga keltirish, qonunlarni o'zgartirish va shuningdek inson huquqlarini avtoritar hukumat oldida himoya qilishda diniy tashkilotlar aholini hukumatga qarshi qo'zg'ata oladigan eng katta kuchga aylana bordilar.

Eslatib o'tish joizki zamonaviy Turkiya 1946-yilgacha yakka partiyaviylikka asoslangan avtoritar rejimi ostida boshqarib kelingan. Mamlakatning diniy tartibi 1924 yilda tashkil etilgan diniy ishlar qo'mitasi - Diyanet tomonidan boshqarib kelinadi, ushbu tashkilot esa to'g'ridan-to'g'ri mamlakat bosh vaziriga bo'ysunadi va mamlakatda byudjetidan eng ko'p miqdorda mablag' oladigan 7-tashkilot hisoblanadi. Shunday ekan bugungi Turkiyada bo'lib o'tayogdan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarning tub mohiyatini anglash uchun avvalambor, uning dunyoviylik tarixining avtoritar sifatlarini ta'kidlab o'tish joiz. Armiyaga tayangan holda Turkiya hukumati doimo dunyoviylikni milliy ideal sifatida himoya qilib keldi, ayni paytda esa kishilar erkinligi, shu jumladan diniy erkinliklar to'laligicha xurmat qilinmadi. Shu sababdan, mamlakatdagi islomiy kuchlar doimo o'zlarining va safdoshlarining diniy erkinligini ta'minlash maqsadida hukumatga chiqish uchun bor kuchlarini sarflab kelganlar va bu yo'lda ular hukumat avtoritarizmini pesh qilib o'zlarini oqlab keldilar. Dunyoviylik kafolatchisi bo'lgan Turk armiyasi esa 1950, 1971 va 1980 yillarida mavjud rejimlarning ijtimoiy to'qnashuvlarni keltirib chiqarganliklari uchun va mamlakatning dunyoviylik prinsiplarini buzganligi uchun davlat to'ntarishlarini amalga oshirgan. 1971-yilgi davlat to'ntarishi davomida, fursatdan foydalangan armiya mamlakatda butunlay Kommunistik va Islomiy partiyalar faoliyatini ta'qiqlab qo'yadi. Bu esa o'z navbatida islomiy kuchlarning boshqa siyosiy firqalari ostida hukumatga chiqishlariga olib keldi. Endilikda partiyalarning hech qaysi biri islomiy bo'lmasa ham, ularning tarkibidagi muhim shaxslar va liderlar Islom mafkurasi bilan chuqur yo'g'rilgan edi. Bu esa dunyoviylikni targ'ib qiluvchi kuchlarga, diniy kuchlarni filtrlashda qiyinchilik tug'dirdi.

Ikkinchi Jahon urushidan beri islomiy tashkilotlar ijtimoiy tashkilotchilikda katta rolga ega bo'ldilar. Xalq oldidagi obro'sidan foydalangan holda ular siyosiy partiyalarga parallel ravishda saylovchilarga ham katta ta'sir o'tkaza boshlaydilar. Bu esa o'z navbatida saylovchilar sonidan yutushni ko'zlagan ayrim siyosiy partiyalar e'tiborini tortdi. Jumladan Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AKP), aholining Islomga bo'lgan ijobiy munosabatidan foydalangan holda, Islomiy tashkilotlar ulamolari bilan ittifoq tuzgan holda hukumat tepasiga chiqib oldi.

AKP - Islom va Dunyoviylik

1980-yilgi armiyaning interventsiyasi davomida, mamlakatdagi ijtimoiy parokandalikka uzil-kesil chek qo'yish maqsadida armiya generallari jamiyatning "chuqur qadriyatlari"ni qayta targ'ib qilish taklifini kiritadilar, jumladan islomiy qadriyatlarni. Shuning bilan Usmoniylar imperiyasi tugatilgandan buyon birinchi marta, Islom rasmiy siyosiy matnlarga qaytishni boshladi. Oqibatda din va siyosatni birga yo'rg'iltirish endilikda qilinishi mumkin bo'lgan ishga aylandi. Bundan foydalangan diniy kuchlar 1995 yilga keliboq hukumat tepasiga chiqib oladilar. Ularning boshqaruvi Armiyaning so'roviga ko'ra Oliy Sud qarori bilan 1997 yilda tarqatib yuborulguncha davom etadi.

