• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
24 Avg2015

Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?

24 Avgust 2015. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Xaritalar uzra

1991-yilda Sovet Ittifoqining qulashi dunyo geopolitikasida keskin burilish yasadi, siyosiy jihatdan bu sana ikki yirik geopolitik aktyorlar AQSh va Sovet Ittifoqi orasidagi "Sovuq urush"ga chek qo'ygan bo'lsa, bu voqeaning dunyo geoekonomikasiga ta'siri uning siyosiy ta'siridan ham oshib tushdi. Shu sanagadcha AQSh Kapitalistik mafkuraning himoyachisi, Sovet Ittifoqi esa kommunistik mafkurani yoyuvchi sifatida dunyoda muayyan mantiqqa asoslangan siyosiy va iqtisodiy tizimni yaratgan edilar.

Sovet Ittifoqining qulashi dunyo ommasi tomonidan AQShning siyosiy g'alabasi yoki SSSRning siyosiy mag'lubiyati sifatida emas, balki Kapitalizmning Kommunizmning ustidan qilgan g'alabasi deya qaraldi. Bu siyosiy o'zgarish tufayli dunyoda birin ketin kommunistik tizimga asoslangan rejimlar qulay boshladi yoki dunyo hamjamiyatidan ajratib qo'yildi. Masaln Xitoy o'zining siyosiy kommunistik rejimini saqlab qolgan holda iqtisodiy yo'nalishini kapitalizm tizimida davom ettirdi, Shimoliy Koreya yoki Kuba kabi davlatlar esa dunyo ommasi tomonidan o'z holiga tashlab qo'yildi. SSSRning qulashi nafaqat dunyodagi kommunistik rejimlarga yoki partiyalarga, balki butun so'l yo'nalishidagi siyosiy partiyalar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi va dunyo ommasi oldida Kommunistik yoki Sotsialistik mafkuralarni obro'sizlantirishga olib keldi.

Bunday imkoniyatdan foydalangan AQSh, butun 90-yillar davomida dunyoda o'zi boshchiligida bir qancha integratsiya va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar orqali dunyo bo'ylab kapitalistik iqtisodiy tizimni yoyishga harakat qildi, qaysidir ma'noda u dunyoda bu tizimni dominatsiyasini va albatta shu bilan birga AQSh iqtisodiga va uning valyutasi bo'lmish Dollar pul birligiga dunyo iqtisodi va moliyasini qaram qilishga erishdi.

Lekin, 2000-yil 11-sentyabr voqealardan so'ng vaziyat asta sekinlik bilan o'zgara boshladi. AQSh tomonidan Musulmon dunyosida olib borilgan va ko'pchilik tominidan ikkiyuzlamachilik siyosati deb ataladigan strategiya, ya'ni bir vaqtning o'zida Demokratik prinsiplar bilan davlatlarni boshqarishni talab qilish (Iroq) va ayni paytda repressiv oilaviy monarxiyalar bilan yaqindan hamkorlik qilish (Saudiya Arabistoni). Aslini olib qaraganda bu ikkiyuzlamachi siyosat emas, balki sof kapitalistik mantiqqa asoslangandir. Har qanday AQSh ta'siriga qarshilik qiladigan va ichki bozorlarni xalqaro investorlarga ochmaydigan (asosan AQSh kompaniyalari eng katta kapitalga ega investor tashkilotlardir) ko'pchilik davlatlar inqiloblar yoki davlat to'ntarishlar orqali uyushtirilgan tartibsizliklarga cho'mdilar. Bu esa ushbu jamiyatlarda mavjud bo'lgan barqaror iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlarni izdan chiqarib bu jamiyatlarning kambag'allashishi, fuqarolar urushlariga cho'mishi va oqibatda ularni radikallashishiga olib keldi. Natijada Musulmon dunyosida AQShning dunyodagi hukmronligiga qarshi fanatik radikal terrorist guruhlari paydo bo'la boshladi, to'g'riroq qilib aytganda bir paytlar o'z raqobatchilarga qarshi kurashish uchun AQShning o'zi tomonidan yaratilgan guruhlar asta-sekinlik bilan uning nazoratidan chiqib AQShning o'ziga qarshi kurashadigan terrorist guruhlarga aylandilar. Boshqacha qilib olganda AQShning iqtisodiy bosimi hatto o'zining ittifoqchilari orasida ham unga qarshi parallel ravishda ko'rinmas siyosiy o'yinlarni uyushtirishlariga olib keldi (Pokiston, Saudiya Arabistoni). 

