• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
11 Apr2015

Yaman - Yangi geopolitik front?

11 Aprel 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Yaqin Sharq

O'tgan safargi maqolamiz Yamanning 20-asrdagi geopolitik tarixiga bag'ishlangan edi. Bugun esa biz sizlarga Yamanning 2000-yildan keyingi tarixiy rivojlanishi va bugungi kundagi vaziyatii haqida ma'lumotlar beramiz. Asosiy e'tiborimizni Yamanning qaytadan urush girdobiga cho'mib ketishidagi asl sabablarni izlashga qaratamiz. Hozirda butun dunyo OAVlari bu masalani o'zarining nuqtai nazaridan va manfaatlaridan kelib chiqqan holda yoritishga harakat qilishmoqda va ko'pincha Yamandagi to'qnashuvlarning asl sabablarini, ya'ni qashshoqlik, qabiladoshlik, tashqi siyosiy aktyorlarning o'yinlari va mamlakatning geografik joylashuvining dunyo savdosidagi o'rni kabi masalalalrni yoritmasdan, balki unga diniy tus berishga harakat qilmoqdalar. Albatta, biz Yamandagi to'qnashuvlarda Islomning Shialik va Sunniylik mazhablari orasidagi raqobat va tortishuvlarning umuman roli yo'q deya olmaymiz, lekin ko'p hollardagi kabi siyosiy o'yinlarda, ayniqsa dinning o'rni jamiyatda muhim bo'lgan mamlakatlarda, dinni siyosiy qurol sifatida ishlatilishi ko'p uchrashini ham unutmaslik kerak. Bugun biz tahlilimiz orqali sizga Yamandagi urushga faqat diniy sabablargina emas, balki undan muhimroq bo'lgan omillar sabab bo'layotganini tushuntirishga harakat qilamiz. 

Yaman - eng kambag'al Arab mamlakati

Yaman o'zining qulay joylashgan geografik o'rni, Arabiston yarim orolidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda o'zining qulay iqlimi va hosildor yerlariga ega bo'lishiga qaramasdan, Arab dunyosidagi eng kambag'al mamlakatdir. Solishtirish uchun bir qancha ko'rsatkichlarga e'tibor qaratsak. Yaman aholisining yillik yalpi ichki mahsuloti (YAIM) kishi boshiga 1200$ ni tashkil qiladi, uning shimoliy qo'shnisi Saudiya Arabistonida ushbu ko'rsatkich 15000$ ga yaqin, Qatarda esa 76000$ ni tashkil qiladi. Aholi soniga ko'ra ham Yaman Arabiston Yarim orolida Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o'rinda turadi va aholining 46%i 15-yoshga yetmagan yoshlardan tashkil topgan. Mamlakatda qashshoqlikdan tashqari savodsizlik ham avjiga chiqqan, aholining 50%dan ko'prog'i savodsizdir. Ishsizlik ham dunyo mamlakatlariga solishtirganda rekord darajada, faol aholining 35%i ishsizdir. Agar aholining 45%ini 15-yoshga yetmaganini, ishga yaroqli aholini 35%i ishsizligini va bunga qariyalar proportsiyasini qo'shsak, ko'zimiz oldida ulkan qashshoq va o'z yo'lini yo'qotgan aholi massasi paydo bo'ladi. Bunday katta sonli aholining har qanday harakati kuchsiz hukumat uchun xatarli edi.

Iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar mamlakatdagi oqsoqlanishning asosiy sababi, lekin mamlakatdagi noto'g'i siyosatni olib borilganligi va boshqaruv tizimining korrupsiyaga botgani ushbu muammolarni yanada og'irlashtirilgan. Mamlakatda hukumatning aholiga ijtimoiy yordam ko'rsata olmagani tufayli mahalliychilik va qabiladoshlik avjiga chiqqan. Mamlakatda 70 dan ortiq urug- va qabilalar mavjud, og'ir iqtisodiy sharoitllarda jon saqlash uchun aholi qabilalarga birlashgan holda boshqa qabilalarga raqobatchi ko'zi bilan qarab yashashga o'rganib qolgan. 

1994-yildagi Janublikarning noroziligi tufayli bo'lib o'tgan fuqarolar urushidan sobiq prezident Abdulloh Solih va uning atrofidagi siyosatchilar to'g'ri xulosa chiqara olmadilar. Mamlakatda asta-sekinlik bilan ko'tarilib kelayotgan noroziliklarni katta urushlarga aylanib ketishini oldini olish uchun siyosiy va iqtisodiy islohotlar o'tkazish o'rniga, Solih har qanday norozilikka qarshi qurol kuchi bilan javob berishni afzal bildi. Natijada mamalakatda ilgari faqat Shimol va Janub bir-birga qarama-qarshi kuch bo'lgan bo'lsa endilikda mavjud hukumatga qarshi ham shimolliklar va ham janubliklar orasida yangi harakatlar paydo bo'la boshladi. Bundan tashqari, iqtisodiy-ishtimoiy qiyinchiliklardan panoh izlagan aholi mamlakatda 80-yillarda tashkl qilingan islomiy-radikal kuchlarining saflarini to'ldirdilar.

