Hozirgi kunda butun xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida turgan "Arab bahori" atalmish geopolitik jarayonlar bugungi biz tanigan dunyo siyosiy ko'rinishini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.
Albatta bu holatni tushuntiruvchi bir nechta omillar mavjud, lekin "Arab bahori" dunyoning qudratli malakatlar orasidagi geopolitik muvozanatni o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu to'qnashuvlardan esa qudratli mamlakatlar o'z foydasi uchun unumli foydalanib qolish harakatidadirlar. G'arb dunyosi bu qo'zg'olonlarni "aholining demokratiyaga bo'lgan intilishi", deb baholasa, Rossiya va Xitoy esa bu hududlarda siyosiy mojarolarning xalqaro mojarolarga aylanib, regionning notinch bo'lib qolishi va xavfli anarxiyalarning paydo bo'lishidan xavfsiramoqda, albatta bu mafkuralarning orqasida ikki tomonning ham iqtisodiy, ham strategik manfaatlari yo'q emas. Lekin shunisi qiziqki, "Arab bahori" bizga jahonning hozirgi tuzilishida faqatgina katta va qudratli davlatlarning rolinigina emas, balki boshqa 2-chi yoki 3-chi darajali davlatlar rolining ham muhimligini ko'rsatib berdi. Jumladan, Turkiya bu siyosiy o'zgarishlardan o'zining regiondagi mavqeini mustahkamlashda anchagina unumli foydalanmoqda, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Mavjud qo'zg'alishlarning deyarli barchasi siyosiy o'zgarish va islohotlar, hukumatning almashinishi bilan tugadi, faqat Suriya bundan mustasno. Xo'sh, nima uchun Suriyadagi "Arab bahori"ning bir yechimga kelishi qiyin bo'lmoqda? Nima uchun Liviyadagi, Bashar Al Assad rejimidan ancha kuchli bo'lgan, Kaddafi rejimining qulashi Suriyadagidan tez kechdi-yu, nima uchun bu yerda bunday xalqaro ikkilanish yuz bermoqda?
Albatta bu savollarga biz javob berishga harakat qilamiz. Ushbu videolavha hurmatli blog o'quvchilariga Suriyadagi ahvolga Yevropa Ittifoqining yondashuvi qandayligini ko'rsatibgina qolmay, balki Suriyaning qo'zg'olonlarga qadar shakllanishidagi muhim voqealardan ham boxabar qiladi. Bu esa bizga Suriyaning geografik joylashuvi, tarixi, aholisining tarkibi va diniy tuzilishi bu mamlakatdagi bo'layotgan voqea hodisalarga juda katta ta'sir qilishini tushuntirib beradi.
Bu ko'rsatuvning birinchi qismi bo'lib, unda Suriyaning 2011-yil mart oyigacha bo'lgan evolyutsiyasi qisqa ravishda tushintirilgan. Ko'rsatuvning davomini tez kunlarda tarjima qilib, blogga qo'yamiz. Unda Suriyaning ichki va tashqi siyosatini, xalqaro maydondagi qo'llab quvvatlovchilari va qoralovchi kuchlarning tavsifi berilgan.