• Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda
Geopolitika
12 Yan2017

Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi

12 Yanvar 2017. Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Xaritalar uzra

O'tgan maqolamizda biz siz bilan Uyg'ur xalqining tarixiy shakllanish bosqichlari, milliy o'zlikni yaratilish jarayoni va uning siyosiylashishi haqida qisqacha to'xtalib o'tgan edik. O'sha maqolaning davomi sifatida bugungi maqolamiz qanday qilib uyg'urlar tarixan yashab kelgan hudud - Sinzyanning Xitoy tomonidan iqtisodiy, siyosiy hamda demografik jihatidan so'ngi 65 yil davomida o'zlashtirilishiga bag'ishlanadi. Ushbu o'zlashtirish Xitoy hukumatining izchil nazorati ostida amalga oshirilib keladi. Masalaning qiziq tomoni shundaki, Xitoyning Sinzyan viloyati ustidan nazoratini kuchaytirishi so'ngi yillarda nafaqat kuch ishlatish orqali, balki iqtisodiy hamda demografik richaglarni ishga solgan holda amalga oshirilmoqda. Xitoy hukumati hamda yirik kompaniyalarining Sinzyan viloyatiga iqtisodiy sarmoyalari o'z navbatida viloyatga mamlakat sharqidan Xan millatiga mansub aholining yoppasiga ko'chib kelishiga olib keldi.

Ayniqsa iqtisodiy sarmoyalarning strategik ravishda joylashtirilishi, ya'ni Sinzyanning an'anaviy iqtisodiy, siyosiy va madaniy episentri bo'lmish janubda joylashgan Tarim vodiysini emas, balki azaldan kam aholi yashaydigan, nam va salqin shimolda joylashgan hududlarga kiritilishi, Sinzyanning yuzini tanib bo'lmas darajada o'zgartirib yubordi. Oqibatda, qadimdan iqtisodiy-siyosiy markaz bo'lgan Tarim vodiysi shaharlari o'zining iqtisodiy muhimligini yo'qotib, shimolda yangi paydo bo'lgan va Xan aholisi bilan to'lgan shaharlar regionning yangi iqtisodiy-siyosiy markaziga aylandi. o'z navbatida bu o'zgarish, Sinzyandagi mahalliy uyg'urlarning muhim siyosiy boshqaruv tizimlaridan chetlanishiga olib keldi, ularni o'rnini esa Xan aholisidan tashkil topgan siyosiy amaldorlar egalladi.

Bu holat, o'zlarini shu joyni asl aholisi deb hisoblaydigan uyg'urlarning norozilik kayfiyatini kuchayishiga sabab bo'ldi. O'z yerida chetlatilganlik hissi uyg'urlarni tinchliksevar muxolifatdan tortib, radikal-terroristik harakatlarni tashkil qilishlariga olib keldi. 80-yillarda vujudga kelgan ushbu radikal-terrorist harakatlar 90-yillarda qo'shni Tojikiston va Afg'oniston hududlarda yuz bergan siyosiy beqarorliklar soyasida kuchayib ketdi. Bu harakatlarning eng yuqori cho'qqisi 2000-yillarning boshlariga to'g'ri keldi. Tojikistonda Rosiya armiyasini kuchaytirilishi, Shanxay Hamkorlik tashkilotiga asos solinishi va  Afg'onistonga AQShning intervensiyasi bilan, huddi boshqa terroristik guruhlar kabi Uyg'urlarning guruhlari ham juda kuchsizlandi. Lekin Sharqiy Turkiston mustaqil islomiy davlatini tashkil qilish g'oyasi allaqachon ko'pchilik uyg'ur aholisi orasida yoyilishga ulgurgan edi. Shu sababdan ham uyg'ur terroristik tashkilotlari butunlay yo'q bo'lib ketmadi. Yaqin Sharqdagi siyosiy inqirozlar bilan uyg'ur terroristik harakatlari yanada faollashdi.

