Hammamizga ma'lumki Sovet Ittifoqini parchalanishi bilan dunyodagi Geopolitik kuchlar nisbati keskin darajada o'zgardi. Ayniqsa AQSh uchun dunyoga hukmronlik qilish uchun haqiqiy imkoniyat tug'ildi.
Lekin voqealar AQSh siyosiy ekspertlari o'ylagandan ko'ra biroz chigalroq tus oldi. Agar dunyoda ilgari ikki qutbga ajralgan Sharq va G'arb kuchlari raqobat qilgan bo'lsa, bugungi kunda dunyo ko'pqutbli, bir biriga ishonchsiz va o'ta ehtiyotkor kuchlar asosida qurildi. AQShning itisodiy va harbiy salohiyatini hisobga olgan holda, ko'p mamlakatlar unga o'zlarini ittifoqdosh qilib ko'rsatgani bilan, boshqa tomondan dunyodagi Anti-Amerikanizmni kuchaytirishga o'z hissalarini qo'shdilar. Natijada "egasiz", "ko'rinmas" va "boshqaruvsiz" kuchlardan tashkil topgan terrorizm vujudga keldi.
Taqdirni o'yinini qarangki dastlabki islomiy-terroristik kuchlarni yaratilishida AQShning roli benihoya kattadir. Asli Sovet Ittifoqi va Kommunistlarga qarshi qalqon sifatida yaratilgan bu kuchlar Sovetlar davlati qulagandan keyin AQShning e'tiborsizligi tufayli Anti-Kommunizmdan Anti-Amerikanistik kuchlar tusini oldi.
Xo'sh endi AQSh bu kuchlarni qanday qilib to'xtatishga urinmoqda? Umuman to'x'tatishga urinmoqdami? Terrorizmni asosiy sabab qilib AQSh o'zining raqobatchi mamlakatlari bo'lmish Eron, Rossiya va Xitoyning kuchayib ketishlarini oldini olmoqchi emasmi?
Mana shunday savollarga bugungi Xaritalar Uzra ko'rsatuvi o'rqali javob berishga harakat qilib ko'ramiz.