2000-yilda ushbu Salafiy kuchlari birin-ketin mamlakatdagi G'arb mamlakatlariga tegishli bo'lgan kuchlar va obektlarga hujumlarni boshlab yubordilar. Shunday hujumlarning birida 17 ta AQSh harbiy matrosi halok bo'ladi va 11-sentyabr voqealari Yaman hukumatini Salafist kuchlariga qarshi milliy urushni boshlashiga sabab bo'ldi. Jorj Bushning "Terrorga qarshi urush" doktrinasi doirasida AQSh kuchlari Yaman va uning atroflariga ham joylashtirildi. Lekin, salafist kuchlarining ta'siri mamlakatda kamaymadi, aksincha markazlardan uzoqlashib viloyatlarga tarqalib ketdi.

AQSh kuchlarining mamlakatda kuchaytirilishi va boshqa tomondan Sunniy radikal kuchlarining mamlakat siyosatiga katta ta'sir ot'kazishni boshlashi, oldingi Mutavakkitlar dinastiyasining hududi bo'lgan Sadah viloyatida yashovchi Zayidiylarni sergak tortishi uchun sabab bo'ldi. 2002-yilda Zayidiylarning asosiy partiyasi bo'lmish Hizb al-Haq deputati Husayn al-Huziy, dunyodagi AQShning arab xalqlari va musulmonlarga qarshi olib borayotgan gegemonlik siyosati haqida konferensiya beradi va unda u AQShning musulmon dunyosidagi siyosatini qattiq qoralaydi. Yaman hukumati 2001-yil 11-sentyabrdan beri AQSHning "Terrorga qarshi urush" doktrinasi doirasidagi hamkorligi tufayli ushbu konferensiyaga talluqli ayrim kishilarni hibsga oladi. Bu voqea Zayidiylar xotirasida Yaman hukumatining ularga nisbatan xiyonati sifatid muhrlanib qoladi va bu 2004-yilga kelib Zayidiylarning Husayn al-Huziy boshchiligida qo'zg'olon ko'tarishlariga sabab bo'ladi.

Ushbu harakat tarixga Huziylar qo'zg'oloni deb kiradi. Huziylar Yaman aholisining 30%ini tashkil qiladilar va asosan mamlakatning Shimoliy G'arbida istiqomat qiladilar. 2004-yildagi Huziylar harakati ayovsiz ravishda Yaman hukumati qarshiligiga uchraydi va Saudiya Arabistoni harbiy operatsiyalarda faol qatnashadi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra Saudya Arabistoni Huziylarga qarshi dunyo hamjamiyati tomonidan ta'qiqlangan oq fosfor kimyoviy qurolini ishlatgan, ushbu qurol Huziylar lideri Husayn al-Huziyning o'limiga ham sabab bo'ladi. Uning o'limidan keyin harakatga boshchilikni uning ukasi Abdul Malik al-Huziy o'z qo'liga oladi. To'qnashuvga faol ravishda Saudiya Arabistonining aralashishi va Yaman hukumatini o'z aholisiga qarshi qurolli hujum qilganligi Huziylarning Yamanda Shialarga qarshi Sunniylarning fitnasi mavjud degan fikrni oqlaganday bo'ladi. Bu esa atigi 2000 kishi bilan boshlangan harakatni butun Yamandan yordamga kelgan shialar bilan to'ldirilib 2005 yildayoq 10000 kishiga yetishiga sabab bo'ldi.

2011-2012 yildagi Arab dunyosida bo'lib o'tgan Arab Bahori Yamanni ham chetlab o'tmadi, minglab namoyishchilar Abdulloh Solihni iste'fosini so'rab ko'chalarni to'ldirdilar. Vaziyatdan foydalangan Huziylar Sadah viloyatidagi muhim strategik-harbiy nuqtalarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladilar. Abdulloh Solihning iste'fo berishini Saudiya Arabistoni yillar davomida Yamandagi Shimollik respublikachilar va Shialar hukmronligiga chek qo'yish uchun qulay imkoniyat deb tushundi va Abdu Rabo Mansur Hadiyni yangi prezident sifatida qo'llab quvvatlay boshadi. Ushbu siyosiy xatolik mamlakatdagi shialar tomonidan ochiqdan-ochiq xavf sifatida kutib olinadi. Hatto sobiq prezident Abdulloh Solih ham, asl kelib chiishi Zayidiy bo'lganligi hamda Janubliklarga nisbatan siyosiy raqobati tufayli, endilikda ochiqdan ochiq Huziylarni qo'llab quvvatlashni boshlaydi. Yillar davomida uning prezidentlik lavozimi hali hanuz unga davlat tuzilmalarida va harbiylar orasida o'z ta'sirini saqlab turishiga imkon bergandi. O'ziga sodiq harbiylarni yordami bilan u Huziylarning 2015-yil mart oyi oxirlarida mamlakat poytaxti Sanoga qilgan xujumlariga qarshi qattiq qarshilik ko'rsatmaliklarini so'raydi va tarixda birinchi bora Huziylar poytaxtni ishg'ol qiladilar.