Dunyoning boshqa geopolitik markazlari, jumladarn Yevropa Ittifoqi va Rossiyada ham 2003-yildan so'ng AQShning siyosatini doim ham qo'llayvermaslik yoki unga hatto qarshi chiqish hollari paydo bo'la boshladi (masalan, Iroqga harbiy intervensiya masalasida). Rossiyaga Putinning kelishi bilan unda qaytadan geopolitik ambitsiyalar paydo bo'la boshlashi AQSh bilan Sovet Ittifoqi orasidagi kurash to'laligicha mafkuraviy emas, balki ikki geopolitik kuchlar orasidagi kurash bo'lganini yana bir bor ko'rsatib berdi. Chunki bugungi kunda Rossiya kapitalizmni o'zining iqtisodini asosi qilib olgan bo'lsa ham ular orasidagi raqobatning keskinlik darajasi Sovet Ittifoqi bilan bo'lgan keskinlik darajasi bilan tenglashib qoldi. Rossiya va Yevropa Ittifoqining yaqinlashishiga Post-Sovet mamlakatlarida yuz bergan yoki uyushtirilgan "rangli inqiloblar" orqali chek qo'yildi. So'ngi Post-Sovet hududidagi siyosiy inqiroz bo'lmish Ukraina masalasi esa ikki geopolitik markazlarni bir biridan uzil kesil ajratdi va Yevropa Ittifoqini AQSh iqtisodiga qaramligini oshirdi.

Yevropa Ittifoqining ichida ham AQShning kapitalistik modeliga qarshi kuchlarning ko'payganidan ko'z yumib bo'lmaydi. Garchi AQSh Yevropa Ittifoqi doirasida mamlakatlardagi hukumatlarga o'z bosimini o'tkazishga harakat qilayotgan bo'lsada, bugungi Yevropada ikkita radikal kuchlar, so'l radikal kuchlari - kommunistlar, anti-kapitalistlar, korporativ rivojlanish tarafdorlari va ekologik partiyalar, o'ng radikal kuchlari - millatchilar, radikal-konservatorlar, anti-Yevropa kuchlari, borgan sayin Yevropa Ittifoqidagi hukumatlar va jamiyatlarda o'zlarining kuchli ta'sirlariga ega bo'lib borishmoqda. Ularning ikkalasi ham kapitalizmning hozirgi ko'rinishiga qarshi, ikkisi ham Yevropa Ittifoqini va Yevro pul birligini yo'q bo'lish tarafdori hamda ikki tomon ham milliy manfaatlar Yevropa Ittifoqining yoki AQShning manfaatlaridan ustun turishi kerak deb hisoblaydi. Oxirgi Yevropa Ittifoqida muhim ahamiyatga ega bo'lgan voqea, Gretsiyaning moliyaviy krizisi davomida ushbu anti-kapitalist kuchlarning qanchalik darajada Yevropa jamiyatlarida kuchli pozitsiyalarga ega ekanliklarini ko'rsatib berdi. Bir tomondan ushbu vaziyat Yevropada moliyaviy kapitalizm davlatlar va tashkilotlarni o'ziga qaram qilib olganiga jamiyatlarning reaksiyasi edi. Chunki Yevropa jamiyatlari tarixan ko'proq sotsialistik jamiyatlar bo'lib kelgan.

Ispaniyada anti-kapitalist manifestatsiyasi
Ispaniyada anti-kapitalist manifestatsiyasi

Hatto Amerika jamiyatida ham so'ngi paytlarda Kapitalizm savol ostiga olina boshlandi. 2008-yildagi moliyaviy inqiroz tufayli AQShdagi bir qancha ziyolilar va jamiyat faollari iqtisodiy modelni qayta ko'rib chiqish lozimligi haqida fikr bildirdilar. Bundan tashqari AQShda paydo bo'lgan va butun dunyoga tarqalib ketgan "Occupy Wall-Street" harakati AQShdagi anti-kapitalistik kuchlar sezilarli darajada faol va ko'p sonli ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Rasmiy jihatdan esa Barak Obamaning Sog'liqni Saqlash tizimida amalga oshirgan islohotlari, AQShda Ronald Reygan tomonidan yo'lga qo'yilgan ayovsiz kapitalistik tizimiga berilgan kuchli zarba bo'ldi. Shunga qaramasdan AQSh ommasining Obamaga nisbatan hayrixohigi pasaymadi, balki yanada kuchaydi. Bu holatlar AQShning ichida ham Kapitalistik iqtisodiy tizimi asta sekin ideal model sifatida qaralmayotganini ko'rsatib beradi. 

"Occupy Wall-Street" harakati a'zolari Nyu-York ko'chalarida

Shu o'rinda savol tug'iladi, bugungi kundagi Kapitalizmga shubha bilan qarash uning AQSh gegemonligi ostida tarqatilayotgani, ya'ni faqatgina uning manfaatlarini ko'zlayotgani uchun paydo bo'lmoqdami yoki Kapitalizmning o'zi iqtisodiy model sifatida buzg'unchimi? Menimcha, bularning ikkisi ham to'g'ri, uchinchi faktor shundaki kapitalizm bugungi kundagi globallashuv jarayonining asosiy motoridir va bu jarayonda kapitalizm mamlakatlardagi o'zlikni, an'analarni, mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy institutlarni yemirmoqda, shu sababdan ham bir paytni o'zida ham iqtisodiy model va ham AQShning tizimi sifatida dunyoni egallayotgan kapitalizmga qarshi turuvchi kuchlar paydo bo'lmoqda. 

Iqtisodiy tomonidan quyidagi videoda ko'rishingiz mumkin bo'lgani kabi, Kapitalizm misli ko'rilmagan miqdorda va tezlikda boyliklar yaratish hususiyatiga egadir, lekin ushbu boyliklar uchun to'lanadigan baho ham yuqoridir. Ya'ni asosan spekulyatsiya va moliyaviy pufakka asoslanib boyliklarni yaratadigan Kapitalizm muntazam ravishda moliyaviy uinqirozlarni yuz berishiga sabab bo'ladi. Chunki cheksiz ravishda spekulyatsiya qilish va moliyaviy pufakni kattaytirishni iloji yo'q, pufak yorilgan paytda barcha uni ustiga qurilgan iqtisod, ijtimoiy tizim va siyosat qulashni boshlaydi, sabab shundaki bu boyliklar real boyliklar asosida emas balki ko'rinmaydigan va virtual yaratilgan boylikka asoslanib qurilgan bo'ladi. Bugungi kunda AQSh valyutasi Dollarning dunyo bozorida tinmasdan ko'tarilishi va deyarli dunyo valyutasiga aylanib ulgurishi ham aynan mana shu moliyaviy spekulyatsiyaning natijasidir. Chunki AQSh valyutasi AQSh tomonidan nazorat qilinadi va deyarli hamma mamlakatlar unga qaramdir, ya'ni Amerika qaysi paytda moliyaviy bozorni qaysi holatga tushirishni deyarli yolg'iz o'zi hal qiladi. 

Masalaning paradoksal tomoni shundaki, Moliyaviy inqirozlar yuzaga kelganda hozirdagi mavjud kapitalistik tizimni qutqarib qolish uchun omma tomonidan to'ldirilgan davlat fondlari va xalq banklari yordamga keladi. 2008-yildagi ko'chmas mulklarning sotilmay yig'ilib qolishi natijasida vujudga kelgan Moliyaviy inqiroz davrida dunyodagi eng yirik moliyaviy markazlar va banklar kasodga uchrab qulashni boshlaydi, lekin mamlakatlar o'zlarining davlat byudjetlaridan pul ajratib ularni qutqarib qoladilar. Chunki bu institutlarning birdaniga qulashi hozirgi dunyo uchun mislsiz iqtisodiy-ijtimoiy turg'unlikni keltirib chiqaradi, huddi Sovet Ittifoqi qulashidan sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida yuzaga kelgan tizim inqirozi kabi, kapitalizmning birdaniga qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi rivojlanishni bir nechta 10-yillarga to'xtatib qo'yish mumkin. Shu sababdan bugungi kunni ko'zga ko'ringan iqtisodchilari Kapitalizmdan, unga yangi iqtisodiy modellarning elementlarini asta sekin kiritib borish orqali chiqishni va yangi iqtisodiy modelga o'tishni taklif qilishmoqda. Aks holda Yer sharining ekologik ahvoli kundan kunga og'irlashmoqda va dunyodagi globallashuvning kuchaygani tufayli keyingi yuz beradigan moliyaviy inqirozning oqibatlari juda ayanchli bo'lishi bashorat qilinmoqda. 

Yorliq so'zlar: Geopolitik nazariyalar, Geoekonomika

O'xshash maqolalar

  • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
  • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
  • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
  • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
  • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda