Muxlislarimizning talablariga bionan biz keyingi Xaritalar uzra ko'rsatuvlarini, Din va Siyosat orasidagi munosabatlarni o'rganishga bag'ishlangan qismlarini tarjima qilmoqdamiz, jumladan ko'pchilik o'zbek ommasini qiziqtiruvchi va hozirgi kunda siyosiy jihatdan juda ham faol bo'lgan Islom dini haqida.
Haqiqatdan ham so'ngi yillarda, ayniqsa, 2001 yil 11-sentyabr voqealaridan keyin Islom dunyodagi ko'pchilik mamlakatlarda xavf soluvchi kuch va terrorizmning uzluksiz sherigi sifatida qarab kelinmoqda. Lekin aslida Islom qanday din? Va unga sig'inuvchilar orasida qanday umumiylik, farq va qarama qarshiliklar mavjud? Shu kabi savollarga biz ko'rsatuvlar orqali javob berishga harakat qilib ko'ramiz.
Bu galgi ko'rsatuv umumiy jihatdan Islomga bag'ishlangan bo'lib, ko'pchilik holatlarda Islomni uchta qit'aga yoyilgan va butun dunyoga bevosita ta'sir qiluvchi birlashgan va umumiy kuch sifatida aks ettiruvchi xaritalar qanchalik haqiqatga yaqin yoki uzoqligini o'rganishga bag'ishlanadi. Haqiqatdan ham biz televideniyalarda, jurnal-gazetalarda va internetda radikal-islomiy kuchlar tashkilotlari tomonidan Islom birlashtiruvchi faktor sifatida yoki anti-islomiy uyushmalar tomonidan butun musulmon dunyosini birlashtirib xavf soluvchi kuch sifatida tasvirlanishiga odatlanib qolganmiz.
Xo'sh aslida Islom qanchalik darajada musulmonlarni birlashtirgan va haqiqatda Islom dunyoga xavf soluvchi mafkura bo'lib shakllana oladimi?
Bu savollarga javob izlovchilarga ushbu ko'rsatuvimizni tomosha qilishni taklif qilamiz.