2002 yilda AKP partiyasi hukumat tepasiga keladi. O'zlarini konservator-demokrat deb nomlaydigan ushbu partiya, ko'pchilik mutaxassislar tomonidan "Zamonaviylashgan islomistlar" harakati deya qaraladi. Partiya mamlakatdagi va mamlakat tashqarisidagi ko'pchilik diniy harakatlarning katta ta'siri ostida bo'lib, hukumatga kelgan davridan buyon Otaturk siyosiy doktrinalaridagi dunyoviylikka shubha bilan qarashini ta'kidlab kelmoqda. Ayniqsa, partiya boshlig'i Rejeb Tayip Erdo'g'an dunyoviylikning kamchiliklarini tanqid ostiga olishdan o'zini tiymadi, lekin Kamolistlarning dunyoviy qarashlarini qoralagan holda ular barpo qilgan Turk millatchiligini amalda qo'llashga qaratilgan harakatlari bir nechta bor kuzatilgan.

Ko'pchilik mutaxassislar Erdo'g'anning ushbu bayonotlari faqat saylovchilarni o'ziga qaratishga mo'ljallanganligini aytsa, boshqa bir guruh mutaxassislar, zamonaviy Turkiya tarixidagi islomistlarning ayanchli taqdirlaridan o'zlariga kerakli xulosa chiqargan bugungi diniy partiyalar, endilikda ohista va ayyorlik bilan harakat qilib, aholi orasida o'zlarining hukumatdagi legitimliklarini mustahkamlab, shu bilan bir vaqtda dunyoviylikning asosiy himoyachisi bo'lgan armiyani ham asta-sekinlik bilan islomiy qadriyatlar va Turk milliyligini qorishtirgan holda o'ziga qaratib olishni mo'ljallashmoqda.

So'ng'i yillardagi Turkiya va uning atrofidagi yuz berayotgan voqealar ikkinchi taxminni haqiqatga yaqinroq ekanligini tobora ko'rsatib bormoqda. Arab bahorlari davrida Turkiya hukumatining Musulmon birodarlarini so'zsiz ravishda qo'llab quvvatlashi, keyinchalik esa ularning siyosiy jihatdan yo'q qilinganidan so'ng Turkiyaning Iroq va Suriyadagi radikal islomistlar oldidagi harakatsizligi, uning tobora o'zining dunyoviylik ildizlaridan uzoqlashib borayotganini ko'rsatmoqda. Albatta, bu masalalarda Turkiyaning geostrategik manfaatlari ham yo'q emas, jumladan Kurdlar davlatining tashkil qilinishi yoki Bashar Al-Assad rejimining mutloq g'olibligi Turkiya uchun misli ko'rilmagan strategik yo'qotishlar va hatto hududiy jihatdan xavf ham tug'dirishi mumkin. Lekin, butun dunyodan yig'ilib kelayotgan Jihodchi jangarilarni Turkiya hududi orqali Suroiya va Iroqqa bemalol kirib kelishi, Turkiya hukumatining bu masalada ko'p narsadan ko'z yumayotganini ko'rsatib beradi. Uning geografik o'rni va ko'pchilik mamlakatlar bilan viza rejimini olib tashlagani Yaqin Sharqdagi Islomist kuchlariga madadlar yetib kelishida asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bugungi kunda Turkiyada Islom Turk o'zligining bir bo'lagi sifatida mavjud ekanligini isbotlab bo'ldi. Endilikdagi masala uni qanchalik darajada siyosiy va ijtimoiy hayotga kirib kelishi mumkinligi haqida boradi. 2013-yildagi Turkiyadagi namoyishlar Turk jamiyatini Islomiy kodekslarga qaytishi qiyin ekanligini ko'rsatdi. Mustafo Kamol Otaturk barpo etgan dunyoviy davlat poydevorlari AKP hukumatga kelganidan buyon yemirilishda davom etayotgan bo'lsa, ayni paytda Turk jamiyatida uning asoslari mustahkamligicha qolmoqda.

Yorliq so'zlar: Din va geopolitika, Mafkuralar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Kurd muammosiga tarixiy nazar
  • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
  • Geopolitika va Din: Islom
  • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda