Bugungi kundagi axborot dunyosi bizga jahonda bo'lib o'tayotgan voqealarni, axborot manbalarini nazorat qiluvchi guruhlar yoki mamlakatlar manfaatlaridan kelib chiqib bizga uzatadi. So'ngi paytlarda hammamiz axborot manbalarida Yamanda bolib o'tayotgan inqiroz haqidagi xabarlarni ko'payganini kuzatdik. Lekin, aslida Yamandagi bugungi bo'lib o'tayotgan to'qnashuvlarning ildizi 100 va gohida 1000 yilliklarga borib taqaladi. Bugungi maqolamizda biz sizlarga ushbu tarixiy ildizlarni yoritib beishga harakat qilamiz.
Yaman - geogrfiya va tarixning mamlakat taqdiridagi roli
Yaman hududi O'zbekistondan kattaroq bo'lgan, muhim strategik geografik joylashuvga ega bo'lgan mamlakatdir. Strategik ahamiyat faqat bugungi kunda emas balki azaldan muhim bo'lgan, chunki mamlakat Adan qo'ltig'i va Qizil dengiz bilan o'ralgan bo'lib, ushbu dengiz yo'li bugungi kunda ham Osiyo va Yevropani tutashtiruvchi muhim nuqta hisoblanadi. Bundan tashqari Yaman dengiz orqali kelgan savdo oqimlarini Arabiston Yarim oroli mamlakatari va Fors dunyosiga yoyilib ketishi uchun muhim joydir. Tarixan ham mamlakat doimo Arabiston Yarim orolidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda yaxshi rivojlangan bo'lgan bo'lib, mamlakatning nam iqlimi qishloq xo'jaligini rivojlanishi uchun yahshi sharoitlar yaratib bergan. Shu sababdan ham bir paytlar Yaman "Baxtli Arabiston" deb ham atalgan.
Lekin 20-asr Yaman uchun unchalik omadli kelmadi. Siyosiy jihatdan mamlakat Islom bilan uzviy bog'langan bo'lgan, lekin Ayubiylar xalifaligi davridanoq mamlakatni Shialik mazhabining Zayidiylik oqimi o'z qo'liga olib oldi va Zayidiylarning mamlakatdagi ta'siri faqatgina 1970-yilga kelib tugatiladi. Ushbu tarixiy fakt bugungi kunda Yamanda bo'lib o'tayotgan to'qnashuvlarning muhim sabablaridan biridir. Ushbu voqeilik esa 20-asrda davom etgan "Sovuq Urush" davomida turli davlatlar tomonidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanish uchun asos bo'ldi.
Tarixan Yaman ikkiga bo'lingan holda o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan, Shimoliy Yaman, poytaxti Sana hamda Janubiy Yaman, poytaxti Adan.

Shimoliy Yaman Usmoniylar Imperiyasining zaiflashganidan foydalanib 1918-yilda o'zini mustaqil deb e'lon qiladi, ushbu sanadan bo'shlab 1962-yilgacha mamlakatni Zayidiylik himoyichilari bo'lmish Mutavakkitlar monarxiya shaklida boshqaradilar. Lekin Sovet Ittifoqining qo'llab quvvatllashi bilan Arab dunyosida Misr boshchiligida paydo bo'lgan Arab millatchiligi yoki Pan-Arabizmning yoyilishi oqibatida 1962-yilda Shimoliy Yamanda respublikachi kuchlar va Misr qo'shinlari monarxiyani ag'darib tashlash uchun harbiy harakatlarni boshlaydilar. O'z navbatida Saudiya Arabistoni va G'arb mamlakatlari Qirol va uning kuchlarini qo'llab quvvatlaydilar. Ushbu to'qnasuv tarixga Shimoliy Yamandagi fuqarolar urushi deb atalgan bo'lib, qurbonlar soni taxminan 200 ming kishini tashkil qilgan. Bu voqea Yaman tarixidagi qudratli davlatlarning manfaatlari to'qnashishidan olgan birinchi tajribasi bo'ladi.
Janubiy Yamandagi tarixiy rivojlanish ham tashqi kuchlar ta'siriga uchraydi. Ushbu hudud 1839-yildan beri Britaniya Imperiyasiga qarashli bo'lgan bo'lib, Hindistonga yo'l olgan kemalarni ko'mir bilan ta'minlanishi uchun to'xtash joyi bo'lib xizmat qilgan. Adan shahri bu davrda Britaniyaliklar uchun muhim strategik hudud bo'lgan va u Britaniya Hindistoni administratsiyasi ostida 1937-yilgacha boshqarilgan. Shu yildan boshlan Adanning o'zi alohida Britaniya protektorati sifatida ajralib chiqadi. Inglizlar 1959-1966 yillarda Janubiy Yamanning qolgan qismlari bilan Adanni birlashtirishga harakat qilgan holda bu hududda o'z ta'sirini saqlab qolish uchun Janubiy Arabiston Protektoratini yaratishga urunadilar. Lekin, Adan o'zining savdo va strategik ahamiyatini yo'qotmaslik uchun bu konfederatsiyaga kirishdan bosh tortadi. Hududdagi inglizlarining ta'sirini susayishidan foydalangan Misr, bir vaqtning o'zida o'z qo'shinlari bilan Shimoliy Yamanda turgan holda Janubiy Yamandagi Arab millatchi partiyalariga Britaniyadan mustaqil bo'lishlari uchun o'z yordamini bera boshlaydi. Oqibatda 1967-yilda Milliy Ozodlik fronti partiyasi mamlakatni mustaqil deya e'lon qiladi va 1969-yilda ushbu partiyadagi Marksist kuchlar hukumatni egallaydi. Shunday qilib Janubiy Yaman Arab dunyosidagi yagona Marksistik rejimini o'rnatgan mamlakatga aylanadi va Yaman Sotsialistik Partiyasi Sovet modeli asosida yagona siyosiy partiya deb e'lon qilindi. Sovet Ittifoqi, Xitoy va Kuba bilan diplomatik aloqaar kuchayadi, fursatdan foydalangan SSSR Adan sohillariga o'zining harbiy-dengiz flotini 1970-yildayoq o'rnashtiradi.
Janubiy Yamandagi marksist rejim arab dunyosidagi kommunistik kuchlar uchun orqa baza bo'lib xizmat qilgan. Iroq, Suriya, Livan va Falastindagi so'l siyosiy qarashdagi harakatlarning barchasi Adan tomonidan qo'llab quvvatlangan. Mamlakat hatto o'zining qo'shnilari bo'lmish Shimoliy Yaman va Oman Sultonligidagi inqilobchi kuchlarni ham moliyalashtirishda faol qatnashgan. Davlat ichida ham Sovet modeli asosida bir qancha islohotllar qilinadi. Islomning jamiyatga chuqur singib ketgan ta'siriga qaramasdan mamlakat Arab dunyosidagi eng zamonaviy konstitutsiyani amalda qo'llay boshaydi, ko'p xotinlik ta'qiqlanadi, ayollar huquqini kuchaytirish davlat siyosati darajasiga ko'tariladi va bir nechta bor gavjum maydonlarda paranjilarga o't qo'yish marosimlari uyushtirilib turadi, bundan tashqari diniy ulamolarning ta'sir doirasi kamaytiriladi. Ushbu siyosat orqali Yaman Sotsialistik Partiyasi bir paytning o'zida Arab dunyosi kommunistlari orasida o'zini liderligini mustahkamlash, shuning bilan birga esa mamlakatni ichidan yemirib kelgan qabiladoshlik tizimiga chek qo'yishga uringan. Lekin bu urunishlar asosan shaharlardagina qisman o'zining natijasini berdi, markazlardan uzoq iqtisodiy qoloq joylarda esa qabiladoshlik tizimi va shariat qonunlari amalda saqlanib qoldi, bu esa ushbu hududlar keyinchalik Al-Qoida kuchlari uchun harbiy bazalar yaratilishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Boshqa bo'lingan mamlakatlardan (Shimoliy-Janubiy Koreya, G'arbiy-Sharqiy Germaniya) farqli o'laroq ikki Yaman orasida bir biriga nisbatan keskin dushmanlik kayfiyati hukm surmagan, chunki birinchidan Yaman Sovuq Urush tufayli bo'linmagan, balki tarixan ikki davlat ajralgan bo'lgan. Ikkinchidan, ikkita Yamanning ham davlat sifatidaa shakllanishida Misr tomonidan eksport qilingan Arab millatchiligi asosiy o'rinni egallagan. Lekin, hamma joyda bo'lgani kabi Janubiy Yaman Sovet Ittifoqining norasmiy bazasiga aylanganidan so'ng, G'arb kuchllari Saudiya Arabistoni orqali Shimoliy Yamanga o'zlarining bilvosita ta'sirini o'tkazish yo'llarini izlay boshlaydilar.
1978-yilda Shimoliy Yaman prezidentligiga Ali Abdulloh Solihning kelishi G'arbliklar uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. Kelib chiqishi Shialikning Zayidiylar oqimiga borib taqalishiga qaramasdan Solih janubdan kelayotgan Sotsialistik kuchlarga qarshi kurashish uchun Shimoliy Yamanda Saudiya Arabistoni yordami bilan Islomlashtirish siyosatini olib boradi. Natijada, Afg'onistondagi xalqaro Jihod bilan bir paytda Yamanda ham diniy-ekstremistik kuchlarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Ushbu siyosat Janubiy Yamanga ham ta'sir qilmasdan qo'ymaydi, 1990-yilda Sovet Ittifoqidan kelayotgan moliyaviy yordamlarni to'xtashi hamda qabilalarning qo'zg'ala boshlaganini ko'rgan Janub Shimol bilan birlashishga kirishadi.
Yangi paydo bo'lgan Yaman davlatining birlashtirishiga asos qilib Islom olinadi va mamlakat Shariat qonunlari ostida boshqarilishi e'lon qilinadi. Lekin, mamlakatning birlashishi faqatgina iqtisodiy qiyinchiliklar tufayi yuz bergani va umumiy milliy birlikka siyosiy xohish bo'lmagani tufayli, mamlakat ichida urug'-qabilachilik davlat tinchligiga rahna solishda davom etdi.
Bir paytning o'zida Abdulloh Solih o'zining vakolatini suiste'mol qilgan holda Janublik ma'sullarga, ayniqsa Sotsialistik partiya vakillariga qarshi mamlakatdagi yashirin kuchlardan foydalangan holda suiqasdlar uyushtirib, ularni asta-sekinlik bilan siyosiy maydondan chetashtirishni boshlaydi. Ushbu siyosiy o'yin 1994-yilga kelib mamlakatda fuqarolar urushini boshlanishiga sabab bo'ladi. Bu yangi fuqarolar urushi mamlakatga ta'sirini o'tkazmoqchi bo'lgan tashqi kuchlarning pozitsiyalarini qaytadan belgilashlariga sabab bo'ladi, garchi u qisqa muddat davom etgan bo'lsada, qurbonlar soniga ko'ra va mamlakatdagi siyosiy tartibni o'zgarishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar urushida sobiq Janublik ma'sullar Abdulloh Solih va uning atrofidagi sobiq Shimolliklar ta'siridn qutulish uchun mamlakatni qaytadan ikkiga bo'lishni talab qilib chiqadilar. Janubiy hududlarda neft konlarini kashf qilinishi va tashqi muhim siyosiy aktyorlarning qo'llab quvvatlashi Janublik marksistlarda qayta davlat qurish umidini uyg'otgan edi. Tashqi tomonidan Janubliklarni Fors ko'rfazi hammkorlik konsulligi tashkiloti, Saudiiya Arabistoni, Oman, Bahreyn, Birlashgan Arab Amirliklari, Suriya va Misr qo'llab quvvatlaydilar. Fors ko'rfazi hamkorlik konsulligi Abdulloh Solihni birinchi Fors ko'rfazi urushi davomida Iroqqa nisbatan qattiq qarshi pozitsiya ko'rsatmaganiga nisbatan javob sifatida Janubliklarning mustaqilligini qo'llaydi. Saudiya Arabistoni esa ko'p yillar davomida Yaman bilan chegara muammolariga duch kelgan va bundan tashqari Yamanning birlashgan, markazlashgan davlatga aylanishini xohlamagani uchun ham Janubliklarga yordam qo'lini cho'zadi. Urushda Janubliklarning mag'lubiyatidan so'ng ularning katta ko'pchiligini Saudiya Arabistoniga qochib o'tishi ham bejiz emas edi. Misr esa Shimoliy Afrikada tobora agressiv siyosat yuritayotgan Sudan davlatiga qarshi chiqish maqsadida janubliklarga yordam beradi.
Shimolliklar ham o'z navbatida Iroq, Iordaniya, Qatar, AQSh va hamda Al-Qoidaning mujohidlari tomonidan qo'llab quvvatlanadilar. Saddam Hussayn Abdulloh Solihning Fors ko'rfazi urushidagi yordami uchun hamda Saudya Arabistonini kuchsizlanishini tezlashtirish uchun Shimolliklarni samolyot uchuvchilarini tayyorlovchi harbiy instruktorlar bilan ta'minlagan. Iordaniya va Qatar ham o'sha davrda Saudiya Arabistoni bilan chegara muammolariga duch kelganliklari hamda regional liderlik uchun u bilan raqobatda bo'lganliklari tufayli Shimolliklarni qo'llab quvvatlaydilar. Va nihoyat Al-Qoida askarlari, 1980-yillardan beri Shimolliklar bilan yaqin hamkorlikda ish yuritib kelishgan va ularning Sotsialistik partiyaga qarshi mafkuraviy qarashlari Janubliklarga qarshi urushga kirishlariga sabab bo'ladi.
Fuqarolar urushi Janubliklarning mutloq mag'lubiyati bilan yakun topadi va muhim Janublik siyosiy liderlar mamlakatni tark etadi yoki o'lim jazosiga hukm qilinadi. Shu davrdan boshlab Yamanda janubiy front siosiy jihatdan yo'q qilinad, bundan foydalangan Abdulloh Solih esa 1990-yilda ikki tomonning huquqlarini muvozanatda ushlab turuvchi prezidentlik maslahatxonasi faoliyatiga chek qo'yadi va Parlamentda ham katta reformalar o'tkazadi, natijada u hukumatning barcha asosiy mexanizmlarini qo'lida yig'ib, mutloq vakolatga yaqinroq prezidentlik lavozimini yaratadi. Ushbu siyosiy ozgarishlar janubliklar tomonidan e'tiborsiz qoldirilmaydi, garchi endilikda siyosiy elita yo'q qilingan bo'lsada 21-asr boshlariga kelib mamlakatda Abdulloh Solih va Shimolliklarga qarshi turli ko'rinishdagi harakatlar paydo bo'ladi.
Yamanning yaqin tarixi va bugungi geopolitik vaziyati haqida keyingi maqolamizda to'xtalib o'tamiz.