Boshqa tomondan, muxolifatning islomiy bo'lmagan, dunyoviy harakati bo'lmish millatchi qismi ham Xitoy hukumatining Sinzyandagi faoliyatiga qarshi kurashini davom ettirdi. Lekin, ko'p yillik kurashlarga va tashqi kuchlarning qo'llab quvvatlashiga qaramasdan Robiya Qodir boshchiligidagi Dunyo Uyg'urlari Kongresi nomini olgan ushbu harakat katta o'zgarishlarga erisha olmadi. Balki, u olib borgan kurash uyg'urlar muammosini dunyo bo'ylab ovoza bo'lib ketishiga qaramasdan hech qanday natijalar bermagani tufayli, ko'pchilik uyg'urlar orasida Xitoyga hukumatining Sinzyandagi siyosatiga qarshilik faqatgina radikal yo'l bilangina o'z samarasini berishi mumkin degan fikrni paydo qildi. Shu sababdan ham so'ngi yillarda uyg'urlarning muxolifatlari orasida, dunyoviy muxolifatning tarafdorlari diniy muxolifatning saflarini to'ldirish evaziga progressiv ravishda kamayib bormoqda. Diniy muxolifat ham o'z navbatida bir qancha qismlarga ajralgan bo'lib, ular orasida ham tinchlik yo'lini tutgan diniy harakatlardan tortib islomiy terrorizmni o'ziga yo'l qilib olgan guruhlargacha ko'rishimiz mumkin. Garchi kurash metodi turlicha bo'lsada, diniy muxolifatni umumiy maqsad birlashtirib turadi - bu Sharqiy Turkiston islomiy davlatiga asos solishdir.

Vaziyatning bunday tus olishi Pekin uchun ham xavfli bo'ldi, lekin ayni paytda bu holat unga qo'l keldi. Chunki Sinzyan va Xitoyning boshqa hududlarida uyushtirilgan terroristik hujumlar, bir tomondan Xitoy hukumatini siyosiy barqarorligini izdan chiqarishga harakat qilsa, boshqa tomondan bu hujumlar Pekinga Sinzyanda va undan tashqarida joylashgan uyg'urlarga nisbatan repressiv siyosatini kuchaytirishga va buni uyg'urlarning terroristik harakatlarini vaj qilib ko'rsatgan holda oqlashga imkon bermoqda. Ikki tomonning bunday zo'ravonlarcha to'qnashuvi va dialogning yo'qligi, uyg'ur muammosi yechimlarini yanada chigallashtirib, uyg'urlarni mustaqilligi tugul, ko'proq avtonomligiga erishishlarini deyarli ilojsiz ahvolga keltirib qo'ydi.

Ushbu videolavhada siz Xitoyning Sinzyan-Uyg'ur avtonom viloyatining ichkarisida olib borayotgan iqtisodiy va demografik siyosati bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Keyingi maqolalarimizda biz uyg'urlarning dunyo bo'ylab tarqab ketgan diasporalari, ularning joylashgan davlatlardagi siyosiy ta'sirlari va o'zga mamlakatlardan turib Xitoy siyosatiga qarshi olib borilayotgan kurashlari haqida to'xtalamiz.

Bu videolavhani biz ushbu Xaritalar Uzra deb nomlanmish ajoyib loyihaga asos solgan va unga so'ngi 26-yil davomida mualliflik qilib kelgan - fransuz diplomati, jurnalist, geograf va ekspeditor Jan-Kristof Viktorning xotirasiga bag'ishlashga qaror qildik. O'zining geopolitikaga oid bitmas-tuganmas bilimlari, takrorlanmas pedagogik yondashuvi, muammolarga insonparvarlik ko'zi bilan qarab ularni chuqur anglay olishi va o'z navbatida oddiylik, lekin yorqinlik bilan bizga tushuntira olgan bu insonning ushbu geopolitika.uz sayti loyihamizni yaratishimizga ta'siri bilvosita juda katta bo'lgan. Jan-Kristof Viktor tarqatgan ziyo va bilimlarning aks-sadolari O'zbekistongacha yetib keldi...

 

Yorliq so'zlar: Geostrategiya, Shaharlar geopolitikasi, Geoekonomika, To'qnashuvlar geopolitikasi

O'xshash maqolalar

  • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati

Android dastur

Agar sizda Android uskuna bo'lsa, siz ushbu sayt maqolalarini maxsus Android dastur yordamida ham o'qishingiz mumkin.

Dasturni Google Play Market orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri yuklab olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar

Maqolalar arxivi

  • ► 2020 (3)
    • ► May (2)
      • • Rossiya - Global kuchmi?
      • • Usmoniylar imperiyasi – tugallanmagan mozaika
    • ► Aprel (1)
      • • Usmoniylar imperiyasi - yaratilish tarixi
  • ► 2017 (10)
    • ► Dekabr (1)
      • • Rossiyaning Suriyadagi tuganmas urushi
    • ► May (2)
      • • Katta urush: Yaqin Sharqda kim kimga qarshi jang qilmoqda
      • • Dunyodagi Uyg’ur diasporasi – mustaqillik uchun kurashning mag’lubiyati
    • ► Aprel (2)
      • • Terrorisme : pourquoi voit-on autant d’Ouzbeks dans les attentats ?
      • • 21-asrda populizm – demokratiyaning qasosi (1-qism)
    • ► Fevral (3)
      • • Vayronkorlik “San'ati”
      • • Turkmaniston – abadiy barqaror mamlakat(?)
      • • Le terroriste d'Istanbul, reflet de la riche filière djihadiste d'Asie centrale
    • ► Yanvar (2)
      • • Sinzyan - Xitoyning katta g'arbi
      • • Uyg‘ur muammosiga nazar – Tarix va Geografiya
  • ► 2016 (17)
    • ► Noyabr (1)
      • • A new hope for Uzbekistan?
    • ► Oktyabr (2)
      • • TTIP - Dunyodagi eng katta erkin savdo zonasi
      • • Xalqaro savdoning mutatsiyasi - TTIP, CETA, TPP, RCEP
    • ► Sentyabr (1)
      • • Mourning Islam Karimov
    • ► Iyul (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (3-qism)
    • ► Iyun (1)
      • • Obama va Yaqin Sharq (2-qism)
    • ► May (6)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : avenir (3/3)
      • • Obama va Yaqin Sharq (1-qism)
      • • La diaspora ouighoure en Turquie : islamisation (2/3)
      • • La diaspora ouïghoure en Turquie : origine (1/3)
      • • Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi
      • • La route de l'info passe aussi par l'Asie centrale
    • ► Aprel (1)
      • • Sovet soyasi va Biz
    • ► Mart (1)
      • • L'Asie centrale sous le prisme de la crise russo-turque
    • ► Fevral (1)
      • • Rossiya strategiyasini ifoda etuvchi 10 xarita
    • ► Yanvar (2)
      • • Rossiyaning navbatdagi "do'sti" kim?
      • • O'zbekiston-AQSh: Geopolitika.uz blogi asoschisi bilan intervyu
  • ► 2015 (20)
    • ► Dekabr (3)
      • • Rossiya va Turkiya - azaliy raqobat
      • • Demokratiya: anglashilmovchilik tarixi
      • • Turkiya siyosiy falokat yoqasida
    • ► Oktyabr (2)
      • • Suriya inqiroziga qayta nazar – Kuchlar nisbati (1-qism)
      • • Siyosiy Islomning radikal Islom hisobiga mag'lubiyati
    • ► Sentyabr (1)
      • • L’enseignement des sciences politiques interdit en Ouzbékistan
    • ► Avgust (3)
      • • Sivilizatsiyalar oxiri: Yo'qlikka yuz tutish yoki O'zgarish?
      • • ISHID Afg'onistonda - Propoganda yoki Haqiqat?
      • • Geopolitika va Din: Pravoslaviya va Rossiya
    • ► Iyun (1)
      • • Dunyo yuzini o'zgartirgan siyosiy-ijtimoiy revolyutsiyalar
    • ► May (1)
      • • Amerika Imperiyasi haqida
    • ► Aprel (3)
      • • Pourquoi la Turquie fait fausse route en Asie centrale
      • • Yaman - Yangi geopolitik front?
      • • Yaman - geopolitik tarix
    • ► Mart (2)
      • • Usbekistan – Die unterschätzte Landflucht
      • • Suriyadagi Jihodchilar kimlar?
    • ► Fevral (1)
      • • L'islamisme: nouvelle gangrène du Kirghizistan
    • ► Yanvar (3)
      • • Turkiyasiz Yevropa
      • • Putin hokimiyati nega mustahkam?
      • • Sharli Hebdodan keyingi Geopolitik to'lqin
  • ► 2014 (28)
    • ► Dekabr (3)
      • • Ouzbékistan : l'exode rural négligé
      • • Узбекские исламисты в Сирии
      • • Les islamistes ouzbeks: quel Jihad?
    • ► Noyabr (2)
      • • Afg'on muammosi yechimi Qatarning qo'lidami?
      • • Turkiya va Islom - Moziyga nazar
    • ► Oktyabr (4)
      • • Afg'oniston saylovlari: Etnik ajralishlarga qaytish?
      • • Les obligations en Ouzbékistan : arnaque ou malentendu ?
      • • Moynaq, ou le désastre de la Mer d’Aral
      • • L'Ouzbékistan sur liste rouge : un choix justifié ?
    • ► Iyun (5)
      • • Iroq Inqirozi: Kim aybdor?
      • • Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Actualité d’un débat (2/2)
      • • Beijing’s pragmatism and energy demand serve it well in Central Asia
      • • L’identité nationale ouzbèke 2.0 : Héritage d’un débat (1/2)
    • ► May (4)
      • • Osiyo taqdirini o'zgartirgan hafta
      • • CICA : un pas supplémentaire vers « l’orientalisation » des relations internationales ?
      • • Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
      • • AQSh Rossiyaga qarshi besamar sanksiyalar qo'llamoqda
    • ► Aprel (3)
      • • AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidan ola mushuk o‘tdimi?
      • • Bo’lajak Afg’on prezidentining eng qiyin vazifalari
      • • Demokratiya yoki Tinchlik?
    • ► Mart (4)
      • • Ukraina krizisi va Axborot urushi
      • • Средняя Азия и украинский кризис
      • • Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha
      • • Asie centrale: la position ambivalente vis-à-vis de la crise ukrainienne
    • ► Fevral (3)
      • • Turkmaniston qachon "ochiladi"?
      • • Zamonaviy davrning pragmatik davlatlari
      • • Nazarbayev veut changer le nom du Kazakhstan
  • ► 2013 (35)
    • ► Dekabr (1)
      • • Ukraine not mired in second Color Revolution
    • ► Oktyabr (2)
      • • Xaroba shaharlar geopolitikasi
      • • Geopolitika... aslida nima?
    • ► Sentyabr (2)
      • • Ukraine, Russia battle in chocolate war
      • • Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?
    • ► Avgust (1)
      • • Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq
    • ► Iyul (3)
      • • Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
      • • Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
      • • Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
    • ► Iyun (2)
      • • Kaspiy dengizining harbiylashtirilishi - Kaspiybo'yi geopolitikasining tubdan o'zgarishi
      • • Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
    • ► Aprel (4)
      • • Imperializm: Harbiy-Sanoat kompleksining gegemoniyasi
      • • Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
      • • Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
      • • Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
    • ► Mart (3)
      • • Urush san'ati
      • • 3-Jahon Urushidan ehtiyot bo'ling. Sabab: "Moviy Oltin"
      • • Urush va Tinchlik
    • ► Fevral (9)
      • • Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
      • • Quel multiculturalisme en Ouzbékistan?
      • • Pxenyan navbatdagi yadro sinovini amalga oshirdi
      • • Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
      • • Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
      • • Suriyaga xorijiy intervensiya uyishtiriladimi?
      • • Geopolitika va Din: Islom
      • • Anarxiya va Gegemoniya
      • • Yovvoyi, ojiz va ahmoqona: Shimoliy Koreyacha strategiya
    • ► Yanvar (8)
      • • Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (2-qism)
      • • Yadro qurollari tarixi va bugungi vaziyat
      • • Sahara Inqirozi: Xronika
      • • Qozog'istonda haqiqatan islomiy tahdid mavjudmi?
      • • Kalashnikov: Afsonaviy qurol va "Qora bozor"
      • • Tojikistonning unutilgan fuqarolar urushi: Sabablar (1-qism)
      • • Anklavlar, eksklavlar: Markaziy Osiyoning "olovli nuqtalari"(mi?)
  • ► 2012 (26)
    • ► Dekabr (6)
      • • Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?
      • • Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi
      • • Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?
      • • Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?
      • • Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?
      • • Kurd muammosini anglash
    • ► Noyabr (9)
      • • G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil
      • • Kurd muammosiga tarixiy nazar
      • • G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda
      • • Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha
      • • Isroil va G'azo: oldin va hozir
      • • Afg'on fojeasi: G'arbning eng katta ahmoqliklari
      • • AQSh-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir
      • • Misr, G'azo va Sinay yarimoroli
      • • Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?
    • ► Oktyabr (6)
      • • Birma Rohingyasi
      • • Markaziy Osiyoda suv mojarolari
      • • Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?
      • • Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari
      • • Afrikada islomiy fundamentalizm
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 2-qism
    • ► Sentyabr (5)
      • • Putinning Yevroosiyo Ittifoqi: Gegemoniyaga intilishmi?
      • • Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari
      • • Moskva chechenlar rahnamosini jilovlashga urinmoqda
      • • O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi
      • • Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan hudud? 1-qism
Powered by mod LCA
O'zlik Sari Yetti Qadam

7Qadam

Minglab kitobxonlar olqishiga sazovor bo'lgan asar.

Batafsil

© 2012 - 2023 www.geopolitika.uz
  • Bosh sahifa
  • Hududlar
    • Global geopolitika
    • Yevrosiyo
      • Yevropa
      • MDH va Rossiya
      • Yaqin Sharq
      • Osiyo
    • Afrika
      • Mag'rib
      • Markaziy Afrika
      • Janubiy Afrika
    • Amerika
      • AQSH va Kanada
      • Markaziy Amerika
      • Janubiy Amerika
    • Avstraliya va Okeaniya
    • Qutblar
  • Mavzular
    • Geopolitik nazariyalar
    • Geostrategiya
    • Din va geopolitika
    • Shaharlar geopolitikasi
    • Geoekonomika
    • Ekologiya
    • Moliya va geopolitika
    • To'qnashuvlar geopolitikasi
    • Urushlar va geopolitika
  • Xaritalar uzra
  • Xorijiy nashrlar
  • Biz haqimizda