Yaman atrofidagi xalqaro miqyosidagi geopolitik o'yin

Yamandagi Huziylarga qarshi Saudiya Arabistonining harbiy hujumlarni boshlashi haqidagi bayonati xalqaro hamjamiyatida dunyoda diniy to'qnashuv bahonasidagi yangi geopolitik frontni ochilishini anglatdi. Saudiya Arabistoni o'zining dunyodagi mavqeidan va neft yetkazib berish imkoniyatidan foydalangan holda o'zi ma'qul topgan davlatlarga "Biz bilan yoki bizga qarshi" strategik shartini qo'yish bilan Yamandagi Huziylarga qarshi harbiy koalitsiya yaratdi. Harbiy koalitsiyaga hozirda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Quvayt, Qatar, Bahreyn, Marokash, Iordaniya, Sudan va Pokiston kirgan. Lekin, harbiy koalitsiya nomi ostidagi ushbu uyushma aslida Saudiya Arabistonining navbatdagi diplomatik strategiyasi bo'lib, asosan aholisi Sunniy musulmonlardan tashkil topgan mamlakatlarni ushbu nom ostida birlashtirish orqali Saudiya Arabistoni Shia musulmonlaridan tashkil topgan Eronga dunyoda Sunniy kuchlar unga qarshi ham birlashishi mumkin ekanligini ko'rsatib qo'ymoqchi. Aslida esa harbiy jihatdan Yamanga asosan Saudiya Arabistoni, Misr va kichik hajmdagi Fors ko'rfazidagi Arab mamlakatlari kuchlarigina interventsiyani amalga oshirmoqda xolos. Bundan tashqari Saudiyalikar saroyidagi yangi qirolning paydo bo'lishi mamlakat tashqi siyosatini o'zgarishini belgiladi. Endilikda Saudiya Arabistoni uning atrofida bo'layotgan voqea-hodisaarga qo'l qovushtirib qarab o'tirmasligini va Musulmon olamida o'zini lider mamlakat sifatidagi o'rnini belgilamoqchi ekanligini ko'rsatmoqchi. Ushbu ko'z-ko'z qilinayotgan strategiyani Saudiya Arabistonining Huziylarga qarshi urushidagi o'ta faol harbiy harakatlarida ham ko'rishimiz mumkin. Atigi 10000 dan oshiq bo'lgan Huziylar harakatini bostirish uchun Saudiya Arabistoni 150000 kishilik ulkan qo'shinni va keng ko'lamli harbiy texnikani o'zining Yaman bilan bo'lgan janubiy chegaralariga tashlagan.

Harbiy intervensiya va kuchlarning hududda joylashuvi
Harbiy intervensiya va kuchlarning hududda joylashuvi

Ushbu manyovr bir tomondan Saudiya Arabistonining regiondagi o'z o'rnini Eron oldida bildirib qo'yishi uchun qo'l kelishi mumkin. Lekin, bu o'z navbatida uning o'zi uchun ham xavf tug'dirishi mumkin. Chunki Saudiya Arabistoni va boshqa Arab Yarim orolidagi mamlakatlari o'zlarida ko'zga ko'rinarli darajadagi Shia aholisini mujassam qilganlar. Bu shialar esa ushbu mamlakatlarda muhim lavozimlarni egallaganlar va ko'pchilik holatlarda ularning yashash hududlari bu mamlakatlarning iqtisodiy manbai bo'lmish neft va gaz konlari atroflariga to'g'ri keladi. Ma'lumotlarga ko'ra Saudya Arabistonida 15-20% Shia mazhabidagi aholi istiqomat qiladi va bu aholining katta ko'pchiligi Yaman bilan chegaradosh viloyatlarga to'g'ri keladi, ya'ni ular ham Yazidiylik yo'nalishidagi Shialardir. Yamandagi Huziylarga qarshi urush ushbu aholida norozilkini keltirib chiqarishi mumkin va asosiy harbiy kuchlarini hozirda Yamanga qaratgan Saudiya Arabistoniga keyingi xujum mamakat ichidan kelishi mumkin. Shu o'rinda eslatib o'tish kerakki muammo Shia yoki Sunniylikda emasligiga yana bir isbot shuki, Zaydiylar Mutavakkitlar monarxiyasini saqlab qolish uchun Misr qo'shinlariga qarshi 1961-1970 yillarda urush olib borganida, aynan Saudiya Arabistoni ularning asosiy ittifoqchisi bo'lgan.

 

Yaqin Sharqdagi Shialarning mamlakatlardagi umumiy aholi soniga nisbati
Yaqin Sharqdagi Shialarning mamlakatlardagi umumiy aholi soniga nisbati

 

Va nihoyat ushbu interventsiya bilan Saudiya Arabistoni AQSh va Eronning Yadro quroli dasturi bo'yicha kelishuv yuzasidan yaqinlashishlariga qarshiligini bildirib qo'ymoqchi. Agar, G'arb mamlakatlari Eronga qo'yilgan iqtisodiy sanksiylarni olib tashlasa Ga'rb mamlakatlarining va Xitoyning Arab yarimorolidgi mamlakatlardan keladigan neft va gaz resurslariga qaramligi bir mucha kamayadi, Eronning iqtisodi esa shiddat bilan kuchayib ketishi mumkin. O'z navbatida bu regiondagi Shia shayxlarining qaytadan Eron bilan aloqalarini yaxshilashga urinishiga olib keladi, oxir oqibat nafaqat mamlakatdagi butunlik yo'qoladi, hatto aslida Islomning ham Sunniy va ham Shia mazhablariga mos kelmaydigan monarxiyaviy boshqaruv tizimlarini qulashi kutilishi mumkin.

Arabiston Yarim orolidagi Sunniy va Shialarning hudud bo'yicha tarqalishi
Arabiston Yarim orolidagi Sunniy va Shialarning hudud bo'yicha tarqalishi

Eron uchun Yaman aslida muhim ittifoqchi emas, Huziylar ham. Huziylar Shialikning Zayidiylik yonalishda bo'lib, ular Erondagi 12-imomlik Shia yonalishini faqat 5-ta imomini tan oladilar xolos. Albatta, Eron Huziylarga harbiy va moliyaviy yordam berayotgani sir emas, lekin Hezbolla kabi ularni ichidan turib boshqarayotganligi haqidagi taxminlar, Saudiya Arabistoniining ayblovlari xolos. Avvalambor eronning teokratik, ya'ni diniy boshqaruvdagi mamlakat ekanligini unutmaslik lozim va Eron Musulmon olamidagi har qanday shialikka oid harakatlarni va davlatlarni qo'llab quvvatlaydi, lekin qo'llab quvvatlash va boshqarish so'zlari o'rtasidagi farq kattadir. 

G'arb mamlakatlaridan AQSh va Fransiya Saudiya Arabistonining intervensiyasini logistik va axborot yordamlari bilan qo'llab quvvatlashmoqda. Ikki mamlakat ham birinchi navbatda Saudiya Arabsitonning neft-shantajining qurboni bo'lishdi, lekin bundan tashqari Yamandagi Huziylarning hukmronligi AQSh va Fransiya nazarida regionda yangi to'qnashuuvlarning ko'payib ketishiga olib keladi. Chunki, Huziylar Yaman davlatini butun hududini boshqarishga intilmayapti, balki faqat o'zlarining tarixiy hududlarida o'z nazoratini saqlab qolishmoqchi. Agar Huziylar o'zlariga kerakli hududlarni nazorat ostiga olishsa Yamanning qolgan yarmi Al-Qoida kuchlarining qo'llari ostiga butunligicha tushib qolishi mumkin. Bu esa so'ngi yillarda avj olgan Somalilik degiz qaroqchilari muammosiga yana ikkinchi muammoni qo'shadi. Natijada Qizil dengizga kirish yo'li dengiz jangi bo'lib o'tadigan hududlarga aylanib qolishi mumkin. Fransiya esa o'zining Jibutidagi harbiy bazasi atrofida Al-Qoida kuchlarining ko'payishidan hayqimoqda.

Hozircha Yamandagi urush xalqaro raqobatni faollashtirmadi, lekin Rossiya kabi mamlakatlar o'zlarining bu urushga nisbatan noroziliklarini bildirishni boshlashgan. Huziylarning Saudiya Arabistoni tomonidan obro'sizlantirishi va ularga siyosiy kuch emas, balki oddiy jangarilarday qaralishi xalqaro hamjamiyatda hozircha bir tomonlama yondashuvga sabab bo'lmoqda.

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Din va geopolitika, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
  • Yaman - geopolitik tarix

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda